Saltanatga berilgan savollarga javoblar:
1. Savol: Bilishimcha balog'at yoshiga qarab o'sib borayotgan farzandlaringiz bor ekan.Islom va ilm umuman tarbiya jarayonida o'g'il bolalar bilan muloqot osonmi yoki qiz bolalar bilan?
Javob: Albatta har bir ota-oana farzand ko'rar ekan, farzandini yaxshi inson bo'lishini orzu qiladi,shunday yillar bo'larkanki faqat farzandi haqida o'ylab, o'zlgini unutib qo'yarkan ba'zida odam, albatta bunday o'zligini unutib yashash xolatlari faqat farzandlarimizni solih bo'lib etishishidagi xizmatlarimizga sarflagan umrimiz bo'lsin,yomon kundan Allohimning o'zi asrasin.
Tarbiya jarayonida bolalar bilan muloqot qilishda ularni qiz bola yoki o'gil bola ekanligi qiyinchilik tug'dirmaydi.Farzandlarga tarbiya berishda ilk yoshlardanoq jiddiy shug'ullanish kerak,ota-ona ,buva-buvijonlar bolalarga ibratdirlar.Mehnat jarayoni kattalar hayotida qanday muhim o'rin tutsa bolaning o'yin jarayoni uni atrof-muhit,undagi narsalar va bu jonli va jonsiz narsalar bilan o'zaro muloqotni o'rganishida katta ahamiyatga egadir, buning natijasida uning xarakteri shakillanib boradi.Oiladagi muhit esa bola xarakterini yangi qirralarini shakllantiradi.Agar bolaga xox qiz, xox o'gil bo'lsin ish qilyatganingizdayam ishlar orasida bir oz tin olib o'tirganingizdayam bolani fikrlash qobiliyati tafakkur doirasiga qarab bolani aqli yetadigan doirada do'stona suhbat qurib borilsa, 7 yoshgacha 10-15 minutdan diniy va dunyoviy bilimlar bilan tanishtirib boshlang'ich bilimlar berib borilsa kelgusi yillarda bola tarbiyasida ortiqcha qiyinchiliklarga duch kelinmaydi inshaalloh, albatta Allohimga qilgan duolarimiz va Egamning madadi bilan.Tarbiya jarayonida xozirda qiyinlashib borayotgan xushmuomalaikka alohida etibor qaratish lozim deb bilaman, bazan kattalarga achchiq qilib bolalarga qo'pol muomalada bo'lish bolani xudbin qilib qo'yadi.Tarbiya jarayoni chidam bilan amalga oshiriladi,Bu jarayonni mufaqqiyatli bajarishimizda Allohim madadkor bo'lsin.
2. Savol: 1. Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2. Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3. Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?
Javob: 1.Oldiniga bir oz qarshiliklari bo'lgan, shu davrda man kiradigan saytlarni chegaralab qo'ygandilar.Hozirda qarshiliklari yo'q, faqat Fulldizi.comda "kurdlar vadisi"ni ko'raman shunga bir oz g'ashlik qiladilar.
2.Hozirda chegaralanmagan.
3.Har qanday odam o'z iymon e'tiqodi asosida ish qiladi.Ya'ni iymonli musulmon bo'lsa yomonliklarning ham yaxshi,ibrat bo'ladigan joylarini topib o'ziga ibrat qila oladi, qadumgilarning "Odobni odobsizdan o'rgandim" deganlaridek,(buning ma'nisi odobsizning yomon,beo'xshov qiliqlari va gap so'zlarini ko'rib, bularning xunuk ko'rinishini tushunib, o'zim shu ishlarni qilsam atrofimdagilarga yomon ko'rinadi, malol keladi deb tushunisidir), endi salbiy xarakterga ega odamlar yaxshiliklardan ham yomon yo'lda foydalanadilar.Oilali ayollarni netdan foydalanishlariga ijobiy qarayman, qachonki yaxshilik yo'lida foydalansalar.
