Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 60080 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 B


shoir  03 Noyabr 2007, 14:56:45

 "œNoaniq zamonga, - o‘yladi Anton. — Bunaqasi yo‘q edi-ku". Keyin u ko‘knor urug‘i sepilgan nonchadan ikkita xarid qildi va o‘ychan holda uyi tomon yo‘l oldi. To‘rvachada onasining qo‘l soati bor edi. Endi u har doimgidek chiqqillab to‘g‘ri yurayotgandi.
Anton to‘rvacha ichiga qarasa, unda yana bir narsa bor ekan: oq qog‘ozcha. Undagi titroq qo‘l bilan yozilgani bilinib turgan, ammo o‘qisa bo‘ladigan yozuvda shunday deyilgandi: "œMen o‘zimga judayam yoqadigan zamonga tushib qoldim. Endi shunda qolmoqchiman. Senga omad tilayman, Anton".
Antonning onasi xonaga kirdi. "œSoatni tuzattirish qanchaga tushdi?" — so‘radi u.
"œHech qanchaga", - dedi Anton.
"œKeksalik-da, - dedi Antonning onasi. - U qaytganidan keyin pulini berib qo‘yishimiz kerak".
Anton indamaygina oq qog‘ozchani yashirib qo‘ydi. Chunki agar u aytib beradigan bo‘lsa, onasi ham, boshqa birov ham baribir bu voqeaga ishonmasligini bilardi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:56:57

CHAYQOV BOZORI

Anton chayqov bozoriga bordi. U yerda bahor nafasi, pufakchali kuyadori hamda qars-qurs kartoshka hidi ufurib turardi.Tiqilinchda odam yurishi qiyin edi. Bir sotuvchi balandparvoz so‘zlar aytib, o‘z mollarini reklama qilayotgandi. Bu yerda juda zo‘r narsalar bor edi. Karnayli eski sharmanka, Morze telegraf apparatlari, durbinlar, avtosignal qismlari, o‘yinchoq soatlar, chinni yuzli qo‘g‘irchoqlar, bir qo‘lli o‘yinchoq ayiqlar. Anton gohida olomondan chetga chiqib, ba’zi narsalarni ushlab-ushlab ko‘rdi va yana joyiga qo‘ydi. Narxini esa so‘ramadi. Chunki o‘zi yoqtirgan narsani sotib olishi uchun, baribir puli yetmasligini bilardi.
Anton bir yog‘och do‘konda sotilayotgan qars—qurs kartoshkadan bir to‘rvacha sotib olishi, olmasligini o‘ylab turganida, bir narsani ko‘rib qoldi. U to‘xtab turgani uchun, o‘tib qaytayotganlarning yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Bu keksa soatsozning do‘konidagi zamonga sayohat qilish uchun ishlatiladigan sirli gardish edi.
"œBu g‘alati narsa nima?" — so‘radi u sotuvchidan vazmin holda.
"œBilmadim, - dedi u. — Devor bezagi bo‘lsa kerak". Anton savol berayotganida, o‘zini o‘sha narsaga nisbatan iloji boricha befarqday tutishga urindi: "œQancha deyapsiz bu narsani?"

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:57:04

Sotuvchi yelkasini qisdi va Anton uchun ham baland bo‘lmagan narxni aytdi. Ammo buni olishi uchun, u qars-qurs kartoshkadan voz kechishi kerak edi.
"œBo‘pti, men uni olaman" — dedi Anton va qo‘lidagi chaqalarni aniq sanab berdi. Keyin u zamon gardishini avaylabgina qo‘ltiqlagan holda yo‘lga tushdi.
"œBuning nima?" — so‘radi Antonning onasi, u uyiga qaytgach.
"œChayqov bozoridagi kishining aytishicha, devor bezagi ekan", - dedi Anton rostgo‘ylik bilan.
"œG‘alati bezak", - pichirladi Antonning onasi. Uning kayfiyati yomon edi. Anton dadasi bilan birga o‘tkazishi kerak bo‘lgan kunlarda, u mana shunday ahvolga tushib qolardi.
"œTayyorlanib turarkansan, dadang seni soat o‘n ikkida olib ketarkan", - dedi u.
Anton zamon gardishini qo‘liga olib, nimadir deb pichirladi-da, o‘z xonasiga kirib ketdi. Axir, ota-onasi bir-biri bilan kelisha olmasa, u nima ham qila olardi.
Anton asboblar qutisidan bir mix oldi va uni ozgina qiyinchilik bilan devorga qoqdi. Keyin u gardishni o‘ziga ma’qul joyga ilib qo‘ydi va ko‘zini uzmay unga qarab turdi. "œBu haqiqatan ham keksa soatsozning zamon gardishimi? Balki u ishlamay qolgandir." U buni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Dadasi uni olib ketishga kelgunicha, shunga ulgurishi kerak edi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:57:12

