Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)  ( 59362 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 B


shoir  03 Noyabr 2007, 15:01:44

 "œZamonga sayohat qilish xatarli", - keksa soatsozning shu gapi uning qulog‘iga chalindi.
Agar bu yerdan bir amallab chiqib olsam, - xayolidan o‘tkazdi Anton, - hech qanaqa zamonga sayohat qilmayman". U tushish tezligi yuqoriligidan biror nimani o‘ylashga ham ulgurolmay qoldi.
Tarap, tarap, tarap. Anton qo‘rqib ketdi. U sarosimaga tushib atrofga qaradi. U bir bahaybat eman daraxti tanasiga suyanib o‘tirgan ekan, ro‘parasidan tosh yotqizilgan ko‘cha o‘tgandi.
Anton oyoqlarining barmoqlarini astagina qimirlatib ko‘rdi. Ular qimirladi. Keyin esa qo‘llarining barmoqlarini harakatlantirdi. Hammasi joyida edi. U sekin o‘rnidan turdi. Hech qayeri og‘rimadi. Demak, yiqilganida unga hech qanday shikast yetmagan ekan. Shundan so‘ng anjomlari solingan xaltani paypaslab ko‘rdi. U ham joyida edi.
Tarap, tarap yana takrorlandi. Antonning oldidan bir otliq o‘tib ketdi. Otning taqasi yerdagi toshlarga tegib tovush chiqarayotgan ekan. Bir kichkina, kul rang tusli uy oldiga kelgach, otliq sakrab pastga tushdi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 15:02:21

Uy! Bu uyni u qayerda ko‘rgandi? U o‘ylab qoldi. Bu kichkina uy Anton yashagan ko‘chada edi. Anton uni aniq esladi. Uning eshigi yonida, - "œMadaniyat yodgorligi", - degan yozuvli ko‘k-oq taxtacha ilingandi. U o‘zi yashagan uyni hech qayerdan topolmadi. Uy hali ancha yangi edi-da. Anton tasavvur qilib ko‘rishga harakat qildi. U taxminan o‘zi tushgan joyda bo‘lishi kerak edi. Bunday holda xushmanza keksa emanning bu yerda bo‘lmasligi achinarli bo‘lardi.
"œDemak, meni hozircha yo‘q bo‘lgan mushuk hali qurib bitirilmagan uyda kutayotgan ekan-da", - o‘yladi Anton. Bu tushunarsiz hol edi. Shuning uchun Anton bu to‘g‘rida sira o‘ylamaslikka qaror qildi.
Yana otliqlar o‘tib ketishdi, uzun ko‘ylakli ayollar sayr qilishib va do‘konlarga kirib-chiqib yurishardi, kichkina bolalar ko‘chada o‘ynayotgandilar. Yon atrofda mashina, mototsikl, tramvay yo‘q edi. Haligi tovushlar eshitilmay qolgandi. Faqat otning axlati atrofida o‘ralashib qolgan chumchuqlarning chug‘urlashlari quloqqa chalinayotgandi.
Anton nima qilishi kerakligini o‘yladi. Maktabiga boriladigan yo‘l oxirida maktabi ham yo‘q bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikr uning xayolidan o‘tdi. Bu fikr unga ma’qul bo‘lgani uchun, u o‘sha tomonga yura boshladi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 15:03:00

Tomi baland nishabli kichkina qo‘ng‘ir uy kelajakda madaniyat yodgorligi bo‘lishiga ishonib bo‘lmasdi. Uning eshigi tepasida, - "œTaqa qoqish va aravalarni sozlash ustaxonasi", - deyilgan yozuv bor edi. Anton shu uy ichkarisida bir bo‘lak cho‘g‘li temirni ter to‘kib bolta bilan urayotgan semiz erkakni ko‘rdi. Uy oldida bir ot o‘ziga taqa qoqilishini kutib turardi. Anton yassi shokoladning qog‘ozini ochdi va uning yarmini kaftiga qo‘yib otga uzatdi. Ot yassi shokoladni zo‘r ishtaha bilan paqqos tushirdi. Anton unga qolgan yarmini ham berdi. Uning o‘zi umuman och qolmagandi. "œQaysi zamonda ekanligimni bilmadim-u, lekin bu menga juda yoqyapti, - o‘yladi Anton. - Hamma yoq osoyishtagina ekan".
"œEy, do‘zax maxluqi! Yo‘qol, shaytonvachcha!" — o‘shqirdi bir ovoz.
Anton hadiksirab bir qora mushuk ketidan dastlab yog‘och tuflisini, keyin esa toshlarni otib qolgan kampirga qarab qoldi. Mushuk qochib bir devorning qop-qorong‘i oralig‘iga kirib ketdi.
"œBu yoqqa kel, mushuk, - dedi Anton. — U vaysayveradi. Mendan esa qo‘rqmasang ham bo‘ladi".
"œU yerda gaplashayotgan kim?"- so‘radi bir sovuq ovoz.
Anton yuqoriga qaradi. Maxsus kiyimli erkak turardi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 15:03:40

