Savolu-javob. ("Forumdoshdan forumdoshga savollar" arxivi)  ( 158653 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 B


shoir  07 Dekabr 2009, 10:10:41

JaruleUZBga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: She'rlaringizni o'qir ekanman, Vatandan uzoq ekanligingizni his qildim. Balki bu she'rlar g'urbatda ekanligingizda yozilgan bo'lishi ham mumkin. Sizday qobiliyatga ega bo'lgan akaxonlarimiz bilan ayni forumga a'zo bo'lish men uchun baxt va g'urur beradi. Olloh ijodingizga baraka bersin.
Sizga savollarim quyidagicha:
1. She'rlaringizni kitob holiga keltirganmisiz?
2. She'r sizda qanday hollarda tug'iladi?

Javob: Ha, sezganingizdek, hozircha vatandan uzoqroqdaman... Shu sabab she'rlarda buning isini sezish mumkindir balki...

Savollar uchun rahmat... Ularga javob esa quyidagicha...

1. She'rlarimni kitob holiga keltirmaganman... Kompyuterimda word file bo'lib turadi xolos... Faqatgina Abdulaziz ukamizning tashabbuslari bilan (Alloh ulardan rozi bo'lsin) ziyouz.com saytida she'riyat bo'limida she'rlarim qo'yilgan... To'grisini aytsam, kitob qilib chiqarish fikrini ko'pchilik aytishgan bo'lsa ham, bunga o'zimni loyiq deb hisoblamayman... Qolaversa, she'rlarni shunchaki havasga yozaman xolos...

2. Yuqorida aytganimdek, she'rlarni bo'sh vaqtimda, shunchaki havasga yozaman xolos... Sheing tug'ilishi ham qiyin emas... Shunchaki kayfiyatga qarab yozaverman... Uning uchun biror voqea-hodisa bo'lishi shart emas... She'rni, odatda dam olish uchun yozaman; ishdan, o'qishdan charchab kelganda, uyqusiz kechalarda ko'proq yoziladi... Kechqurun she'rni yozib, uxlab, ertalab bomdoddan keyin o'sha she'rni bir o'qiganda hamma charchoqlarim chiqib ketadi, desam, ishonmasangiz kerak... Mana shunaqa gaplar... :-)

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:11:01

 
Saltanatga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Bilishimcha balog'at yoshiga qarab o'sib borayotgan farzandlaringiz bor ekan.Islom va ilm umuman tarbiya jarayonida o'g'il bolalar bilan muloqot osonmi yoki qiz bolalar bilan?

Javob: Albatta har bir ota-oana farzand ko'rar ekan, farzandini yaxshi inson bo'lishini orzu qiladi,shunday yillar bo'larkanki faqat farzandi haqida o'ylab, o'zlgini unutib qo'yarkan ba'zida odam, albatta bunday o'zligini unutib yashash xolatlari faqat farzandlarimizni solih bo'lib etishishidagi xizmatlarimizga sarflagan umrimiz bo'lsin,yomon kundan Allohimning o'zi asrasin.
Tarbiya jarayonida bolalar bilan muloqot qilishda ularni qiz bola yoki o'gil bola ekanligi qiyinchilik tug'dirmaydi.Farzandlarga tarbiya berishda ilk yoshlardanoq jiddiy shug'ullanish kerak,ota-ona ,buva-buvijonlar bolalarga ibratdirlar.Mehnat jarayoni kattalar hayotida qanday muhim o'rin tutsa bolaning o'yin jarayoni uni atrof-muhit,undagi narsalar va bu jonli va jonsiz narsalar bilan o'zaro muloqotni o'rganishida katta ahamiyatga egadir, buning natijasida uning xarakteri shakillanib boradi.Oiladagi muhit esa bola xarakterini yangi qirralarini shakllantiradi.Agar bolaga xox qiz, xox o'gil bo'lsin ish qilyatganingizdayam ishlar orasida bir oz tin olib o'tirganingizdayam bolani fikrlash qobiliyati tafakkur doirasiga qarab bolani aqli yetadigan doirada do'stona suhbat qurib borilsa, 7 yoshgacha 10-15 minutdan diniy va dunyoviy bilimlar bilan tanishtirib boshlang'ich bilimlar berib borilsa kelgusi yillarda bola tarbiyasida ortiqcha qiyinchiliklarga duch kelinmaydi inshaalloh, albatta Allohimga qilgan duolarimiz va Egamning madadi bilan.Tarbiya jarayonida xozirda qiyinlashib borayotgan xushmuomalaikka alohida etibor qaratish lozim deb bilaman, bazan kattalarga achchiq qilib bolalarga qo'pol muomalada bo'lish bolani xudbin qilib qo'yadi.Tarbiya jarayoni chidam bilan amalga oshiriladi,Bu jarayonni mufaqqiyatli bajarishimizda Allohim madadkor bo'lsin.


2. Savol: 1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?

Javob: 1.Oldiniga bir oz qarshiliklari bo'lgan, shu davrda man kiradigan saytlarni chegaralab qo'ygandilar.Hozirda qarshiliklari yo'q, faqat Fulldizi.comda "kurdlar vadisi"ni ko'raman shunga bir oz g'ashlik qiladilar.
2.Hozirda chegaralanmagan.
3.Har qanday odam o'z iymon e'tiqodi asosida ish qiladi.Ya'ni iymonli musulmon bo'lsa yomonliklarning ham yaxshi,ibrat bo'ladigan joylarini topib o'ziga ibrat qila oladi, qadumgilarning "Odobni odobsizdan o'rgandim" deganlaridek,(buning ma'nisi odobsizning yomon,beo'xshov qiliqlari va gap so'zlarini ko'rib, bularning xunuk ko'rinishini tushunib, o'zim shu ishlarni qilsam atrofimdagilarga yomon ko'rinadi, malol keladi deb tushunisidir), endi salbiy xarakterga ega odamlar yaxshiliklardan ham yomon yo'lda foydalanadilar.Oilali ayollarni netdan foydalanishlariga ijobiy qarayman, qachonki yaxshilik yo'lida foydalansalar.


