Ulugbek75ga berilgan savollarga javoblar:
1. Savol: Ихлос билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?
Javob: Ixlos. Bu qalb amali, bazi tashqi belgilar bilan uning mavjudligini bazan taxmin qilinishigina mumkin bo'lgan - faqat egasi va uning Egasigagina ayon amal. Omonotdorlik esa umumiy shaklda ,zohiriy amal. Shu sababli ixlosga misol keltiraolamasam kerak.
Mavzudan sal chetroq bo'lsa ham, meni xotiramda qolgan bir kishi va uning hayotida kuzatganim holatni aytib o'tay.
U kishi bilan faqatgina o'gli bellasha oladi xolos!
Arab o'lkalaridan birida yashovchi, ham vatanda va ham u kishining uyida kuzatganim holatlarga tavsifim bu.
U kishi bilan birga bo'lganim bir necha kun muddat davomida, Men kuzatganim bo'yicha, shunchalar hayratga tushdimki, haligacha yodimdan chiqmaydi. Rasmiy diplomlari uncha yuqori emas, ammo ko'plab doktorlik unvonlilardan sharíy ilmida kam emasdi. Kundalik yumushlarida birorta hatto borýo'gí muboh bo'lib qoladigan, ya'ni vojib va mustahab bo'lmagan amalni topish juda juda qiyin edi.
Masjidga hammadan ilgari chiqqan, namozgacha Qurón o'qib o'tirgan, namozdan keyin turib qisqagina va'z o'qigan, undan chiqib yana qandaydir da'vat ishiga bog'liq biror yumushga bog'langan, dukonga kirsak, dukon ichida, yondagi sartaroshxonayu boshqa joylarda kimgadir, amr ma'ruf yoki nahiy munkar qilgan, toýga borsak u yerda ham kimgadir nasihat qilgan, qaysidir dinga bog'liq mavzuda bahs yuritgan, jumadan qaytsak, tushlik mahali o'glini boshqa masjidga yuborgani uchun (menimcha ataylab), undan nima haqida xutba bo'lganini so'ragan. Qisqasi u kishining oldida, o'zimni shunday his qildimki, hatto muboh ishni qilishga ham uyalib qoldim. Undan tashqari shaxsiyati juda siniq, g'o'zal axloqli, muloyim tabiatli, ammo kezi kelganda qattiqqo'l va qatíyat egasi.
Birga qayerga borsak, kim bilan uchrashsak, agar bazida bu kishining fikriga qarshi bó'lishsa ham, hamma hammalari hurmat qilishardi, aynan mana shunday noyob sifatli musulmon bo'lganliklari cuhun, menimcha.
U kishining ijaraga bergan uyida turgan bir kishi bilan suhbatlashib qolib, u kishi va o'g'lining jamoat namozi, yodlagan Qurónlarini takror etishlari va mahalla masjidini obod etishlarini quvonch bilan so'zlaganimda u kishi, hali hali qulogímda jaranglaydigan quyidagi jumlalarni aytgandi:
U kishi bilan faqatgina o'gli bellasha oladi xolos!
Hayotda inson imkoniyati chegarasini chamalashga va ibratlanishga chorlaydigan mana shunday musulmonlar borligiga shukur. Mana shunday kishilarni Allohim ajrlarini buyuk qilib berib, bu yo'lda davomli qilsin, ameen!
2. Savol: Сиз сснгги марта баҳраманд бслган ва жуда маъқул келган воқеий ҳикосча(лар)дан бизни ҳам баҳраманд ста оласизми?
Javob: Yaqinda Menga aytib berishgan, o'xshashi kam, nodir, hayotiy bir voqea xayolimni mashg'ul etib keladi. (Menga hikoyani aytib bergan kishi bu oilani shaxsan taniydi). Buni aslida qadrdon maskanim ARBUZda yozmoqchi edim, lekin svol sabab birinchi bo'lib bu fayzli maskandan yer olar ekan endi...
Bu hikoyaga o'zimcha sarlavha ham topib qo'ygan ammo yozishga vaqt topa olmayotgan edim, u quyidagicha edi:
MAHBUSNING CHIN YORI VA AG'YORIOilali va farzandli bir didndor birodar, hammamizga ma'lum sabablarga ko'ra, juda uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.
Ko'p o'tmasdan esa hali ozodlikda ekan, atrofida parvona bo'lgan xotini ajrashib, bu yigitning xonadonidan ketib qoladi (farzandlari hozir u ayol bilan yoki yigitning ota-onalari bilan ekanligini bilmayman, so'ramagan ekanman).
