Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 158654 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 18 B


shoir  07 Dekabr 2009, 09:47:14

11. Savol: Deylik siz bir kitob yozmoqchisiz.Kitobingizda qalbizdagi eng katta muammoni yoritish niyatidasiz.Sizni qalbingizni qiynayotgan muammo va uni yechimini qisqa qilib qanday izohlagan bo'lardingiz.

Javob: O'tkir Hoshimovni shunaqa mazmundagi gaplari bor edi " o'qigan asaringizda  sizning labingizda kichik tabassum paydo bo'lsa bilinki ,bu asarni yozuvchi chinakamiga kulib yozgan ,agar ko'zlaringiz salgina yoshlansa ,yozuvchi bu asarni chinakamiga yig'lab yozgan demak asar yozish bu oddiy ish emas .asar yozishga kirishishimdan oldin ,maqsadimni anglab olaman ,inshaAlloh ........va asarni o'qigan o'quvchi hayotida kuchli burulish yasashi uchun uni ,ayni mo'jizaviy haqiqatlar bn bezayman .


12. Savol: Bir rus do'stim bor, unga islomni o'rgatmoqchiman, ammo nimadan boshlashni bilmayman, nimadan boshlash kerak va qanday kitoblarni sovg'a qilish kerak. Umuman olganda odamni o'ziga qarab islom qabul qiladigan va qilmaydiganga ajratish mumkinmi. Hidoyat Allohdan emasmi? Lekin ba'zilar bunga gapirib og'zingni charchatma deyishadi, shundaymikin-a...

Javob: Qur'onni ruschasini sovg'a qiling derdim ,ko'p insonlar shu kitob orqali tafakkur qilib islomga kirganlar ,keyin do'stingizga gapiraverib bezdirib qo'ymang ,islomni kichik bo'lsada chiroyli amallar bn ko'rsating .bir borodarim ustozlari haqida aytib bergandilar ,u inson buni o'qi buni qil demas ekanlarda ,har gal o'sha inson oldida namoz o'qirkanlar ,keyinchalik bu birodarimga tasir qilib tafakkur qila boshlabdi ,bu islomga qo'yilgan ilk qadamlari bo'lgan .va duolar bn inshaAlloh u inson hidoyat toparlar .


13. Savol: Oyijoningizga bo’lgan mehringizni qanday izhor qilasiz?

Javob: sevikli rasulimizga sav,onalarimizga eng yahshi sevikli qo'shni bo'lishlarini hohliman ,kalit so'zimiz bor onajonim bn "sizzi hech narsaga qaramay yahshi ko'raman "


14. Savol: O’zingiz o’zingizga yoqmaydigan vaqtlar ham bo’ladimi? Shunday holda nima qilasiz?

Javob: bo'lgan ayniqsa keskin qaror qabul qilishimni yoqtirmayman ,(bu hislatimdan gohida qo'rqaman )o'zim bn urushib qoladigan holatim bo'ladi  :10   shunda kerakli narsani qur'ondan izlayman .


15. Savol: Oiladaga muhit, sizni ro'mol(hijob)ni tanlab uyda o'tirishlik yoki bo'lmasa ro'mol(hijob)siz dunyoviy ilm olib, biror kasb egasi bo'lish shartini qo'ymoqda qay birini tanlaysiz?

Javob: Ayol kishi qachon bahtli bo'ladi .qachonki u ayolligini unutmasa .Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin gohida ishlashga ham to''ri kelib qolishi mumkin .shuncha o'qiding diplomingchi diydiganlar qancha ,agar ayol kishining ko'chaga chiqishi fitna bo'lsa (hatto u o'rangan bo'lsa ham)unda uyda o'tirgani afzal .mo'min banda tanlashda eng foydalisini tanlaydi ,yani ohirati go'zalligini .Muslimalarning haqiqiy go'zalliklari dunyoda  ham ,ohiratda ham ularning hayolari yashiringan ro'mollari emasmi .bunday holatda albatta birinchi yo'l ma'qul.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:47:25

16. Savol: Postlaringizni kuzatdim va anglaganim barchangiz bu hayotda o'z fikringizga ega mustaqil insonlarsiz.Tasavvur qiling siz "sevib" qoldingiz.Ammo "oshig'ingiz" ota onangizga yoqmadi.Siz esa boshqa inson bilan yashay olmayman degan ishonchdasiz.Hayotda qanday yo'l tutasiz?

Javob: men o'zimga qaysi taom yoqishini ,qaysi rang yarashishini juda yahshi bilaman .lekin turmush ,oila oddiy taom emaski bemaza bo'lsa tark qilinadigan .qaysi yo'l menga hayrli ekanini biguvchi Allohga barchasini topshiraman va agar Alloh un ko'ngil qo'ygan va hurmat qilgan insonim ,haqiqiy taqvo libosi bn bezangan bo'lsa ,ota onamga tushuntirishga harakat qilaman va albatta ularni fikrlarini birinchi navbatga qo'yganim singari ular ham farzandlarini ko'ngliga qarashadi. va bilamizki haqiqiy muhabbat nikohdan so'ngina paydo bo'ladi .


17. Savol: Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek"¦ Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi"¦ Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?

Javob: Hech ishga hojat yo'q bu holatni o'sha holatdayam bo'magan narsa sifatida tasavvur qilaman va hotirijam holatda yo'limda davom etaman.


18. Savol: Bir kuni sizga siz tanimaydigan userdan pm habar keldi. Habarda sizdan faqat hol ahvol so'ralgan. Aytingchi, bu xatga javob berarmidiz?

Javob: Salom berib, Alloh har bir mo'mindan habar olguvchidir derdim.


19. Savol: Oxirgi marotaba O'LIMni eslashingizga sabab bo'lgan holat?

Javob: kecha magmud Hudoyi yo'li filmini ko'rar ekanman ,omonatini qanday ham chiroyli topshirayatgan insonlarni ko'rib subhanaAlloh deb ularga havasim kelib ketdi ,o'lim haqiqatdan ham
mo'min uchun rahmat eshigi .
mo'min uchun visol eshigi ekan .
alloh hammamizni jon olar payti omonatimizni o'z egasiga qaytarayotgan payti qalblarni hushnud qilib kalimasida o'lishlikni va yashashlikni nasib qilsin .
omiiin.


20. Savol: Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?

Javob: Bir birodarim aytardi .....yaponlar islomga kirishyapti,va nihoyat yaponlar o'ziga berilgan aqlni ishlatishibdida deb .
to'g'risini aytsam men ham ko'p narsalarni anglab qolganimdan keyingina avvalgi yahshi deb zo'r deb ataladigan to'ylar ko'z oldimda g'aribgina ko'ringan .
shariatdan uzoqda bo'lgan narsalar sekingina ko'mila boshlagan ,va umrimda 1tagina islomiy to'yda bo'lganman (haqiqiy ) demoqchiman ,
faqat ayollar ,
chiroyli va qattiq qalbni ham eritib yuboradigan davat ,(yig'lashgandi )
salovat bn kuzatilgan kelin yor yor o'rniga....................
hozirda ham bunaqa to'ylarni hohlayotganlar ko'p ,lekin hohlamayotganlar undan ham ko'p, ayniqsa oilalar ko'pincha qarshi. kuchli irodava mustahkam iymonni Allohdan so'riymiz .
agar alloh hohlasa toshdan gul unar.....

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:47:47

21. Savol: Forumda eng ko'p foydalanadigan qayta qayta ochadigan kitobingiz bormi ? Qaysi kitob?

Javob: Forumda o'zim sevib o'qigan kitobdan parcha bor men ham bu kitobni parchasini o'qiganman ,nechidir varoq lekin qalb daftarimga o'rnashib qolgan ,La tahzan yani O'kinma kitobidagi satrlar ,ayni yig'lagudek paytimda meni olg'a intiltira olgan kitob ,agar to'liq kitob shakli bo'lsa jon deb qayta qayta o'qigan bo'lardim .


22. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob: Forumda o'z fikrlarimni ijobiy va salbiy tomondan baholanishini ko'ra oldim ,ilm olishga kelsak bu insonni o'ziga bog'liq ,kim uchundir int gohida hikmatu ,gohida illat ,
lekin shu kunlarda int ga kirmaslik men un aancha hikmatli bo'lgandek nazarimda ,hamma narsani o'z miqdorida bo'lgani afzal .lekin ilm olish uchun intdan ko'ra foydaliroq makonni izlash yahshiroq ekan .


23. Savol: Болалигинингизда сзингиз иштирокингизда рсй берган снг кулгили ҳодисани сслай оласизми?

Javob: Bolalikda nimalar bo'lmaydi deysiz , reks degan katta zotdor  kuchugimiz bor edi ,lekin tishlamasdiyuuuu rosa qo'rqishardi uni bahaybatligidan ammamni o'g'lini rosa yugurtirganman uni bo'shatvorib , qo'shnimiz Ozod bilan har kuni urushardik lekin boshini yorganimda qattiq jang bo'lgan , yan bir qiziq voqaelardan biri hovlimizda katta shotut darahtimiz bor edi , shotutni bilasizlar katta katta nordon tut uni rangi ham kiyimda uncha buncha ketmaydi ,shu tutni qo'lchalarimizga olib ezib hammani kiyimiga besh bosib chiqqandik ,
vaaaay ,,, undan keyingi sahna uydegilarning jahhllari chiqishi ,lekin bundan qochish usuli ;) ;)  menday hech kim darahtga zo'r chiqolmasdi uchiga chiqvoganman .


24. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Esimda qolib ketgan hikmatli so'zlardan biri lekin kimniki ekanligi esimda yo'q,
O'limdan keyingina insonnni haqiqiy bahtli yoki bahtsizligi  bilinadi. Hali hech kim muvaffaqiyat narvoniga qo'lini cho'ntagiga suqib chiqmagan.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:48:22

G_u_l_iga berilgan savollarga javoblar:

6. Savol: 1. Siz yoqtirgan 3 ta erkaklar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?
2. Siz yoqtirgan 3 ta ayollar ismi. Nima uchun yoqtirasiz?

Javob: 1. Abdurrohman, Abdulloh, Ahmad
2. Oisha, Zaynab, Ruqayya.


7. Savol: Qizlar postlaringizga ko'ra sizlar uch dugona ekansizlar.Sizlarning dugonaliklaringiz ahloq va kundalik hayotingizda qanday tasir qiladi.Yaniy kiyinishda muomalada bir birlaringizdan tasirlanasizlarmi?

Javob: Oliy o`quv yurtiga kirishdan oldin umuman boshqa olam edik,do`stligimiz mustahkamlanib borgani sayin bir-birimizdan ibrat ola boshladik, ayniqsa man kiyinish borasida dugonalarimdan yahshigina ibrat olganman,hozirgi kunda bir-birimizga har qanday holatda ham yordam berishga harakat qilamiz,yuragimiz siqilganida darrov ko`rishishga harakat qilamiz.
Umuman, olganda dugonalarimni ko`rganimda borligingizga shukr, mehribonlarim degim keladi.


8. Savol: Islom dinini o'rganishni xohlaydigan insonga eng avval qaysi kitobni o'qishni tavsiya qilardingiz?
Sizningcha u kitob qaysi jihati bilan insonga ta'sir qilishi mumkin?

Javob: Manimcha, bu kitob "Men ham namoz o`qiyman"," Saodat asri qissalari", "Vijdon azobi", "O`gay ona".
Bu ro`yhatni ancha davom ettirish mumkin, manimcha qanday kitob berish insonga bog`liq, shu inson nimalarga qiziqsa, nimalarni yoqtirsa, shularni e`tiborga olib kitob tavsiya qilgan ma`qul.
Anas(r.a) rivoyat qilinadi.
"Payg`ambar (s.a.w):
"Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, xushxabar beringlar, nafrat qildirmanglar", dedilar".
Ikki Shayx rivoyat qilishgan.
Manimcha shu hadisga asoslanib kitob tavsiya qilgan ma`qul.


9. Savol: Rahmat tugmasini POST yoqmasa ham bosgan vaqtingiz bo'lganmi? (Deylik o'sha insonga hurmat yuzasidan Rahmat tugmasini bosgansiz, yoki boshqa sababdan?)

Javob: Postlar menga zarracha foyda keltirsa, ilm yo`lida biror narsa o`rgansam, hatto kayfiyatimni ko`tarsa ham rahmat tugmachasini bosaman. Menimcha boshqa sabab yo`q.


10. Savol: Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli. Savol: Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan?

Javob: Quyida Rasululloh  :sw:
"Qur`on qiroatini to`rt kishidan;Ibn Ma`suddan,Abu Huzayfaning mavlosi Solimdan, Ubaydan va Muoz ibn Jabaldan talab qilinglar", deb ta`kidlab o`tgan zot Muoz ibn Jabal  :ra: ning vabo tarqalganda ko`rsatgan mardliklari, jasoratlaridan qattiq ta`sirlanganman :'( :'( :'(
Ibn Xuzayma va Ibn Asokirlar quyidagilarni rivoyat qiladilar:
"Shomda vabo tarqaldi. Shunda Amr ibn Oss  :ra: :
"Bu vabo jirkanch narsadir Undan vodiylar va daralar tomon qochinglar!" dedi.
Bu gap Shurahbiyl Ibn Hasana  :ra: ga yetib borganda uning achchig`i chiqdi va :
"Amr ibn Oss bekor aytibdi. Men Rasululloh  :sw: ga, Umarga sohib bo`ldim. Hozirgacha uning ahli jumalasidanman. Albatta, bu vabo nabiyingiz duosidir. Robbingizning rahmatidir. Sizdan oldingi solihlarning vafotidir", dedi.
Bu Muoz ibn Jabal  :ra: ga yetganda u:
"Ey, Allohim,oli Muozning nasibasini to`liq qilgin!", dedi.
Bas, uning ikkita qizi o`ldi. Uning o`g`li Abdurrahmon ham vaboga yo`liqdi. Shunda ota o`g`liga:
"Bu Robbingdan bo`lgan haqdir. Shak keltirguvchilardan bo`lma!" dedi.
"Inshaalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan", dedi.
Muozning o`zi ham kaftining ort tarafidan vaboga uchradi va:
" Bu men uchun eng yahshi ne`matlardan ham yaxshi", dedi.
U o`z oldida yig`layotgan bir kishini ko`rib:
"Nimaga yig`lamoqdasan?" dedi.
"Sendan olib turgan ilmimga", dedi.
"Yig`lama! Ibrohim yashagan paytda yer yuzida olim yo`q edi. Bas, Alloh unga ilm berdi. Agar men o`lsam ilmni to`rt kishidan: Abdulloh ibn Salom, Salmon va Abu Dardolardan ol", dedi"
Alloh Muoz ibn Jabal  :ra: dan rozi bo`lsin!
Yana bir ta`sirli voqea, bu voqea garchi Sa`d ibn Muoz :ra: ning hayotlik chog`larida sodir bo`lmagan bo`lsa-da, menimcha ularning qandaty inson bo`lganliklarini anglatib turibdi.
Ibn Sa`d Osim ibn Umar ibn Qatodadan rivoyat qiladilar:
Rasululloh :sw: uyqudan turganlarida oldilariga Jabroil keldi va:
"Ummatingdan bir kishi bu kecha vafot etgan edi. Uning o`limidan osmon ahllari xushnud bo`ldilar. U kim? " dedi.
"Sa`ddan boshqaning og`ir bemorligini bilmayman. Sa`dga nima bo`ldi?" dedilar.
"Ey Allohning Rasuli, uning ruhi qabz qilindi.So`ng uning qavmi kelib, o`z diyorlariga olib ketishdi", dedi.
Rasululloh  :sw: bomdodni o`qidilar.So`ngra yo`lga tushdilar. U zot bilan odamlar ham jo`nab ketdilar. U zot juda tez yurardilar. Hattoki, odamlarning oyoqlaridagi kavushlariing ipi uzilib, elkalaridagi ridolari tushib ketdi. Shunda bir kishi:
"Ey Allohning Rasuli, odamlarni shoshiltirib yubordingiz, "dedi.
"Men Hanzalaga bizdan oldin maloiklar borgani kabi unga ham bizdan oldin borib qolishmasin deb qo`rqmoqdaman", dedilar u zot.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:48:32