3. Savol: 1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?

Javob: 1.Bir odamni ikkinchi bir odamning ishonchiga kirishi va bu ishonchni oqlashi oson ish emas.Yuqorida aytigan fikrlarga quyidagilarni qo'shimcha qilmoqchiman:
Oiladagi ishonch o'z qadrimizni bilgan xolda bizning ikkinchi yarmimiz bo'lgan juftimizning manfaatini o'zimizning manfaatimizdan yuqori qo'yishimizdir(bu narsani biz burch deb ham tushunamiz va shu burchimizni sidqidildan samimiy bajarish natijasida juftimizni ishonchini qozona boramiz).
Yashayotgan barcha odamlar o'zining boshqa odamlar oldidagi mas'uliyatini xis qilib,o'zgalar manfaatini suiste'mol qilmasdan,o'zining  va o'zgalar manfaatlarini o'ylagan holda o'z vazifalarini halol ado etishi bilan kishilar ishonchini qozona oladilar.   
2.Oldingi "chegaralanmagan" degan javobimda YM,agent,skype,ICQ,MSM- bularni nazarda tutmaganman, man bulardan umuman foydalanmayman.Hetdagi bekorchi chadlarga kirmayman.
"ishonchsizlikmi?" degan savolizga man--ishonchsizlikdan ko'ra ko'proq xovotir bo'lsa kerak, chunki suvni suv buzadi, odamni odam--deb javob beraman.
3."zamonaviy erkaklar"ga keladigan bo'lsak (erkaklik g'ururini bilib,erkaklikka amal qilib yashayotgan yigitlarimizdan uzr so'rayman) hayotda ko'p uchratdim -- o'g'il bo'lib tug'ilganlarning hammasi ham erkak bo'lib yashayotgani yo'q.Anashu odam ko'paysinga yashayotgan erkak jinsiga oid odamlar yo ayoli boyligining quli, yoki bu dunyoning quli, yoki man erman kerak bo'lsam boqib ol deyotgan erkaklar, yoinki o'z qadrini, bu dunyoga nima uchun kelganini tushunib etolmaydigan "bechoralardir",ular o'z fikrlari bilan emas o'zgalar fikrlaridan yaxshi yomonni, halol xaromni farqlamay andoza olib yashayotgan odam mahluqlardir,shaxsan man uningday kishilarga bundan boshqa baxo berolmayman.
Yana bir bor oriyatli musulmon yigitlarimizdan uzr so'rayman, bu gaplar ularga qaratilgan emas.


4. Savol: Шукр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Hayotda yaxshi kunlarga,o'ziga kelgan yaxshiliklarga SHUKR deyishni unutib qo'ygan ba'zi zamondoshlarimiz orasida yashab turib hayotining achchiq zarbasiga dosh berib, bu achchiqbni ichiga yutib turib " Alhamdulillah, Allohga shukur " deyish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi...
 Bundan 2,5 yil oldin bo'lgan voqea. Man bir oilani bilaman,islomiy oila 3 o'g'llari va 2 qizlari bor.O'g'illarini Buxoro va Qo'qonda madrasada o'qitishgan,qizlariga ham islomiy ilim berishgan,xavas qilsa arzigudek oila.Kelinlari ham ilmli qizlar.Bir xovlida kelinlari bilan yashashardi,o'g'illarini ro'zg'orini boshqa qilish uchun bir xovli sotib olishdi va uylarni qayta ta'mirdan chiqarish uchun usta solishdi.Ustalar uyni ko'zdan kechira turib uy devori orasidan o'tgan elektr simini ko'rishadi va uy egasiga aytishadi, ustalardan biri bu simni ushlab ham ko'radi, simda tok yo'q ekan.Uy egasi elektr tarmog'i hodimlaridan bu simdan tok o'tadimi yo'qmi so'raganda bu simdan tok o'tmasligini aytishadi.Ustalar ish boshlashadi,bundan xabar topgan katta o'g'il ustalarga qarashgani borib "Ukam bu uyda yashaydi,buni o'zim bir tekshirib ko'raychi"debdiyu tomga chiqib "Bismillohir rahmonir rahiym" deb turib simni ushlabdi-yu yerga uchib tushibdi, shu ondayoq jon beribdi...Endi 29 yoshli o'glini uydan kuztib qo'ygan onani 2 soatdan keyin "O'g'lingiz omonatini topshiribdi" degan gapni eshitgandagi ahvolini tasavvur qilib  ko'ring.Ota-ona 29 yoshli jigarporasidan ajradi,yoshgina kelinchak esa umrisherigidan ajradi,3 farzand etim-sag'ir bo'lib qoldi.Ular hayotning ana shunday achchig'iga "Allohhinning peshonamizga yozgani ekan,sabr qilamiz,o'zi bergandi o'zi oldi, shu kunlarni ham ko'rsatganiga shukur" deb turib ta'ziyaga kelganlarni uzatishibdi.Ko'z yoshlari yuzlarini yuvib tursada ayriliqning alamli achchigi' ichlarini kemirib tursada shu gaplarni aytishga o'zlarida kuch topa olishibdi.Qalbining mevasi uzilganda shukur deya olgan bu ota-onaga,3 norasidasining etim-sag'ir bo'lib qolganidan nolimay Allohdan jannatdagi birligini kutib sabr bilan yashayotgan kelinga Yaratganning o'zi ajru-savoblarini mo'l-ko'l qilib bersin,omiyn.

