Antonning onasi bundan juda mamnun bo‘ldi. U darhol bir eski qora matodan keng yengli ko‘ylak tikib berdi. Anton qo‘llarini yuqoriga va pastga harakatlantirganida, xuddi qanot qoqayotganday ko‘rinardi.
Anton yakshanba kuni Gundinikiga, yo‘q Gundamarnikiga borayotganida, kayfiyati juda xush edi. "œEndi meni hech kim taniyolmasa kerak", - o‘yladi u.
"œXayrli kun, Anton", — dedi Gundining, yo‘q Gundomarning onasi uni ko‘rishi bilan.
Anton atrofga nazar tashladi. Bu did bilan jihozlangan juda go‘zal uy bo‘lib, uning tevaragida katta bog‘ bor edi. Uzun stolga pishiriqlar, tortlar, qaymoqli likobchalar, quymoqlar, pechenyelar, kakao, hamda malina sharbatlari qo‘yilgandi. Gundining, yo‘q Gundomarning dadasi uydan chiqib ketgan ekan. Shuning uchun uning onasiga ikkita oq etakli ayol yordamlashayotgandi.
Anton tamaddi va ichish paytida yuzidagi qush niqobini xalaqit bermasligi uchun yuqoriga ko‘tarib qo‘yardi. Pishiriqlar va tortlar juda mazali edi-da. Keyinroq o‘yinlar tashkil etildi. Ular Antonga yosh bolalarnikiday tuyuldi. Ammo ulardan zo‘r yutuqlar yutish mumkin edi.