Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 39221 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 12 B


shoir  03 Noyabr 2007, 14:40:39

 "œUlar ahmoqlar yetarli ekanligini juda yaxshi biladilar", — dedi Antonning onasi.
Anton baribir fikridan qaytmadi. "œBordi-yu, shu tanlovda besh kishigina qatnashadigan bo‘lib qolsa, unda velosipedlarning bittasi menga tegadi, shunday emasmi?"
"œAmmo beshtadan ko‘p kishi qatnashadi-da". Antonning onasi sabrsizlandi.
"œSen qayerdan bilasan?" — so‘radi Anton.
Antonning onasi endi toqat qilolmay qolgandi. "œBo‘ldi endi, baribir keragidan ziyod suli yormasi sotib olish haqida bosh qotirmoqchi emasman".
"œUnda markalar yig‘ishim bir necha oyga cho‘zilib ketarkan", — arazladi Anton.
"œXuddi shunday, o‘g‘lim", — dedi Antonning onasi. U "œo‘g‘lim" deganida ko‘pincha jahldor holda bo‘lardi.
Anton buni nohaqlik deb bildi. U indamaygina likobchasiga bir quti suli yormasini bo‘shatdi-da, uni alam bilan chaynab yuta boshladi.
Onasi unga bir oz noxush qarab turdi-da, dedi: "œBundan keyin shunchalik ko‘p yeydigan bo‘lsang, velosipedning ustiga chiqolmaydigan bo‘lib qolasan".
"œVelosipedim bo‘lsa, ozishga harakat qilaman", — javob berdi Anton og‘zidagini chaynab.
Antonning mushugi qochib ketdi. U mojaroni nam panjalaridan ham battar yoqtirmasdi. Keyingi kuni Anton maktabiga borib, doskaga yozdi: "œLazzatli suli yormasi markalariga eski Mikki Maus jurnallarini almashaman".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:41:02

 "œMen ahmoq emasman, — dedi Tomas har doimgidek yoqimsiz ohangda, — o‘zim ham velosiped yutmoqchiman".
"œMen ham", — baqirdi kimdir. "œMen ham", — dedi yana kimdir.
Sinfdagilarning deyarli hammasi lazzatli suli yormasi markalari yig‘ayotgan ekanlar. Sibille ham.
Anton bir lahza o‘zi bilan o‘zi kurashdi. Bu kurashdan yengib chiqqan Anton Sibillega dedi: "œMening markalarimni ham olaqol. Meniki ikkita bo‘lgandi".
Sinf a’lochisi Verner ham shunday qildi. "œMen ham senga markalarimni bermoqchiman, - dedi u Sibillega. Meniki to‘rtta".
"œTo‘rtta? — dedi Sibille sevinchini yashirolmay. — Qoyilman senga".
Anton shu zahotiyoq suli yormasidan, ayniqsa, uning lazzatli turidan nafratlana boshlaganini his qildi.
Oqshom payti Antonning onasi uyga lazzatli suli yormasidan uch quti olib keldi.
"œAgar velosiped yuta olmasang, mendan xafa bo‘lma", — dedi u yarashib olish niyatida. — Yoqimli ishtaha".
Anton qutilarga nazar tashladi. "œSuli yormasidan o‘zimni yomon his qilyapman, — dedi u, — velosiped yutishga ham qiziqmay qoldim".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:41:13

Antonning onasi esankirab qaradi. "œUnda markalarni tashlab yuborsak bo‘larkan-da".
"œYo‘q, — dedi Anton darhol, — ularni boshqa narsalarga almashtirish mumkin".
"œQanaqa narsalarga?" — so‘radi Antonning onasi.
"œHar qanaqa, — dedi Anton, — Mikki Maus jurnallariga, shilliq qurtlarga, saqichga, tyulenga"¦"
"œXo‘sh, sen markalaringni nimalarga almashtirmoqchisan?"
Shu payt Antonning xayolidan Sibillening Vernerga aytgan gapi o‘tdi: "œQoyilman senga".
"œBilmadim", — dedi u to‘g‘risini aytishga jur’at etolmay.
"œHar holda, bu yerda tyulenlarni boqmasang kerak, shundaymi?" — so‘radi onasi hafsalasi pir bo‘lib.
"œYo‘q, — dedi Anton endi to‘g‘ri so‘zlab. — Tyulenlar haqida o‘ylayotganim yo‘q".
Oxir oqibatda Sibille tugul Antonning boshqa sinfdoshlaridan birortasi ham velosiped yuta olmadi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:41:25