Ikkinchi voqea...
Bir oila, 3 farzandi bor. Kattasi qiz.Qizlari turmushga chiqqan,yoshi ham 35 yoshdan o'tgan, bu ayol tengilarning bolalari 17-18ga kirib qolgan,biroq bu ayolda farzand yo'q.Aksiga olib ukasi ham uylangan biroq ular ham kech bolali bo'lishdi."Nahot ikki farzandim bolasiz bo'b qolsa" deb yig'layverib ona qon bosimi ko'tariladigan,keyinroq qand kasaliga duchor bo'ldi, shu orada o'g'lining farzandli bo'lishini eshitib ancha o'ziga keldi,O'gli o'g'lli bo'ldi.Opa ukasining farzandli bo'lganiga xursanda bo'lish o'rniga xasad o'tida yondi, "Man kattaman, bular mandan oldin bolali bop'lishdi" deya (afsuski man o'zim guvohman bu ishlarga, oramizda shunday xasaddadn ko'zlari ko'r bo'lgan insonlar bor) kelinni kiyganini kafan, eganini zaxar qildi.Onasini qo'lga olib "Manga bolani olib berasiz, katta nevarez mani bolam bo'lishi kerak" deb qaynona-kelin o'rtasida janjal chiqardi, afsuski ukasi ham shu birgina boladan boshqa bola ko'rmadi, bola 4 yoshdan o'tdi janjal hamon tinmas vaqti-vaqti bilan bo'b turardi, nihoyat bolaga hatna toyi bo'ladigan bo'ldi,opa bundan battar g'azabga tushdi va ukasiga nimalar degan Xudo biladi,to'yga 5 kun qolganda ukasi kelinga 'Sani hech qanday aybing yo'q,lekin san bilan yashamayman, 3 taloqsan"debdi.Tilab-tilab topgan farzandining hatna to'yi oldidan bu gapni eshitgan kelin qon-qon yig'lab, tahorat olib Allohga "shu gaplarni ham eshittirganinga shukur,ko'tara olarkanmanki eshittiribsan,peshonamga yozganinga sabr qilaman,o'zing madad ber" deya to'rt rakaat namoz o'qibdi.Man bu gaplarni hufton o'qiyman deb turganimda eshittim va o'tirgan joyimda qotib qoldim, chunki er-xotin bir-biriga uzukka ko'z qo'ygandek munosib bir-birlarini tushunib yashar edilar, gap manga aytilmagan bo'lsada ko'tara olmadim, ancha vaqtgacha muzlab, titrab o'tirdim,hufton namozini juda kech o'qidim, lekin bu gapni eshitgan, to'yi azaga aylangan kelin Allohdan o'ziga sabr tilab, shuningday og'ir gapni eshittirganiga shukur qilib namoz o'qishga o'zida kuch topa olibdi.Bardoshiga balli,ko'rgan o'ksikliklari ajrini Allohim jannati va o'zining vasli bilan mukofotlasin, omiyn.

 Allohim barcha bandalariga o'zini tanishlikni va o'zidan qo'rqishlikni nasib etsin,barchamizni hidoyat yo'lidan adashtirmasin,islomiy ilm bilan ilmlantirsin va ilmiga amal qiladigan bandalaridan qilsin,omiyn.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:11:11

5. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Javob: Haqiqatdan ham bandasi Yaratganni tan olmasligi mumkin, biroq o'limni tan olmaydigan banda hech qayerda yo'q.Odam yashar ekan xoxlasa xoxlamasa o'z o'limi sari yaqinlashib boraveradi,hayotining qanday yakun topishi avvalo Alloh xoxishidek, qolaversa amallarining natijasi o'laroq jon berish laxzalari oson yoki qiyin kechadi.
 Man ham barcha o'ylaganlar qatori o'z o'limim haqida bir necha bor o'ylanib ko'rganman,barcha musulmonlar qatori Allohim qalbimni iymonimdan ayirib qo'ymasligini,so'nggi kalomim Kalimai shahodat bo'lishligini so'rayman.Orzuga ayb yo'q deganlaridek, Makkai Mukarrama Madinai Munavvarada muborak Haj kunlarida Haj amallarini bajarib,arafa kunida Arofat togida Allohni zikri bilan bo'lib turgan chogimda omonatimni topshirishni nasib etishligini orzu qilaman.Taqdiru-qadarimda nima yozilganligi yolg'iz yaratgangagina ayon, Allohim peshonamga bitgan taqdirga roziman,hayotimning go'zal xotima topishini xoxlayman va O'zi qodir qilganicha qo'limdan kelganicha Rahmonni yo'lida yashab o'tishligimda yana O'zidan madad so'rayman.Allohim barcha O'zini taniganlarni har ikki dunyoda RAHMATI, MARHAMATI , MAG'FIRATIdan bahramand etsin,shu bandalar qatori mani va barcha yaqinlarimni ham,omiyn.

 
6. Savol: Azaga borsangiz eng ko'p tasirlangan voqeangiz?

Javob: O'lim haq, barchamizning boshimizda bor.Buningday kunlarda Allohim barchamizga go'zal sabr bersin.
  Man ham yaqinlarimdan o'lim sabab ajralganman,azaga kelganlarni "mayyitning yaqinlari nima deb yig'lasharkin" deya yig'lab turganlarning o'g'zini poylab tikilib turishlari yoqmaydi, vaxolanki aytib dod-voy solib yig'lashlik johiliyat davridan qolgan.Aytib yig'lamasangiz "bu boshiga kelgan kunga sabr qilyabti,marhum haqqiga duoda turgandur" deyish yo'q shu yerning o'zidayoq bu xolatni gapirib turishadi.Ana shu xolatdan qattiq ta'sirlanganman.


