Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 39424 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


shoir  03 Noyabr 2007, 14:49:40

"œSen, — dedi Sibille. — Fikr mendan chiqdi".
Anton qo‘ng‘iroq qildi va darhol plakatning ortida turgan Sibillening yoniga yugurib bordi. Ular yashirinishgan joyidan uy eshigi bir oz ochilganini va bir lahzadan so‘ng yana yopilganini ko‘rishdi.
"œYana bir marta shunday qilib ko‘ramiz ", — dedi Sibille.
"œXo‘p", — uf tortdi Anton. Sibille ba’zan o‘ta tirishqoq bo‘lib ketardi.
"œYo‘q, endi men, - dedi Sibille. — Sen nafasingni rostlab olganing yo‘q".
"œQoyil", — dedi Anton Sibillening gapidan ruhlanib.
Bu safar eshik to‘liq ochildi. Bir ayol chiqib, ikkala tomonga qaradi va boshini silkitib yana uyga kirib ketdi.
"œEndi navbat meniki", — dedi Anton va yugurib ketdi. U qo‘ng‘iroq tugmachasini bosish uchun qo‘lini ko‘tarishi bilan eshik lang ochildi. Uning oldida Tomas turardi. Anton Tomasga tikilib qoldi. "œYuzingga nima bo‘ldi?" — so‘radi u qo‘rqib ketib. Tomasning o‘ng ko‘zi shishib ketgan atrofi ko‘k, yashil, sariq aralash tusda edi. Sibille yashiringan joyidan chiqib keldi. "œO‘zingdan kattaning jig‘iga tegdingmi—so‘radi u qiziqib. — Kichikroq bo‘lganida, balki kuching yetgan bo‘lardi".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:49:49

 "œQo‘l ko‘tarsa kerak", — o‘yladi Anton. U Sibilleni himoya qilish yoki qochib qolish afzalligini beixtiyor xayolidan o‘tkazdi. Biroq Tomas turgan joyidan jilmadi va hech nima qilmadi.
"œShuning uchun maktabga bormaganmiding?" — dedi Anton duduqlanib va Tomasning rang-barang ko‘ziga ishora qildi.
"œ Dadam bunaqa bo‘lib qolishini bilmagan ekan", — dedi Tomas.
"œDadang? - so‘radi Anton qizishib. — U tez-tez shunday qilib turadimi?"
"œFaqat ko‘proq ichganida. — Tomas ehtiyotkorlik bilan ko‘zini siypaladi. — Shunday paytlarda meni mo‘mataloq qilib qo‘yishi mumkin".
"œMo‘mataloq?" — Anton va Sibille deyarli bir vaqtda so‘radilar.
"œBuni mutaxassis shunday deb ataydi, — tushuntirdi Tomas. — Dastlab u siyoh rangda bo‘ladi".
Uchalasi bir lahza jim turib qolishdi. "œSizlarni ichkariga kirita olmayman", — dedi Tomas. — Hozir uyimiz o‘zimizga ham torlik qilib qolgan".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:49:57

 "œHa, unda biz ketdik." Anton Sibillega savolomuz qaradi. U esa indamay boshini quyi soldi.
"œMo‘mataloq bo‘lib qolganimni sinfdagilarga aytsangiz, miriqib kulishsa kerak", — dedi Tomas o‘ta dardli ohangda.
"œBo‘lishi mumkin", — dedi Anton. U Tomasdan doim hadiksirab yurganini ko‘z oldiga keltirdi. Endi esa Tomas undan va Sibilledan hayiqib turardi. G‘alati hol.
"œXo‘p, hozircha", — dedi Tomas. U o‘girildi va orqasidan eshikni yopdi.
Bir necha kundan keyin Tomas maktabga keldi. Ko‘zi yana o‘z holiga qaytgan bo‘lsa-da, boshini ko‘tarolmay o‘z joyida jimgina o‘tirardi.
"œQalay, grippdan yaxshi qutuldingmi?" — so‘radi o‘qituvchi birinchi darsda samimiylik bilan.
Tomas boshini ko‘tardi va ishonqiramay sinfdagilarga nazar tashladi. Hech kim kulmadi. Keyin u Anton va Sibille tomonga qaradi-da, "œha, rahmat", dedi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:50:10

