Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 59583 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 12 B


shoir  02 Noyabr 2007, 11:08:24

 "œHar kim kezi kelganida bir yoki bir nechta madadkor hayvoniga duch keladi, - javob berdi ayol. — Biroq ayrimlar ulg‘ayganlari sari buni unutib qo‘yishadi. Ayrimlar esa madadkor hayvonlari bilan yetarlicha shug‘ullanmay qo‘yishadi. Tabiiyki, ular bundan xafa bo‘lib ketib qolishadi va qaytib kelmaydilar. Ayniqsa, bugungi bolalar juda mashg‘ul. Televizor ko‘rish, kino tomoshalari, komputer o‘yinlari ularning xayolini butunlay band etib qo‘ygan".
"œBizda esa televizor yo‘q", — dedi Anton. U mana shu sababdan xursand bo‘lishi mumkinligini aslo xayoliga keltirmagandi.
Anton ko‘pdan buyon bunchalik xush kayfiyatda bo‘lmagandi.
"œKetdik, bo‘ri, madadkor hayvonlarning eng zo‘ri", — dedi u baland ovozda va zinapoya zinalarining har ikkitasini bir qilib sakray-sakray pastga tushib ketdi. Qo‘shni ayol boshini tebratib uning ortidan qarab qolganini sezmadi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:08:38

ANTON BILAN LABI CHO‘ZIQ AYIQ

Odatdagi kunlardan biri edi. Antonning mushugi uning qora, dumaloq yoqali jemferi ustida uxlab turgandi. Natijada jemfer kul rang tusga burkanib qolgandi. Anton jemferiga nazar tashladi-da, mushugining ustidagi tuklar hali ham borligiga hayron qoldi. U jemferi ustidagi mushuk tuklarini cho’tka bilan tozalab tashlashga urindi. Bir ozdan so‘ng cho’tka ham jemfer va mushukdagi kabi tuklarga burkandi. Shu ahvolda nonushta payti o‘tib ketdi. Buning ustiga u maktabiga o‘z vaqtida kela olmadi.
"œNega kechikding?" — so‘radi undan o‘qituvchi.
"œO‘qituvchilar hamma narsani bilishga qiziqishi yomon-da, — xayolidan o‘tkazdi Anton. — Mushugim jemferimning ustida uxlagani uchun", — dedi u mayusgina. Shunday deyishi bilan hamma kulib yuborgani unga g‘alati tuyuldi. Sibille ham kulgandi. Bu, haqiqatan ham, odatdagi kunlardan biri edi.
Anton maktabdan keyin uyga kelib qarasa, onasi bir qog‘ozchaga yozib ketgan ekan: "œBir joyga borib kelishim kerak, sabzavot sho‘rva muzlatgichda. Uni ichgan, maza qiladi. ko‘rishguncha".
"œO‘sha joyga borib kelish shart ekan-da", — dedi Anton va sabzavot sho‘rvani gaz plitasi ustiga qo‘ydi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:08:47

Keyin Verner unga o‘qish uchun bergan kitobni mutolaa qila boshladi. Hindular kelgindilarning aravalardan qurilgan qal’asiga hujum qilayotganlarida, o‘tli yoylardan taralgan bo‘y Antonning dimog‘iga urilganday bo‘ldi. Aslida bu bo‘y o‘tli yoylarniki emas, balki sabzavot sho‘rvaniki edi. Kastryulchaning usti yopiq turgan bo‘lsa ham. Sho’rva pishillab plita ustiga toshib ketib ko‘mirday qorayib qolayotgandi.
Anton uf tortib, plitani o‘chirdi-da, hayvonot bog‘i tomon yo‘l oldi. U mushugidan, sabzavot sho‘rvadan va ilk bor Sibilledan ham ranjigandi.
Dastlab Anton ancha vaqt maymunlar qafasi oldida turib qoldi.
Kichkina maymun kattalarining boshiga yong‘oqlar otib aybsizday qarab turardi-da, panjalarini bir-biriga urib zavqlanayotgandi. Har safar ular tinchib qolishlari bilan, u yana ularga bildirmay yong‘oq otayotgandi.
Anton mushugidan va sabzavot sho‘rvadan ranjiganini esidan chiqarib yubordi.
"œTurqi sovuq ekan", — Anton kimdir shunday deganini eshitdi. Bir qafas oldida yo‘g‘on oyoqli semiz ayol turardi. U yeyotgan nokning sharbati iyagidan kiyimiga oqib tushayotgandi. Uning yonida uzun, qizil burunli pakana erkak bor edi. Erkakning og‘zi chetida sigareti osilib turardi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:08:58