7. Savol: sizga eng yoqadigan,doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Doimo yodimda bo'ladigan bir so'z, biroq buni kim aytganini xozir eslayolmayapman, bu so'z manga har qanday vaziyatda hayotga ishonch bilan qarashimga yordam beradi,hayotning quvonchu-tashvishlariga duch kelganimda ilk aytadigan so'zim:
 Allohning har ishida hikmat bor.


8. Savol: Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Javob: Man ham vaqtimizni foydali ishlarga sarflashimizga, hayotda nima uchun yashayotganimizni yana bir bor yaxshilab o'ylab ko'rishimizga sabab bo'ladigan savollar bergan birodarlarimizdan Alloh rozi bo'lsin.O'zlaridagi ilmga intilishlikni bardavom qilsin va bu ilmlariga amal qilishlikni nasibu-ro'z aylasin.Amiyn.
  Endi maqul kelganlariga kelsak, yuqorida sanab o'tishibdi, man shularga qo'shimcha qilgan xolda shuni aytishim mumkinki, barcha fikrlarda ibrat bo'ladigan ishlar bitilgan, fikrlar rang-barabgligi odamni har qanday vaziyatda inson ekanligini va atrofimizdagi barcha kishilarni bir-biriga g'animatligini, oxirida esa savoblarga ajru-mukofot, gunohlar uchun jazo muqarraligini eslatib turibdi.
 Allohim barchamizni O'zining Haq yo'lidan adashtirmasin va o'zimizdagi zarracha bo'lsada ilmu-tushunchalarimizga amal qilishligimizni nasib etsin,amiyn.

9. Savol: Агар кимдирга сен схшилик қилсанг - унут, кимдир сенга схшилик қилса сла-слгунча унутма, деган ҳикмат бор. Ҳаётда қийин вазистларда сизга ёрдам берган инсонларни сслаб турасизми?

Javob:   Agar sen balolar yo'liga tushib qolsang ko'zing quvonsin,chunki bu yo'ldan Paygambarlar (a.) va solihlar yurishgan.Agar sen rohatlar yo'liga tushib qolsang nafsingga yig'lagin,chunki sen ularning yo'lidan adashtirilibsan.
                                                                                                                     Vahb ibn Munabbah.
    Odamlarning ba'zilarining doimiy tinch va to'kin sharoitda yashashi ularni aksar xollarda --man judayam yaxshi bandamanki,Alloh manga shunday yaxshiliklarni ne'mat qilib berib qo'yibdi--degan o'yga olib boradi va natijada ular o'zlarini hamma narsa qila oladigandek xis qiladilar.Vaxolanki bu dunyoning o'zi banda iymonini sinash uchuin fitnalardan iborat yaratilgandur.Bu sinovlar dunyosida yashar ekanmiz xoxlaymizmi-xoxlamaymizmi hayotning turli xil sinovlariga,quvonchu-tashvishlariga duch kelamiz.Quvonchli kunlarimizda ko'nglimiz dunyodek kenggayib hamma narsani sig'dira oladi,biroq tashvishli-qayg'uli damlarimizda yuragimizga qil ham sig'may qoladi.Quvonchli kunlarimizda hamma-hamma,hatto do'stsifat dushmanlarimiz ham yonimizda turadilar, biroq boshimizga tashvishli kunlar kelganda asl do'stlarimiz saralanib qoladilar.
 Banda ro'zg'orning suv oqar soyida toshdan-toshga urilib oqib,hayotning tashvishli-qayg'ili kunlarining to'fonidan eson-omon o'tib,turmushning har tarafdan tushgan "mushtlari"ga dosh berib po'lat o'tda toblanganidek o'z irodasini toblab boradi.Shunday sinovlarni boshidan o'tgizgan odam,agar to'g'ri xulosa chiqara olsa hayotdagi to'g'ri yo'lini topa oladi.Yo'llari ko'p bu dunyoda yashab biri do'zahga biri jannatga olib boruvchi atigi ikkitagina  yo'li bor u dunyoligi uchun o'zining jannati sari olib boruvchi Haq yo'lidan yuradi.Va bunday kishilar o'zlari kabi hayotning turli sinovlariga duch kelib hayot so'qmoqlarida ro'zgor aravasini qiyinchilik bilan tortib borayotganlarga ma'naviy tirgak bo'la oladilar.Man ham turmushning har xil zarbli "mushtlari"ga duch kelganman va bunday paytlarda yuqorida aytganimdek hayotda tajribalari bor o'z yaqinlarim hamda qoni uzoq bo'lsada ko'ngli yaqin bo'lgan tanishlarim manga tirgak bo'la olganlar, haligacha quvonchu tashvishlarimga birdek sheriklar.Biz oilamiz bilan ulardan cheksiz minnatdormiz, Allohim shunday kishilarga farzand qilgani va atrofimizda Haqning haq yo'lida yuradigan kishilar jamlagani uchun hamdlar aytamiz, ullarga va ulardek bandalarning haqlariga doimo g'oibona duodamiz.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:11:30

ЖАМШИДЖОАga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Tasavvur qiling, siz jamoat transportiga - avtobusga chiqdingiz. Yarim yo'lga kelganda cho'ntagingizni titkiladingiz, yo'l kartochkangiz yo'q, pul olishni ham esdan chiqaribsiz. Bir so'm ham pulingiz yo'q, lekin avtobusga to'lash kerak. Uning ustiga yoningizda tanishingiz ham yo'q. Konduktor ham yomon muomalali... Shu vaziyatda nima qilasiz?