11. Savol: Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?

Javob: Bunaqa to`yga bor yo`g`i bir marotabagina guvohi bo`lganman, to`yda erkak-ayol aralash,musiqa qisqasi hech qanday ortiqcha dabdaba bo`lmagan.
Yana boz ustiga chiroyli ma`ruza to`yga yanada fayz bag`ishlagan, ammo men  u paytda islomni yaxshi tushunmasdim, shunga qaramay bu kabi  islomiy(sunnatga muvofiq)  to`ylar yaxshi taasurot uyg`otgan.
PS:Valiyma haqida yaxshi bir maqola o`qigan edim, sizlarga ham ilindim.
http://islom.uz/content/view/1273/108/
http://islom.uz/content/view/1272/108/


12. Savol:  To’ydan keyin turmush o’rtog’ingiz sizga netdan foydalanishni ta’qiqlasalar qanday yo’l tutardingiz?

Javob: Agar i-netdan foydalanmaysan desalar, foydalanmayman tamom.Kerakli ma`lumot, kitob kabi narsalarni o`zlari i-netdan topib olib kelib berishlarini iltimos qilardim.


13. Savol: Сизнинг ҳидостингизга сабаб бслган воқеа?

Javob: Bu voqeaga ancha bo`lgan, chamasi 2 yoki 3 sinfda o`qirdim, bir kuni tvda mo`jiza haqida ko`rsatuv berilayotgandi, oldiniga dunyodagi bir necha mo`jizalar haqida so`z bordi, ya`ni hammaga tanish Misr ehromlari, Tojmahal .........
Shunda bir ishtirokchi insonning qanday murakkab to`qima, hujayralardan tashkil topgani haqida aytib o`tdilar. Bilmadim, negadir o`shanda rosa ta`sirlanganman. Uydagi diniy risolalarni birma-bir o`qishni boshlaganman. Ammo biror ustoz, nasihatgo`y bo`lmagandan keyin bu narsalar vaqti kelib unut bo`lib ketgandi..................
Ammo alhamdulillah, yillar o`tib Alloh meni ham qalbimga hidoyat berdi,uni topish u-n sababchilarni ham ro`baro qildi. Abituriyent paytimiz bir kursdoshimiz bo`lardi,ko`pincha bizga kitoblar hadya qilardi. Shulardan birinchi o`qigan kitobim Ahmad Lutfi Qozonchining "Qaynona" asari edi. Birinchi bor islomiy muhit, musulmonlar qanday bo`lishi haqida tasavvur uyg`ongan.  Birodarimning Yusuf Islam hayoti, opasining hijoblanishi haqida gapirib berganida chinakamiga qalbdan yig`laganman.
Bir o`qituvchi opamiz esa bizni qiynagan muammolar b-n o`rtoqlashardilar, har kuni islomdan oz bo`lsa-da, ta`lim berardilar. Muhseena ikkalamiz qachon bizni xonalariga chaqirarkinlar deb kutib o`tirardik.
Atrofimizda muslima qizlar ko`p edi, har kuni, har soniya ular bizga o`rnak bo`lishardi.Ko`pchilik nazdida qariganda ro`mol o`rash tushunchasi bizda ham bor edi, ammo yonimizadgi muslima qizlar bu tushunchalarga o`zalaring go`zal hulqi, mustahkam iymoni b-n  barham berishdi.Kunlarimiz ma`ruza, ibratli hikoya, o`rnak bo`lgulik hodisalar b-n o`tardi. .O`sha paytlarni hozir judayam  sog`inaman.
Ko`plab insonlarning da`vat, ma`ruzalari  sabab  alhamdulillah, hijoblanish ham nasib etdi
 Talaba bo`lolmadim, lekin alhamdulillah, muslima bo`ldim...


14. Savol:  Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob: Internetdan ko`plab  kitoblar, programmalar, rasmlar kabi ko`plab menga k-kli ma`lumotlarni olaman. Masalan, http://savollar.islom.uz/smf/index.php shu yerdan ko`plab meni qiynagan, muhim savollarga javob topaman. 
Ko`pgina muslima opa-singillar b-n tanishdim. Hatto ularning ba`zilari b-n diydor ko`rishish nasib etdi.
Forum sabab ilm olyapmiz shekilli, sababi forumda kiritilgan ko`plab kitoblarni, maqolalarni  qisman bo`lsa-da, o`qishga kitoblarni  tahrir qilishga harakat qilaman. Muslim-muslimalardan yordam, maslahat so`rayman. Mendan yordamlarini, maslahatlarini ayamagan user, userkalarimizdan Alloh rozi bo`lsin!


15. Savol:  1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

Javob: 1. Menga hadya qilingan har bir narsa men u-n qadrli. Yana ruslarning gapi bor-ku," Dorog ne podarok, a vnimaniya" degan. Meni eslab sovg`a qilishishsa juda hursand bo`laman. Hadyalar ulashishni esa undan ko`proq yoqtiraman.Men u-n eng qadrlisi kitoblar.Chunki, shunaqa ko`plab kitob hadyalar sabab hidoyatga erishganmiz.
2. Ha,real hayotda tanimaydigan bir insondan kitoblar olganman va juda hursand bo`lgandim. O`qib bo`lishim bilanoq darrov hadya qilib yuborganman.
Hadya egasidan Alloh rozi bo`lsin.
3. Ha,agar shu hadya o`sha insonga kerak bo`lsa darrov berib yuboraman.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:49:08

Imlaahga berilgan savollarga javoblar:

3. Savol: 1. Jamiyat hayotida yuz berayotgan va ayni paytda sizni tashvishga solayotgan erkaklarning 3 ta muammosi? Nima uchun sizni tashvishga solmoqda?
2. Jamiyat hayotida yuz berayotgan va ayni paytda sizni tashvishga solayotgan ayollarning 3 ta muammosi? Nima uchun sizni tashvishga solmoqda?

Javob: 1.Jamiyatda erkaklarning eng tashvishli muammosi:
a) Dayuslik
b)Dangasalik va Hudbinlik
c)Mayda gap va g'iybatchilik
2.Ayollarning jamiyatdagi muammolari:
a) Behayolik (bu jumlada juda kop sifatlar jamlangan)
b) "Erkaklikka" intilishlari
c) Ayolikdan osongina o'z hohishlariga ko'ra voz kechayotganlari.


4. Savol: Turmushga chiqishni taklif qilishyapti, biri ilmli, ziyoli siz istagandek ammo ikkinchilari buning aksi-yu lekin namoz o'qishni, islomiy tarbiyadagi oila muhitda farzandlarini ulg'aytirishni ayni shunday tarbiya ko'rgan jufti haloli deb sizni munosib ko'rib tanlamoqchi, ota-onangiz hohishni sizga bergan, ilmni o'rgatish savob umidida islomga endi qadam qo'ymoqchi bo'lgan insonga turmushga chiqish taklifiga rozilik berarmidingiz yoki ziyoli insonga?

