Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 59374 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 12 B


shoir  03 Noyabr 2007, 14:45:17

Qo‘ng‘iroq chalindi.
"œIltimos, ochib yubor, — dedi Antonning onasi, — bu tuz va shakar so‘rab turadigan qo‘shni ayol bo‘lsa kerak. U doim xuddi shunaqa paytda keladi".
Anton eshikni ochdi va qaytib oshxonaga kirdi.
Antonning onasi « uff » tortdi va qo‘shni ayol uchun non qoldiqlarini bir qog‘oz xaltachaga sola boshladi. "œBu hol menga noqulay albatta", — deya xijolat bo’ldi qo‘shni ayol har doimgidek.
"œBalki kir yuvish mashinasiga yaxshi « gapirib » ko‘rishimiz kerakdir, — dedi Anton onasiga, — uni silab, biz uchun qanchalik muhim ekanligini aytaylik-chi !".
"œUni tashlab yuborganimiz ma’qul!", - dedi Antonning onasi.
"œKir yuvish mashinangiz ishlamay qoldimi? — so‘radi qo‘shni ayol. — Ha, bu yangi chiqqanlaridan emas ekan-da. Buni bemalol tashlab yuborib, o‘rniga yangisini olsangiz bo‘larkan", — dedi u o‘zicha aql o‘rgatib.
"œAgar u shu gaplarni eshitayotgan bo‘lsa , — dedi Anton, — keyingi safar paxtali jemferlarimizni yuvayotganida bujmaytirib tashlaydi".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:45:34

 "œMashina jonsiz narsa-da, — dedi qo‘shni ayol Antonga uqtirib. — Ular gapga tushunarmidi".
Bu gap Antonga umuman yoqmaydigan ohangda aytildi. U o‘rnidan turib, kir yuvish mashinasining oldiga bordi va uning silliq sirtini ohista siladi. "œBiz unga ko‘rsatib qo‘yamiz, — pichirladi Anton. — Endi meni uyaltirib qo‘yma. Aytganimni qilasan-a?" Keyin u dastur tugmachasini bosdi. Kir yuvish mashinasi sekin g‘iriladi va odatdagiday "œbluq — bluq" qilib ishlay boshladi.
"œIshonib bo‘lmaydi", — qichqirib yubordi Antonning onasi.
"œBu tasodif", — dedi qo‘shni ayol va non qoldiqlarini olib xayrlashdi.
"œBuni qanday tuzatding?" — so‘radi Antonning onasi.
"œBilmayman, — dedi Anton. — Shunchaki men uni ishlab turganday tasavvur qildim. Menimcha, uni dam oldirib turishimiz kerak".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:45:52

 "œBo‘pti, — dedi Antonning onasi. — Keyingi haftada unga uch kun dam beramiz".
Yana qo‘ng‘iroq chalindi. Eshik oldida haligi qo‘shni ayol entikib turardi.
"œBiror nima esingizdan chiqib qolganmidi?" — so‘radi Antonning onasi.
"œYo‘q, - dedi qo‘shni ayol, — mening mikserim (meva va sabzavotni sharbatga aylantiradigan asbob) ham ishlamay qoldi".
"œMenikini olib turmoqchimisiz?" — so‘radi Antonning onasi.
"œHa"¦ yo‘q’e "¦ mikseringizni emas, — dedi qo‘shni ayol duduqlanib, — Antoningizni. U mikserim bilan "œgaplashib" qo‘ysa maylimi?"
"œBu gal ham ta’sir qildimi?" - so‘radi Antonning onasi, Anton qaytib kelgach.
"œAlbatta, - dedi Anton. — Bir gap bilan ishlab ketdi".
"œRostdanmi? — dedi Antonning onasi angrayib. — Nima deding?"
Anton kulgisi kelganidan gapirolmay turdi.
"œUlagichni rozetkaga ulashini aytdim", — deya qiqirlab yubordi u nihoyat.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:46:05