 "œTurqi, haqiqatan ham, sovuq ekan, — dedi u. — Bunaqasi hayvonot bog‘iga umuman qo‘yilmagani ma’qul edi".
Nok yeyotgan ayol bilan qizil burunli erkak kulib yuborishdi. Erkakning og‘zidagi sigareti tushib ketdi. Ayol kulayotganida ham nok yeyish to’xtamadi.
Ular boshqa joyga o‘tishgach, Anton qorong‘i qafasga qaradi. U bir g‘alati hayvonni ko‘rdi. Bu tumshug‘i boshqacharoq shakldagi ayiq edi. Terisining ko‘p joyida tuki yo‘q ekan. Bamisoli yaramay qolgan po‘stinday. "œLabi cho‘ziq ayiq", — o‘qidi Anton to‘siqqa ilib qo‘yilgan taxtachadan. — "œIltimos ovqatlantirmanglar!"
Labi cho‘ziq ayiq orqa oyoqlarida o‘tirib olgan holda, u yoqdan bu yoqqa tebranardi. Uning kichik ko‘zlarida xomushlik alomati bor edi. Anton yaqinroq bordi. Ayiq o‘kirdi. Bu tarjimada "œO‘sha yerda tur", degani edi.
Anton ayiqqa dedi: "œSeni xunuk deganlarning o‘zlari bir oynaga qarab olishsa, yaxshi bo‘lardi".
Ayiq tebranishdan to‘xtadi.
"œNegadir hamma meni xunuk deydi", — o‘kirdi u.
Anton ayiq tilini uncha bilmasa-da, uning nima deganini anglaganday bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:09:12

 "œMen ayiqlarni yaxshi ko‘raman, — dedi u, — buning ustiga sen juda ajoyib ayiq ekansan. Senday ayiqni hecham ko‘rmaganman".
Ayiq bir panjasi bilan chap qulog‘ining ortini qashidi. Maqtovlar uni ancha xijolat qilib qo‘ygandi. U bunaqa munosabatni kutmagandi.
"œNima yeyishni xush ko‘rasan?" — so‘radi Anton.
Ayiq qafas tubidan so‘ligan ko‘katni olib, unga qarab turdi-da, yana joyiga tashladi.
"œUlar senga ko‘kat bermayaptilarmi?" — so‘radi Anton ajablanib.
Ayiq yana qashiladi. Bu safar o‘ng qulog‘ining ortini. Shunchalik e’tibor qilinayotgani, uni haqiqatan ham xijolatlantirib qo‘yayotgandi.
U qafas ortidan tishlangan olmani oldi va Antonga uzatdi. "œJuda xursandman, - dedi Anton, — biroq bu yerda ‘Iltimos, ovqat bermanglar’, degan yozuv bor ekan". Ayiq olmani yana joyiga tashladi. Anton panjara orasiga qo‘l tiqish mumkin emasligini bilardi. Hatto yaxshi niyat bilan ham.
"œBilasanmi nima, — dedi Anton, — men hozir borib, biror tuzukroq yegulik olib kelaman. Keyin uni senga berishi uchun boquvchingga beraman".

