Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 59406 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 12 B


shoir  02 Noyabr 2007, 11:04:43

MUSOBAQA

"œBu musobaqalar bema’nilik", deya hansiradi Anton. Yugurganida uning biqini og‘rib qolardi. "œNega doim kimdir boshqalardan tezroq yugurishi yoki balandroq sakrashi kerak?"
"œO‘taketgan bema’nilik", darhol ma’qulladi baqaloq Dieter. U ancha ozgan bo‘lsa-da, balandlikka sakraganida baribir ortiqcha og‘irligi pand berardi.
"œIkkalasi bir—biriga mos tushgan, mazax qildi raqib jamoadagilardan biri. — Bittasi qopday sakraydi, boshqasi shilliq qurtday yuguradi".
"œQop va Shilliq Qurt", kulishib takrorladi yana bir nechtasi.
Qizarib ketgan Dieter pastki labini tishladi.
"œXohlasam hammalaringdan o‘zib ketaman".
Anton angrayib qaradi. "œHaqiqatan ham, u shunday dedimi?" Go‘yo do‘sti shunchaki maqtanayotgandek tuyuldi unga.
Raqib jamoadagilar yana kulishdi. "œQani, bir korsatib qo‘y-chi, Shilliq Qurt!"
Sport o‘qituvchisining hushtagi churulladi. Anton o‘zini tush ko‘rayotganday his qildi va uyg‘onib ketgisi keldi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:05:45

Uzoqdan start o‘qi uzilganini eshitishi bilan u yo‘lakning bir chetidan g‘izillab yugurib ketdi. Uning yonidagi maysazordan yana kimdir yugurib borayotgandi. "œMenday yugur. — Anton aniq eshitdi. — Sen bizlarning birimizsan". Bu o‘sha tumanli kechadagi bo‘ri edi. Antonning madadkor hayvoni bo‘lishga va’da qilgan bo‘ri.
Anton yugurayotib qadamlarining tezligi qay holda o‘zgarayotganini his qildi. U hech qiynalmasdan yugurib borayotgandi. Anton endi har qanday qiyqiriqlarni ham, sport maydonidagi shovqinni ham eshitmayotgandi. Nihoyat, u marraga yetib keldi va raqib jamoadagilarning alamli yuzlariga hayron bo‘lib qaradi. Sport o‘qituvchisi unga qoyil qolganday qarab boshini silkitdi. Baqaloq Dieter suyunib ketganidan o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi, kimdir uning yelkasiga turtayotgandi.
"œBiz yutganga o‘xshaymiz", — dedi Anton ishonqiramay va atrofga nazar tashladi.
Ammo bo‘ri g‘oyib bo‘lgandi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:06:47

TELRAMUND BILAN SAYR

Antonning onasini ko‘rishga bir dugonasi kuchugi bilan kelgandi. Baland bo‘yli, qizil sochli bu ayolning ismi Gudrun edi. Sarg‘ish tukli, ko‘rshapalaklarnikiga o‘xshash uzun quloqli kuchukchaning oti Telramund ekan. Anton u yoqdan bu yoqqa otayotgan charm to‘pchani Telramund zavq bilan turtib-turtib keltirayotgandi. Mushuk kitob javoni ustida o‘tirgan joyidan ularga qarab mirilladi. "œBuncha ziqnalik qilasan", — dedi Anton unga ta’na qilib va qo‘lidagi to‘pchani yana uloqtirib yubordi. Telramund shalpang quloqlarini osiltirib shosha — pisha uning ketidan yugurdi.
"œBoshqa joy yo‘qmi sizlarga?" — dedi Antonning onasi o‘ta qat’iy va baland ohangda. Anton to‘pchani ushlab turgan qo‘lini pastrga tushirdi, Telramund qo‘rqqanidan qotib qoldi. "œMayli, o‘ynayveringlar", — dedi Antonning onasi bir ozdan so‘ng. "œAsabim tez-tez buziladigan bo‘lib qolgan. Uyqum ham yomonlashgan".
"œBalki yotadigan joying yaxshi emasdir?" — dedi Gudrun.
Antonning onasi kuldi. "œHar doimgi joyimda yotaman. Bundan ham yaxshiroq joy bo‘ladimi?"
"œYerdan nur taralishi haqida hech eshitganmisan?" — so‘radi Gudrun.
"œHa, ammo men bunaqa gapga ishonmayman", — javob qildi Antonning onasi .