ANTON VA QORBOBO

Anton yana qo‘lqopchalarini izlashga tushdi. Ular ko‘m-ko‘k edi. Nihoyat u chapini topdi va suyunib ketdi. Chunki bir qo‘lini jaketining cho‘ntagiga tiqib yursa ham bo‘lardi-da.
"œMen yangi yil tomoshalarini ko‘rishga ketyapman", - ogohlantirdi u. Onasi indamay boshini qimirlatdi. U keyingi kungacha bir ishni qilib tugatishi kerak edi.
Anton ko‘cha bo‘ylab ketarkan, kul rang qor etiklariga chalpillab yopishib qolayotgandi.
"œQuturgan qo‘y", - dedi bir yoqimsiz ovoz. Yo‘l chetiga mashinasini sozlayotgan haydovchi shunday deb yo‘lda ketayotgan haydovchiga ta’na qilib qoldi. Unisi esa yon derazadan boshini chiqarib, - "œYangi yilingiz bilan!" — deya javob qildi-da, o‘tib ketdi. Birinchisi uning ortidan qarab qoldi. Shundan so‘ng u og‘zini sekin yopib, yuzini qattiq burushtirdi. Anton miyig‘ida kulib qo‘ydi va yo‘lini davom ettirdi.
"œG‘arch-g‘urch". Anton qor ustida etiklari bilan mana shunday tarzda qadam tashlab ketayotgandi. Ko‘cha eniga chiroqlar zanjiri tortilgandi. Peshtaxtalarga archalar, o‘yinchoqlar va qorbobolar qo‘yilgandi.
"œQayerga ketyapsan?" - so‘radi kimdir. U maktabda Antondan uch qator ortda o‘tiradigan Markus edi.
"œYangi yil tomoshalarini ko‘rishga, - dedi Anton, - senchi?"

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:46:19

 “Pochtaga ketayotgandim, - javob berdi Markus, - onam pul jo‘natishga yubordi. Vaqti yo‘qligi uchun, u yangi yil arafasida do‘kondan chiqolmaskan”.
Markus kapyushonli kurtkasining cho‘ntagidan bir yashil konvert chiqardi.
“Anchagina pul”, - dedi u ta’kidlab.
“Biz pulimizni hech qayerga jo‘natmaymiz, balki xarajat qilamiz”, - dedi Anton. Pul uni uncha qiziqtirmasdi.
Markus yashil konvertni ehtiyotkorlik bilan joyiga solib qo‘ydi.
“Men universal do‘konga kiraman, - dedi Anton, - bu yil u yerga qorbobo kelgan.”
“Aslida bunaqalar kiyimlarini almashtirib olgan kishilar bo‘ladi, ularga buning uchun universal do‘kon pul to‘laydi”, - dedi Markus bepisand holda.
“Senga kim aytdi?” - so‘radi Anton.
“Dadam. Uning aytishicha, ular xaridorlar ko‘proq pul xarajat qilishlari uchun qo‘yilarkan”.
“Men pul xarajat qilolmayman, - dedi Anton, - chunki menda yo‘q”.
Shu payt universal do‘konda qorbobo shirinliklar va to‘rvachalar ulashayotgandi. Uning soqoli yopishtirilgan, egnida uzun, qizil choponi bor edi, peshonasidan ter to‘kilayotgandi. Universal do‘konda uzun chopon juda issiqlik qilayotgandi. Bir nechta bolachalar unga zo‘r ishtiyoq bilan qarab turishardi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:46:54