Javob: Man bir kun shunaqa vaziyatga tushib qoldim pul olish esdan chiqqan, bizda avtobuslar bumidi ko'proq RAF moshinalari yuradi. RAFga chiqdim shoshilinchda pul olish esdan chiqibdi RAF to'la odam manzilga yetay deganda qarasam pul omabman nima qilishimi bilmi tavakkal qilib aka to'xtatib qo'yin didim. Toxtagandan keyin akani o'ziga sekin ohangda aka pul olishdan esdan chiqibdi man shuna joyda ishliman aka yo bumasa keyingi safar chiqqanda tashlab ketaman dedim. Aka hijolat bumin bemolol tushunamiz didi boshqa shaxarlardi bilmadimu lekin Qo'qonda odamgarchilik degan narsa bor. keyingi safar chiqqanimda usha akaga pulini tashlab ketdim.


2. Savol: Faraz qilin siz ishlaysiz. Boshliq sizni juda hurmat qiladi. Sizga ko'p e'tiborini qaratadi.
Jum'a vaqtida jumaga borishingiz kerak.
Lekin boshliq bn bog'liq ishingiz ham bor ayni shu vaqtda.
Boshqlig'ingiz bn ishni bitirguningizcha juma o'tib ketishi aniq.
Qay birini tanlardingiz va bu vaziyatda nima qilardingiz?

Javob: Savol uchun rahmat: Insholloh hali bunaqa vaziyatga tushganim yug'u lekin agar shunaqa vaziyatga uchrab qolsam hujiyinimga aytardim. SHu ishdi jumadan keyinga qoldirsak. Agar ishimiz zarir diyishsa 5 minutda tahorat olamiz, 5 minutda masjidga boramiz mashinamiz bor darrov boramiz, 10 minutda jumani o'qib yana qaytib kelamiz. Insholloh keyin nima ish bo'lsa qilaveramiz Hujiyin Ollohdi ibodatidan kechga qolmaylik 20 minutli vaqtimiz ketarkan. 20 minutli ibodatimizi ohiratda pulga ham sotib ololmaysiz hujiyin derdim. Afsuski mani ustimdan hujiyinim yo'q shunday disam.


3. Savol: Yoshligingizda Tarovih namozi bilan bog'liq qiziq holatlar yuz berganmi?

Javob: Tarovih namoziga ilk chiqqan kunimi eslayman, usha paytda esimda bo'lsa kere 6 yoshlarda edim esimda bor usha kun taroveh namozini yarimiga kelganda sajdaga boshimi qo'yganimcha o'hlab qolganman charchab yonimdagilar qo'rqib ketishgan qarasalar o'hlab qolganimi ko'rib kutarib uyga tashab qo'yishgan bizi hovlimiz masjiddi olida masjid bilan yon qo'shni disa ham bo'ladi.=

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:11:37

4. Savol: Avvallari TVda Ramazon munosabati bilan turli dasturlar, filmlar namoyish etilardi. Shulardan siz eslab qolgan, o'sha paytda sizga qattiq ta;'sir etgan film yoki dastur?

Javob: manga usha paytlarda berilgan bir film hali ham esimdan chiqmidi. Toshkent kanalidan berishgan edi tahminan 1998 - 99 yillar bo'lsa kere adashmasam. Hasad degan film berilgandi juda ham chiroyli ishlanga kino film manga bu film juda yoqqan.


5. Savol: Ramazon oyida siz maroq bilan mutolaa qilgan, o'sha kitobni eslasangiz Ramazonni eslaydigan, Ramazonni eslasangiz, o'sha risola xotiringizga keladigan kitob qaysi?

Javob: Ramazonni eslasam faqat Quron hayolimga keladi undan boshqa kitob hayolimga kelmasa kere.  Masjidga chiqsam Hatm namozlari 30 porani o'qib tugatishadi. Ramozonda Ollohning kalomi ilk bora tushgan kun bu.


6. Savol: Yoshligingizda Ramazon aytganmisiz?

Javob: Ha yoshligimda ramazonda ramazon aytganmiz Muxiddin degan do'stim bo'lardi. Iftorlikdi qilardida ramazon aytgani chiqib ketardi. Man nimagadur uyalardim aytgani lekin duo qilishga usta edim do'stim ramazon aytardi man esa qarab turardim agar biror nima olib chiqib berishsa man duo qilardim. Ajoyib bo'lgan ramazon aytgan kunlarimiz. Bir kun ramazon aytib aytib ichkari kuchalarga kirib adashib qolibmiz ikkovimizam yig'lab yurorganmiz kuchada keyin bitta amaki bizi uyga tashlab qo'ygan. Juda qiziq voqealar ko'p bo'lgan ramazonda.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:11:54

IXLOSga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Siz uylanmoqchi bo'lgan qiz,musulmonu,lekin hijob o'ramaydi,namoz o'qimaydi..Shunda mana shu narsalarni singdirish uchun qanday yo'l tutasiz? da'vatni qanday olib borasiz?

Javob: To'g'ri xar bir iymoni bor yigit o'z ayoli hijob o'rovchi va namoz o'quvchi bo'lishini xoxlaydi.Bilmadim xozirgi kunda bunday qizlarni kunduzi chiroq yoqib topish qiyin bo'lsa kerak yana bilmadim. Savolga kelsak men sizga murojaat qilmoqchiman unda eshiting  siz qachon va qay xolatda biron insonga o'z fikringizni singdira olasiz? meni javobim esa quyidagicha qarang forumga qo'shilganingizga qancha vaqt bo'lgan bilmadim-u.o'ylashimcha xamma sizni xurmat qiladi va  o'ziga eng yaqin do'st deb biladi.Shu sababli sizni barcha fikrlaringizga  qo'shilishadi va takliflarni birgalikda bajarishadi. Demoqchimanki siz xam u qiz bilan avval juda mustaxkam aloqa (u qanday aloqa bo'lishi sizga bog'liq) qurib oling axir xar qanday insonga birdaniga  yaxshi gap aytsangiz qabul qilishi qiyin yoki ko'tara olishmaydi. siz munosabatni to'g'ri quring va asta-sekinlik bilan islomni singdirib borasiz  albatta bu ulkan sabrni va o'ziga xos muallimlikni taqazo etadi. insonni xech qachon birdaniga toqatidan ortig'ga buyurib bo'lmaydi yo ketib qoladi yoki bu narsani yukini ko'tara olmasdan yomon ko'rib qoladi. Bu faqat meni fikrim edi xalos yana bir bor uzr so'rayman.