3. Savol: 1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?
Javob: 1.Bir odamni ikkinchi bir odamning ishonchiga kirishi va bu ishonchni oqlashi oson ish emas.Yuqorida aytigan fikrlarga quyidagilarni qo'shimcha qilmoqchiman:
Oiladagi ishonch o'z qadrimizni bilgan xolda bizning ikkinchi yarmimiz bo'lgan juftimizning manfaatini o'zimizning manfaatimizdan yuqori qo'yishimizdir(bu narsani biz burch deb ham tushunamiz va shu burchimizni sidqidildan samimiy bajarish natijasida juftimizni ishonchini qozona boramiz).
Yashayotgan barcha odamlar o'zining boshqa odamlar oldidagi mas'uliyatini xis qilib,o'zgalar manfaatini suiste'mol qilmasdan,o'zining va o'zgalar manfaatlarini o'ylagan holda o'z vazifalarini halol ado etishi bilan kishilar ishonchini qozona oladilar.
2.Oldingi "chegaralanmagan" degan javobimda YM,agent,skype,ICQ,MSM- bularni nazarda tutmaganman, man bulardan umuman foydalanmayman.Hetdagi bekorchi chadlarga kirmayman.
"ishonchsizlikmi?" degan savolizga man--ishonchsizlikdan ko'ra ko'proq xovotir bo'lsa kerak, chunki suvni suv buzadi, odamni odam--deb javob beraman.
3."zamonaviy erkaklar"ga keladigan bo'lsak (erkaklik g'ururini bilib,erkaklikka amal qilib yashayotgan yigitlarimizdan uzr so'rayman) hayotda ko'p uchratdim -- o'g'il bo'lib tug'ilganlarning hammasi ham erkak bo'lib yashayotgani yo'q.Anashu odam ko'paysinga yashayotgan erkak jinsiga oid odamlar yo ayoli boyligining quli, yoki bu dunyoning quli, yoki man erman kerak bo'lsam boqib ol deyotgan erkaklar, yoinki o'z qadrini, bu dunyoga nima uchun kelganini tushunib etolmaydigan "bechoralardir",ular o'z fikrlari bilan emas o'zgalar fikrlaridan yaxshi yomonni, halol xaromni farqlamay andoza olib yashayotgan odam mahluqlardir,shaxsan man uningday kishilarga bundan boshqa baxo berolmayman.
Yana bir bor oriyatli musulmon yigitlarimizdan uzr so'rayman, bu gaplar ularga qaratilgan emas.
4. Savol: Шукр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?
Javob: Hayotda yaxshi kunlarga,o'ziga kelgan yaxshiliklarga SHUKR deyishni unutib qo'ygan ba'zi zamondoshlarimiz orasida yashab turib hayotining achchiq zarbasiga dosh berib, bu achchiqbni ichiga yutib turib " Alhamdulillah, Allohga shukur " deyish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi...
Bundan 2,5 yil oldin bo'lgan voqea. Man bir oilani bilaman,islomiy oila 3 o'g'llari va 2 qizlari bor.O'g'illarini Buxoro va Qo'qonda madrasada o'qitishgan,qizlariga ham islomiy ilim berishgan,xavas qilsa arzigudek oila.Kelinlari ham ilmli qizlar.Bir xovlida kelinlari bilan yashashardi,o'g'illarini ro'zg'orini boshqa qilish uchun bir xovli sotib olishdi va uylarni qayta ta'mirdan chiqarish uchun usta solishdi.Ustalar uyni ko'zdan kechira turib uy devori orasidan o'tgan elektr simini ko'rishadi va uy egasiga aytishadi, ustalardan biri bu simni ushlab ham ko'radi, simda tok yo'q ekan.Uy egasi elektr tarmog'i hodimlaridan bu simdan tok o'tadimi yo'qmi so'raganda bu simdan tok o'tmasligini aytishadi.Ustalar ish boshlashadi,bundan xabar topgan katta o'g'il ustalarga qarashgani borib "Ukam bu uyda yashaydi,buni o'zim bir tekshirib ko'raychi"debdiyu tomga chiqib "Bismillohir rahmonir rahiym" deb turib simni ushlabdi-yu yerga uchib tushibdi, shu ondayoq jon beribdi...Endi 29 yoshli o'glini uydan kuztib qo'ygan onani 2 soatdan keyin "O'g'lingiz omonatini topshiribdi" degan gapni eshitgandagi ahvolini tasavvur qilib ko'ring.Ota-ona 29 yoshli jigarporasidan ajradi,yoshgina kelinchak esa umrisherigidan ajradi,3 farzand etim-sag'ir bo'lib qoldi.Ular hayotning ana shunday achchig'iga "Allohhinning peshonamizga yozgani ekan,sabr qilamiz,o'zi bergandi o'zi oldi, shu kunlarni ham ko'rsatganiga shukur" deb turib ta'ziyaga kelganlarni uzatishibdi.Ko'z yoshlari yuzlarini yuvib tursada ayriliqning alamli achchigi' ichlarini kemirib tursada shu gaplarni aytishga o'zlarida kuch topa olishibdi.Qalbining mevasi uzilganda shukur deya olgan bu ota-onaga,3 norasidasining etim-sag'ir bo'lib qolganidan nolimay Allohdan jannatdagi birligini kutib sabr bilan yashayotgan kelinga Yaratganning o'zi ajru-savoblarini mo'l-ko'l qilib bersin,omiyn.