 "œDadamning aytishicha, faqat nodon bolalargina qorboboga ishonisharkan". Markusning ovozi e’tirozli ohangda chiqdi.
"œU o‘sha nodon bolalarga qiziqarli tuyulsa kerak-da", - dedi Anton o‘ylanib.
"œOxirgi qavatga chiqaylik, - undadi Markus, - u yerda komputer o‘yinlari bor".
"œSen pul jo‘natishing kerak edi-ku?" — eslatdi Anton.
"œBuni keyinroq ham qilsam ham bo‘ladi", - dedi Markus va eskalatorga chiqdi.
To‘rtinchi qavatda avtomatlar ko‘p edi. Pippillagan, g‘izillagan va g‘uvillagan shovqinlar taralib turardi. Ekranlardagi oq pufakchalar bir tomondan ikkinchi tomonga uchib o‘tayotgandi; to‘siqlar ko‘tarilgach, nishonlar g‘oyib bo‘layotgandi. Faqat tugmachalar o‘z vaqtida bosilsa yoki buralsa bas. Yangi yil sharofati bilan bolalar bepul o‘ynash imkoniyatiga ega edilar. Ulardan ikkitasi bitta joy uchun talashib qolishdi. Xizmatchilardan biri pippillayotgan avtomatlar va chinqirayotgan bolalar o‘rtasida nima qilarini bilmay qolgandi. Markus avtomatlardan birini egallashga muvaffaq bo‘ldi. Hayajondan uning yuzi qizarib ketgandi. U juda yaxshi o‘ynadi. Anton ham shunday o‘ynashga harakat qildi. Ammo u tugmachalarni yo oldin, yo keyin bosib qo‘yayotgandi.
Keyin Anton ozgina nariroqqa o‘tib, kitoblar bolimiga kirdi va bir qalin kitobni qo‘liga oldi. Unda, - "œBolalar uchun yangi yilning katta kitobi", - deb yozilgan ekan. Anton uni varaqladi. Keyin to‘xtab qoldi. Kitobdagi bir hikoya "œAnton va qorbobo" deb atalgandi. Anton uni o‘qiy boshladi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:47:02

 "œAnton yana qo‘lqopchalarini izlashga tushdi. Ular ko‘m-ko‘k edi. Nihoyat u ulardan bittasini topdi va suyunib ketdi. Bitta qo‘lini jaketining cho‘ntagiga tiqib yursa ham bo‘lardi-da"¦"
"œAnton", - dedi bir g‘amgin ovoz. Kimdir uning bilagidan tortdi. Anton o‘qishdan to‘xtamadi.
"œMen bu yerdaman. Bir hikoyaning ichidaman", - dedi u hayajonlanib.
"œAnton! Pulni yo‘qotib qo‘yibman!" Anton o‘girildi. Uning yonida Markus turardi.
Endi uning yuzi o‘yin paytidagiday qip-qizil emas, balki bo‘zarib ketgan edi.
"œNima deysan? Anton kitobni joyiga qo‘ydi. —Yaxshilab ko‘rchi".
Markus kurtkasining hamma cho‘ntaklarini ag‘darib ko‘rdi. Yo‘q ekan. Uning bo‘zarib ketgan yuzida husnbuzarlari aniq ko‘rinib qolgandi. Ular avtomatlar yaqiniga borib, pastni ko‘zdan kechirib chiqishdi. Yo‘q ekan. Yashil konvert topilmadi.
"œYur, - dedi Anton, - biror joyga borib bafurja o‘ylab ko‘ramiz".
Universal do‘konning ortida bir kichik istirohat bog‘i bo‘lib, uning ichida bir nechta yaproqsiz butalar bor edi. Bir nechta o‘tirg‘ichlar. Bitta daraxt. Antonning o‘ng qo‘li sovqotdi. U uni jaketining cho‘ntagiga tiqdi. Uning yonida Markus tishlarini qichirlatib turardi. Ular bir o‘tirg‘ichga o‘tirdilar.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:47:15