Javob: Avvalo bu hayot juda murakkab va shu bilan birga juda yengil ham.Qachonki oila atalmish kichik bir jamiyyatda dunyoqarashingiz va yashash tarzingiz o'zingiz istagan inson bilan bo'lsa bunda hayot yengilroq undagi sinov va mashaqqatlar u qadar og'ir bo'lmaydi deb o'ylayman. Yashaydigan insoningiz bilan o'ylaringiz va fikrlaringiz turli bo'lsa menimcha bunda yengil sinovlar ham mashaqqatli ko'rinadi.
Men albatta ziyoli va o'zimga boshqaruvchi bo'ladigan insonni tanlaganman hayotda.Ayol kishi hech qachon hayotda o'zim yordam beraman deb ishonch bildirmagani yahshi.Oila va hayotda ayol ham erkak ham o'z o'rnida bo'lgani ma'qul.Shu sabab har jihatdan erkakni yuqorida bo'lgani afzal.Hatto ilm va ahloqda ham.


5. Savol: Farzandni haqiqiy Islomiy tarbiya olishida eng birinchi nimaga ahamiyat berish lozim?

Javob: Menimcha hamma narsada hayrli oqibat halol luqma bilan boshlanadi.Luqmani halolligi juda ko'p yahshilikka insonni erishtiradi.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:49:22

6. Savol: Tasavvur qiling: Sizga tanish bo'lgan bir qizga sovchilar keldi. U qiz siz va oilangizga yaqin, lekin sizga yoqmaydigan ba'zi kamchiliklari bor. Sovchilik deyarli hal bo'lish arafasida. Shu paytda sizdan o'sha qiz haqida surishtirishdi. Agar siz qizning kamchiliklarini aytsangiz, siz aytganingiz haqidagi xabarni ular qizning ota-onasiga ham yetkazadigan, ham bu bilan uchala tomonda ham qarindoshlik rishtalariga putur yetadiganday. Agar aytmasangiz vijdoningiz qiynaladi.
Qanday yo'l tutasiz?

Javob: Savol uchun rahmat juda nozik ayni vaqtda mening qalbimni o'rtaguvchi savolni beribsiz.
Bunday vaziyyatga tushgan edim.Qizni oilasi menga yaqinroq va har ishda faol edi.Ota -onani biroz hayot tashvishlari ko'pligi sabablimi yoki boshqa sabab bilanmi qizlaridagi juda katta o'zgarishni ilg'ashmasdi.Qiz esa balog'at yoshiga yetgani sababli oilaviy hayotni ko'ngli hohlardi,balki shu sabab balki balog'at yoshidagi hislari sabab asli islomni yahshi anglasa ham turfa yigitlar bilan "sevgi" munosabatlarini boshlab yuborgan edi.Qizlaridagi bu o'zgarishni atrofda deyarlik hamma bilsada ota onaga negadir sezilmasdi.Shu sababli bu qizga kelgan "haridorlarga" qizni ba'zi nuqsonlarini berkitib o'g'illari yoqtirsa tarbiyalab olishlari mumkinligi haqida so'z aytgan edim.Alloh har bandani o'ziga munosib inson bilan juftlaguvchi Qodir zot.Bu ikki juftlikni juftlamadi.Taqdirni qarangki qizni oilasi yigitdan nuqson topganlarida qizlaridagi bu yigitga bo'lgan istakni bilganim va qizni iltimoslari sabab qizni onasiga ham chiroyli so'zlar aytib bu ikki yoshga rozilik berishlarini men so'ragan  edim.Yigitdagi islomni o'rganishga bo'lgan intilish qiz bilan turmush va oila hususida jiddiy suhbatda qizdagi istakka aks bo'lib chiqdi va bu ikki yosh juftlashmadi.Bu orada qizni yaqindan bilgan ba'zi birodarlar menga ta'na qildilar bu qizdagi nuqsonni bilib turgan holingizda oilasi bilan juda yaqin bo'lganingiz sababli nuqsonni berkitib yolg'on guvohlik beryapsiz Allohdan qo'rqing deb.Shunday holatda birodarlarga quyidagi javobni bergan edim .Bu qiz mening yaqinlarimdan bo'lgani uchun emas balki qiz turmushni hohlayapti ota onasi kelgan sovchilarni tanlab qizlarini istaklarini tan olmayaptilar.Qizning fikru hayoli oila qutishda buni hech kimdan berkitmay qo'ydi shu sabab halol nikoh bilan oilalik bo'lsa inshaallah qiz o'zini tartibga solib oladi degan umidim bor halos.
Alloh bu yoshlarni shunchalar intilgani bilan shariatni toptab uchrashib ,so'zlashib o'tkazgan vaqtlarida sezdirmagan hislatlarini halollikka ilk qadamni bosganlaridayoq sezdirib ogoh qilib qo'ydi.Alloh qandayin adolatli Zot.
Bu ishdan men uchun hulosa bundan keyin har qanday holatda kim bo'lishidan farqli oila masalasida keyin to'g'rilanib ketar degan hulosa qilmasligim bo'ldi.
Ya'niy Allohdan hayo qilmay shariatni bilib turib toptashga botina olgan har qanday inson keyin ham to'g'rilanmasligi muqarrar bo'lsa kerakki Alloh har kimni o'ziga munosib insonga juftlarkan.


7. Savol: Sizga o'zini yaqin oladigan "birodar"laringiz ham tuhmat qilgan hollari bo'lganmi?
Bunaqa holatda o'zingizni qanday tutgansiz?

Javob: Bunday holatga dastlab bundan o'n yillar muqaddam uchraganimda turmush o'rtog'im o'sha "birodarim" bilan aloqlarni Assalamu alaykumdan boshqasini bas qilishga buyurganlarida hayron bo'lgandim.Nahot birodarlar orasida shunday holat yuz bersa deb ko'p vaqt o'ylanib yurganman.Hayot umr o'tgani sayin unda turfa voqeliklarni ko'rib ba'zilarida ishtirok etib o'rganib hulosa qilinar ekan.Keyinchalik bunday "birodalar"ga  juda ko'p bora uchradim.Orada uchragan har qanday tubanlikka va nizoga sabab avvalo o'zimni haddi harakatimni ,muomalamni tekshiraman.Hulosani o'z amalimdan chiqazib shu "birodar" bilan faqatgina salom alikni qoldirib boshqa har qanday muomalamni bas qilaman.


8. Savol: Hozirda din insonning qalbida bo'lishi kerak,tashqarisida emas-degan gaplarni ko'p uchratamiz.
" Hijob o'rash shart emas,Alloh qalbimizdaku,hijob o'rab olib,jirkanch ishlarni qilayotganlar qancha.Biz ro'mol o'ramasak ham,bunaqa ishlar qilmaymiz.Hijob o'radingmi uyda o'tir."-deydigan ayollarga javobingiz qanday bo'ladi?

Javob: Umuman o'hshatishlik nojoiz bo'lsada men bu holatni huddiki qo'lida "qizil diplomi" bor inson biror korhonaga borib mening bu sohada malumotim oliy ishoning deb tilida aytib qolidagi hujjatni ko'rsata olmaydigan holatga taqqoslab ko'rishni maslahat bergan bo'lardim. Bugungi kunda jamiyyatda qo'lingizda sizning malumotingizni "tasdiqlovchi bir parcha qog'oz" bo'lmasa aqlingiz hargiz tiniq bo'lsa ham sizni oliy malumotli mutahasis sifatida tan olmaydilar.Yana bir fikr shu "hijob kiyib olib har hil buzuqliklardan saqlanmay yurganlar" deb malomat qilguvchilar qo'llarida nufuzli oliygohni nufuzli "diplomlari" bo'lgani holatda o'zlarini jamiyyatni ziyoli va madaniyyatli qatlami hisoblaydilar.Bu "madaniyyat va ziyo sohiblari" buzuqliklarni bemalol qilsa mumkin ekanmi? Bir opadan ko'p eshitardim "inson Allahni buyruq va hukmlarini ba'zilariga tobe' bo'lib imkoni qadar amalga harakat qilyapti degani bu o'sha insonni hato ,nuqson,kamchiliklaridan umuman ozod qiladi degani emas.Inson o'z nomi bilan gunohkor va unutguvchi shundayligicha qoladi "deb ko'p ta'kidlar edilar.O'sha siz aytgandek "romol oramasalar ham qalblari pokiza" bo'lgan ayollarni qollaridagi diplomlarini ko'rmaguncha oliy malumotli ekaniga shubha qilgandek "qalblarini pokizaligiga ham bemalol shubha qilinsa joiz" degan hulosa chiqadi.Huddiki ular hijoblik muslimadan shubha qilganidek ....
Hijob o'ragan ayolni uyda o'tirishiga kelsak jamiyyatda harom va nifoqqa aralashmagan holatda o'z ustida ishlashiga imkon beradigan joylarga hijoblik muslima borib ishtirok etishi afzal deb bilaman.Chunki u ayol kiyimidan farqli avvalo ona, demak farzand tarbiyalaydi.Hijob va islomga taslim bo'lgan bo'lsa ummatni tarbiyachisi hisoblanadi.Bu ummatga esa ilmlik,bilmdon,fikrlaguvchi insonlar zarur.Bunday farzandni ONAlar tarbiya qiladilar...


