Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 39760 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


shoir  03 Noyabr 2007, 14:47:50

 "œO‘yinchoq qurollarga munosabatim qanaqaligini bilasan-ku, - Antonning onasining kayfiyati yomonlashdi. — Yaqin kelajakda o‘shalar portlovchi minachalar sotadigan bo‘lishadi. Keyin ular yordamida qo‘g‘irchoqlar va o‘yinchoq ayiqchalar portlatib yuboriladigan bo‘ladi".
"œJuda oshirib yubording", — dedi Anton. U qurolsiz kurashishga ham tayyor edi: baroq mushuklar uchun, Sibille uchun, uy ishlari kamaytirilishi uchun, gapiradigan daraxtlar uchun. Ammo to‘pponchasiz sherif bo‘ladigan bo‘lsa, ishonarli chiqmasdi.
"œTo‘pponchani o‘zim yig‘gan pulga sotib olsam-chi?" - so‘radi u.
"œUnda konflikt (mojaro) chiqadi," — dedi Antonning onasi. "œKonflikt" so‘zi Anton uchun yangi edi. Shunday bo‘lsa-da, u onasining ohangidan, konflikning bo‘lmagani ma’qulligini tushundi.
Keyinroq Anton fashing kiyimlari va turli narsalar sotiladigan do‘konchaga bordi. Unga hech nima yoqmadi. Nihoyat u bir ajoyib qush niqobini ko‘rib qoldi va kiyib ko‘rdi. Ko‘zlari kichik tirqishlardan qarab turardi, og‘zi bilan burni esa katta sariq tumshuq ortidan ko‘rinmasdi. "œMen antiqa qush bo‘lib boraman", — ahd qildi Anton va so‘nggi paytlarda yig‘qan puliga bu niqobni sotib oldi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:48:00

Antonning onasi bundan juda mamnun bo‘ldi. U darhol bir eski qora matodan keng yengli ko‘ylak tikib berdi. Anton qo‘llarini yuqoriga va pastga harakatlantirganida, xuddi qanot qoqayotganday ko‘rinardi.
Anton yakshanba kuni Gundinikiga, yo‘q Gundamarnikiga borayotganida, kayfiyati juda xush edi. "œEndi meni hech kim taniyolmasa kerak", - o‘yladi u.
"œXayrli kun, Anton", — dedi Gundining, yo‘q Gundomarning onasi uni ko‘rishi bilan.
Anton atrofga nazar tashladi. Bu did bilan jihozlangan juda go‘zal uy bo‘lib, uning tevaragida katta bog‘ bor edi. Uzun stolga pishiriqlar, tortlar, qaymoqli likobchalar, quymoqlar, pechenyelar, kakao, hamda malina sharbatlari qo‘yilgandi. Gundining, yo‘q Gundomarning dadasi uydan chiqib ketgan ekan. Shuning uchun uning onasiga ikkita oq etakli ayol yordamlashayotgandi.
Anton tamaddi va ichish paytida yuzidagi qush niqobini xalaqit bermasligi uchun yuqoriga ko‘tarib qo‘yardi. Pishiriqlar va tortlar juda mazali edi-da. Keyinroq o‘yinlar tashkil etildi. Ular Antonga yosh bolalarnikiday tuyuldi. Ammo ulardan zo‘r yutuqlar yutish mumkin edi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:48:14

