"œMasalan, kechagi kunga. Yoki o‘rta asrlardagi ritsarlar huzuriga.Yoki kelajak asrga. Zamon o‘tib ketmaydi, qaytib ham kelmaydi.U doim sayohatchi bilan birga bo‘ladi".
"œTushunmayapman", - dedi Anton.
"œTushunmayotganing uchun ham sen bunga ishonmaysan", - deya jilmaydi soatsoz vaziyatni anglagan holda.
"œMen o‘zim tushunmagan narsalarga ko‘proq ishonaman, - e’tiroz bildirdi Anton. — Axir, bu qiziq-ku. Shuning uchun men zamonga sayohat qilib ko‘rsam bo‘larmikan? Faqat kechki ovqatga kechikib qolmasam bo‘ldi".
"œZamonga sayohat qilish xatarli, - dedi soatsoz. — men zamonga sayohatdan qaytilmagan ikkita holni bilaman. Biri, yanglishmasam, o‘tgan asrda, ikkinchisi esa tosh davrida yuz bergan".
"œBalki ularga o‘sha yerlar yoqib qolgandir?"- faraz qildi Anton.
Soatsoz boshini qimirlatdi. "œYo‘q, ular qanday qaytishni bilmay qolishgan. Ular hikmatli so‘zlarni unutib qo‘ygan bo‘lishlari mumkin. Yoki boshqa zamondan biror nima olib kelishga uringandirlar. Ammo sira unday qilish kerakmas, eshityapsanmi, sira".