O'z - o'zidan ma'lumki, bu bevafolik, yigitning musibati ustiga musibat, dardi ustiga chipqon bo'ladi. Chunki bu ayol, o'zining endi sobiqga aylangan erini, manaviy yordamga eng muhtoj bo'lgan paytida, yaqinlari duosini his etib madad olish va farzandlari o'zining vafodor umr yo'ldoshi qo'lida ekanligini bilib qisman bo'lsa ham xotirjam bo'lishdek ne'matdan ham mahrum etadida.
Hikoya shu yerigacha, neqadar alamli va achinarli bo'lmasin, unchalik ajablantira olmasa kerak. Sababi, bunga o'xshash xiyonat, bevafolik, sabrsizlik va mas'uliyatsizlikdan va aynan muhtoj bo'lganingda qaqshatib ketadigan "do'st"lar xabarini beruvchi boshqa holatlarni, afsuski, Men ham va taxmin qilamanki Sizlar ham ko'p eshitgansizlar.
Kutilmagan nodir hodisa esa keyin sodir bo'ladi.
Imkoniyatlari cheklangan bu dindor mahbus, o'z hayotidagi eng og'ir damlarini boshidan kechirayotgan, kimning unga haqiqiy do'st va kimning aslida dushman ekanligini kun sayin kashf etishda davom etayotgan, SABRning achchiq mazasini butun vujudida, tanasining har bir hujayrasida har bir o'tgan daqiqada takror va takror tuyayotgan kunlarning birida, uning aqli va nafaqat uning, balki ko'plab eshituvchi va o'quvchilarning aqli bovar qilmas hodisa ro'y beradi. Uning ziyoratiga kelgan yaqinlaridan antiqa xabar eshitadi av bir muddat bunga ishonishi ham juda qiyin kechadi.
Ne quloq bilan eshitsinki, mahbusning Parvardigori, unga bevafolik qilgan xotini o'rniga, Men hali-hali izlab ta'rifiga so'z topoolmayotganim, O'zining eng hayratga soluvchi bandalaridan birini - turmush qurmagan bokira qizni halol juft qilib berayotgan bo'ladi.
Qamoqda mahbus bo'lgan, juda uzoq muddat u yerda qolishga mahkum etilgan va balki aynan shu sababli xotini uni tashlab ketgan kishiga - dunyo va undagi holatlarni ko'plab insonlardan butunlay o'zgacha o'lchay oladigan, noyob bir qiz bu dindor mahbusga g'oibona ko'ngil bog'lagan bo'ladi.
To'g'ri, ko'ngil bog'lashni, hurmat etishni, achinishni, qandaydir yordam qo'li cho'zishni boshqalar ham qila olishi mumkindir, ammo bu kabi o'ta jiddiy va turli oqibatlarni o'zida tashigan qarorni hayotda yashay olish, nihoyatda kam uchraydigan, yuksak tahsinga sazovor, noyob holatdir. Kamida Men shunday deb ishonaman.
Bu antiqa nikoh, bundan 3 yil ilgari mahbus yotgan qamoqxonada, uchrashuvga kelgan qiz va ikki taraf yaqinlari huzurida qiyiladi. O'shandan beri qiz, endi esa oilali muhtarama ayol, o'z mahramini har oyda (adashmayotgan bo'lsam 2 marta) ziyoratiga borib turadi.
Antiqa va inshaalloh bu muborak nikoh o'qilarkan, ozodlikka qachon chiqishi va umuman chiqishi noaniq bo'lgan mahbusga, kelajak oilaviy hayotini topshirgan va qaysidir manoda, butun hayotini noaniqliklar qa'riga cho'ktirgan bu QAHRAMON QIZ, o'zining o'ta dovyurak qarori va tan olish kerakki qimmatgina to'lovi bilan (kamida biz bandalar nazdimizda) - Alloh roziligidan va dini uchun bunday og'ir imtihonga solingan bir musulmon birodarini hech bo'lmasa ko'nglini ko'tarishdan boshqa narsani maqsad etgani mening na aqlim va na vijdonimga sig'maydi.
Hikoyani tinglarkanman beixtiyor bu muborak juftga:
Allohim, Sizlarni mukofotlar yurti - JANNATida eng saodatli juftlar qatorida, doimiy mehmonlaridan qilsin, deya duo qilgim keldi. Ilohim shudnay bo'lsin, ameen!
ps. Hikoya hayotiy voqea rivoyatiga asoslangan bo'lib, faqat bazi o'rinlarigina adabiy tasavvur va tasvir bilan boyitildi.
3. Savol: O'zlaringizni e'tiroflaringizcha forum arbuzda ko'p vaqtdan beri ishtirokchi ekansizlar.Shu ishtirokinglar davomida forum sizga nima berdiyu sizlar forumga (yoki forumdoshlar sizlarga ,sizlar forumdoshlaringizga) nima berdinglar?