2. Savol: Tasavvur qiling, siz jamoat transportiga - avtobusga chiqdingiz. Yarim yo'lga kelganda cho'ntagingizni titkiladingiz, yo'l kartochkangiz yo'q, pul olishni ham esdan chiqaribsiz. Bir so'm ham pulingiz yo'q, lekin avtobusga to'lash kerak. Uning ustiga yoningizda tanishingiz ham yo'q. Konduktor ham yomon muomalali... Shu vaziyatda nima qilasiz?

Javob: ALLOHga shukr men bunday xolatga tushmaganman,lekin shu xolat  bo'lsa Payg'ambarimiz Rasuli Akram (s.a.v.) aytganlaridek: "xatto oyoq kiyimingni bog'ichi uzilsa xam "Inno lillohi va inno ilayhi roji'un"  denglar". Men albatta shunday degan bo'lar edim va u yog'ini ALLOH TAOLO o'zi ko'nglimga solur."Inshoolloh"


3. Savol: Ramazon oyida siz maroq bilan mutolaa qilgan, o'sha kitobni eslasangiz Ramazonni eslaydigan, Ramazonni eslasangiz, o'sha risola xotiringizga keladigan kitob qaysi?

Javob: Agar yakka o'zim o'qigan kitobim xaqida ketsa xaqiqatda javob beradigan bo'lsam ming bor uzr Ramazonda kitob mutoala qilmagan ekanman.


4. Savol: Avvallari TVda Ramazon munosabati bilan turli dasturlar, filmlar namoyish etilardi. Shulardan siz eslab qolgan, o'sha paytda sizga qattiq ta;'sir etgan film yoki dastur?

Javob: Xa bu savolga qo'rqmasdan javob bera olaman chunki Ramazonda sahar chog'ida qo'yilgan  filmlarni ko'rishni juda yaxshi ko'rardim afsuski endi qo'yilmayapti. Bir film ko'rgandim ammo uzr nomi esimda yo'q,lekin undagi bir voqeani Alloh inshoolloh oxiratda
xam unutmasam kerak bu shunday: Bir ayol qozi kalonni oldiga erdan shikoyat qilib kiradi va undan taloq so'raydi Qozi sababini so'raganida erim meni aldayapti kecha kechqurun bir tunni o'zida makkaga borib keldim deyapti deydi:
Shunda qozi erini chaqirtirib undan shu gap rostmi deb so'raydi u to'g'ri ekanini tasdiqlaydi, Shunda qozi undan nega yolg'on gapirding axir bu mumkin emasku deb aytganida uning javobi  quyidagicha bo'ladi: Xazrat Alloh taoloning dushmani shayton bir laxzada dunyoni u chetidan bu chetiga bora oladiyu nega endi Allohning eng suyukli do'sti bo'lmish inson makka borolmasin deydi. Shundan keyin qozi bir necha kunlab o'ziga kela olmaydi va nixoyat o'z ishidan voz kechib Xidoyat yo'liga o'tadi...
Uzr xozir butun boshli filmni yozib yuboraman...


5. Savol: Ramazon bilan bog'liq hayotingizdagi eng go'zal xotiralar bilan o'rtoqlashsangiz.

Javob: Men sizga shunday savol bermoqchiman aytingchi  gulzorga kirib qoldingiz va sizga shu yerdan eng go'zal, chiroyli gulni uzib chiqishni so'rashdi siz qaysi gulni uzasiz? Manimcha gulzordagi xamma gullar bir-biridan chiroylidir... Mohi Ramazon ham men uchun shundaydir. Har bir kuni men uchun go'zal xotiradir inshoolloh...


6. Savol: Har qadamni, har bir ishni Alloh rizosi uchun, xolis bajarishimiz uchun nimalarga ahamiyat berishimiz lozim?

Javob: Javobga keladiga bo'lsak men bir ojiz banda o'zimni oz bilganlarimni bildirish bilan cheklanaman. Xar bir ishimizni Olloh xaq taoloni rizosi uchun bajarmoqligimizda eng avvalo o'sha qo'yayotgan qadamimizni, O'sha bajarayotgan ishimizni, amalimizni Olloh taoloni ko'rib turgandek bajarmoqligimiz lozimu lobuddir. Zero biz ko'rmasakda U zot o'ta xikmatli va o'ta xabardor zotdir!
Ulug' zotlardan biri bo'lga Hasan Basriy xazratlarini quyidagi xikmatlarini keltirish bilan cheklanaman:
Sizlar xohlagancha ilm o‘rganaveringlar. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha Alloh sizlarga uning uchun ajr bermaydi.  Ahmoqlar himmati rivoyat qilish, ulamolar himmati rioya qilishdir.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:12:10

Muzayyanaga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Fiqh,tafsir ilmlarini to’liq egallagan arab yigiti va unchalik ilmga ega bo’lmagan, ammo iymoni kuchli o’zbek yigiti. Sizning tanlovingiz?

Javob: Agar man rostdan ham kelajakda shunday holatga tushib qolsam...
Rasululloh  :sw:ning aytganlariga itoat etib,  albatta istihora namozini o'qigan va Allohdan hayrlisini o'zi  anglatishini undan so'ragan bo'lardim, Vallohi alam.
Alloh O'zi har narsani bilguvchi, ko'rguvchi Zotku!


