Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 59664 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 12 B


AbdulAziz  10 Iyul 2006, 19:30:51

Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)



Muallif: Edith Shrayber Vike
Hajmi: 127 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:02:19

Bolalar yozuvchisi Edith Shrayber — Vikening "œAnton bo‘rini uchratgan kecha" qissasi 1986 yilda Avstriyaning "œAnnette Betts" nashriyotida chop etilgan. Mazkur qissada boshlang‘ich sinf o‘quvchisi Antonning boshidan kechirgan qiziqarli voqealar badiiy-falsafiy tarzda ifodalangan.

Muallifning bu qissadan oldin "œAnton bu yerda bo‘lmagan kun", "œG‘oyat xursandman, mening ismim Mulp", "œMushuklar karnavali" nomli kitoblari nashr qilingan. Ushbu qissani O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Odiljon Safarov nemischadan o’zbek tiliga o’girgan.
Edith Shrayber — Vike xonim adabiyot sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun Yanusts-Korstsak medali hamda Avstriya bolalar kitobi mukofoti bilan, shuningdek ikki marta Vena shahri mukofoti bilan taqdirlangan.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:02:59

Edith Shrayber — Vike

Oilasi: ikkita qizi, ikkita mushugi, eri va "œo‘quvchi bolalari".
Yashash joylari: Vena, Grundlzee, Venetsiya.
Sevimli hayvonlari: mushuk, tyulen, chayka, senbernar (yungi uzun, katta, kuchli it).
Ezgu niyati: ilhom baxsh etish.
Orziqib kutadigan istagi: o‘quvchilardan xatlar olish. Aks holda Sizlarga nimalar ma’qul bo‘lishini qayerdan bilishim mumkin? (A — 8993 Grundlzee, Auf der Au)
Adabiyot sohasida erishgan yutuqlari: Yanusts — Korstsak medali, Avstriya bolalar kitobi mukofoti, Vena shahri mukofoti (ikki marta).
Annette Bets nashriyotida chop etilgan kitoblari: "œAnton bu yerda bo‘lmagan kun", "œG‘oyat xursandman, mening ismim Mulp", "œMushuklar karnavali".

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:03:16



ANTON BO‘RINI UCHRATGAN KECHA

— Yur mushugim, - dedi Anton mushugiga, - tomning tagida nimalar borligini ko‘rib tushamiz.
Mushuk cho‘zilib qaddini rostladi va huzur qilib esnagan holda, bu kichik sayrga xohishi yo‘q emasligini bildirganday bo‘ldi. Anton tepadagi latta-puttalar va eski mebellar orasida qolib ketgan bahaybat, sirli yog‘och sandiqni ko‘pdan beri ochib ko‘rmoqchi bo‘lib yurgandi. Biroq bu ishi onasiga ma’qul bo‘lmasligi mumkinligidan xavotirlanardi. Shuning uchun unga bu haqda og‘iz ochmasdi. Tom tagiga chiqiladigan burama shakldagi yog‘och zinalar qadam bosilgani sayin g‘ichirlardi. Mushuk qiziqsinib iskalandi. Sichqonlarning hidi kelib qolishiga umid qilganday Anton ko‘zlari yarim qorong‘ilikga o‘rganguniga qadar kutib turdi-da, sinchkovlik bilan atrofga qaradi. Ko‘p o‘rgimchak to‘rlari, qovjiragan gullar va giyohlar vassalardan osilib turardi. Bu yerda bir temir stol bilan ustidagi marmariga darz ketgan mis stolcha bor edi.
"œO‘sha sandiq ham shu yerda bo‘lishi kerak", — pichirladi Anton va orqaga tisarildi. Oromi buzilgan bir ko‘rshapalak uxlash uchun o‘ziga boshqa joy qidirishga tushdi. Bundan g‘ashi kelgan mushuk xirilladi. Uchadigan jonivorni tutish, uning uchun oson emas edi-da. Nihoyat, Anton ko‘z ilg‘amas burchakda turgan sandiqni topdi. Qiyinchilik bilan uning og‘ir qopqog‘ini ko‘tardi. Undan qovjiragan gullarnikiga o‘xshash antiqa bo‘y taraldi. U yoqimsiz bo‘lmasa-da, Antonning nafas olishini qiyinlashtirdi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:03:30

