Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 40081 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


shoir  03 Noyabr 2007, 14:51:34

 "œBir oz siz bilan birga yursam, maylimi? - so‘radi Anton. — Uyidan qochgan kishini hech uchratmaganman".
"œMayli, - dedi Ervin. — Lekin mendan oyoq kiyimimni kiyib olishimni talab qilmasang bo‘ldi". Ervin o‘zining yengil poyafzalini ryukzakiga bog‘lab olgandi.
Ular daryo bo‘yiga borishdi. Ervin ryukzakdan rasm daftarini chiqarib, qalam bilan chiza boshladi.
"œBu men-ku!" — qichqirib yubordi u Ervinning yelkasi ustidan qarab.
"œUni senga sovg‘a qilaman, - deya jilmaydi Ervin. - O‘zingni taniganing uchun". Keyin u toza rasm qog‘ozlaridan kemachalar yasay boshladi. Ular haqiqiy san‘at asarlariga o‘xshardi: tutun chiqaradigan quvurlari, boshqarish maydonlari va unga tegishli barcha jihozlari bilan. Ervin kemalarni daryoga qo‘yib yubora boshladi. Keyin ular qirg‘oqda o‘tirib kun botayotganida suv yuzida oppoq kemalar ulardan uzoqlashib ketayotgan oppoq kemalarchalarga qarab qolishdi.
"œNabiralaring bormi?" - so‘radi Anton kutilmaganda.
"œAfsus yo‘q, - javob berdi Ervin. — Bobolaring bormi?"
"œAfsus yo‘q, - dedi Anton. - Mening bitta mushugim, bitta qiz do‘stim, bitta onam va boshqa joyda yashaydigan dadam bor. Ammo bobom umuman yo‘q".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:51:44

 "œUnday emas, - dedi Ervin. — Endi bor desang ham bo‘ladi. Senday aqlli bolaning hech bo‘lmaganda bitta aqlsiz bobosi bolishi kerak. Aks holda tez orada katta bo‘lib qolishing mumkin".
"œBunga onam nima derkin?" — ikkilandi Anton.
"œXohlasam, o‘zimni yaxshiroq tutaman, - dedi Ervin jiddiy ohangda. — Kerak bo‘lsa, oyoq kiyimlarimni ham kiyib yuradigan bo‘laman".
"œEndi men uyga qaytishim kerak, - dedi Anton. — Kech bo‘lib qoldi".
"œEndi uydan qochib yurishimdan ham voz kechsam kerak , - dedi Ervin o‘ychan holda. — Chunki senday nabiraga ega bo‘lish mendan juda mas’uliyatli bolishni taqozo etadi".
Ervin o‘zi chizgan rasmining orqasiga ismi-sharifini hamda telefon raqamlarini yozib qoydi. "œSenga bobo kerak bo‘lsa, menga qo‘ng‘iroq qil", - dedi u.
"œShu paytgacha qayerda eding? - so‘radi Antonning onasi jahl bilan. — Xavotirlanishimni bilasan-ku".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:51:58

 "œMen bobo topdim, - dedi Anton. — U rasm chizishni va qog‘ozdan kemachalar yasashni bilarkan. Oyoq yalang yurishni juda yoqtirarkan.Va u aynan bugun uyidan qochib ketmoqchi bo‘lgan ekan".
"œEy, xayolparast, - dedi Antonning onasi. — sen har kuni biror gap topmasang ko‘ngling joyiga tushmaydi".
.Anton indamay rasmni stol ustiga qo‘ydi.
"œJuda zo‘r ekan, - dedi Antonning onasi hayron bo‘lib. — Qani, bir boshidan so‘zlab ber-chi".
"œQiziq, - xayolidan o‘tkazdi Anton, nima uchun kattalar bo‘lgan voqealarni uydirmalardan afzal ko‘rishadi.
Shunday qilib u voqeani batafsil so‘zlay boshladi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:52:09

