Ayiq jim turib qoldi.
"œTez orada ko‘rishguncha", — dedi Anton.
Anton uyiga kelishi bilan meva yoki sabzavot qidirishga tushdi. Nihoyat, u onasining bozor sumkasi ichidan bir tup ko‘k karam topib oldi. Anton darhol uni qo‘ltig‘iga tiqdi va hayvonot bog‘i tomon yugurib ketdi.
Anton surishtirib ayiq boquvchini topdi. U baland bo‘yli, keng yelkali bo‘lib, ko‘zlari kichkina, burni cho‘ziq, qo‘llari esa uzun va serjun edi.
"œXayrli kun", - dedi Anton.
Erkak qaradi, ammo indamadi.
"œMen bir hayvonga yegulik olib kelgandim", — dedi Anton.
"œMumkin emas", - to‘ng‘illadi erkak.
"œHech bo‘lmasa uni shu yerda qoldirsam, maylimi?" — so‘radi Anton.
"œO‘zimizniki yetadi", — to‘ng‘illadi erkak javob tarzida. U gapdon emasligi ko‘rinib turardi.
"œBuni labi cho‘ziq ayiq uchun keltirdim", — ta’kidladi Anton.
Boquvchi qaradi-da, — "œNima uchun", — deb so‘radi. Uning ovozi ayiqnikiga o‘xshab ketdi.
"œMen unga buni va’da qilgandim", — dedi Anton.
"œKel",— dedi boquvchi. Uning ovozi bu safar ham ayiqnikiday eshitildi.