 "œNimadan qo‘rqaman? — o‘yladi Anton. — Bu eski narsalar solingan sandiqdan boshqa narsa emask-ku".
U tutqichi itning boshi shaklida chiroyli qilib o‘yilgan hassani, patlar taqilgan katta shlyapani va uvadalanib qolgan kitobni ko’rdi. Kitob unga tushunarsiz tilda edi. Anton uni darhol varaqlab ko‘rdi-da, umidsizlanib qoldi.
Bitta yozuvli qog‘oz yerga tushdi. Anton uni olib keyinroq bafurja ko‘rib chiqish niyatida shimining cho‘ntagiga tiqib qo‘ydi. Antonning mushugi bezovtalanganday bo‘lib, panjalarini yozdi. U tozalikni xush ko‘rardi. Chang, o‘rgimchak to‘rlari va ko‘rshapalaklar uning g‘ashini keltirardi. Buning ustiga u och qolgandi. "œMiyau", - dedi u sabrsizlik bilan.
"œHozir ketamiz", — javob qildi Anton. U mushuk tilida ancha yaxshi gaplasha olardi.
Umuman olganda, Antonning qiladigan ishlari yetarli edi: mushukni ovqatlantirish, matematikadan vazifalarni bajarish, sabzavot sho‘rva ichish, Sibille bilan telefon orqali gaplashish, onasiga ko‘p gaplarni aytish va ayrim gaplarni undan sir tutish. Haligi yozuvli qog‘ozni olib qo‘ygandi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:03:42

Yarim kechada Anton uyg‘onib ketdi. U chiroq yoqiladigan joyni paypasladi. Oyoqlari uchida yotgan mushugi beixtiyor xirrillab qo‘ydi. Kechasi oromi buzilishiga u sira toqat qilolmasdi. Anton katta soatga qaradi. Yarim kecha. Deyarli hech qachon u yarim kechada uyg‘onmasdi. Qorni og‘rigan yoki isitmasi ko‘tarilgan hollardagina uning uyqusi buzilishi mumkin edi. Karavoti yonida jinsisi g‘ijimlangan holda turardi. Shu payt u esladi: yozuvli qog‘oz! Anton uni shimining cho‘ntagidan olib, qo‘li bilan tekisladi. Undagi qiya shakldagi eskicha yozuv ingichka va juda yo‘g‘on chiziqlardan iborat edi. Anton uni qiyinchilik bilan o‘qiy boshladi.
Osuda tun, uvillashlar eshitilar yiroqdan.
Tuman uzra ko‘tarilib, mo‘ralaydi oppoq oy.
Boyo‘g‘lilar emasmikan, g‘uldirashib jar solgan?
To odamsan, baribir bezovtasan ulardan.
Hozirgina chiqqan oy ham
Yoritolmas bu tunni.
O‘shalardan biri bo‘lib,
chaqnat ikki ko‘zingni.
Endi sening isming Lene,
Anton, Gudrun, Rolf emas,
tumshug‘ingni ko‘targin-da, g‘ichirlat tishlaringni
va bilgin-ki, shu zahoti bo‘lib qolding sen - bo‘ri.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:03:56