9. Savol: 1. Oilani mustahkam qiladigan omillar nimalar deb o'ylaysiz?
2. Yigit ona va umr yo'ldoshi orasidagi muvozanatni saqlashi uchun nimalarga e'tibor berishi kerek deb o'ylaysiz?
3. Yigit o'ziga umr yo'ldoshi tanlayotganda nimalarga e'tibor berishi kerak.
4. "Onasini ko'rib qizini ol" ma'nosini ifodalovchi maqolga munosabatingiz.

Javob: 1. Oilani mustahkam bo'lishida mening fikrimcha oila sohiblarida quyidagi sifatlar zarur .Allohdan va insonlardan hayo qila bilishlik va ishonch.
2.Yigit ona va ayoli oralaridagi muvozanatni saqlashi uchun sadoqat zarur.Sadoqat avvalo ona uchun saqlanishi kerak.Har qanday holatda har qanday sharoitda ham onalar farzandlari uchun sadoqat bilan mehr bera oladilar.Balki shu mehrda meyordan oshib ketishlariga sabab ham sadoqat sifatidan bo'lsa ajab emas.Yigit kishi oilasiga qanday munosabatda bo'lsa kelinchak ham huddi shu uslubda muomala qiladi.Yigit beparvoroq bo'lsa kelin undan ko'proq beparvo bo'lishi hayotda juda ko'p kuzatilgan.Onalarni qalbi og'rimasligi uylangan yigitlarning aka uka opa singillar bilan muomalasidagi mehr oqibatning darajasiga ham bog'liqligini unutmagan holda muomala qilishi zarur.Qaysiki ona kelichak va o'g'ildan boshqa farzandlariga nisbatan hurmatsizlik ko'rmasa va sezmasa bu yosh oilani ham behurmatlik va bemehrlikdan asrashga joni bilan harakat qiladi.Demak yigitga ona va ayolni muvozanatda bir hil muomala qila olishi uchun Onaga ko'proq va kuchliroq e'tibor lozim.O'glidan o'ziga bo'layotgan e'tiborni hech qaysi ona suistemaol qilmaydi va uni qiynamaydi.
3.Umr yoldoshi tanlashda mening fikrim yigitga ham qizga ham muhim sifatlar: Hayo,shijoat,ilm , va yigit yoki qiz ulg'aygan oilada luqmaga qay darajada e'tibor berilganini kuzatgan bo'lardim. Inshaallah bu sifatlar bilan ulg'aygan inson farzandlariga yomon hulqli ota yoki ona tanlamasligi aniqroq...
4.Bu maqolga tayanish mumkin deb o'ylayman.Har qanday qiz farzandda onalarining sifatlaridan ma'lum sifat shakllanadi.Qolaversa yosh oilani mustahkam bo'lishida onalarni alohida o'rinlari bor.


10. Savol: Hozirgi kunda sizni o’ylantiradigan eng dolzarb muammo qaysi?

Javob: Hozirgi kunda eng ko'p o'ylaydiganim ota onalarning ota onalik masuliyatini noo'rin talqin qilishlari.Yani kuzatib qarasangiz ba'zi insonlar bolasini usti but ,qorni to'qligini ota onalik vazifasini komil ado qilishlik deb tushunadilar va afsus farzandlar ham shu tushunchaga munosib tarzda "tarbiyalanmoqdalar".
Eng ko'p o'ylaganim shu holat.Yani farzand tarbiyasi va ota onalik burchi va masuliyyat.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:49:35

11. Savol: Deylik Siz qiz uzatyapsiz? Sovchilar uzoq viloyatdan,chekka viloyatdan. Ammo yigit juda taqvoli, iymonli, ilmli. Qanday yo’l tutardingiz?

Javob: Qizim hali uzatiladigan yoshda emas.Shu sabab bu savolga hozir javob bera olmayman.Kelajakni Allah biladi ,har ishni o'z vaqtida muhokama qilgan afzal.


12. Savol: Yurtingizni sog'inganda Ramazon bilan bog'liq qanday xotiralarni esga olasiz?

Javob: Avvalo bu go'zal va muborak oy bilan barcha ahli ummatni qutlayman.Ramazon barchangizga muborak bo'lsin hurmatli qibladoshlarim.
Taqdir taqozosi bilan musofir yurtlarda turfa halqlar ichida Ramazonni o'tkazishga to'g'ri kelyabdi . Bu Ramazonlar o'zgacha tarovatli bo'lishi bilan Vatan va yaqinlarim va eng asosiy qalbi go'zal birodarlarim qolgan yurtdagi Ramazonlarga bo'lgan sog'inchni unuttira olmaydi.Ramazonni kutib olib Allah ohirtalarini hayrlik qilsin dadam (qaynotam) rahmatlini eslayman.Men kelin bo'lganimda 82 yoshlik qariya edilar.Ramazonni intiqlik bilan kutar edilar.Nima uchunligini eshitganimda tillarim gapirishga lol qolgan edi.Dadam Ramazonni Robbisiga erishmak uchun kutar ekanlar.63 yoshdan keyin qolgan barcha umrlarini Ramazonidan Robbisiga erishmakni umid qilib yashagan bu insonga Allah Ramazonda O'ziga erishmak bahtini berdi.85 yoshlarida Ramazonni ilk juma' kunida Allahga yetishdilar.Kelin bo'lgan kunimdan hayotlarini so'nggi kunigacha biror ibodatda malollangan vaqtlarini ko'rmaganman.Quroni Karimni sokin ovozda ko'zoynaksiz tilovat qilar edilar.Bizlarga ustoz bo'lib islomni tanitgan bu inson ko'z oldimda gavdalanadi har Ramazonda.
Yana Ramazon kirib kelganida oilamiz bilan Bahodir qori bu gal qaysi masjidda ekanlar deb qidirib tarobeh o'qigan vaqtlarimizni qumsayman.Ramazonda birodarlar bilan biroz sho'hlik qilib o'zimiz tanigan dugonalarimizga telefon qilib ovozimizni tanitmaslikka harakat qilib Ramazonnni go'zal sifatlarini aytib go'zal nashidlar qo'yib berar edik :) Qizig'i bu tabriklarimizdan kimlardir hursand bo'lardi qaysidir dugonalarimiz havotir qilardi.Bizlar esa har qanday holatda yahshi gumon afzal ekanini nasihat qilib qo'yar edik.Yurtda yaqin birodar va do'stlar bilan o'tgan Ramazonlar juda farahli va go'zal o'tgan alhamdulillah.Allah yana o'shandek go'zal kunlarni nasib aylasin.


13. Savol: Ramazon oyida o'zi turli bahonalar bilan ro'za tutmaganligi yetmaganday, ramazonga behurmat "musulmon"larning ahvollariga guvoh bo'lganmisiz? Bundaylarga munosabatingiz?