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:07:01

"œO‘zing bilasan, — dedi Gudrun. — Har holda men bir temir tayoqchali ayolni bilaman, u senga joying yaxshi yoki yomonligini aytib berishi mumkin. U giyohlardan foydalanish sirlarini ham biladi. Burungi zamonlarda bundaylarni jodugar deb atashgan".
Anton quloq soldi. U jodugar bilan tanishishni ko‘pdan buyon orzu qilardi.
"œAgar seni haqiqatan ham kamroq urushadigan qilib qo‘yadigan bo‘lsa, o‘sha jodugarni tezroq chaqirtirsak yaxshi bo‘lardi", - dedi Anton.
"œEhtiyot bo‘l, u seni tyulenga (bu so‘z olmon tilida "œdengiz to‘ng‘izchasi" degan ma’noga ega) aylantirib qo‘ymasin. Jodugarlarga bu hech narsa emas".
"œMayli,- dedi Anton. — Shunday qilsa, maktabga bormaydigan bo‘lardim".
Xonaga kiriladigan joydan taqir — tuqur eshitildi. Telramund Antonning etiklaridan birini sudrab keldi. Shundan keyin uning sport poyafzalini ham keltirdi.
"œU sayr qilishga chiqmoqchi", — dedi Gudrun.
Anton ikkinchi etigini ham oldi-da, Teltamundni sirtmog‘idan tortdi. "œYur Telramund, istirohat bog‘iga boramiz!"
Telramund akkilladi, vovvulladi va jo‘shib Antonga talpina boshladi. Mushuk uni kitoblar javoni ustida o‘tirgan joyidan nafrat bilan kuzatib turardi.
"Uni faqat sirtmoqda olib yur", — dedi Gudrun qat‘iy ohangda.
Anton tushunarsiz holda to‘ng‘illab qo‘ydi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:07:14

Istirohat bog‘iga kiraverishda, u Telramundni qo‘yib yubordi.
Istirohat bog‘i it zoti uchun sirli voqealar makoni ekan. Telramund shosha — pisha daraxtlarni, toshlarni, kurtaklarni hidlab chiqdi. Ahyon-ahyonda oyog‘ini ko‘tarib mavjud voqeliklarga ayrim qo‘shimchalar ham kiritib qo‘ydi.To‘satdan u tikilib qoldi. Istirohat bog‘idagi o‘rindiqda o‘tirgan bir keksa ayol kabutarlarni oziqlantirayotgandi. "œTelramund!"— chaqirdi Anton. Biroq endi uni to‘xtatib bo‘lmasdi. U qattiq vovillab, o‘zini shosha-pisha yemish cho‘qiyotgan to‘daning o‘rtasiga tashlandi. Kabutarlar bir-birlariga urulishib, uchib ketishdi, bir bolakay chinqirib yubordi, keksa ayol esa ovozi boricha javrab qoldi.
Telramund qilgan ishidan mamnunday edi. U nariroqqa chopib borib lola jo‘yagini qaza boshladi. Yer nam va yumshoq edi, so‘nggi paytlarda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgandi. Bir uzun tukli itni sirtmoqlab olgan ayol Antonning yonida to‘xtadi.
"œBuning zoti qanaqa?" — so‘radi u.
"œKo‘proq taksa (oyoqlari kalta, gavdasi uzun it), ozroq spaniel (ovchi itning bir turi), ozgina mittibashara", — dedi Anton barmoqda hisoblagan holda. — Siznikining-chi?"
"œSof afg‘on zot", — javob berdi ayol.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:07:28

 "œZoti bittaginami? — so‘radi Anton hayratlanib. — Baribir chiroyli ekan".
Ayol g‘alati qaradi va itini yetaklab tez-tez yurib ketdi.
Telramund lola jo‘yagida kovlagan chuquridan chiqib keldi. Endi u sarg‘ish emas, balki butunlay to‘q jigar tusda edi.
"œEy yermonqoziq, - dedi Anton koyib. — Buning uchun uyda yana gap eshitaman-ku".
U sirtmoqni Telramundning bo‘ynidagi halqaga mahkam bog‘lab qo‘ydi.
"œBu iflos hayvonga yaqinlashma", — Anton kimdir shunday deganini eshitib qoldi. Ayol itini jahd bilan Telramunddan chetlashtirishga urinayotgandi. Itning basharasi ajinli bo‘lib, ko‘zlari kirtaygan, boshi doka bilan o‘rab qo‘yilgan edi.
"œBuning tishi og‘riyaptimi?" — so‘radi Anton qiziqib.
"œYo‘q quloqlari qirqilgan!" Ayol ketmoqchi bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:07:39

