Alisa mo'jizalar mamlakatida (ertak). Lyuis KerrollYoz kunlarining birida Alisa quyuq soyali daraxtning katta shoxida о’tirar, opasi esa daraxt tagidagi maysada unga tarix kitobini о’qib berardi. Alisaning qulog’iga gap kirmaydi, chunki u suratsiz kitoblarni yaxshi ko’rmaydi-da.
– Alisa, diqqat bilan eshit. Dunoda suratsiz bo’lsa ham juda qiziq kitoblar ko’p, – dedi opasi.
– Bu olamda balki shundaydir, – hayolga berilgancha javob berdi Alisa. – Lekin mening olamimda, agar u mavjud bo’lsa, hamma kitoblar faqat suratli bo’ladi.
Alisa o’zining Dina laqabli kichkina mushukchasini ushlab oldi-da, daraxtdan tushdi:
– Mening olamimda sen Miyov emas, balki Rahmat, Alisa xonim degan bolarding. Mening olamim – Mojizalar Mamlakati deb atalgan bo’lar edi.
Birdan u shu atrofdan yugurib o’tib ketayotgan Oq Quyonni ko’rib qoldi. Quyon kostyum kiyib olgan, qo’lida kattakon soat. U soatga qarab, vaqtni bilish uchun to’xtadi.
davomi...Saqlab olish (PDF, 86 KB)