Javob: Vatanda ekanimda bunday insonlarni juda ko'p deyarli har qadamda ko'rar edim.Hozirda yashab turgan joyimda alhamdulillah musulmonlarni orasida bundaylar bor deb bilmayman.Ko'chalarda ramazonni "sezmay" yurgan insonlar boshqa din va boshqa halq vakillari.Vatanda vaqtimda ko'z oldimda ramazonni qadrini bilmay,uni nazar pisand qilmay ovqat chaynashga uyalmagan yurtoshlarimni ba'zida tegishli gap bilan "siylab" turar edim.Hozirda bunday insonlarni uchratmasligim sababli yoki yoshim ulg'ayib biroz mulohazada sabrliroq bo'lganim sabalimi Allah hidoyatga erishtirsin deb duo qilaman halos.


14. Savol: Har gal sahobalar hayotini o’qiganimda, huddi shunday filmni ko’rayotgandek tasavvurga ega bo’laman.
Savol:  Siz rejissyor bo’lganingizda qaysi sahobaning hayotini kinofilm qilib ishlagan bo’lardingiz?

Javob: Hech bir kino asar va hech bir dunyoviy inson islom va uning arkonlarini Quroni Karim va Hadisi shariflardek sifatlab aniqlik bilan insonga yetkazib bera olmaydi.Huddi shuningdek sahobalar hayotlarini bizlardan avvalgi salafi solihlardek tasvirlashga mening aqlim ojiz bo'lgani sabab bu ishga qo'l urmaslikni maqul bilgan bo'lar edim.Balki vaqtimni   shu bizlardan avvalgi ulamolar qoldirgan sahobalar va salaflar hayotlariga bag'ishlangan asarlar mutoalasi bilan o'tkazishlik qiziqarliroq.


15. Savol: Siz ko’rgan va sizga juda ta’sir qilgan filmdagi epizod?

Javob: "Umar Muhtor" va "Salohiddin Ayyubiy" filmlarini ilk bor bundan 12 yil avval ko'rgan edim.Bu ikki filmning deyarli har sahnasi menga juda tasir qilgan edi.Hozirgacha goh gohida takror ko'rib turaman.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:49:48

16. Savol: Siz yashayotgan joydagi nikoh to'yi bilan bog'liq eng yomon odat qaysi(lar)?

Javob: Yashayotgan joyimdagi nikoh to'ylarida  kelin va kuyov do'stlari bilan mashinalar korteji tuzib mashina signallarini baland qilib chalib yurib ketayotgan mashinada turfa qaltis harakatlar qilishi judayam yoqimsiz holat.


17. Savol: 1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?

Javob: 1. Alhamdulillah int olami umuman kompyuter olamiga turmush o'rtog'im boshlab kelganlar .
2. Har ishda meyor va chegara borligi ma'lum va  ma'qul.Bu chegarani oqil inson o'z nafsiga o'zi belgilashi lozim.Har qanday dunyoqarash va malumotlarga qaramay inson nafsini boshqara bilmasa meyorni saqlay olmaydi .
3.Inson oilaviy ahvolidan farqli ilm olishi va taraqqiyot bilan barobar yashamasa yutqazadi bu hayotda .Bu hayotdagi yutqazishlik ohiratdegini debochasi bo'lishi mumkin Allah asrasin.Har bir ayol farznad tarbiya qilar ekan ilmga ega bo'lishi juda zarur u ilm hoh diniy hoh dunyoviy farqi yoq.Toki farzandlariga ideal inson sifatida ibrat bo'la olishi lozim har bir ona.Bu uchun esa ayni kunimizda int olamida ishlab foydalanishga imkoni bor ayol qizlarni juda hurmat qilaman.Int va kom ilmlaridan foydalanishga iqtisod sababli imkonsizlarni malomat qilmayman .Ammo imkoni bo'lsa ham intilmaganlarni ,izlanmaganlari va bor imkonlarini to'gri sarflay bilmay  suiste'mol qilguvchilarni barobar yoqtirmayman.:)


18. Savol: 1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?

Javob: 1.Ishonch so'ziga baho berish uchun banda o'ziga manda omonatdorlik hissi qanchalar degan savolni berib holislik bilan bu savolga o'z nafsidan javob ololsa kifoya deb o'ylayman.
2.Int orqali har qanday muloqot u mening diniy va dunyoviy izlanishlarimga manfaatlik bo'lsa hech kimni malollantirmay yuritishga harakat qilaman.Endi erkak kishi tarafidan qandaydir cheklov bo'lsa avvalgi savolda aytganim meyorni buzgan va unga beetiborlik sodir bo'lgan bo'ladi manimcha. O'zini hurmat qilgan insonlarni  nafaqat msn va boshqa shahsiy suhbathonalarda hatto umumiy forum va shunga o'hshash joylarda ham o'ta erkin (hazilga erk berishlik,yoinki erkak userlarning begona ayolga yoinki ayollarning begona erkakka qarata ko'proq fikr tashlashliklari) ilm uchun bo'lmasa kundalik holat uchun bo'lishini ko'p ham maqullamayman.(Yaqinda o'zim hurmat qilgan bir birodardan olgan qisqagina bir ikki jumladan iborat maktub bu hulosamni yanada qat'iylashtirdi).Shunday suhbatlarda erkakni aralashuvi demak ayol chegarani toptaganidan deb bilaman.Demak erkakni aralashuviga ishonchsizlik emas ayolni asrashi va unga mas'ulligi  sabab  ayoldagi nuqson majbur qilgan deb bilgan afzalroq.
3.Hulosangizga men ham qo'shilaman .Men ham ayni fikrdaman.O'z nuqsonlarini oliyjanob sifatlarga berkitishlik bu munofiqlikni bir ko'rinishi.


19. Savol: Шукр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Bir ustoz bor edilar jigargo'shalari qizlari chaqaloqlik bo'lib farzandini bag'riga bosishga ham ulgurmay Allahni huzuriga erishdi.Hamma atrofda u kishini tanigan va eshitganlar hol so'rashga bora boshladilar.Shunda ko'rganim eng  tasirli bo'lgan holatim qizni onasi bo'lgan ustozam Alhamdulillah deyishdan boshamaydi tillari.Ko'zlarida g'am va ammo o'zlari juda sokina edilar.Musibatga eng avval vaqtda hamd ayta olgan ustozamni bu holatlari, berganda hursand bo'lib ham HAMDni unutib qoyadigan bizdek noqislarga juda katta ibrat bo'lgan edilar.

  Huddi yuqoridagidek holatga.Oradan yillar o'tib yana  guvoh bo'ldim boshqa yurt boshqa insolar orasida.Yoshgina ammo ilmni o'z ahloqiga jamlay olgan bir ustoz yigit bor edi (rahimahulloh) .   Subhanallallah ,Mashaallah islomdan bilganlarini hulqida jamlay olishlik darajasida go'zal ahloqi bor edi.
Uylangan va qizchasi dunyoga kelib endigina 15 kunlik bo'lganida fojea sabab vafot etdi.Shu ustozni vafot etgani tarqalib ertaga falon vaqtda ustozni jasadalari va oilasi yurtlariga qaytar ekan degan habar tarqaldi.Hayrlashgani bordik.Yoshgina kelinchak shunday holatdaki ko'zlarida yosh tinmaydi tillari Alhamdulillahdan to'htamaydi.Hamma kelganlar bilan birdek samimiy faqat duo bilan jannatdan umidim bor inshaallah ko'rishamiz degan duolar bilan munosabatda bo'lishga o'zida kuch topib olgan edi..
Buncha matonat va sabr Allahdan juda katta sinov kelganda Alhamdulillah deya olishlikka kuch qaerdan deb hayratlanamiz...
Shunda bir birodarimiz   erkaklar ayollariga rahbar ekanini shogirdlariga ta'kidlab turgan ustozni ayoli bo'lgan bu birodarimizda bunday hulqni ko'rib nega ajablanamiz degan edilar..Fojeaga sabab bo'lgan "aybdorlar" ushlandi mahkamaga bora olasanmi deb savol berishdi hukumat nozirlaridan birlari tel.qilib."Aybdorlar" Allahni qadari shunga bog'langanini  avvaldan bilmagan bo'lsalar aybdor emaslarku, ular mast, alasat , hud behud yuradigan insonlar emas ekanku.Ibodatda qoyim bu birodarlar nogahon sababchilar halosku asli bu Qadarda belgilangan ekan endi mahkamalashib yurishlik bu vafot qilgan insonni shaniga hos ish emas deb , o'zida kuch topa bilgan mo'minlar onalariga izdosh bo'la olgan mana shu birodarimni sog'inch bilan eslayman.