Mushuk Kasandra notanish narsani shubha ostiga olganday hidlab ko‘ra boshladi. Anton gardish milini ozgina orqaga burdi. Gardish aylana boshladi. Mushuk tezlashayotgan aylanma harakatlarni pinagini buzmay kuzatib turdi. Anton gardishning o‘rtasiga qaradi. "œSoatsoz aytgan hikmatli so‘zlar qanday edi-ya?"
"œBaland, pastmi — kechami, erta,
bir lahzada bo‘lar mangulik.
Xohlaganlar ko‘rishi mumkin,
hech nima o‘tmaydi — vaqt ham shuningdek".
Anton baland va aniq ohangda shunday dedi. Biroq hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmadi.
Anton hafsalasi pir bo‘lib atrofga qaradi. U hamon o‘z xonasida edi. Ammo uning yon atrofida unga mutlaqo tegishli bo‘lmagan bir uyum narsalar turardi. "œKasandra qayerda qoldi?" Shu payt bir eshik ochildi va undan Antonning ota-onasi ichkariga kirishdi. Ular Antonga e’tiborsiz holda, uning yonginasidan o‘tib ketishdi. Antonning karavoti o‘rnida g‘ildiraklar turardi, ularning yonida bir katta savat bor edi. Usti ko‘kimtir mato bilan qoplangan bu savatning ichida murg‘akkina bola yotardi. "œMenimcha, Anton menga o‘xshaydi", - dedi Antonning dadasi so‘yinib.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:57:21

 "œDemak, bu men ekanman", - o‘yladi Anton. Chaqaloq yuzini burishtirib chinqira boshladi.
"œBu yerdagi Antonlardan biri ortiqchalik qilyapti, - o‘yladi Anton. — Men haqiqiy yoshimda bo‘lib qolishimni istayman".
U zamonga sayohat qilish uchun aytiladigan hikmatli so‘zlarni xayolidan kechirdi. U o‘sha so‘zlarni xayolidan kechirib tugatishi bilan aylanishi susayib to‘xtagan zamon gardishining oldida o‘tirib qoldi.
Anton dadasi uni tashqaridan chaqirayotganini eshitdi.
"œMeni o‘zingga o‘xshatasanmi?" — so‘radi undan Anton.
"œBu haqda umuman o‘ylab ko‘rmaganman" - javob berdi Antonning dadasi xijolatlanganday bo‘lib.
"œKattalar o‘zi shunaqa-da, hamma narsani unutib yuborishadi. Hatto bir-birini qachondir yoqtirishganini ham".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:57:32

ANTONNING DADASI

Anton shaharni aylanayotganida, o‘zini xuddi "œxaridorlik o‘yini" o‘ynab yurgandek his qildi. U xayolida go‘yo bir boyvachcha edi va ko‘ngliga yoqqan narsani sotib olayotgandi: uch kilo yumshoq karamel, hayvonlar do‘konidan ikkita mushuk, uchta it, yettita to‘tiqushcha, Sibille uchun qip-qizil baxmaldan yasalgan kattakon to‘ng‘iz.
Shu payt Anton ko‘chaning narigi betidan ketayotgan dadasini ko‘rib qoldi. U chaqirmoqchi bo‘lib qarasa, dadasi yolg‘iz emas ekan. Yonidagi ayol uning qo‘lidan mahkam ushlab olgandi. "œUni qo‘yib yubor, u mening dadam", — pichirladi Anton qizg‘anib va ularning ketiga tushdi. Dadasi bilan o‘sha begona ayol oyna ortidagi peshtaxtalarga qarab qolganlarida, Anton yurishdan to‘xtadi. Shu payt Antonning dadasi nimanidir sezganday orqasiga o‘girildi. Ammo Anton tezda bir uy ostonasiga kirib yashirindi. Shundan so‘ng ular ikkalasi bir qahvaxonaga kirib ketishdi.
Anton tashqarida o‘ylab qoldi-da, bir ozdan so‘ng eshik oynasidan astagina mo‘raladi. Ha, ular shu yerda o‘tirardilar. Ayol qo‘lini Antonning dadasining qo‘li ustiga qo‘ydi. Buni ko‘rgan Antonning xayoliga bir fikr keldi. U eshikni ochdi-da, to‘ppa-to‘g‘ri dadasining oldiga keldi.
"œAnton! — qichqirdi Antonning dadasi. — Sen bu yerda nima qilib yuribsan?"
"œSeni izlab yuribman", - dedi Anton.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:57:47