KASANDRA

Anton nonushta qilib o‘tirgandi.
"œMushugim, - chaqirdi u. - Bu yoqqa kel, nom topishga yordamlashasan!"
Anton nihoyat mushugiga nom topishga ahd qilgandi. U o‘ziga ma’qul nomlarni bir qog‘ozga yozdi va ularni mushugiga birin-ketin ovoz chiqarib o‘qib bera boshladi. Har holda tanlanadigan nom uning o‘ziga ham ma’qul bo‘lishi kerak edi-da. Nomlar yozilgan uzundan-uzun ro‘yxatlarning bir nechtasini u shu paytgacha rad etgandi.
Mushuk kelib stol ustiga o‘tirdi va Antonga diqqat bilan termulib turdi.
"œStol ustida o‘tirma, - dedi Anton. — Onam urishadi".
Mushuk boshini quyi soldi. U buni bilardi. Anton unga achinganday bo‘ldi. "œHa bo‘pti, o‘tirsang-o‘tir". Mushuk Antonga qarab turaverdi. Anton uni haydamasligini juda yaxshi bilardi. Doim shunday bo‘lgan.
Anton o‘qidi: "œMatilde". Mushuk esnadi. "œNastasya". Mushuk bir pashsha ortidan qarab qoldi. "œGo‘zal. Qirolicha. Birinchi Raqam". Mushuk maqtovlarga sira o‘ch emasligi ko‘rinib turardi. "œYo‘lbars Lilli. Mautsdibauts. Uzunmo‘ylov". Mushuk qulog‘ini ham qimirlatmadi. "œFelitsitas, Yesika, Klarisa". Mushuk boshini qimirlatib, stoldan sakrab tushdi va divan burchagidagi uxlaydigan joyiga borib yotib oldi.
Anton uh tortdi. U bu safargi takliflarini ham taqdim etib bo‘lgandi. Buning ustiga maktabga boriladigan vaqt ham bo‘lib qolgandi.
Anton yugurib ketdi. Navbatdagi burilishda u qo‘qqisdan kimgadir urilib ketdi. Bu Tomas edi. "œ Kechirasan", - hansiradi Anton.
"œHechqisi yo‘q", - dedi Tomas samimiy tarzda.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:52:28

Anton bu safar ham hayron qoldi. Mo‘mataloq voqeasidan keyin Tomas umuman boshqacha munosabatda bo‘lib qolgandi. Nafaqat unga, balki Sibillega nisbatan ham. Shunaqa.
Birinchi dars har doimgidan qiziqarli o‘tdi. O‘qituvchi qadimiy yunonlar haqida gapirib berdi. Kim kim bilan va nima maqsadda jang qilganini. Ular ancha puxta bo‘lishgan ekan. Biror kattaroq ishga kirishishlaridan oldin, oqibati qanday bo‘lishi mumkinligini bashoratchi ayoldan so‘rab bilib olarkanlar. Bu taqdir haqida ob-havoni oldindan bilib olishday hol ekan.
Anton sinf ishidan oldin u haqida bashoratchi ayoldan so‘rab bilib olishni ko‘z oldiga keltirdi. Hozirgina ularga so‘zlab berilgan bashoratchi ayolning ismi Kasandra ekan. U uzun, to‘zigan sochli, nigohlari o‘tkir bo‘lgan qora kiyimli ayolni tasavvur qildi. Uning oldida yarqirab turgan billur sharini ham. "œBelgilar mos kelmayapti", - derdi u qat’iy ohangda. Shundan so‘ng maktabga bormasa bo‘lardi, uy vazifalarini bajarishga ham hojat qolmasdi.
Tushlik paytida Anton onasidan so‘radi: "œBirorta bashoratchi ayolni taniysanmi?" U shunday dedi-da, o‘ychan holda ovqatini kovladi.
"œKimni?" - so‘radi Antonning onasi hayron bo‘lib.
"œHaligi oldindan ayta oladigan ayolni".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:52:39