Javob: FORUMlar - fikr almashish, bahslashish, malumot almashish, nimagadir da'vat etish yoki nimagadir raddiya berish kabi maqsadlarni ko'zda tutgan OMMA sahnasidir.
ARBUZ esa - o'zbek jamiyati turli qatlamlari vakillarini eng ko' proq qamray olgan va birinchilardan bo'lib tashkil etilgan forumlardan biridir, menimcha.
Shuning uchun ARBUZ, Men kabi o'zbeklar bilan bevosita muloqot qilish va ishlash imkoniyati cheklangan, ammo boshqalarga nimalardir demoqchi bo'lgan, o'zbek jamiyati ahvoliga befarq bo' lmagan, uni yaqindan kuzatishni o'z vazifalarifdan biri deb bilgan, boshqalardan o'rganmoqchi, shaxsiyatini doimiy o'stirmoqchi bo'lgan, musulmon intellektual tabaqaga mansub bo'lish uchun intilgan, bunday qatlam hosil bo'lishini kelajakda muhim deb bilgan, jamiyatning turli qatlam vakillari ko'z o'ngida musulmonman deganning aqliy qobiliyati hech birinikidan kam emasligini (buning ahamiyatini anglash uchun SSSR va g'arbning musulmonga bergan tasvirini ko'z oldiga keltirish lozim bo'ladi) takidlamoqchi, buni isbotlamoqchi, boshqacha aytganda, Islomga ko'pincha bil-vosita, bazida bevosita da'vat etishni istaganlar kirib borishi qiyin bo' lmagan va kirishga juda arzigulik joydir.
Bu maqsadga shu shaklda o' ylagan Men va bunga yaqin qarashda bo'lgan ishtirok etgan va etayotgan forumchilar qancha erisholdik?
Bunga ARBUZning kechasi va bugunidan xabardor kishilar, qolaversa o'sha forum foydalanuvchilari baho berishlari mumkin. Meningcha esa biz, bu bo'shliqni ozgina bo'lsa ham to'ldira oldik.
Musulmonlarimiz ichida ham juda ko'plab jiddiy muammolar bor. ARBUZ Men uchun, ana shu muammolarni o'rganish, tahlil etish, ma'lum yechimlar taklif etish, ularni qisman bo'lsa ham sinab ko'rish o'rni hamdir. Bu yo'nalishda nimaga erisha oldim? Bilmayman. (Bilaman, buni samaraliroq qilish uchun, boshqa profili islomiyroq bo'lgan saytlar bilan ham ishlash lozim edi, ammo bunga vaqt va boshqa to'siqlar imkon bermaydi.)
Men din va dindorning faoliyat doirasi imkon qadar keng bo'lishi va ularning insonlar bilan muloqoti imkon qadar tabiiy kechishi tarafdoriman. Forum mana shu manoda ham keng maydon taqdim etadi. Boshqalarni bunga qancha o'rgata oldim? Bilmayman.
Undan tashqari, turli ruhiy, ma'naviy va moddiy ehtiyojlari mavjud, hayot davomida turli holatlarni yashagan va yashayotgan ojiz insonlar sifatida, forum taqdim etadigan turli xizmatlardan foydalanib kelaman. Misol tariqasida, ARBUZning Adabiyot bo'limi bular sirasiga kiradi.
Forum, shu bilan birga, qaysidir ma'noda bizni kimligimizni, boshqalar bahosiga qarab, o'zimga ko'rsatuvchi ko'zgu hamdir. Men ko'zgu oldida imkon qadar bor bo'yim bilan turishni yoqtiraman. Mendan qancha ayb topilsa, demak bular faqat mening ayblarimdir, ARBUZ (shunngdek ZIYOUZ ham) bundan xoli
, unga bu ayblarimni ko'rsatb bergani uchun esa tashakkurlarim.
4. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?
Javob: O'lim bilan uchrashuv - Yoxud hayotdagi orzularim:
O'lim - amal olami bo'lmish sinov dunyo hayotining nihoyasi va ayni paytda kelajak natijalar dunyosi bo'lmish abadiy hayotning debochasidir.
O'lim eshikni qoqqan on, inson bu hayotda nimaga erishib erisholmagani deyarli aniq bo'lgan ondir.
O'lim oldi lahzalari, kelasi, hisob-kitob, mukofot yoki jazo hayotiga inson nimalarni o'zi bilan olib borayotganini chamalash uchun so'nggi imkoniyat damidir. U shuning bilan birga, quvonch, hayajon, umid, orzu, qoniqish, afsus, nadomat, dahshat va qo'rquv kabi tuyg'ularning bazilari yoki hammasining birdaniga inson vujudida so'nggi bor to'lqinlangan lahza hamdir.