 "œO’ylab ko‘r-chi, - dedi Anton. Uni biror joyda cho‘ntagingdan chiqargandirsan".
Markus boshini silkitdi.
"œQancha edi o‘zi?" - so‘radi Anton.
Markus javob berish o‘rniga, yig‘lay boshladi.
Kimdir ular o‘tirgan o‘tirg‘ichga o‘tirdi. Qalin etiklar, uzun, qizil chopon, oq soqol. Qorbobo.
"œSiz universal do‘kondanmisiz?" - so‘radi Anton.
Qorbobo jilmayib boshini qimirlatdi. Anton unga sinchkovlik bilan qaradi. Haqiqatan ham buning sochi va soqoli boshqacha edi. Jilmayishi ham.
Markus hamon yig‘layotgandi.
"œUning puli yo‘qolib qoldi, - tushuntirdi Anton. — U uni onasining o‘rniga pochta orqali jo‘natishi kerak edi".
Qorbobo boshini qimirlatdi. U choponining cho‘ntagidan ikkita to‘rvacha chiqardi va dedi: "œTaskin bo‘lishi uchun".
Anton pul yo‘qotmagan bo‘lsa ham, shu ikkita to‘rvachadan bittasini oldi.
"œYangi yillaringiz qutlug‘ bo‘lsin", - dedi qorbobo va yo‘lga tushdi.
"œOchsangchi!" — Anton qovog‘ini solib tilla rang to‘rvachaga qarab qolgan Markusni shoshiltirdi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:47:24

 "œBarisi be’manilik", — dey pichirladi Markus, ammo to‘rvachani ochdi. Uning ichidan bitta yassi quti chiqdi. Quti ichida bitta yashil konvert bor edi. Markus ishonqiramay unga tikildi, keyin uning ichidagi pulni sanadi. "œTo‘g‘ri", — dedi u va qorbobo tomonga o‘girildi. Ammo endi u ko‘rinmay qolgandi.
Anton ham to‘rvachasini ochdi. Uning ichidan ko‘m-ko‘k qo‘lqopchasi chiqdi. O‘nggi.
"œTushundingmi?", - so‘radi Markus.
Anton qo‘lqopchaga yaxshiroq qaradi. U uniki edi. Uni bosh barmoq yonidagi yamoqchali joyidan tanidi.
"œBu haligi universal do‘kondagi qorbobo bo‘lsa kerak, - dedi Markus, - demak konvertni o‘sha yerdan topib olgan. Ertaga unga minnatdorchilik izhor qilib qo‘yarman".
Anton hech nima demadi. Ammo Markus bu qorboboni universal do‘kondan topa olmasligiga uning ishonchi komil edi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:47:35

QUSH TORTI

"œHamma eshitsin, yakshanba kuni menikida fashing (qishni kuzatish bayrami)ni nishonlaymiz!" — qichqirdi Gundi. Gundi qiz bola emasdi. Asli ismi Gundomar bo‘lgan Gundi jismoniy tarbiya bo‘yicha hammadan zo‘r edi. Sinfdagi shovqin-suron shodlikka ulanib ketdi. Gundi qo‘llarini ko‘tarib ishora qildi. U yana nimadir demoqchi ekanligi ko‘rinib turardi. Meni sira Gundi deb chaqirmanglar. Aks holda onamning jahli chiqadi. U meni hamma Gundomar deb chaqirishini xohlaydi". Sinfdagilarning bari kulib yubordi, Gundomarning o‘zi ham.
"œSinfimizdagilarning hammasi yakshanba kuni Gundinikiga fashingni nishonlashga taklif etilgan. Y’ani Gundomarnikiga", — bildirib qo‘ydi Anton onasiga. U hozirdanoq yangi ismga ko‘nikishga harakat qilayotgandi.
"œSinfingizdagilarning hammasi?" — hayron bo‘ldi Antonning onasi. "œUning oilasidagilarning asabi mustahkam bo‘lsa kerak-da. Qanday qiyofada bormoqchisan?"
"œBilmadim, — deya o‘ylab qoldi Anton, — balki sherif (politsiya boshlig‘i) qiyofasida borarman".
"œYaxshi, — dedi onasi, — unda senga bitta yulduz va bitta chavandozlar shlyapasi ham kerak".
"œTo‘pponcha-chi", — qo‘shib qo‘ydi Anton.

Qayd etilgan