Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 59637 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


shoir  03 Noyabr 2007, 14:53:54

 "œShu gaplar kitobingizda bormi?" - so‘radi Anton.
"œShu gaplar kitobimda bor", — ta’kidladi janob Blumrix.
"œBu kitob bolalar uchunmi?" — bilmoqchi bo‘ldi Anton.
"œMenimcha, yo‘q. - Janob Blumrix boshini qimirlatdi. — Uni tushunish qiyinroq".
"œAfsus, - dedi Anton. — Men tushunish qiyin bo‘lgan kitoblarni yoqritmayman. Menga qiziqarli va sarguzashtlarga boy kitoblar yoqadi".
"œMen bolalar uchun kitob yozish haqida o‘ylab ko‘rmagan ekanman", — dedi janob Blumrix.
"œAmmo o‘ylab ko‘rsangiz yaxshi bo‘lardi, - dedi Anton. — Kattalar ham bunga e’tiroz bildirmasdilar".
"œMen bir hindu ayol o‘z bolalariga aytib bergan hikoyani eshitgandim, - dedi janob Blumrix. — Senga shuni aytib beraymi?"
"œMayli", — dedi Anton. U qo‘ng‘ir baxmalli, suyanchig‘i quloqsimon shakldagi pastqam kresloga o‘tirib oldi.
Va Janob Blumrix hikoyani boshladi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:54:12

YAHU

"œBu hindularning uzoq zamolardan qolgan rivoyati. Uning qancha uzoq zamonga borib taqalishini, hech kim aniq bilmaydi . O‘shanda osmon shunchalik pastga osilib turgan emish-ki , yo‘lda yurish ham qiyin bo‘lgan ekan. Ayrim joylarda u shunchalik pastlashib olganmish-ki, hushyor bo‘lmagan kishi unga boshini urib olarkan. Bunday sharoitda kim hushyor bo‘lib turishga majbur bo‘lgan .-Albatta hindu ahli. Ko‘plar o‘zlariga ozor berayotgan osmonni o‘sha paytda so‘zlashilgan tilda allanimalar deb haqoratlashgan va uni yana unga tegib ketgunlariga qadar unutganday bo‘lib yurgan.
Daryo bo‘yidagi bir qishloqda Patli Yoy degan yigit yashagan. Zilol suvlarda ovqat bo‘lishga tayyor holdagi baliqlar mo‘l bo‘lgan. Mevali daraxtlar kishilarni o‘z ne’matlaridan doim bahramand qilib turishgan. Giyohlar esa o‘zlarining dorivorlik quvvatini taqdim etishga muntazir bo‘lganlar. Kishi ulardan faqat me’yoriga yarasha so‘rab olishi va hech qachon keragidan ko‘p olmasligi lozim bo‘lgan.Umuman olganda, Patli Yoy yashagan davrda hammaning hayoti osoyishtagina kechgan.
Osmon tahdid sola boshlaganiga qadar.
Patli Yoy 236 marta — u sanab yurgan — boshini osmonga urib olganidan keyin, o‘z tilida bir yomon so‘z aytadi. Keyin u bunday holda yashab bo‘lmasligiga iqror bo‘ladi. Natijada, u ko‘ngildagidek balandlikdagi joyni izlab topishga ahd qiladi. Yigit yo‘lga chiqishidan oldin tabibdan yaxshi maslahatlar, onasidan esa quritilgan baliqlar oladi. So‘ngra toychog‘i Pintoga minib, yo‘lga tushadi. Shu ahvolda keta-ketguncha u oldinga egilib boraveradi, chunki ot choptirib ketayotganida pastlashib qolgan osmon unga tegib ketishi mumkin bo‘lgan.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:54:36