P.S.Yuqoridagi har ikki holatda ham har qanday holatda Alhamdulillah deb shukr qila olguvchi o'zim ibratlangan voqealar edi.Bu ayollarni har safar ko'z oldimga keltirganimda bu birodarlarimni turmushdoshlariga atrofdan berilgan ta'riflarni eslayman.Ular chindan ham avvalo o'z nafslariga va qolaversa oilalariga rahbar bo'la olgan solih insonlar edi..


20. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Javob: Dadam rahmatlik (qaynotam) vafot etgan vaqtlarini juda ko'p tasirlanib yodga olaman.
Avvalroq ham esga olib o'tgandim forumda bu muborak insonni.Alloh ohiratlarini hayrlik qilsin.Men bu insonni ilk ko'rgan kunimdan to umrlarini songgi soniyasigacha birovga ozor berguvchi so'z va harakatlarini umuman ko'rmaganman hatto sezmaganman.Ramazonni shunday sog'inar edilarki bunday intiqlikni juda kam insonlarda ko'raman.Allah ramazonni yaqinlashtirsa bu insonni shodligi va yig'ilar bilan sug'orilgan duo va iltijolari ortib borar edi.Umrlarining songgi bo'lgan ramazon ham yetib keldi.Qari va kasal holatlarida ramazon ro'zasini ham tutar va har kuni tarobeh namoziga ham shoshilib turar edilar.Kasalliklari zo'raya boshlagach mahallamiz imomi ...... buva siz hatmini o'tirib o'qisangiz ham bo'lar deb marhamat ko'rsatibdilar (dadamlarda shunday muhlislik bor ediki kasal bo'lsangiz o'zi namozga o'g'illaringiz yordam bermasalar yurib chiqa olmayapsiz chiqmay tura qoling deyishga hech bir inson botina olmagan ekan,bu gaplarni vafot topgan kunlari aytib berishgan edilar).Namoz tarobeh va hatmi Quron bilan qo'shilganda ikki yarim soatlik  , qishning achchiq izg'irini,kasallik bu insonni ibodatlardan to'smasdi va unda dangasalik ham hosil bo'lmasdi.
Nihoyat Ramazonni ilk juma'si oqshomida yani payshanba kechki vaqti iftor yaqinlashgan vaqtda istmalari biroz kuchaydi.Ovqatlanib oling deb taom berishga harakat qilsak iftor vaqti bo'ldimi deb so'radilar yoq deb javob olgach men ro'zaman deb javob berdilar.Nihoyat istma juda oshib vaqtni farqlamay qoldilar.Ovqat berdik va biroz o'zlariga kelgach bugun kunga nima kun qaysi oy? deb so'radilar.Ramazon inshaAlloh ertaga jum'a o'qiymiz deb javob berdilar o'g'illari.Alhamdulillah deb duo boshladilar.Ko'zlarida yosh bilan Allohdan shunday tilandilarki bu inson hozirgina istma alangasidan nasiba olgan inson demasdik kuazatib turib.Iftorlikdan keyin hamma o'z honadoniga tarqaldi.Tunggi soat 1 da dadam ko'zlarini ochib juda sokin holatda boradigan manzilimni men uchun hayrlik qilgin nafsimga ko'p zulm qildim sening marhamatingdan umidvorman deb  shahodat keltirdilar va jonlarini Allahga topshirdilar.Bu shunday sokin bo'ldiki ko'z oldimizda ,guvoh bo'lib turgan biz farzandlar hatto jonlari chiqqanini sezmay qoldik.Har doimgi duolari deb tushundik.
Yana bir mening havasimni keltirgan o'lim holati:
Mana shu yilning ramazoni 27-kecha qadr kechasida yuz beribdi.Bizga juda yaqin oilaning yaqinlaridan bir onahon ushbu kunda omonatlarini topshiribdilar.Ramazonni ko'p qismini ro'za holatlarida o'tkazib ibodatlarda sokin bo'lgan ekanlar.Islomdan bir qancha habarlari bo'lgan qizlarini kuta boshlabdilar.Uyda u onahon bilan birga yashaydigan farzandlar habar bergach u ayol turmush o'rtoqlari bilan onasini huzuriga yetib boribdilar.Onahon juda sokin va tetik ekanlar.Yonlarida mehmonlar bor ekan.Qizlari va kuyovlarini kutib olib chiroyli suhbat boshlanibdi.1soatlar davomida suhbat islom va ohirat haqida bo'libdi.Va onahon qizlaridan tahoratga yordam berishlikni iltimos qilibdilar.Onahonni yetaklab tahoratga olib boribdilar.Tahoratni go'zal qilib nihoyalab joylariga qaytayotganlarida boshqa yura olmayman meni ko'tarib olinglar debdilar.Onahonni joylariga olib o'tirg'azishgach.Qizlaridan Yasin surasini o'qishlikni so'rabdilar.Surani o'qib nihoyasiga yetguncha onahon uhlab qolibdilar.Uyqu orasida voy jonimeey deb ovoz bersalar yonlarida o'tirgan qizlari Subhanallah deng inshaallah joningizga yordam beradi debdilar.Alhamdulillah,Subahaallah deb jon topshiribdilar.
Bu o'lim voqeasini ilk eshitganimdan hozirgi vaqtimgacha har o'ylasam havasim keladi.Hayotlarini qandayin halollikka burkab o'tkazgan insonlarki Allah o'lim soatini mashaqqatini bu insonlarga yengil qilib berdi.Bizlarga ham bundayin lazzatni ohirgi kalimani shahodat bo'lishi va so'nggi maskanimiz hayrli bo'lishini nasib qilsin.Dunyoda kimlarga havas qilib kimlarga intilsangiz ohiratda istaganingiz bilan birga bo'lasiz degan vadaga ko'ra hayotda intilayotgan bo'lsakda birga bo'la olmayotganlarimiz bilan ohiratda birga qilsin .Oqibatimiz hayrlik bo'lsin.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 09:49:58

21. Savol: Бола бслса - шсх бслсин, деган гап бор. Ашлигингиздаги қилган қайси шсхлиг(лар)ингизни ҳалигача сслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган сди?

Javob: Bolaligim juda qaynoq voqealarga boy bo'lgan :). 12 yoshlarda edim qo'shnimiz bo'lar edi militsiya idorasining qo'riqchi itlarini boqar edi uyida.Shunday zotdor itlar boqar ediki atrofdan itga haridor har qanday odam shu kishini uyiga kuchuk so'rab yalinib kelardi.Juda ko'p kuzatar edim u vaqtlarda qishloq odamlari orasida ko'lbasa degan narsani juda kam inson yeyer edi.Ammo shu qo'shnimizni uyida hech qachon kolbasani turlari uzilmasdi (kuchuklari uchun mahsus ishhonasidan berilardi) .Shu sabab kolbasani itlarni ovqati degan tasavvurimiz bor edi biz mahalladosh bolalarni.Bir kuni militsioner qo'shnimizni qizlari kolbasa qovurib yedik obedda desa dugonalarimiz bilan hayratlanib Alfani (uylarida boqiladigan qo'riqchi it)  ovqatini qanday qilib yeysizlar deb so'raganmiz.Hozirgacha tasirlanib eslayman bu vaqtlarni sababi luqmani halol yoki ishtibohi bo'lsa ajab emas.Bolalikda mahallada eng ibratli oila hisoblangan bu qo'shnimizni oilasida bolalar voyaga yetgani sari mehr oqibat kuchuklar orasida talash bo'layotgan luqma holida edi.