 "œHa, - dedi Antonning onasi. — O‘zim ham senga oldindan aytishim mumkin-ki, agar ovqatingni tezroq yemasang, sovib qoladi".
Anton sanchqi bilan olgan ovqatini yana joyiga qo‘ydi. O‘sha Kasandra qila olganini boshqalar ham qilishi mumkin demoqchimisan?"
Darhol mushukda allaqanday o‘zgarish sodir bo‘ladi. U shu paytgacha divan burchaqidagi joyida jimgina uxlab yotgandi. Endi esa birdan o‘rnidan turib, qaddini rostladi-da, Antonga ma’noli qarab qoldi.
"œMushukga nima bo‘ldi?" — hayratlandi Antonning onasi.
"œBalki nomingni Kasandra qo‘yarmizlar?" - so‘radi Anton bu nomni urg‘u bilan talaffuz qilgan holda. Mushuk divandan sakrab tushib, Antonning oyoqlariga suykaldi va uning gapiga ko‘nganday bo‘lib qaradi.
"œBizning oilamizda ham bitta bashoratchi bo‘larkan-da", - dedi Antonning onasi kinoya bilan.
"œKasandra". Anton haligi nomni ehtiyotkorlik bilan yana bir marta takrorladi. Mushuk baland va Antonga tushunarli holda mirilladi: "œHa, nihoyat topding".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:52:55

SARDOR

"œYozef Blumrix qaytib kelibdi", — dedi Antonning onasi.
"œKim?" — so‘radi Anton.
"œBir yozuvchi. U qarshimizdagi uyda turadi".
"œHmm", — deb qo‘ydi Anton. Yozuvchilar uni uncha qiziqtirmasdi.
"œU Amerikada yashagan, - gapini davom ettirdi Antonning onasi. — Hopi hindulari yurtida. Ular uni o‘z qabilalariga qabul qilishgan. Faxrli sardor sifatida bo‘lsa kerak. Hozir u ular haqida kitob yozayotgan ekan".
Anton diqqat bilan eshitdi. Hindular sardori bilan tanishishni u ko‘pdan buyon orzu qilardi.
Janob Blumrix qanday kishi ekanligini bilish, Antonni qiziqtirib qo‘ydi. U ro‘paradagi uyni kuzata boshladi. U yerda bir keksa, semizroq ayol yashardi. Tabiiyki, u Yozef Blumrix emas edi. Uch farzandli yosh er-xotin. Ularni ham gumon qilib bo‘lmasdi. Yolg‘iz yashaydigan, oddiy kiyinadigan va uyidan kam chiqadigan mo‘ysafid. "œFaxrli hindu bo‘lishga hecham yaramaydi", - o‘yladi Anton. Baland bo‘yli, qorachadan kelgan uzun oq sochli erkak Antonning e’tiborini boshqalardan ko‘proq o‘ziga tortdi. Uning kiyinishi ham boshqacha bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitida, hatto havo juda issiq bo‘lgan paytlarda ham, bo‘yniga rang-barang tusli uzun sharf o‘rab yurardi.
"œShu bo‘lsa kerak, - xulosa qildi Anton. — Hoziroq borib u bilan tanishaman".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:53:11