QORA YOPING‘ICHLI ERKAK

Anton kitob do‘konining sarguzasht kitoblar bo‘limida kitob varaqlab ko‘rish bilan mashg‘ul edi. Keksa sotuvchi ayol unga baqrayib qarab turardi. U bolalarning kitoblarni varaqlab turishlarini xush ko‘rmasdi. Uning fikricha, bolalarning qo‘llari kir, pullari esa oz bo‘larkan. Anton bir g‘alati sarlavhali qalin kitobni qo‘liga oldi. Kitob "œYashil tosh siri", deb atalgan ekan. Anton dastlab uning oxirini o‘qidi: "œJuda kech. Ular juda kechikishgandi. Murda yashil toshni barmoqlari bilan qisib ushlagan holda yotardi". Anton seskanib ketganidan "œbrrrr" deb qo‘ydi. U voqeaning yakuni murdaning qisilgan barmoqlarida nimadir borligi bilan emas, balki yaxshi natijalar bilan tugashini ma’qul ko‘rardi.
Bir erkak do‘konga kirib keldi. U juda baland bo‘yli, keng yelkali bo‘lib, enli qora yoping‘ichga o‘ranib olgandi.
"œQiziq, shunday issiq kunda ham shunaqa narsaga o‘ranib olibdi", — deb o‘yladi Anton.
Sotuvchi ayol u bilan quyuq so‘rashdi. U qo‘li kir va puli ozlarga o‘xshamasdi-da.
"œJanob, nima istaydilar?" — so‘radi ayol.
"œKomikslar" (tagida matnchalari bo‘ladigan rasmli jurnallar), — dedi erkak qisqagina qilib.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:41:42

Anton unga qaytadan nazar tashladi. "Bular unga nima uchun kerak bo‘lib qoldiykan", — o‘yladi u hayron bo‘lib. Sotuvchi ayolning ta’bi bir oz xiralashganday bo‘ldi. "œChapdagi ikkinchi javonda", — dedi u. Haligi joy Antonning yonginasida edi. Erkak komikslarning birinchi jildini javondan olayotganida, Anton uning qo‘llari titrayotganini ko‘rdi. "œYashil tosh siri" endi Antonni umuman qiziqtirmay qo‘ydi. Uning butun e’tiborini qora yoping‘ichli erkakning sirli qiyofasi o‘ziga tortardi.
"œTushunarli, — o‘yladi Anton, — u ta’qib qilinayotganga o‘xshaydi".
Komikslarning jildlaridan biri pastga tushib ketdi.
Uning tovushi butun do‘konga taraldi. Sotuvchi ayol jahd bilan qarab qo‘ydi. Anton kitobni olish uchun egildi, erkak ham egildi. Shu payt uning yoping‘ichi sirg‘alib tushdi. Anton erkakga tikilib qoldi.
"œSupermen", — dedi u hayratlanib. Erkakning yoping‘ichi ostidagi ko‘k-qizil tusdagi ichki kiyimidagi S yozuvi ko‘rinib turardi.
"œTss", - dedi erkak va qo‘rqa-pisa atrofga qaradi.
"œNega o‘ranib olgansiz va nega qaltirayapsiz?" — so‘radi Anton.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:41:56

 "œEndi uddalay olmayman", — "œuh" tortdi Supermen.
"œNimani?" — so‘radi Anton tushunolmay.
"œIxtirochilarim meni har ko‘yga solishadi. Men halokatga uchragan samolyotlarni ushlab olishim, zilzilalarni bartaraf qilishim, ba’zan esa sevgi tuzog‘iga ham tushib qolishim kerak".
"œQiyin ekan", — tasdiqladi Anton. U halokatga uchragan samolyuotlarni ushlab olmagan yoki biror marta zilzilani bartaraf etmagan bo‘lsa-da, sevib qolish qanchalik qiyin ekanligini bilardi.
"œNima uchun o‘zingizga boshqa kiyim sotib olmaysiz. Shunday qilsangiz, sizni hech kim tanimasligi mumkin, — maslahat berdi Anton. — Kasbingizni ham o‘zgartirib olsangiz yomon bo‘lmasdi. Hech bo‘lmasa, gazeta sotuvchi yoki kinoteatrda joy ko‘rsatuvchi bo‘ling".
"œMen o‘zimga kiyim sotib ololmayman, — dedi erkak. — Pulim yo‘q".
"œPulingiz yo‘q?" — hayron bo‘ldi Anton.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:42:13