Anton ham shu o‘yinda ishtirok etib, Karl Mayning (hindular haqidagi qiziqarli kitoblar muallifi) bir jildini, rangli qalamlar, pechenye shaklidagi o‘chirgich uchta Komik jurnallarini yutib oldi. O‘yin mobaynida u judayam isib ketdi, shuning uchun boqqa chiqiladigan kichkina eshikni izlab topdi. Anton u yerga chiqib bir oz qanotlarini qoqdi va o‘zini xuddi ucha oladiganday tasavvur qilib ko‘rdi.
"œSovuq", — dedi bir ovoz.
"œHozir bahor bo‘lsaydi", — javob berdi boshqasi.
Anton atrofga qaradi. Hech kim ko‘rinmadi.
"œBugun biror nima yedingmi?" — so‘radi birinchi ovoz.
"œYo‘q", — javob berdi boshqasi mayusgina.
Aslida bu ovozlar yuqoridan keldi. Anton tepaga qaradi. Tepasidagi quruq shoxlarda ikkita qushcha o‘tirardi. "œMen qushlar ovozini tushunyapman, — o‘yladi Anton hayratlanib, — niqobim tufayli bo‘lsa kerak".
"œHoy qo‘shaloqlar", — xitob qildi Anton. Aniqrog‘i, u ularni shunday deb chaqirmoqchi bo‘ldi. Uning tumshug‘idan "œkroaks" degan sado chiqdi.
"œSen qanaqasan?" — so‘radi daraxtdagi ikkita qushchadan biri.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:48:30

 "œMen haqiqiy emasman, shunday kiyinib olganman, xolos" — tushuntirdi Anton. Bu "œkreks rak oak" tarzida eshitildi.
"œBizning tilimizda so‘zlashyapsan-ku, demak haqiqiy bo‘lsang kerak", - dedi qushcha.
"œMen ucholmayman". Anton gapini tasdiqlash maqsadida, qora qanotli qo‘llarini qoqib ko‘rsatdi.
"œO‘zi shunday bo‘ladi, — yupatdi qushcha. — Chunki sen juda katta ekansan. Demak, senga doim biznikidan ancha ko‘p ovqat kerak bo‘ladi. Hozir sen ham bizday ochsan, shundaymi?"
"œYo‘q, — dedi Anton xuddi ayb ish qilib qo‘yganday. — Men shuncha ko‘p ovqat yeb yuboribman-ki, bundan o‘zimni ancha yomon his qilyapman. Sizlarga ham biror yegulik olib kelib beraymi?"
"œG‘alati savol!" Qushcha jon talvasasida qanotlarini qoqdi. "œKelinglar, kelinglar!"
"œMen boshqalarni chaqirib kelaman", — sayrab uchib ketdi ikkinchisi.
"œMen hoziroq qaytaman", — va’da qildi Anton. Bu "œkra rida ra" tarzida eshitildi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:48:39

U tuzalgan stol oldiga bordi va o‘ylab qoldi. Mevali tort juda shirinlik qilardi, shokoladlisi yopishqoqroq edi, quymoqlarni esa yaxshi ushatib bo‘lmasdi. Nihoyat Anton bir chekkadagi qiyomsiz va kremsiz tortni ko‘rib qoldi va shuni oladigan bo‘ldi. Qo‘shni xonadan kulgi va shovqin-suron eshitilar. Yutuqlar egasini topib ketgan.
Anton hech kimga bildirmay boqqa kirdi. U haligi tortni o‘sha yerda ushatib, daraxt tagiga tashladi. Keyin mamnun holda uzoqroqda turib, tort ushoqlari atrofida to‘planayotgan qushlarni kuzatib turdi. "œKerk kekk kirk", - dedi Anton xayrlashib. Bu "œyoqimli ishtaha", — degani edi. Keyin u yana uyga kirdi.
"œEndi yong‘oqli tortimni ham bir ta’tib ko‘ringlar-chi, — dedi Gundining onasi haligi ikkita ayolga. — Faqat sakkizta tuxumdan tayyorlangan".
"œAttang, — o‘yladi Anton, — har holda men ushatgan tort bo‘lmasin-da".
Afsus aynan o‘sha tort nazarda tutilgan ekan. Va Gundining onasi uni topishga qat’iy kirishganligi sezilib turardi.
"œBalki, — o‘yladi Anton, — tortni qushlar maza qilib yeyishganini eshitsa, xursand bo‘lar". Anton niqobini ko‘tardi va yong‘oqli tortga nima bo‘lganini aytdi. Gundining onasi xursand bo‘lmadi. U kulishga urindi-yu, biroq buni uncha uddalay olmadi.
Anton yaxshisi uyiga qaytishga qaror qildi. U hamma yutuqlarini yig‘ishtirdi va katta xona tomonga qarab qichqirdi: "œMen ketyapman, Gundi".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:48:49