Ammo bu uncha oson emas edi. Ko‘chada biror begona kishidan yo‘lni yoki soatni so‘rash mumkin.Nima bo‘lganda ham undan hindular yurtidagi hayoti haqida so‘rash noqulay edi.
Shu payt Antonga bir tasodif qo‘l keldi. Bu tasodifga xat tashuvchi sababchi bo‘ldi.
Anton uy ostonasidagi temir qutichadan pochtani olayotganida, bir nechta zerikarli yashil konvertlar va reklama qog‘ozlarining ichida bitta juda qiziqarli xatni ko‘rib qoldi. Xorij markalari, ko‘p muhrlar va yuboruvchining manzili ko‘rsatilgan joyda SShA yozuvi bor edi. "œBizga Amerikadan kim yozgan ekan?" — hayron bo‘ldi Anton. Shundan so‘ng u konvert ustidagi yozuvga qaradi. "œMister Yozef Blumrix". Xat tashuvchi pochtani tarqatishda adashganligi ayon bo‘ldi.
Anton darhol ro‘paradagi uy tomonga yugurib bordi. U eshiklardagi taxtachalarga yozib qo‘yilgan nomlarni o‘qib chiqdi. Matelar, Froydiglar, Komarek va u izlagan yozuv — Y. Blumrix. Anton qo‘ng‘iroq qildi. Bir lahzadan so‘ng eshik ochildi. Bu o‘sha oddiygina kiyinib yuradigan mo‘ysafid edi. Anton o‘ta hayron qolganidan, unga xatni berib qo‘yishni unutayozgandi.
"œBu Sizmi?" - so‘radi Anton uncha sevinmagan holda.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:53:19

 "œXuddi shunday, - javob berdi janob Blumrix samimiy tarzda. — Bu men. O‘zingchi?" Anton hayratlanishdan to‘xtadi. "œXat bizning pochta qutimizda ekan, - tushuntirdi u. — Men Antonman".
"œRahmat, Anton". Janob Blumrix konvertni olib, unga nazar tashladi-da, eshikni yopmoqchi bo‘ldi.
Anton joyidan jilmay unga qarab turardi.
"œNimadir demoqchimisan?" - so‘radi janob Blumrix.
"œHa", — dedi Anton va savolni qanday boshlash haqida o‘ylab qoldi.
"œEsim qursin, — deya janob Blumrix kurtkasining cho‘ntagini paypaslab pul chiqardi va, — xizmating uchun", — deb uni Antonga uzatdi.
Anton boshini silkitdi.
"œUnda nima?" Endi janob Blumrix nima qilarini bilmay qolgandi.
"œSiz haqiqatan ham hindular sardorimisiz?" — so‘radi Anton gapini qanday boshlash haqida bir qarorga kela olmagan holda. Shunday bo‘lsa-da, janob Blumrix tasodifan berilgan savoldan esankirab qolmadi.
"œIchkariga kir", — dedi u.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:53:31

Anton qiziqsinib atrofiga qaradi. Kitoblar va qog‘ozlar tagida qolib ketgan stol. Ko‘p gilamlar, biroq ular boshqalarnikidagi singari pastga to‘shalgan emas, balki devorlarga ilingandi. Bir kichikroq stol ustida ko‘p suratlar va rangli bog‘ichlar bilan bog‘langan uzun nay turardi. "œTinchlik nayi shu bo‘lsa kerak", - o‘yladi Anton. Suratlarda janob Blumrix pat bezakli bir hindu yonida tasvirlangandi.
"œZo‘r-ku", — dedi Anton zavqlanib.
"œBu sardor Oqayiq", — tushuntirdi janob Blumrix.
"œHaqiqatan ham shunaqa ekan, - dedi Anton. U janob Blumrixga sinchkovlik bilan qaradi. — Sizni men sira hindular sardoriga o‘xshatmagan bo‘1ardim".
"œMen faqat faxriyman, xolos", — jilmaydi janob Blumrix. Buning evaziga men bir ish bajarishni o‘z zimmamga olganman".
"œQanday ish? — so‘radi Anton. — Faxriy sardor nima qilishi kerak?"
"œMen Hopilarning murojaatnomasini qog‘ozga ko‘chiryapman", — javob berdi janob Blumrix. — Hindular zaminimizning o‘tmishi va kelajagi haqida qadimiy bilimlarga ega. Ularning fikricha, endi o‘sha bilimlar biz oq tanlilarga ham yetkazilishi lozim payti kelgan".

Qayd etilgan