 "œBu nima deganingiz?" — so‘radi Anton.
"œQuloqlar..." Ayol bir oz jim turib qoldi. — Ular qisqartiriladi".
"œQuloqlar qanday qisqartiriladi?" — so‘radi Anton esankirab.
"œBu hayvonlar shifokorining ishi", — dedi ayol.
Antonning jahli chiqdi. "œQuloqlarni kesadilar demoqchimisiz?"
"œHa, shunday. Quloqlarni va dumni. Bokser (olmon buldogi) zotli itlar shunday qilinadi. Yuraqol, Bodo". Ayol tisarilayotgan itini yetaklab ketdi.
Anton ularning ortidan angrayib qoldi.
"œBiror nimani tushundingmi, Telramund?" — so‘radi u nihoyat.
Telramund shunday qattiq silkindiki, tanasiga o‘rnashib qolgan tuproq changi yuqoriga ko‘tarilib quloqlarini ko‘rintirmay qo‘ydi.
"œMen ham", — dedi Anton.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:07:53

TEMIR TAYOQCHALI AYOL

"œKo‘zlarimning osti qavarib qolibdi". Antonning onasi o‘zining oynadagi aksiga xomush qarab turdi.
"œAttang". Anton shunchaki tashvishlanganday bo‘ldi.
"œYomon uxlayapman. Har kechasi uyg‘onib ketyapman, keyin sira uxlayolmayapman".
"œUnda nega jodugarni chaqirmayapsan?" — so‘radi Anton umidvorlik bilan. Antonning undan so‘raydigan muhim savoli bor edi, bunga o‘shandan boshqa hech kim javob berolmasligini bilardi.
"œTemir tayoqchali ayolni nazarda tutyapsanmi? Ehtimol shunday qilib ko‘rarman. Uning telefon raqamlarini qayergadir yozib qo‘ygan bo‘lishim kerak".
"œJodugarlarda telefon bo‘ladimi? — ajablandi Anton. Jodugarlar o‘rmon o‘rtasidagi xaroba hujrada yashamaydilarmi?"
"œBunisi unaqalardan emas, — uqtirdi Antonning onasi. — Bunisi Elizabet ko‘chasidagi 13-uyda yashaydi". U shunday deya telefon raqamlarini terishga tushdi.
"œErtaga soat to‘rtda", — dedi Antonning onasi go‘shakni qo‘yayotib.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:08:04

Anton navbatdagi kuni soat to‘rtda albatta uyda bo‘lishi lozimligini xayolidan o‘tkazib qo‘ydi.
Soat roppa-rosa to‘rtda qo‘ng‘iroq chalindi. Anton shoshib borib eshikni ochdi-da, hayron bo‘lib tashqarida turgan ayolni ko‘zdan kechirdi. Ayol kul rang sochli, ko‘m-ko‘k kostyumli, qalin ko‘zoynakli ekan. U Anton o‘qiydigan maktabdagi ingliz tili o‘qituvchisiga o‘xshab ketardi. "œAgar shu jodugar bo‘lsa, men tyulen bo‘lganim bo‘lsin. Yelkasida qora mushugi ham, qarg‘asi ham yo‘q ekan".
Buning ustiga u hikmatli so‘zlar ham aytmaskan. U ikki qo‘lidagi ikkita egiluvchan tayoqchasi bilan xonani aylanib chiqdi. Temir tayoqchalar goh egilib, goh ko‘tarilib turardi. Hammasi shu ekan, xolos. Gohida ayol belgilash uchun pastga qog‘oz parchalarini qo‘yib chiqardi.
"œJuda yomon, - dedi u nihoyat, keyin nurlar va suv havzalari haqida allanimalar dedi. — Karavotni darhol mana bu yerga o‘tkazishingizni maslahat beraman".
U katta kiyim shkafi turgan joyga ishora qildi.
"œBaribir buning hojati yo‘q-ku", — dedi Antonning onasi.
Ayol kuldi. "œHar kim boshida shunday deydi-da, keyin aynan shuning hojati borligiga ishonch hosil qiladi".

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:08:13

Shundan so‘ng ayol Anton yotadigan joyni ham tekshirib chiqdi va u
juda yaxshi ekanligini aytdi. "œMen baribir karavotimni boshqa joyga o‘tkazmagan bo‘lardim, — dedi Anton o‘jarlik bilan. Bunaqasiga sira ishonib bo‘lmaydi".
Antonning onasi choy qaynatish uchun oshxonaga kirib ketdi. Anton jaketini oldi. U sayr qilib kelishga shaylanayotgandi.
"œBo‘ri bilan birga ketasanmi?" — so‘radi ayol to‘satdan.
Anton hayron bo‘lib unga qaradi. Eshitgani rostmikan?
"œUni ko‘ryapsizmi?" — so‘radi u esankirab.
"œKo‘ryapman deyishim balki to‘g‘ri bo‘lmas", — dedi ayol.
"œHamma bolalarning madadkor hayvonlari bo‘ladimi?" — so‘radi u dangal. Shu savol uning xayolini ko‘pdan buyon band etib kelayotgandi.

Qayd etilgan