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:09:23

Ayiq jim turib qoldi.
"œTez orada ko‘rishguncha", — dedi Anton.
Anton uyiga kelishi bilan meva yoki sabzavot qidirishga tushdi. Nihoyat, u onasining bozor sumkasi ichidan bir tup ko‘k karam topib oldi. Anton darhol uni qo‘ltig‘iga tiqdi va hayvonot bog‘i tomon yugurib ketdi.
Anton surishtirib ayiq boquvchini topdi. U baland bo‘yli, keng yelkali bo‘lib, ko‘zlari kichkina, burni cho‘ziq, qo‘llari esa uzun va serjun edi.
"œXayrli kun", - dedi Anton.
Erkak qaradi, ammo indamadi.
"œMen bir hayvonga yegulik olib kelgandim", — dedi Anton.
"œMumkin emas", - to‘ng‘illadi erkak.
"œHech bo‘lmasa uni shu yerda qoldirsam, maylimi?" — so‘radi Anton.
"œO‘zimizniki yetadi", — to‘ng‘illadi erkak javob tarzida. U gapdon emasligi ko‘rinib turardi.
"œBuni labi cho‘ziq ayiq uchun keltirdim", — ta’kidladi Anton.
Boquvchi qaradi-da, — "œNima uchun", — deb so‘radi. Uning ovozi ayiqnikiga o‘xshab ketdi.
"œMen unga buni va’da qilgandim", — dedi Anton.
"œKel",— dedi boquvchi. Uning ovozi bu safar ham ayiqnikiday eshitildi.

Qayd etilgan


shoir  02 Noyabr 2007, 11:09:36

Anton u bilan labi cho‘ziq ayiqning qafasi oldiga bordi. Ayiq panjara ortida uni orziqib kutganday edi. U Antonni ko‘rishi bilan darhol qaddini rostladi.
"œXursand bo‘lyapti", — to‘ng‘illadi boquvchi. U Anton keltirgan karamni olib, yon tomondagi eshik orqali qafasga kirdi. Keyin samimiy tarzda ayiqning yelkasiga urib, unga karamni uzatdi. Ayiq ikki panjasi bilan ikki qulog‘ining ortini qashladi.
"œUyalma. Yeyaver", — dedi Anton.
Keyin ayiq karamni panjalari o‘rtasiga olib, bir boshidan kemira boshladi.
"œYoqimli ishtaha", — dedi Anton samimiy ohangda va ketishga shaylandi.
Ayiq karamni darhol chetga qo‘yib, panjara yaqiniga keldi.
Qafas ichida turgan boquvchi Antonga qarab to‘ng‘illadi: "œU endi sening do‘sting bo‘lib qoldi. Kelib tur. U kutadi". Boquvchining og‘zidan chiqqan eng uzun gap shu edi.
"œFaqat ertaga emas, — dedi Anton. — Chunki tushdan keyin jismoniy tarbiya va rasmdan darslarim bor. Ertadan keyin kelishga harakat qilaman".
"œBo‘pti", — to‘ng‘illadi ayiq. Buni boquvchi aytgan bo‘lishi ham mumkin edi.
Anton juda mamnun holda uyiga qaytdi.
Endi u Sibilledan ranjiganini ham unutib yuborgandi. Ehtimol o‘shanda Sibillening o‘rnida o‘zi bo‘lganida ham o‘sha gapga kulib yuborgan bo‘lardi.
Anton uyiga kelib qarasa, onasi kelgan ekan. Onasi hovliqib dedi: "œMen uni topa olmayapman".
"œKimni?" — so‘radi Anton.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:39:21