 "œNima uchun? — Antonning dadasi birdan xavotirga tushib qoldi. — Onang yubordimi?"
Anton boshini quyi soldi. U endi uyga har doimgidek kech kelmasliging kerakligini aytib qo‘yishimni tayinlab yubordi".
"œNima-a-a", — dedi Antonning dadasi tushunolmay.
"œSen ajrashgan emasmisan?" - so‘radi Antonning dadasining yonida o‘tirgan ayol.
"œAjrashganman",— tushuntirdi Antonning dadasi xijolatlanib.
"œUnaqaga o‘xshamayapti, - dedi ayol. — Uyingga yana kechikib borishingga men sababchi bo‘lib qolmay".
U paltosini oldi va ketdi.
Antonning dadasi hech nimani tushunolmay uning orqasidan qarab qoldi.
"œBu nima qilganing?" — dedi u nihoyat Antonga.
"œU menga yoqmadi", — pichirladi Anton.
"œMenga yoqsa bo‘ldi-da", — uqtirdi Antonning dadasi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:58:29

Anton o‘girilib ketmoqchi bo‘ldi.
"œTo‘xta, ketmaysan! — qichqirdi Antonning dadasi. — Endi qahvasini bir o‘zi ichadi, deb o‘ylayapsanmi?"
Anton issiq shokolad buyurtma qildi. Antonning dadasi qahva keltirtirdi. Ikkalasi ham indamaygina chashkalaridagini aralashtirishdi. Antonning dadasi aksirdi.
"œEndi, - o‘yladi Anton. - Nihoyat endi u menga nima uchun ko‘plab dadalar singari o‘z oilasi bilan yashamasligini tushuntirib beradi".
Antonning dadasi yana aksirdi.
"œBiror nima desangchi", - o‘yladi Anton iltijo qilganday.
"œBu yerdagi pirojniylar juda yaxshi. Bittasini yeb ko‘r", — dedi Antonning dadasi nihoyat.
Anton indamaygina boshini silkitdi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:58:41

KATTA SAYOHAT

Anton ko‘pdan beri qulay imkoniyat kutib yurgandi. Nihoyat u katta zamonga sayohat qilmoqchi edi. Bir necha daqiqa yoki yillargagina emas. Biroq buning uchun u yolg‘iz qolishi kerak edi. Shunday ishlar bor-ki, ularni amalga oshirishga aksariyat hollarda onalar xalaqit berishadi.
"œBugun biror joyga borishing kerakmi?" - so‘radi Anton tushki ovqat paytida umidvorlik bilan.
"œYo‘q, yo‘q", — tinchlantirganday bo‘ldi Antonning onasi. Aslida u savolning tub ma’nosini tushunmagandi.
Keyin telefon jiringlab qoldi.
Antonning onasi go‘shakni joyishi bilan shosha-pisha qog‘ozlarni sumkagasiga sola boshladi.
"œUzr, ketishimga to‘g‘ri kelib qoldi, - dedi u Antonga. — Endi tushdan keyingi vaqtimning hammasi o‘sha yerda o‘tadiganga o‘xshaydi".
"œHechqisi yo‘q", — dedi Anton sevinchini yashirishga urunib.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:59:21

Anton yolg‘iz qolgach, karavotining tagidan safar anjomlarini oldi: bitta olma, bir nechta yassi shokoladlarni oziq-ovqat sifatida, gugurt, eski cho‘ntak pichog‘ini, bir o‘ram arqon, cho‘ntak fonusini hamda zamonga sayohatning hikmatli so‘zlari yozilgan qog‘ozni. Anton o‘sha hikmatli so‘zlarni yoddan bilsa-da, qog‘ozni har ehtimolga qarshi o‘zi bilan birga olib ketishni lozim topgandi. U orqasiga ilib olish uchun, hamma narsani matoli xaltachaga joylashtirdi. Chunki ikki qo‘li bo‘sh bo‘lishini xohlardi. Kasandra ham darhol bir marta yegulik ovqat va toza suv bilan ta’minlandi. Zamonga qilinadigan bunaqa sayohat qancha davom etishi mumkinligini bilib bo‘lmasdi-da.
Anton zamon gardisining oldiga o‘tiridi va ishonchsizroq ohangda hikmatli so‘zlarni aytdi. Keyin u yana ozgina kutib turdi-da, gardish milini ancha orqaga burib yubordi. Gardish sekin g‘uvillab aylana boshladi.
Bu safar Anton uyqusiramadi. U o‘zini bir qop - qorong‘i chuqur jar oldida turganday his qildi. "œYo‘q!" — deya qichqirdi u va pastga tushib ketdi.
Tushib ketaverdi, tushib ketaverdi, tushib ketaverdi.

Qayd etilgan