Patli Yoy ko‘p qabilalar va xalqlar tomonga boradi. Ularning barchasi turli urf-odatga, til va shevalarga ega bo‘lsalar-da, hammasini bitta umumiy muammo tashvishlantirib qo‘ygandi: pastlashayotgan osmon.
‘Umumiy muammo birgalikda hal qilinishi kerak’, - Patli Yoy shunday xulosaga kelgan. O‘sha paytdagi kishilar juda sodda bo‘lishgan. Shuni nazarda tutib u barcha tillarda bir xil ma’noga ega bo‘lgan so‘zni topgan. ‘Yahu’, - ekan bu so‘z va u ‘birgalikda’, - degan ma’noni bildirarkan.
Keyin voqea shunday etgan. Bir kuni aniq belgilangan paytda hamma tegishli xabarni eshitish uchun shaylanib turgan.
‘Yahu’, - deyishgan ular barchasi birgalikda va pastlashib qolgan osmonni yuqoriga itarishgan. ‘Yahu’ shunday kuchli jaranglagan-ki, uni dunyoning hamma yerida eshitish mumkin bo‘lgan. Shundan so‘ng osmon yana o‘zining yuqoridagi joyiga ko‘tarilgan — bunga ayni paytda ham har kimning o‘zi bemalol ishonch hosil qilishi mumkin".
Janob Blumrix ozgina jim turdi. Anton esa hikoya tugagani, tugamaganini bilmay qoldi.
"œOsmon-ku o‘sha paytlardan buyon hech kimni tashvishga solayotgani yo‘q, - dedi janob Blumrix gapini davom ettirib. — Savlatli kishilar ham boshlarini hatto bulutlarga urib olishayotgani yo‘q. Ammo zamin-chi. ‘Ona zamin’, - uni hindular shunday atashadi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:54:47

Daryolardagi suvlar o‘sha paytlardagiday toza emas. Giyohlar dorivorlik quvvatiga ega bo‘lishi mumkinligini deyarli unutib qo‘yganmiz. Buning ustiga hamma yerda daraxtlarga qirg‘in kelmoqda. Biz birgina sabab tufayli, ya’ni qurbimiz yetgani uchun, narsalar kashf qildik, ammo ular qanday oqibatlarga olib kelishlari mumkinligi haqida sira o‘ylab ko‘rmadik. Ko‘pincha oddiygina masalalarni hal qilishqa fahm-farosatimiz yetmay qolyapti. Endi yana hammamiz birgalikda ‘yahu’ deyishimiz lozim bo‘lgan payt keldi".
Janob Blumrix bir lahza jim turdi va Antonga qaradi. "œHindular bu rivoyat orqali nima demoqchi bo‘lganliklarini tushundingmi?"
"œMenimcha ha",- Anton shunday deya o‘ylanib qoldi. - Ammo men nima qila olishim mumkin? Men bittaginaman-ku".
"œYoq, - dedi janob Blumrix. — Sen bittadan ko‘psan".
Anton o‘rnidan turdi. "œYahu", - dedi u ishonqiramay.
"œYahu", - javob berdi janob Blumrix.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:54:57

ZAMON GARDISHI

"œTo‘xtab qolibdi", - dedi Antonning onasi tutaqib.
"œKim, qayerda to‘xtab qolibdi?", - so‘radi Anton.
"œSoatim, - javob berdi Antonning onasi. — Uni soatsozga olib borasanmi?"
"œDoim men ekan-da". Anton noliganday bo‘ldi. Aslida uning o‘zi ko‘pdan buyon keksa soatsozning oldiga bormoqchi bo‘lib yurgandi.
"œKechga qolma, kechki ovqat tayyor bo‘lyapti", - baqirib qoldi onasi uning ketidan.
Anton ustaxona peshtaxtasi oldida to‘xtadi. Keksa soatsoz o‘sha yerdagi soatlarning yurishini ko‘zdan kechirayotgandi.
"œXayrli tun, - dedi Anton. — Men tuzattirishga soat olib keluvdim".
Devorlardagi soatlar chiqqillab, tiqqillab, ku-kulab turardi.
Anton devorlardan biriga osib qo‘yilgan bir taxtachaga tikilib qoldi. Unda titroq qo‘l bilan yozilgani bilinib turgan shunday yozuv bor edi: "œZamonga sayohat, borish va qaytish. Har bir zamonga qilinadigan sayohat mas’uliyati har kimning o‘ziga yuklatiladi".
"œZamonga sayohat nima?"- so‘radi Anton. U nomi aytib turganidek, boshqa zamonga sayohat qilish".
"œQaysi zamonga ?"- so‘radi Anton.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:55:06