 "œKaramni", — dedi onasi.
"œEndi uni izlamay qo‘yaqol, — dedi Anton, — men olgandim".
"œUnday bo‘lsa marhamat qilib uni menga qaytarib ber, — dedi onasi. — Makaronni karamli salat bilan yeymiz".
"œAfsus, buning iloji yo‘q, — dedi Anton, — karam labi cho‘ziq ayiqda".
"œLabi cho‘ziq ayiqda degin, — dedi Antonning onasi. — Bizning ko‘kat labi cho‘ziq ayiqqa ozuqa bo‘larkan-da. Juda yaxshi. Balki unga makaronni ham olib borib berarsan?"
"œYo‘q, — dedi Anton, onasining baqirishi endi hech nimani hal qila olmasligini bilgan holda. — U yangi ko‘katni xush ko‘rarkan".
"œMen ham", — dedi onasi battarroq baqirib.
"œUlar uning ustidan kulayotgandilar-da", — dedi Anton o‘zini oqlaganday bo‘lib.
"œYangi ko‘katning kulgi bo‘lishdan saqlaydigan xususiyati bormikan?" — so‘radi onasi. Uning ovozi yana o‘z holiga qaytgandi.
"œAyiqlarga shu ham madad bo‘lishi mumkin", — dedi Anton yengil tortib.
Nihoyat ular makaronni ko‘katsiz yeydigan bo‘lishdi.
Anton bo‘lgan voqeani aytib berdi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:39:56

TANLOV

Antonning onasi yettinchi marta chashkaga choy quyib ichdi. Antonning mushugi bir chetda turib yumshoqqina tuxumni paqqos tushirayotgandi. Anton suli yormasining qutisi ustidagi yozuvni o‘qib chiqdi. Bu hech kimni shoshiltirib qo‘ymaydigan yakshanba kunining ertalabki mahali edi.
"œIltimos, menga suli yormasidan o‘n quti olib kel?" — dedi Anton to‘satdan.
"œNima uchun? — so‘radi Antonning onasi. — U shunchalik mazali ekanmi?"
"œYo‘q, — dedi Anton, — mazasi har doimgidek".
"œAha", — dedi onasi va kutib turdi.
"œVelosiped yutib olish mumkin ekan, — dedi Anton, — o‘ninchi tezlikkacha haydaladiganidan, unga g‘ildiraklarining ustiga o‘rnatiladigan to‘g‘inlari ham qo‘shib berilarkan".
"œXo‘sh, buning uchun nima qilish kerak ekan?"
"œHar bir quti ustida bittadan marka bo‘larkan, shulardan yigirmatasini yig‘ib ochiq xat orqali jo‘natganlargina tanlovda qatnasha olarkan".
"œSeningcha, bu tanlovda necha kishi qatnashadi?" — so‘radi onasi Antondan.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:40:14

 "œBilmadim, — dedi Anton pinagini buzmay, — besh kishi bo‘lib qolishi ham mumkin. Chunki yutuqqa beshta velosiped qo‘yilarkan".
"œUnda minglab kishilar qatnashadi, — dedi Antonning onasi, - shuning uchun sening yutish imkoniyating haddan tashqari oz bo‘ladi".
"œMayli-da, — qovog‘ini soldi Anton, — sira imkoniyatsizlikdan shu yaxshi. Menimcha, shuncha velosipedni sovg‘a qilmoqchi bo‘layotganlar juda saxiy kishilar bo‘lsa kerak".
"œBuning saxiylikka mutlaqo daxli yo‘q, — ularning maqsadi — shu yo‘l bilan suli yormasini xaridorgir qilib, iloji boricha ko‘proq daromad qilish".
"œShunday qimmatbaho velosipedlarni sovg‘a qiladigan bo‘lsalar, ular qanday qilib ko‘proq daromad qilishlari mumkin?" — so‘radi Anton ishonqiramay.
"œChunki ular shu yo‘l bilan o‘sha velosipedlar narxidan bir necha barobar ko‘p pul ishlaydilar".
"œAxir, — bo‘sh kelmadi Anton, — ular bunga qancha kishi qatnashishi mumkinligini oldindan bilmaydilar-ku?"

Qayd etilgan