2. Savol: Tasavvur qiling, turmushga chiqdingiz. Turmush o’rtog’ingiz ishingni yig’ishtir, uyda o’tirasan desa, nima qilardingiz?

Javob: To'g'risini aytsam man o'zi turmushga chiqqach ishlashni shaxsan xoxlamayman.
O'ylab ko'ring, muslima ayol uchun farzand tarbiyasidanda muhimroq ish bormi, o'zi?
Agar mani ishlagim kelsayu, turmush o'rtog'im ishlamiysan desalar, albatta bunga bir og'iz so'zsiz rozi bo'laman, sababi erning topganiga qanoat hosil qilish bu ayol uchun joiz deb o'ylayman.
Keyin kitoblarda o'qigandim, ayol Alloh rizoligiga qaysidir manoda erning rizoligi orqali erishar ekan.


3. Savol: Yoshlikdagi siz tez-tez yodga olib turadigan qiziqarli voqea?

Javob: Eng ko'p eslaydiganim va manga tez-tez eslatishadigani, albatta oilada,
bu buvim namoz o'qir edilar, man namozni tushunmasdimda, lekin buvimga taqlid qilib, sochiqchani yoyib olib, uni bir chetida o'tirib, buivmdek yotib turaverardim, birov chaqirib qolsa, bu namoz demasdan yugurib turib ketaverardim ham, hozir shu voqeani eslab, yig'lashimni ham kulishimni ham bilmayman. Yosh bola edikda, Alloh kechirsin...


4. Savol: Hayotda biron hato ish qilib qo'ysangiz uni o'nglash uchun qanday yo'l tutasiz?Umuman og'ir tushkunlik kayfiyatidan qanday chiqib ketasiz?
 
Javob: Ko'p bo'lgan hato ish qilgan paytlarim, bandamizda...Alloh kechirsin...
Eng yaxshisi bu tavba qilish. Birodardan uzr, yani kechirim so'rayman. Mani ko'pincha tushunishmagan hollar ham bo'lgan. Chin dildan kechirim so'radiz, lekin abul qilishmadimi, qolgani Allohga havola. Og'ir tushkunlik kayfiyatidan chiqa olmayman desam ham bo'ladi.
Esiman chiqar, lekin yana bir nima sabab bo'lib esimga tushib qolsa, yana azob beradi. Axir biz insonmizku, beayblik Parvardigorgagina xosku.
Lekin bu degani xato qilish mumkin degani emas, albatta...


5. Savol: Postlaringizni kuzatdim va anglaganim barchangiz bu hayotda o'z fikringizga ega mustaqil insonlarsiz.Tasavvur qiling siz "sevib" qoldingiz.Ammo "oshig'ingiz" ota onangizga yoqmadi.Siz esa boshqa inson bilan yashay olmayman degan ishonchdasiz.Hayotda qanday yo'l tutasiz?
 
Javob: Siz aytgan narsaga tasavvurdan emas, hayotdan, yani boshdan o'tgan desa ham bo'ladi, kelib chiqib javob bermoqchiman.
Bitta narsa muslim va muslima ota va ona hech qachon bolamga yomon bo'sin demas ekan. Ota-ona baribir bir kun kelib haq bo'lib chiqar ekan, ko'ngillarini og'ritib, hafa qilganing qolar ekan. Bilmadim Alloh mani kechirarmikan, qilganlarim uchun. Lekin umid qilaman, toki tirik ekanman umid qilaman...
Yana bir narsa, Rabboniy sevgidan boshqasi, hamma-hammasi o'tkinchi ekan. lekin buni boshida bilshang edi, boshqacha bo'lardi...
Mana ota-onamni aytganlariga amal qilyapman, aslo kam bo'layotganim yo'q, alhamdulillah. Baribir ota-ona haq ekan, har qanday masalada ham, agar ular nohaq bo'lsalarda, biz bosh egaveraylikchi, Alloh o'zi ularni qalblariga haqni solar ekan.
Turmushga chiqmagan singiljonlar va opajonlar to'g'ri islomda qiz bolani ham ra'yiga qaraladi, lekin xech qachon agar ota-ona rozi bo'lmasa, biriz ikki bo'lmas ekan. "Mani sevganim bor, o'shanga teyaman" deb ovorayam bo'mang, sababi, agar ota-onani ko'nglida ozgina hijillik qolsada, balki boshida xayot yaxshi kechar, lekin baribir bir kun kelib bu narsa o'z kuchini ko'rsatar ekan.
Mana bir yaqin orada bo'lgan voqeani aytib beraman, bir dugonam bo'lardi, hullas bir yigitni sevib qoldi, u yigit ham, yigitni tayinli ishi va ilmi bo'lmagani uchun qizni ota-onasi dugonamni unga bermaymiz deyishdi. Dugonamk ming ko'ngilhiraliklar evaziga turmush qurdi. To'ydan keyingi hayot tashqaridan qaralsa, nawq dugonam jannatda yashayotgandek, lekin uyni ichidagi hayot naq do'zaxning o'zginmasi. Turmush qurgandan keyin 1 oyni ichida 4 marta arazlab uyiga keldi, dugonam. Ohiri bumadi...Ikki oy ichida orani ochiq qilishdi...tug'ilmagan bir go'dakni nobud qilishdi...bir oila yo'q bo'ldi. Qanchadan -qancha odamlar bir-birini ko'ziga hunuk ko'rinib qoldi...
Bu sizlarga oddiygina, bittagina misol holos, bundey hollardan Alloh saqlasin.
Alloh o'zi adashtirmasin...