 "œHa, pulim yo‘q, — dedi Supermen xomush. — Voqealarda men doim qimmatbaho mashinalar minib, o‘zgalarga qimmat-qimmat sovg‘alar ulashib yuraman, ammo ixtirochilarim bular uchun pulni qayerdan olishimni menga ma’lum qilmaganlar. Balki eski jildlardan birida bu haqda biror nima yozilgandir, degan maqsadda jurnallarni ko‘rib chiqishga kelgandim. Ammo bu haqda biror nima deyilgan joyni topa olmayapman".
"œNahotki", — dedi Anton kuyunchaklik bilan.
"œOrtiq xohlamayman, — xo‘rsindi Supermen. — Endi mana bu ko‘k-qizil kiyimimdan butunlay qutulmoqchiman. Buning ustiga bu kiyim mening yoshimga to‘g‘ri kelmaydi".
"œAmmo u sizga yarasharkan, - dedi Anton yupatib. U o‘ylab turib dedi: "œNima uchun siz bu ishdan boshqasiga o‘tib ketmayapsiz? Osonroqlari ham bordir?"
"œQaysiga o‘tsam ekan? — so‘radi Supermen. — Menga o‘xshaganlar qayerga sig‘ardi? "œQorqiz" qissasidagi mittivoylardan biri bo‘laymi? Yoki Vinnetu o‘rniga apachlarning ( hindu qabilasi) yangi sardori bo‘laymi?"
"œBular to‘g‘ri kelmaydi", — dedi Anton.
Supermen burnini tortdi. "œShamollab qolganga o‘xshayman. Kecha muz dengizida kema halokatiga uchraganlarning bir necha yuztasini qutqarishimga to‘g‘ri kelgandi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:42:30

Ro‘molchang bormi? Mening ixtirochilarim bu haqda ham o‘ylab ko‘rmagan ekanlar".
Anton ozgina ishlatilgan qog‘ozli ro‘molchasini cho‘ntagidan chiqarib Supermenga berdi. U burnini qattiq qoqdi. Keksa sotuvchi ayol unga o‘qrayib qaradi.
Antonga esa o‘ylab-o‘ylab shunday dedi: "œGazetalarda ishga takliflar yozilgan joyi bo‘ladi. Balki o‘shalarda sizga mos keladigan yumush topilib qolar".
"œSarguzashtlimi?" — so‘radi Supermen.
"œUnaqasi kamroq, — tushuntirdi Anton, — lekin ishlar ko’p".
Supermen o‘zining qimmatbaho qo‘l soatiga qaradi. "œYaxshiyamki, yaratuvchilarim buni ham unutib qo‘yishmagan".
"œEsim qursin, — dedi u, — men hozir buzg‘inchilar izidan chiqarib yuboriladigan odamlar to‘la poyezdni qutqarib qolishim kerak".
"œAxir siz"¦", — deyishgagina ulgurdi Anton.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:43:05

 "œTezroq o‘n yettinchi jildni och, — dedi Supermen hovliqib. — Hozir o‘sha yerda bo‘lishim kerak".
Anton izladi. U o‘girilib qarasa, Supermen qo‘yib bo‘lgan ekan. 17-bob ochiq holda stol ustida turardi. Supermen baquvvat qo‘llari bilan temir yo‘l ko‘prigini ushlab turib, poyezdni o‘tkazib yubordi.
"œUnga yordam berib bo‘lmaydi", — o‘yladi Anton.
"œHozirgina kelgan janob qani?" — so‘radi sotuvchi ayol.
"œO‘n yettinchi bobda", — javob berdi Anton.
"œHech nima sotib olgani yo‘q, buning ustiga surbetlik ham qiladi, — pichirladi sotuvchi ayol va Supermenga oid voqeaning 17-jildini yopib qo‘ydi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:44:50

KIR YUVISH MASHINASI

"œSblubb", — qildi kir yuvish mashinasi. Keyin esa "œbluq-bluq", "œg‘ayt-g‘uyt" qildi-da, to‘xtab qoldi.
"œEshitdingmi?" — so‘radi Antonning onasi.
"œHa", — dedi Anton va rasm chizishni davom ettirdi. U bir soatdan buyon mushugining suratini chizishga urinayotgandi. Biroq mushuk har safar mo‘ylovli zebraga o‘xshab qolayotgandi.
Antonnig onasi kir yuvish mashinasini silkitdi. "œHayvon", — dedi u jahl bilan. Antonning mushugi xirilladi.
"œSengamas, mushugim, — dedi Anton mushugiga, — anavi kir yuvadigan oq hayvonga aytyapti".
Antonning mushugi boshini yana old panjalari ustiga qo‘ydi. Suratlar uncha o‘xshamayotganini bilib turgan bo‘lsa-da, u o‘zini Antonga chizdirayotganidan mamnun edi.
Antonning onasi kir yuvish mashinasining tugmalarini burab chiqdi. Bo‘lmadi. Hatto oynali tuynugi ham ochilmay qolgandi. Antonning onasi nimadir deb pichirladi, Anton uni tushunmay qoldi. "œNima deding?" — so‘radi u qiziqib. "œHech nima, hech nima", — dedi Antonning onasi dovdirab.

Qayd etilgan