Hamma qotib qoldi. Gundomarning onasi chuqur nafas oldi. "œU seni nima deb chaqirdi?" — so‘radi u qat’iy.
Gundomar bir lahza o‘ylanib qoldi va dedi: "œMeni sinfimizdagilar Gundi deb atashadi. O‘zimga ham shu ma’qul".
Anton uyiga qaytgach, onasi unga noxush qarab dedi: "œGundomarning onasi menga qo‘ng‘iroq qilgandi".
"œIkkalangiz bir-biringizdan qolishmaysiz", — o‘yladi Anton. Ammo hech nima demadi.
"œNima uchunligini bilarsan?" — so‘radi Antonning onasi.
Bu savol Antonni hecham tashvishlantimadi.
"œMen ikkita qush gaplashayotganini eshitib qoldim, — tushuntirdi u, — ular och edi".
Antonning onasi burnini tortdi. "œO’zim ham shunga o‘xshash hol yuz bergan bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Endi senga chumchuqlar murojaat etadigan bo‘lsa, nonushta qiladigan pishiriqlarimizni ham ularga derazadan tashlarkansan-da. Qo‘y, yaxshisi unday qilma. Aks holda..."
"œBilaman, aks holda mojaro bo‘ladi", — qo‘shib qo‘ydi Anton bo‘g‘iq ovozda. Bitta yong‘oqli tort uchun, chuncha tashvish", — pichirladi u xonadan chiqayotib. Yaxshiyam buni onasi eshitmay qoldi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:49:04

MO‘MATALOQ

"œTomas bir haftadan buyon yo‘q", — dedi o‘qituvchi. U sinf jurnalidagi kunlarni sanab chiqdi. "œNima uchun bundayligini biladiganlar bormi?"
Hech kim indamaydi.
"œNima, hech kim u bilan do‘st emasmi?"
Hech kim indamadi. Tomas hammani turtkilardi, sochlaridan tortardi, daftar bilan urardi. Yo‘q, hech kim Tomas bilan do‘st emas edi.
"œBalki uning turar joyini biladiganlar bordir?"
"œBo‘pti, — o‘qituvchi toqatsizlandi. — Uning turar joyini devonxonadan ham bilib olish mumkin. Kimdir unikiga borib, nima bo`lganini bilib keladi". Uning sinchkov nigohi sinfdagilarga qadaldi.
"œMenga aytib qolmasin-da", — o‘yladi Anton va matematika daftariga ko‘z yugurtirishga tushdi. Biror narsaga diqqat bilan qarab turganida, u o‘qituvchisining nazaridan chetda qolishi mumkinligini bilardi. Biroq bunday holda, "œU meni ko‘rmasin, u meni ko‘rmasin"¦", degan fikrni xayolidan o‘tkazishi kerak edi. Bu hol doim o‘z ta’sirini ko‘rsatardi.
"œAnton, - dedi o‘qituvchi, — bu ishni senga topshiraman".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:49:12

 "œRasvo bo‘ldi, — o‘yladi Anton. — Shu paytgacha hamma istagim ro‘yobga chiqardi-ya".
"œNima uchun aynan men o‘sha ahmoqdan xabar olishga borishim kerak? — shikoyat qildi Anton uyiga kelib.
"œMayli, mayli, hechqisi yo‘q , boraqol, faqat kechga qolma", — dedi Antonning onasi, bir varaq oq qog‘ozdan nigohini uzmay qalamni tishlab turgan holda. Antonning divan ustida uxlayotgan mushugi uyqusida panjalarini qimirlatib qo‘yardi. Anton uf tortdi. Buni hech kim eshitmadi. U g‘azablanib manzilgoh yozilgan qog‘ozga qaradi, uzoq emasmikan, degan ma’noda. Har holda u Tomasni maktab yo‘lida tez-tez uchratardi.
Baribir Anton anchagina yo‘l yurishiga to‘g‘ri keldi va nihoyat o‘sha uyni topgach battar g‘azablandi. Kul rang tusli, katta uyning atrofida bog‘i ham, derazalari oldida gullari ham yo‘q ekan.
"œUyi o‘ziga o‘xsharkan", — o‘yladi Anton g‘azabga to‘lib. U chang bosgan taxtachalarga yozib qo‘yilgan nomlardan tegishlisini topib, qo‘ng‘iroq qildi.
Unga mujmal ovozlar hamda shoshilinch qadamlar eshitildi. Keyin bir lahza jimlik bo‘ldi. Anton yana bir marta qo‘ng‘iroq qildi. Kimdir aynan shuni kutib turganday darhol eshikni qiya ochib qaradi. Anton bir ayolning yuzini ko‘rib qoldi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:49:22

