"œBo‘lishi mumkinmi meni bilganlar,
amal-u nomimni zikr qilganlar?"
Antonga shu ovoz eshitildi. U atrofga qaradi. Hech kim yo‘q edi. Biroq endi uning matematika kitobi qo‘yilgan joyida turardi.
"œYo‘qolmasdan oldin bor bo‘lgan narsa,
albatta topilar izlab ko‘rilsa", - sado berdi u.
"œGrippo! - qichqirdi Anton. - Qayerda yashirinib olgansan? Men seni ko‘rmoqchiman".
"œYashinday tezkorlik fazilatim bor,
meni ko‘rolmaysan, urinma zinhor".
Antonning oldidagi daftarlari g‘oyib bo‘lib qoldi.
"œGrippo! - qichqirdi Anton. Bu nima qilganing. Axir, men ertaga o‘qituvchimga, uy vazifalarimning ustiga Grippo o‘tirib olgandi, deya olmayman-ku".
"œVazifalar zo‘r narsa,
bajaraver, berilsa", - javob qildi ovoz quvnoq ohangda.
"œU maktab nimaligini bilmaydi-da, aks holda vazifalar nimaligini tushunardi", - o‘yladi Anton.