GRIPPO

"œYon daftarim qani? — dedi Antonning onasi. — Hozirgina o‘zimda edi, endi topolmayapman." U jahl bilan stol tortmalarini ochib yopdi. Yon daftarcha qolib ketgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsaning tagini ko‘rib chiqdi. U qo‘lqoplarini hamda kurtkasi va paltosining cho‘ntaklarini paypaslab ko‘rdi.
"œUning ustiga Grippo o‘tirib olgan shekilli", - to‘ng‘illadi Antonning onasi.
"œKim, qayerda o‘tiribdi? - so‘radi Anton qiziqib.
"œAx, mening buvim, ya’ni sening buvingning onasi biror nimani topolmay qolsa, doim shunday derdi".
"œGrippo" Antonga bu so‘z juda ajoyib tuyuldi. Onasi endi oshxona tomonga o‘tib izlayotgandi. U past ovozda kimnidir koyidi.
Anton uy vazifalarini bajarishga kirib ketdi. Maktab sumkasidan matematika kitobini, siyohli ruchkasini va bir nechta daftarlarini chiqardi. U matematika kitobini qo‘liga olmoqchi bo‘ldi, ammo uni qo‘ygan joyidan topolmay qoldi. "œNima bo‘lyapti o‘zi", - o‘yladi Anton. Bugun matematika kitobi ham, yon daftar ham yo‘qolib qoldi. Haqiqatan ham bu o‘sha yaramas Gripponing ishi bo‘lsa kerak".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:50:31

 "œBo‘lishi mumkinmi meni bilganlar,
amal-u nomimni zikr qilganlar?"
Antonga shu ovoz eshitildi. U atrofga qaradi. Hech kim yo‘q edi. Biroq endi uning matematika kitobi qo‘yilgan joyida turardi.

"œYo‘qolmasdan oldin bor bo‘lgan narsa,
albatta topilar izlab ko‘rilsa", - sado berdi u.

"œGrippo! - qichqirdi Anton. - Qayerda yashirinib olgansan? Men seni ko‘rmoqchiman".
"œYashinday tezkorlik fazilatim bor,
meni ko‘rolmaysan, urinma zinhor".
Antonning oldidagi daftarlari g‘oyib bo‘lib qoldi.
"œGrippo! - qichqirdi Anton. Bu nima qilganing. Axir, men ertaga o‘qituvchimga, uy vazifalarimning ustiga Grippo o‘tirib olgandi, deya olmayman-ku".
"œVazifalar zo‘r narsa,
bajaraver, berilsa", - javob qildi ovoz quvnoq ohangda.
"œU maktab nimaligini bilmaydi-da, aks holda vazifalar nimaligini tushunardi", - o‘yladi Anton.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:50:49

 "œSafsata sening fikring,
menga tanish maktabing".
"œU fikrni ham o‘qib olarkan", - hayratlandi Anton.
Daftarlar yana stol ustida paydo bo‘lib qoldi.
"œRahmat, Grippo, - dedi Anton. — Ertaga men bilan maktabga bormaysanmi? Borsang, juda zo‘r bo‘lardi".

"œTaklifingga roziman,
sakkizgacha boraman".

"œBuni sabrsizlik bilan kutaman, - dedi Anton. Va u javobni kutdi. Ammo hamma yoq jimjit bo‘lib qoldi.
Keyingi kuni nonushta payti Anton Gripponi chaqirdi. Hech nima sodir bo‘lmadi. Choynak ham, bo‘tqa solingan likobcha ham, asalli idish ham yo‘qolib qolmadi. Anton noxushroq holda maktabiga jo‘nadi.
"œSen olgan bo‘lsang kerak, men uni hozirgina shu yerga qo‘ygandim", - Anton sinfga kirmasidanoq kimdir shunday deganini eshitdi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:50:57

 "œDemak, - o‘yladi Anton. - U shu yerda ekan-da".
"œMening matematika daftarim ham ko‘rinmayapti". — qichqirdi Verner.
"œMening esa olmam!" - shikoyat qildi Dieter.
"œAna xolos!" - o‘yladi Anton qoyil qolib.
O‘qituvchi sinfga kirdi. "œTinchlaninglar, — dedi u baland ovozda. Keyin yo‘qolgan chizg‘ichlar, daftarlar, olmalar va boshqa narsalar haqidagi shikoyatlarni eshitdi, keyin sabrsizlik bilan gapni boshqa tomonga burdi: "œO‘zi sizlarda tartib-intizom yo‘q. Behuda gaplarni yig‘ishtiringlar. Yaxshisi, yechishim kerak bo‘lgan misollar haqida o‘ylanglar"¦" U qo‘li bilan stol chetidagi matematika kitobini paypaslay boshladi. "œBu bo‘lishi mumkin emas, - dedi u, - aniq bilaman"¦"
Sinfdagilarning ayrimlari qiqirlab kuldi.
"œTinchlaninglar deyapman, - takrorladi o‘qituvchi jahl bilan. — Qani, uyga berilgan mashqlarni tekshiraylik-chi". U kurtkasining ko‘zoynak turadigan cho‘ntagiga qo‘lini tiqdi. "œBo‘lishi mumkin emas. Aqlim bovar qilmayapti", - to‘ng‘illadi o‘qituvchi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:51:06