 "œMeni maktabdan yuborishdi, — tushuntirdi u. — Men Tomas bilan ko‘rishib, qachon maktabga borishini bilib ketishim kerak".
Ayol boshini qattiq qimirlatdi. "œU bilan ko‘risholmaysan. Maktabingdagilarga ayt, u bir necha kundan keyin boradi". Shunday deb ayol eshikni Antonning burniga urguday qilib yopdi. Anton nima qilarini bilmay, bir oz shu yerda turib qoldi.
Yana qo‘ng‘iroq qilsinmi? Tomasga nima bo‘lganini bilolmadi-ku.
"œKetdimi?" Anton eshik ortidan kimdir so‘raganini eshitdi.
"œPsssst!" — dedi boshqasi.
Anton o‘girilib o‘ychan qadam tashladi.
Bu yerda bir sir borga o‘xshardi. Bu hol unga Sibille bilan ko‘rishish uchun yaxshigina bahona bo‘ldi.
Sibille cho‘pli qizil-yashil qandni yalagan holda voqeani qiziqib eshitdi. "œBalki uni birov o‘g‘irlab ketgandir, — dedi Anton. - Shuning uchun uning ota-onasi bu haqda hech kimga aytolmayotgandir".
"œO‘g‘irlab ketgan, — Sibille qat’iy ravishda bosh silkitdi. — Undaylarni o‘g‘irlagan kishi darhol qaytarib keladi. Buning evaziga pul ham talab qilmaydi."

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:49:31

 "œTo‘g‘ri aytasan", — dedi Anton uning gapiga qo‘shilib. — Balki unga qizamiq chiqib qolgan bo‘lsa, qizil donachalaridan or qilib yurgandir".
"œSen gaplashib turganingda ham cho‘pli qizil-yashil qandni yalayotganingni tushunolmayapman", — shikoyat qildi Anton.
"œMasalaning mohiyatini chuqur tushunish kerak edi-da", — uqtirdi Sibille va cho‘pli qizil-yashil qandning qolganini tishlab-tishlab yutib yubordi.
"œTishing og‘rib qolmaydimi?" — so‘radi Anton.
"œOg‘riydi", — javob berdi Sibille.
"œAna", — Anton Sibille cho‘pli qand yalamaydigan bo‘lganidan keyingina, unga uylanishini ko’ngliga tugib qo‘ydi.
Anton o‘sha xunuk kul rang uyga bir oz yetmasdan to‘xtadi. "œMana shu uy. — Uy yaqinida hech kim bo‘lmasa ham u pichirlab gapirdi. - Endi nima qilamiz?"
"œQo‘ng‘iroq qilamiz va tez yugurib borib anavi plakatning orqasiga yashirinamiz, — taklif qildi Sibille. — Ko‘ramiz, qani nima bo‘larkan".
"œMen hecham bunday qilib ko‘rmaganman, — to‘ng‘illadi Anton tashvishlanib. — Buni sezib qolishlari mumkin-ku".
"œHaqiqatni bilishimiz uchun shunday qilmasak bo‘lmaydi", — tushuntirdi Sibille.
"œBo‘pti, — Antonning ovozi uncha dadil chiqmadi. — Kim qo‘ng‘iroq qiladi?"

Qayd etilgan