Ikkinchi voqea...
Bir oila, 3 farzandi bor. Kattasi qiz.Qizlari turmushga chiqqan,yoshi ham 35 yoshdan o'tgan, bu ayol tengilarning bolalari 17-18ga kirib qolgan,biroq bu ayolda farzand yo'q.Aksiga olib ukasi ham uylangan biroq ular ham kech bolali bo'lishdi."Nahot ikki farzandim bolasiz bo'b qolsa" deb yig'layverib ona qon bosimi ko'tariladigan,keyinroq qand kasaliga duchor bo'ldi, shu orada o'g'lining farzandli bo'lishini eshitib ancha o'ziga keldi,O'gli o'g'lli bo'ldi.Opa ukasining farzandli bo'lganiga xursanda bo'lish o'rniga xasad o'tida yondi, "Man kattaman, bular mandan oldin bolali bop'lishdi" deya (afsuski man o'zim guvohman bu ishlarga, oramizda shunday xasaddadn ko'zlari ko'r bo'lgan insonlar bor) kelinni kiyganini kafan, eganini zaxar qildi.Onasini qo'lga olib "Manga bolani olib berasiz, katta nevarez mani bolam bo'lishi kerak" deb qaynona-kelin o'rtasida janjal chiqardi, afsuski ukasi ham shu birgina boladan boshqa bola ko'rmadi, bola 4 yoshdan o'tdi janjal hamon tinmas vaqti-vaqti bilan bo'b turardi, nihoyat bolaga hatna toyi bo'ladigan bo'ldi,opa bundan battar g'azabga tushdi va ukasiga nimalar degan Xudo biladi,to'yga 5 kun qolganda ukasi kelinga 'Sani hech qanday aybing yo'q,lekin san bilan yashamayman, 3 taloqsan"debdi.Tilab-tilab topgan farzandining hatna to'yi oldidan bu gapni eshitgan kelin qon-qon yig'lab, tahorat olib Allohga "shu gaplarni ham eshittirganinga shukur,ko'tara olarkanmanki eshittiribsan,peshonamga yozganinga sabr qilaman,o'zing madad ber" deya to'rt rakaat namoz o'qibdi.Man bu gaplarni hufton o'qiyman deb turganimda eshittim va o'tirgan joyimda qotib qoldim, chunki er-xotin bir-biriga uzukka ko'z qo'ygandek munosib bir-birlarini tushunib yashar edilar, gap manga aytilmagan bo'lsada ko'tara olmadim, ancha vaqtgacha muzlab, titrab o'tirdim,hufton namozini juda kech o'qidim, lekin bu gapni eshitgan, to'yi azaga aylangan kelin Allohdan o'ziga sabr tilab, shuningday og'ir gapni eshittirganiga shukur qilib namoz o'qishga o'zida kuch topa olibdi.Bardoshiga balli,ko'rgan o'ksikliklari ajrini Allohim jannati va o'zining vasli bilan mukofotlasin, omiyn.
Allohim barcha bandalariga o'zini tanishlikni va o'zidan qo'rqishlikni nasib etsin,barchamizni hidoyat yo'lidan adashtirmasin,islomiy ilm bilan ilmlantirsin va ilmiga amal qiladigan bandalaridan qilsin,omiyn.