Bu safar sinfdagilarning hammasi kulib yubordi. O‘qituvchining boshi qotib qoldi. "œKulgili ish bo‘lgani yo‘q", - dedi u va stol ustiga qarab hayron bo‘lib qoldi. Matematika kitobi yana joyida turardi.
"œMana ishlarimiz yaxshi tugadi,
endi boshqa sinfga navbat tegadi".
Anton Gripponing shunday deganini eshitishi bilan atrofga qaradi. Buni undan boshqa hech kim eshitmaganday edi. O‘qituvchi ko‘zoynak burnining ustida ekanligini to‘satdan payqab qoldi. U boshini silkitib uni yechdi va yana joyiga taqib qo‘ydi. "œEndi o‘ttizinchi betdagi yettinchi misolni yechishga o‘tamiz", — dedi u shundan so‘ng.
Bu ham maktabdagi kunlardan biri edi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:51:17

BOBO
 
Anton istirohat bog‘iga kirdi va har doimgidek dastlab o‘rdaklar hovuzi oldiga bordi. O‘rdaklar juda band edilar. Ular bir oq sochli kishi qarshisida jon jahdlari bilan u yoqdan bu yoqqa suzishayotgandi. Qirg‘oqda o‘tirib olgan bu kishi qotgan uzun nonlaridan birini qo‘liga olib, o‘rdaklarni oziqlantirayotgandi. Ahyon-ahyonda uning o‘zi ham shu nondan tishlab yeb turgandi. Uning yonidagi maysa ustida bir eski ryukzak (orqaga ilib yuriladigan xalta) turardi. Anton yaqinroq bordi. U o‘rdaklar mayda nonlarni tumshuqlariga olgan holda suvda rosa uvitib, yutib yuborayotganlarini tomosha qilib turdi.
"œSengayam bir bo‘lak non beraymi?" — so‘radi oqsoch.
"œO‘zim yeyishim uchunmi yoki o‘rdaklarga berishim uchunmi?" — bilmoqchi bo‘ldi Anton.
"œSenga qaysi ma‘qul bo‘lsa shu". Chol nonning qolganini Anton bilan bo‘lib oldi. O‘rdaklarni oziqlantirishda ularning faqat chaqqonlari va olg‘irlari yemishni yulib ketavermasligiga e’tibor berib turilishi kerak edi.
"œSayr qilib yuribsizmi?"— so‘radi Anton ryukzakga ishora qilib.
"œYo‘q, uydan qochib yuribman", - dedi chol.
"œNima-a-a?" — so‘radi Anton ishonqiramay.
"œXuddi shunday, uydan ketib qolganman", - ta’kidladi chol taskin topganday bo‘lib.
"œKishi keksaygach boladay bo‘lib qolarkan. Har holda yoshlar shunday deb o‘ylashadi. Agar shu to‘g‘ri bo‘lsa, ikkalamiz tengqurmiz, desa bo‘ladi". U Antonga qo‘lini uzatdi.
"œMening ismim Ervin".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:51:26

 "œMen esa Antonman. Kimlardansiz"¦"
"œSen degin"¦" — tuzatdi Ervin. Axir, tengqurlar bir — biri bilan sizlashmaydilar-ku".
"œXo‘p, - deya gapini davom ettirdi Anton. — Sen kimlardan qochib yuribsan?"
"œQizimdan va uning eridan".
"œNima, ular senga yomon munosabatda bo‘lishdimi?" — so‘radi Anton qiziqib.
"œYo‘q, unday emas. Chol miyig‘ida kulib qo‘ydi. - Ular menga doim, - ‘sog‘lig‘ingni o‘yla, dada. Unday qilma, dada. Sen o‘zingni asrashing kerak. Bu sening yoshingga to‘g‘ri kelmaydi, dada’, - deyaverishadi. Shuning uchun bugun ryukzakimga narsalarimni solib ketvordim".
"œXayrlashuv xati yoki shunga o‘xshash narsasizmi?" — so‘radi Anton kuyunib.
"œMen ularga meni izlab ovora bo‘lmasliklari haqida ma’lumot qoldirdim", - tushuntirdi Ervin xotirjamlik bilan va ryukzakini bog‘ladi. Non tugagandi.
"œUlar xavotirlanishi mumkin", - dedi Anton.
"œHamma narsaga aqli yetadi-ya, - to‘ng‘illadi Ervin . — Ehtiyot bo‘lmasang tez katta bo‘lib qolishing mumkin".
Ervin ryukzakini orqaladi.

Qayd etilgan