  Mahallamiz deyarli yosh oilalardan iborat bo'lgan.Hammamizni bir oilani eng katta farzandi boshqarar edi.Mahallada hamma bolalar deyarli unga ergashardik.Allah rahmat qilsin shu qo'shni bola nima ish qilsa mahalla bolalari undan qolmasdik.U dorbozlikka qiziqib qolsa mahallani hamma bolasi dorbozlikka qiziqib o'z uyida dor tikkandi.Biz bola vaqtimizda uylarni tomlari shifer bo'lmasdi hamma uyni tomida ishkom qilib uzum yetishtirilardi.Mahallamizni deyarli hamma uylari biri ikkinchisiga ulanib qurilgan tomlardan qo'shnilarni tomiga bemalol o'tib yurardik.Qishda qor yog'sa hammamiz bolalarga bosh bo'lgan qo'shni bolaga qarardik u tomga chiqib qor kurasa bizlar ham chiqardik tomdan qorni kurash vaqtida eng avval mazza qilib tomda qorbo'ron o'ynardik ,qorbobo yasardik.Keyin tomlardagi qorni kurardik.Eng go'zal manzara qo'shnilarimizni kattaroq bolalari bolalar kichkina bo'lgan oilalarga yordam berardilar.Bahorda yer chopar edik lopatkalab.Bolalar o'zlarimiz lopatkada chopmasak adang traktor solib haydatadilar keyin hovlidagi kop mevalaring kesilib ketadi derdi rahmatlik qo'shni bola.O'sha bola nima desa hamma rozi bo'lardi.Undan ajralmaslik uchun aytganidan chiqmasdik.Hovlilarda mevalar pishganda hamma qo'shnini hovlisidagi eng tansiq mevani bilardik va "o'g'irlikka" yuborilardik o'zimizdan katta yoshlilar tarafidan.:) Eng qizig'i bu harakatlarimizga biror ota ona urushmas tergamas edilar.Chunki mahallamiz bolalarini boshqaruvchi qo'shni bolaga hamma ota onalar ishonar edilar.Oilada yagona o'g'il bo'lib 6 singilga aka bo'lgan bu boshlig'imiz hammamizga AKA edilar.25 yoshlarida uch farzandlari yetim bo'lib bu dunyodan o'tganlarida mahallamizni hamma "bolalari" bolalik vaqtimizni beihtiyor esga olgandik.Bolalik hotiralarimizni hech biri bu AKAmizsiz eslanmaydi mahallada.Alloh bu insonga hayrli oqibatni bersin.


22. Savol: Avvalo,Alloh sizlarni oilalaringni mustahkam qilsin.Shunchaki faraz qiling.Agar turmush o'rtog'ilar silarga hiyonat qilsa qanday yo'l tutasizlar?O'rtada farzand bor.

Javob: Bugungi kunning eng "mashshur" mavzusidagi savol bo'libdi tashakkur :)
Inson u erkakmi yoki ayolmi ko'ngli muhabbat,e'tibor,o'z jufti uchun eng sevimli va yagona bo'lishni istaydi.Ammo shuncha narsalarni istagan "oshiq kongil" sohiblari o'zimchi o'zim juftimga nima bera olyabman deb o'ylashga eng kamida jurat qila olmaydilar.Ko'ngil nozik hislar va olovli muhabbat istar ekan.Muhabatlimi yoki muhabbatsiz o'tgan oilaviy turmush jaroyonida Allahni bergan omonatlari farzandlar dunyoga kelgan ekan.Bu omonatlar mehr muhabat va e'tiborga hammadan ko'ra muhtojroq va haqliroq qachonki ota onalar uchun ohirat saodati muhim,farzandalri oldidagi burchlarini o'tashlik shart deb bilinadigan bo'lsa.Men orada farzandlari bor bo'la turib "muhabbat istaguvchilarni" hazm qila olmayman.Inson otalik yoki onalik bahtiga Allahni inoyati bilan saylanibdimi bu tuhfani ochiq yuzlik bilan bajarishga intilishi kerak deb o'ylayman.10 Yillar atrofidagi oilaviy hayotimdan hulosa qilsam oilada ko'ngil to'lar holatlar va ko'ngil qolar holatlar ham bo'ladi.Oila bekorga jamiyatni kichik ko'zgusi deyilmagan.Jamiyatda har doim har ish bir tekis ketavermaganidek oilada ham shunday hollligi aniq.Hiyonat kattami kichikmi u o'z nomi bilan HIYONAT.Juftning juftga hiyonati har qanday holatda ham oqlanmas holat.Endi juftim hiyonat qildi degan bahona bilan otalik yoki onalikka e'tiborsiz qaror bilan oiladan voz kechishlikni ota-onalikka HIYONAT deb bilaman.Mening tushunchamda inson farzandlari uchun ko'ngil istaklaridan kechsagina bu kunda farzand tarbiyasida biror natijaga erisha oladi. Qiyomat yaqinlashgani sayin farzand tarbiyasi kuchuk tarbiyasidan mashaqqatliroq degan gapni qachonlardir o'qigan edim .Allahdan qorqadigan ishtiyoqli farzandga sabab bo'lgan insonni, nafsiy istagi deb oilani barbod qilishlik eng yumshoq tarzda aytilganda  insonlarni eng aqlsiz qarorlari va ishlari.


23. Savol: Агар кимдирга сен схшилик қилсанг - унут, кимдир сенга схшилик қилса сла-слгунча унутма, деган ҳикмат бор. Ҳаётда қийин вазистларда сизга ёрдам берган инсонларни сслаб турасизми?

Javob: Hayotimda shunday unutilmas kunlar borki Alhamdulillah.Turmush o'rtog'im ko'proq ishlari safarlarga bog'langani sabab ko'p vaqtim men uchun tug'ishgan bo'lmasada din va e'tiqodim sabab yaqinlashgan insonlar orasida o'tadi.Shunday yahshiliklar ko'rganmanki bunday insonlardan Alhamdulillah to qiyomat qadar menga eslatma inshaallah. Shunday insonlar orasida hayotga imkon bergan Allahga hamd bo'lsin. Mubolag'asiz ayta olaman hayotim davomida menga ibrat bo'lgan insonlarni har lahza nafaqat men balki farzandlarim ham eslaymiz.Oilamiz uchun quvonchli kunlarda qong'iroqlashib quvonchimizni baham ko'ramiz.Bu hayotda yana qachonlardir uchrashtirishini Allahga duo va iltijo qilamiz.O'tib ketgan bunday yaqin birodarlarimizni haqlariga duolar qilamiz.Ularni Allah eng gozal mukofotlar bilan ajrlantirsin.


24. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?

Javob: Kuni kecha bir dugonam ayni iborani quyidagicha sharhladi menga ham juda yoqdi"
"O'ng qo'l chap qo'lga muhtoj bo'lsa shu ham bir kun malol kelishini o'ylayman.Bu hayotda farzandlarim eng mehribonlarim bo'lib ko'rinadi ammo kuch quvvatdan qolganimda ularga ham malol kelishim mumkin.Insonga ota ona eng qadrdon do'st bo'ladilar.Amo keksayib kuch quvattdan qolgan ota onaga ham bizlarni g'alvamiz og'irlik qilib qolar ekan.Shu saba  Do'stga hor,dushmanga zor.O'ng qo'lni chapiga muhtoj qilmay yashab o'tishlikni bizlarga nasib qil deb duo qilaman"

Qayd etilgan