G_u_l_iga berilgan savollarga javoblar:
6. Savol: 1. Siz yoqtirgan 3 ta erkaklar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
2. Siz yoqtirgan 3 ta ayollar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
Javob: 1. Abdurrohman, Abdulloh, Ahmad
2. Oisha, Zaynab, Ruqayya.
7. Savol: Qizlar postlaringizga ko'ra sizlar uch dugona ekansizlar.Sizlarning dugonaliklaringiz ahloq va kundalik hayotingizda qanday tasir qiladi.Yaniy kiyinishda muomalada bir birlaringizdan tasirlanasizlarmi?
Javob: Oliy o`quv yurtiga kirishdan oldin umuman boshqa olam edik,do`stligimiz mustahkamlanib borgani sayin bir-birimizdan ibrat ola boshladik, ayniqsa man kiyinish borasida dugonalarimdan yahshigina ibrat olganman,hozirgi kunda bir-birimizga har qanday holatda ham yordam berishga harakat qilamiz,yuragimiz siqilganida darrov ko`rishishga harakat qilamiz.
Umuman, olganda dugonalarimni ko`rganimda borligingizga shukr, mehribonlarim degim keladi.
8. Savol: Islom dinini o'rganishni xohlaydigan insonga eng avval qaysi kitobni o'qishni tavsiya qilardingiz?
Sizningcha u kitob qaysi jihati bilan insonga ta'sir qilishi mumkin?
Javob: Manimcha, bu kitob "Men ham namoz o`qiyman"," Saodat asri qissalari", "Vijdon azobi", "O`gay ona".
Bu ro`yhatni ancha davom ettirish mumkin, manimcha qanday kitob berish insonga bog`liq, shu inson nimalarga qiziqsa, nimalarni yoqtirsa, shularni e`tiborga olib kitob tavsiya qilgan ma`qul.
Anas(r.a) rivoyat qilinadi.
"Payg`ambar (s.a.w):
"Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, xushxabar beringlar, nafrat qildirmanglar", dedilar".
Ikki Shayx rivoyat qilishgan.
Manimcha shu hadisga asoslanib kitob tavsiya qilgan ma`qul.
9. Savol: Rahmat tugmasini POST yoqmasa ham bosgan vaqtingiz bo'lganmi? (Deylik o'sha insonga hurmat yuzasidan Rahmat tugmasini bosgansiz, yoki boshqa sababdan?)
Javob: Postlar menga zarracha foyda keltirsa, ilm yo`lida biror narsa o`rgansam, hatto kayfiyatimni ko`tarsa ham rahmat tugmachasini bosaman. Menimcha boshqa sabab yo`q.
10. Savol: Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli. Savol: Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan?
Javob: Quyida Rasululloh
"Qur`on qiroatini to`rt kishidan;Ibn Ma`suddan,Abu Huzayfaning mavlosi Solimdan, Ubaydan va Muoz ibn Jabaldan talab qilinglar", deb ta`kidlab o`tgan zot Muoz ibn Jabal
ning vabo tarqalganda ko`rsatgan mardliklari, jasoratlaridan qattiq ta`sirlanganman
Ibn Xuzayma va Ibn Asokirlar quyidagilarni rivoyat qiladilar:
"Shomda vabo tarqaldi. Shunda Amr ibn Oss
:
"Bu vabo jirkanch narsadir Undan vodiylar va daralar tomon qochinglar!" dedi.
Bu gap Shurahbiyl Ibn Hasana
ga yetib borganda uning achchig`i chiqdi va :
"Amr ibn Oss bekor aytibdi. Men Rasululloh
ga, Umarga sohib bo`ldim. Hozirgacha uning ahli jumalasidanman. Albatta, bu vabo nabiyingiz duosidir. Robbingizning rahmatidir. Sizdan oldingi solihlarning vafotidir", dedi.
Bu Muoz ibn Jabal
ga yetganda u:
"Ey, Allohim,oli Muozning nasibasini to`liq qilgin!", dedi.
Bas, uning ikkita qizi o`ldi. Uning o`g`li Abdurrahmon ham vaboga yo`liqdi. Shunda ota o`g`liga:
"Bu Robbingdan bo`lgan haqdir. Shak keltirguvchilardan bo`lma!" dedi.
"Inshaalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan", dedi.
Muozning o`zi ham kaftining ort tarafidan vaboga uchradi va:
" Bu men uchun eng yahshi ne`matlardan ham yaxshi", dedi.
U o`z oldida yig`layotgan bir kishini ko`rib:
"Nimaga yig`lamoqdasan?" dedi.
"Sendan olib turgan ilmimga", dedi.
"Yig`lama! Ibrohim yashagan paytda yer yuzida olim yo`q edi. Bas, Alloh unga ilm berdi. Agar men o`lsam ilmni to`rt kishidan: Abdulloh ibn Salom, Salmon va Abu Dardolardan ol", dedi"
Alloh Muoz ibn Jabal
dan rozi bo`lsin!
Yana bir ta`sirli voqea, bu voqea garchi Sa`d ibn Muoz
ning hayotlik chog`larida sodir bo`lmagan bo`lsa-da, menimcha ularning qandaty inson bo`lganliklarini anglatib turibdi.
Ibn Sa`d Osim ibn Umar ibn Qatodadan rivoyat qiladilar:
Rasululloh
uyqudan turganlarida oldilariga Jabroil keldi va:
"Ummatingdan bir kishi bu kecha vafot etgan edi. Uning o`limidan osmon ahllari xushnud bo`ldilar. U kim? " dedi.
"Sa`ddan boshqaning og`ir bemorligini bilmayman. Sa`dga nima bo`ldi?" dedilar.
"Ey Allohning Rasuli, uning ruhi qabz qilindi.So`ng uning qavmi kelib, o`z diyorlariga olib ketishdi", dedi.
Rasululloh
bomdodni o`qidilar.So`ngra yo`lga tushdilar. U zot bilan odamlar ham jo`nab ketdilar. U zot juda tez yurardilar. Hattoki, odamlarning oyoqlaridagi kavushlariing ipi uzilib, elkalaridagi ridolari tushib ketdi. Shunda bir kishi:
"Ey Allohning Rasuli, odamlarni shoshiltirib yubordingiz, "dedi.
"Men Hanzalaga bizdan oldin maloiklar borgani kabi unga ham bizdan oldin borib qolishmasin deb qo`rqmoqdaman", dedilar u zot.