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:12:20

6. Savol: Siz avtobusda o’qishga ketayotgandingiz, shu payt tasodifan avtobusdagi kelishgan, istarali notanish bir yigit sizga negadir ko’p tikilib qoldi (bot-bot qarayapti), aftidan u bir ko’rishda yaxshi ko’rib qolgandek"¦ Avtobusdan tushganingizda u ham tushib ortingizdan yura boshladi"¦ Shunda nima qilasiz? Mobodo, sizni sevib qolgan bo’lsa, shunday vaziyatda u, sizningcha, nima qilishi va o’zini qanday tutishi lozim, deb o’ylaysiz?
 
Javob: Manimcha eng maquli etibor bermaslik.
Sababi bir ko'rishda mani tashqi ko'rinishim uchun mani yoqtirgan odam, kun kelib Alloh bergan o'tkinchi chiroy tark etgach hammasiga qo'l siltaydimi?! Alloh saqlasin...
Muhimi qalb go'zalligi Suaro surasining 87-89-oyatida mazmunan shunday deyiladi:
"U kunda na bola chaqa va na molu davlat foyda berar, magar Alloh huzuriga toza qalb bilan kelganlargagina foyda berur"


7. Savol: Tasavvur qiling, tusmushga chiqdingiz. Xo'jayingiz o'ziga to'q odam. Bolalarni bog'chadan olib kelish va boshqa yumushlarda foydalansang, mashhina olib beraman, desa rozi bo'larmidingiz?
 
Javob: Agar manda shunday bo'lsa...manimcha bundey bumiydi.
Sababi man taqvoli, solix insonga turmushga chiqishni hohlayman.
Taqvoli, solix inson, o'z ayoliga bunday narsani taklif qilmaydi.
Bilasizlarmi, boshqa joylarda bilmadimkuya, lekinman yashaydigan shaharda kamchilik ayollar mashina minishadi, ayolning mashina minishi qaysidir manoda boshqalarni e'tiborini o'ziga tortadi. Solix inson o'z qo'li bilan boshqalar etiborini ayoliga torttirishni xoxlamaydi mani nazarimda.
Agar turmush o'rtog'im shu narsani taklif qilsa man rad qilgan bulardim, to'g'risi. Agar juda mol-dunyosi oshib-toshib manga mashina olib berish darajasiga yetsa, man uni hayr-ehsonga da'vat qilgan bo'lardim, Allohning rizosi va Uning yuzi uchun albatta.


8. Savol: Avvallari Ko'kcha, Hastimom, Hoja Ahror Valiy masjidlarida ayollar ham tarovih namoziga kelishar, alohida o'ralgan joylarda jamoat bilan namozni ado qilishar edi. Keyinchalik bunga ruxsat berishmadi.
Hozir ham tarovih namoziga ayollar ham borib, bahramand bo'lishlarini xohlarmidingiz? Ayni damda bunday ibodatlarda qatnashishga qanday sabablar monelik qilishi mumkin?
 
Javob: Mani fikrimcha uyda o'qilgani ma'qul. Sababi bunga, yani hozirgi kundagi holatga fatvo berganlar bizdanda ko'ra aqlli va ilmli insonlar. Ayol kishini kech tushganda ko'chada yurishini o'zi hozirgi zamonga, bizi jamiyatning holatidan kelib chiqilsa to'g'ri emas, Vallohi A'lam.


9. Savol: Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli.
Savol: Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan
 
Javob: Fikrimcha har bir ashobi ikromining hayoti ta'sirli voqealar bilan limmo lim. Ibodat peshvolari bo'lmish ashobi ikromning hayotining har bir lahzasida Allohning cheksiz hikmat egasi ekaniligini bilish  va ko'rish mumkin. Ohirgi marta man eshitib tasirlangan voqea bu Abu Sufyon ibn Horis  :ra: ning islomga kirishi va iymon bilan hayot kechirgan kunlari.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:12:40

Muslima.bgmga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Siz uchun [kelajakda] turmush o'rtog'ingizda bo'lishi kerak bo'lgan eng asosiy 3 hislat?

Javob: 1. Allohdan qo'rqadigan, namozxon, ilmli bo'lishini
2. Hech qachon menga xiyonat qilmasligini(Juda rashkchiman, xatto xazillashib televozordagi qizlarni ko'rsatsalar xam jaxlim chiqib ketadi)
3. Kapalak xonim aytganlaridek oilasini, ota-onasini sevadigan bo'lishini istab doimo  duo qilaman

Allohga beadad shukrlar bo'lsin bir birimizga mehribonmiz, lekin 1-qatorda yozganimdek ilmlilaru faqat namoz o'qishni ikkalamiz endi o'rganyapmiz(Musulmon bo'laturib namoz o'qishni bilmaganimdan juda juda afsuslanaman.Inshoalloh tez kunda bu orzuimiz xam amalga oshadi.Ilohim shu kunlarga etkazsin....)

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 10:12:49

Registanga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Deylik net-kafedasiz.. Yonizda o'tirgan qiz (yigit) ning kompiga beixtiyor ko'ziz tushib qoldi. U Sizning nazdingizda o'zi uchun (din, jamiyat uchun) foydasiz ish bilan mashg'ul. Unga tanbeh berarmidiz yoki indamay qo'ya qolarmidiz?

Javob: Man indamagan bo'lardim. Sababi, birinchidan, Cafedagi deyarli hamma foydasiz ishlar bilan mashg'ul bo'lishadi. Gapiraman desangiz hammasiga gapirishingiz kerak. Ikkinchidan, qanaqa saytni taklif qilishingizni ham bilmaysiz, ayniqsa cafe devorida "Diniy saytlarga kirish taqiqlanadi" degan yozuv bo'lsa. Uchinchidan, natija o'laroq, siz noto'g'riga chiqib qolasiz.
Manimcha qiyomat juda yaqin qoldiyov.

Qayd etilgan