Anton baland ovozda hijjaladi. Oyoqlari uchidagi mushugi uyg‘onib ketgandi. U tanasidagi tuklarini hurpaytirib, quloqlarini dikkaytirib olgandi.
Sehrli she’r, — dedi Anton. — Biroq u ta’sir qilmaskan. Aks holda men bo‘ri bo‘lib qolgan bo‘lardim.
Mushuk tinchlanganday bo‘ldi va yana Antonning oyoqlari uchida g‘ujanak bo‘lib yotib oldi. Anton chiroqni o‘chirdi. Oy nur sochib turardi, deraza oldidan oppoq bulutchalar suzib o‘tayotgandi.
— "œBu nima?" Anton karavotidan sakrab tushib, deraza oldiga bordi. Yer yuzini qalin tuman qoplagandi. "œTuman uzra ko‘tarilib, mo‘raladi oppoq oy", — takrorladi Anton hayron bo‘lib. Keyin derazadan o‘girilib, karavoti tomon qadam tashladi.
Shu payt unga ko‘zi tushdi.
Bo‘ri xonaning o‘rtasida o‘tirgan holda, chaqnoq ko‘zlari bilan Antonga tikilib turardi. Katta baroq bo‘rining xonada ekanligi g‘alati hol edi. Undan qo‘rqmayotgani Antonga yanada g‘alati tuyuldi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:04:07

— Sen meni chaqirding-a, — dedi bo‘ri.
— Ataylab emas, — dedi Anton.
— Sehrli she’rni aytding-ku. Tegishli kunda, tegishli soatda.
— Bu tasodif edi, — dedi Anton.
— Tasodif bunaqa bo‘lmaydi, — javob qildi bo‘ri. — Yur, men bilan.
— Hosir-a, kechasi, boz ustiga tumandami? — so‘radi Anton.
— Ha, hozir, kechasi va tumanda, — dedi bo‘ri.
Anton jinsisini kiydi va shkafdan jemferini oldi. "œUyimizning darvozasi yopiq-ku", — dedi u ikkilanib.
Biz uchun emas, — uqtirdi bo‘ri.
Bu tush bo‘lsa kerak, — o‘yladi Anton. — Yarim kechada kattakon bo‘ri bilan ketayotganim rost bo‘lishi mumkin emas. Bo‘ri qalin tuman oralab juda tez chopib keta boshladi.
— Sekinroq, men yetolmayapman! — hansiradi Anton.
— Menday yugur! — dedi bo‘ri. — Sen endi bizlarning birimiz ekanligingni xayolingga keltir.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:04:18

Anton urinib ko‘rdi. Shu zahotiyoq u qiynalmasdan yugurib borayotganini his qildi.
"œQani endi soatlab shunday yuguradigan bo‘lsaydim", — o‘yladi u.
"œKeldik". Bo‘ri bahaybat, keksa eman tagida to‘xtadi. "œBu madad maydoni", — dedi u tantanali tarzda. Eman shitirladi, bo‘ri jim o‘tirib atrofga quloq soldi. Qayerdandir uvillashlar eshitildi. Anton bir oz sovqotdi.
— Endi men sening madadkor hayvoningman, — dedi bo‘ri. — Qachon senga kerak bo‘lsam, shu yerdan topasan.
— Madadkor hayvonim? — takrorladi Anton hayratlanib. — Bunaqasi bo‘lishi mumkinligini sira bilmas ekanman.
— Sen bilganlaringdan ko‘proq bilasan, — javob qildi bo‘ri. Yana olisdan uvillash eshitildi.
— Ular meni chaqirishyapti, — dedi bo‘ri. — Men ketishim kerak.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:04:28

— Men esa uxlashim kerak", — pichirladi Anton. Shunday deyishi bilan ko‘zlari yumildi.
Anton uyg‘onganida, quyosh chiqqandi. U atrofga alangladi. Yo‘q, u eman tagidagi maysalar ustiga emas, o‘z karavotida yotgan ekan. Oyoqlari uchida mushugi jimgina uxlayotgandi.
Antonning onasi xonaga kirdi. U Antonnig jinsisini va pastda sochilib yotgan bir nechta narsalarni yig‘ishtirib oldi.
— Shunday issiq havoda senga qalin jemfer nima uchun kerak bo‘lib qoldi?, — so‘radi u hayron bo‘lib.
— Tumanli kechalar uchun, — javob qildi Anton uyqusirab.
Onasi boshini silkitib jemferni yana shkafga tiqib qo‘ydi.

Qayd etilgan