 "œMasalan, kechagi kunga. Yoki o‘rta asrlardagi ritsarlar huzuriga.Yoki kelajak asrga. Zamon o‘tib ketmaydi, qaytib ham kelmaydi.U doim sayohatchi bilan birga bo‘ladi".
"œTushunmayapman", - dedi Anton.
"œTushunmayotganing uchun ham sen bunga ishonmaysan", - deya jilmaydi soatsoz vaziyatni anglagan holda.
"œMen o‘zim tushunmagan narsalarga ko‘proq ishonaman, - e’tiroz bildirdi Anton. — Axir, bu qiziq-ku. Shuning uchun men zamonga sayohat qilib ko‘rsam bo‘larmikan? Faqat kechki ovqatga kechikib qolmasam bo‘ldi".
"œZamonga sayohat qilish xatarli, - dedi soatsoz. — men zamonga sayohatdan qaytilmagan ikkita holni bilaman. Biri, yanglishmasam, o‘tgan asrda, ikkinchisi esa tosh davrida yuz bergan".
"œBalki ularga o‘sha yerlar yoqib qolgandir?"- faraz qildi Anton.
Soatsoz boshini qimirlatdi. "œYo‘q, ular qanday qaytishni bilmay qolishgan. Ular hikmatli so‘zlarni unutib qo‘ygan bo‘lishlari mumkin. Yoki boshqa zamondan biror nima olib kelishga uringandirlar. Ammo sira unday qilish kerakmas, eshityapsanmi, sira".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:55:32

 "œTushunyapman, - dedi Anton. — Men albatta qaytib kelishni xohlayman. Onam ataylab xushbo‘y pudding (guruch va boshqa yormalardan tvorog va mevalar qo‘shib tovada pishiriladigan pishiriq) pishirayotgandi. Iloji bo‘lsa, men zamonga qisqagina sayohat qilib ko‘rmoqchiman. Darrov tosh davriga emas".
"œQisqagina degin, - dedi soatsoz o‘ychan holda. — Xo‘p, sen aytgancha bo‘laqolsin. Yur men bilan." U oynali eshikka, - "œHozir kelaman", - deb yozilgan taxtachani ilib qo‘ydi.
Do‘kon ortidagi qorong‘i xonada ham ko‘p soatlar bor edi. Yorug‘ qilib yoritilgan ish stoli ustida murvatlar va temirli ehtiyot qismlar yotardi. Anton orqa tomoniga qarashi bilan xiraroq yoritilgan bu devorda ilingan katta gardishni ko‘rdi. Uning qora qoplamasi ustida bittagina mili bor edi.
"œMen seni yigirma daqiqa oldingi zamonga yuboraman", - dedi keksa soatsoz.
"œYigirma daqiqa oldingi?" — ajablandi Anton. Bu hol sarguzashtdan darak bermayotganday tuyuldi unga.
"œKo‘prog‘i xatarli bo‘lishi mumkin", - uqtirdi chol. U gardish milini ozgina orqaga burdi. Anton aylana boshlagan gardishga qarab turdi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:55:41