Mening boshimga ham shu holat tushganida, quyidagilarni istardim:
1. O'sha dam, hayotimda Allohning diniga imonim eng kuchli bo'lgan, Robbim marhamati va mag'firatiga eng kuchli ishongan va umid qilgan dam bo'lishini,
2. Eng yaqin halqadan tortib uzoqroq halqadagilargacha bo'lgan yaqinlarimning DINni, hayotlarining birlamchi mezoni qilib yashayotganliriga ishonch hosil qilgan holimda,
3. O'lkamizda, insonlar ISLOMni yashashlariga nafaqat keng yo'l qo'yib berilgani, balki buning ongli, o'rganilgan va rejali tarzda targ'ib etilgani xabarini ham eshitgan holimda,
4. O'lkamizda, bugun Turkiyada shakllangani kabi Islomni, zamonaviy hayot tarzi bilan uyg'unlashtirolgan, qayerlardandir nusxa kochirishni chetlab o'tolgan, yurtimiz va xalqimiz xususiyatlarini unutmagan, islomiy dunyo qarashga ega, o'qimishli, ziyoli tabaqa shakllangani va bu tabaqa o'lkamizdagi dindorlarning eng katta nisbatini tashkil etganini eshitganim holda,
5. Dunyodagi musulmon o'lkalar va kishilar, kamchiliklari uchun birovlarni ayblashni to'xtatib, o'zlarini tuzatishga kirishgani, bu harakat o'z samarasini bera boshlagani, buning natijasi o'laroq boshqalar, musulmon o'lkalar va insonlar bilan hisoblashishga majbur bo'layotganini, demakki yaqin kelajakda musulmonlar o'z shavkatini qayta tiklashi faqat vaqt masalasiga aylanganini eshitgan va/yoki tushungan holimda,
6. Yuqoridagi holatlar yuzaga kelishiga, qaysidir shaklda bo'lmasin, ozgina bo'lsa ham hissa qo'sholganimni taxmin qiladigan holimda,
bu dunyoni tark etishni istardim. Agar bu orzular ruyobga chiqsa, o'limning qayerda va qachon Menga duch kelishining unchalik katta ahamiyati bo'lmasdi.
Lekin negadir bu onning Ramazonda ro'za tutayotganim damda va negadir vatanda sodir bo'lishi va ota-onam yoniga dafn qilinishim qalbimga yaqinroq tuyuladi.
5. Savol: Keyingi kunlarda bu mavzuda qoldirilgan hikoyalardan menga eng manzur bo'lgani qaysilar bo'ldi?
Javob: Hamma hikoyalar go'zal, ammo bazilari boshqalaridan yanada go'zalroq.
Aslida bu, qanday baholashga ham bog'liq. Hikoyaning mazmuniga qarabmi, yoki hikoyachining neqadar tasirli tasvirlay olishiga qarabmi yoxud ikkalasini ham ko'zdan qochirmaslik lozimmi?
Men eng oson yo'lini tutdim
, ya'ni mazmuni menga eng ta'sirli sezilganlaridan misollar keltiraman:
1. Munira xonim hikoya qilgan, 12 yil sabr qilishib farzandli bo'lgan juftning sabri va shukri.
2. Muhseenaning Janob Payg'ambarimizga bo'lgan muhabbatiga kuchli havasim keldi.
3. Abdulaziz hikoya qilgan, Chimyondagi masjid supurgich kishining husni xotimasi.
4. Kapalak hikoya qilgan, mahalladagi egasiz it va mushuklar g'amini yeb yurgan Istanbullik qarya kampir.
5. Saltanat hikoya qilgan, opasining hasadi tufayli ukasi xotinini taloq qilganda, bu ayol ko'rsatgan ulkan sabr.
6. Imlaahning qaynotalari yashagan namunali hayot va u kishiga haqli tarzda nasib etgan husni xotima. Menga eng tasir qilgan hikoya aslida mana shu bo'ldi. Allohim shunday go'zal xotimani bizlarga ham nasib etsin, ameen!
7. Salmon Forsiyning mehr haqidagi hikoyasi. (Aravakashni yollagan yigitning, voqeadan so'ng unga yordamlashib ketishiga, (faqat) u bolaning gapi emas, aynan Salmonnig va bolakayning chopib yordamga kelgani va u juda noqulay vaziyatga tushib qolgani sabab bo'lgan menimcha...)
8. Gulining talaba bo'lolmadim, ammo muslima bo'ldim degan tasirli iboralari.