 "œBaland, pastmi — kechami, erta,
bir lahzada bo‘lar mangulik.
Xohlaganlar ko‘rishi mumkin,
hech nima o‘tmaydi — vaqt ham shuningdek".
Anton soatsoz shunday deganini eshitdi. "œOson ekan, - o‘yladi u. — Har holda maktabda yodlatiladigan uzundan-uzun she’rlarday emas-da".
Atrofdagi soatlarning chiqqillashi go‘yo jo‘r bo‘lib kuylanayotgan kuyday yangrayotgandi. Antonni uyqu bosganday bo‘ldi.
"œTo‘xtab qolibdi", - dedi Antonning onasi tutaqib.
"œBilaman", - dedi Anton.
"œQayerdan bila qolding? — hayratlandi Antonning onasi. - O‘zim buni hozirgina ko‘rdim-ku".
"œSoatni soatsozga olib borishimni aytmagandingmi?" - so‘radi Anton ikkilanib.
"œAytganim yo‘q, - tushuntirdi onasi. — Lekin bu fikring menga ma’qul. Bor, tezda boraqol".
"œDoim men ekan-da", - noliganday bo‘ldi Anton.
"œKechga qolma, kechki ovqat tayyor bo‘lyapti", - baqirib qoldi onasi uning ketidan.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:55:50

Anton o‘zini shu kuni soatsoznikiga yana bir marta borib qolganday his qildi. Oynali eshikka, - "œHozir kelaman", - degan yozuvli taxtacha ilingandi. Anton nima qilarini bilmay uning oldida turib qoldi. U kutib turishni ham, uyga qaytishni ham bilmay qolgandi"¦
Gardish sekingina to‘xtadi. Anton hayron bo‘lib atrofga qaradi. "œEshikni ochsangiz-chi, - dedi u. — Anchadan buyon kutib turibman, axir".
Keksa soatsoz kuldi. "œTashvishlanma, sen ikkita bo‘lib qolganing yo‘q".
"œUnday bo‘lsa yaxshi", - dedi Anton. — Ikkita bo‘lib qolganimda, xushbo‘y pudding ham yetmay qolardi".
Soatsoz Anton olib kelgan soatni ingichka asbob bilan sekingina ochdi. Anton shu payt uning qo‘li titrayotganini ko‘rdi. "œBuni bir oz kutishingga to‘g‘ri keladi, - dedi u. — Uni ertadan keyin olib ketishing mumkin".
"œSiz zamonga ko‘p sayohat qilasizmi?" — so‘radi Anton.
"œJuda ko‘p, - javob qildi chol. - Ba’zan shuni o‘ylab qolaman"¦"
"œNimani?"— so‘radi Anton, chunki chol gapini davom ettirmay qo‘ygandi.
"œBiz yashaydigan zamondagilar keksalarga toqat qilolmay qolganlar. Hamisha va hamma joyda shunday bo‘lgan emas. Shuning uchun men ba’zan o‘tmishga sayohat qilib, xitoyliklar huzurida qolib ketish haqida o‘ylab qolaman. Yoki hindular qabilasida".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 14:56:32

Antonga o‘zining titroq qo‘llarini ko‘rsatib kuldi va dedi: Hech bo‘lmasa, tinchlik nayini ushlab turishga qurbim yetar".
"œUnda Sizga oq yo‘l tilayman", - dedi Anton va xayrlashdi. Onasi kechki ovqat bilan kutib turgani uning esiga tushib qoldi.
Ikki kundan keyin Anton yana soatsozning ustaxonasi oldiga kelib, turib qoldi. Eshikka yozuvli taxtacha ilingandi: "œNoaniq zamonga sayohatga ketgan".
Anton yon tomondagi novvoyxonaga kirdi. "œSoatsoz qachon qaytib kelishini bilasizmi? — so‘radi u. Unga soatimizni tuzatishga bergandik".
"œHa, bu sen ekansan-da", - dedi oq etakli semiz ayol. - U uni ketishidan oldin bizga tayinlab ketgandi". U Antonga bitta kichkina to‘rvachani uzatdi.
"œUning o‘zi qayerdaligini bilasizmi?" — bilmoqchi bo‘ldi Anton.
"œBuni hech kim bilmaydi, - dedi ayol. — Agar mendan so‘raydigan bo‘lsang, chol so‘nngi paytlarda parishonxotir bo‘lib qolgandi. Hamma narsani joyida qoldirib, eshigiga, - `Noaniq zamonga sayohatga ketgan`, - deb yozilgan taxtachani ilib qoyardi-da, ko‘rinmay qolardi".

Qayd etilgan