 "œSiz kimsiz?" - so‘radi Anton.
"œShahar qo‘riqchisi. Ko‘rib turibsan-ku", - dedi erkak qovog‘ini solib.
"œU yerda kim bilan gaplashayotganding? — Qani, ayt!"
"œBunga uning nima daxli bor, - o‘yladi Anton. Biroq u maxsus kiyimli kishining jahlini chiqarib yubormaslikka harakat qildi. - Bir qora mushuk bilan", - javob berdi u va mushukni izlash uchun, cho‘ntak fonusini yoqdi.
"œShaytonchiroq!" - qichqirdi erkak va darhol undan o‘zini orqaga tortdi.
"œYo‘q, cho‘ntak fonusi", - tushuntirdi Anton va fonusni qayta-qayta yoqib o‘chirdi.
"œJodugarlik, - qichqirdi shahar qo‘riqchiligidagi erkak va Antonning qo‘lidan ushladi. - Sening joying qamoqda".
Anton undan o‘z vaqtida qutulishga harakat qildi va iloji boricha tez yugurib qochib ketdi. Bu ahmoqona zamon edi. Undagi odamlar qora mushuklarni ham, cho‘ntak fonuslarini ham yomon ko‘rardilar.
Antonga uning ortidan ta’qib qilib kelayotgan kishining qadam tovushlari eshitilidi. U navbatdagi tor ko‘chaga burilib qarasa, ko‘chaning oxiri berk ekan. Uning oldida baland devor bor edi. Anton og‘ir nafas oldi. U qamoqqa tushishni xohlamasdi! Buning ustiga biqini ham og‘rib qolgandi. Shu payt uning yonidagi tor eshik qiya ochildi va Anton darhol qop-qorong‘i joyga tortib olindi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 15:03:53

 "œPssssst!" — dedi kimdir.
Anton tashqaridagi qadam tovushlari va ovozlarni eshitdi. Shahar qo‘riqchiligidagi kishi boshqalarni ham yordamga chaqirganga o‘xshardi.
"œShu yerda bo‘lishi kerak, - u kimdir shunday deganini eshitdi. — Hamma yoqni tintinglar!"
Antonning ko‘zlari sekin qorong‘ilikga o‘rgandi. Uning yonida qisqartirilgan kul rang soqolli hamda ko‘zlaridan mehr taralib turgan bir kishi turardi. "œKel, - dedi u Antonga sekingina. — Sen yashirinishing kerak".
"œNima uchun? — so‘radi Anton. — Bu yerdagilarning hammasi jinnimi yo ularga biror nima bo‘lib qolganmi?"
Sen qora mushuk bilan gaplashding. Shuning o‘zi seni jodugarlikda ayblashlari uchun kifoya. Kelaqol, tezroq".
Erkak Antonni o‘zi tomonga tortdi. Ular bir necha qadam pastga tushishdi, keyin uzun yo‘lakdan yurib, ko‘rinmay turgan yog‘och eshikdan ichkariga kirishdi. Bu g‘alati, ammo juda xushbo‘y hid taralib turgan katta xona edi. Shipning hamma joyida quritilgan giyohlar osig‘liq turardi. Bir uzun stol ustida turli likoblar, qadahlar, o‘lchov idishlari turardi. Biroq Antonni hammasidan ham ko‘proq hayratlantirgan narsa qora mushuklar edi. Antonning hisobiga ko‘ra ular yettitadan kam emas edi.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 15:04:03

 "œUlar mayib bo‘lib qolishsa, mening oldimga kelishadi, - uqtirdi erkak. Ularga kimdir men davolash san’atidan xabardor ekanligimni bildirib qo‘ygan bo‘lsa kerak. Va men ularni shaytonvachchalar deb haqorat qilmasligimni ham".
"œQora mushuk bilan gaplashgan kishi rostdan ham qamaladimi?" — so‘radi Anton. Bu hol hamon uning aqliga sig‘mayotgandi.
Erkak boshini quyi soldi. "œMushuk qora tukli, odam esa qizil sochli bo‘lmasligi kerak. Va kishi juda ko‘p narsani bilishi ham man etiladi. Biz ikkimiz mana shunday g‘alati zamonda yashayapmiz".
"œFaqat Siz, - tuzatdi Anton. — Men boshqa zamonda yashayman".
"œNega unday deyapsan?" — so‘radi erkak.
Anton qo‘lida ushlab turgan cho‘ntak fonusini yoqdi. Erkak undan fonusni oldi-da, unga bir lahza tikilib turdi va dedi: "œSen qayerdan kelib qolding?"
"œBoshqa zamondan, — dedi Anton. — Men o‘tgan zamonga ozgina sayohat qilgandim". Shunday qilib u zamon gardishi bilan bog‘liq voqeani batafsil aytib berdi.
Erkak fonusni yoqib ko‘rdi va jiddiy ohangda dedi: "œDemak, sizlar mana shu singari zararsiz narsalar ixtiro etarkansizlar. Unda sen iloji boricha tezroq qaytib ketganing ma’qul. Chunki bu zamon sen uchun juda xatarli".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 15:04:25

Qayerdandir qiy-chuv eshitildi. "œOchinglar, tez ochinglar!"
"œUlar eshik oldida turishibdi, - dedi erkak. — Agar seni bu yerdan topib olsalar, ikkalamizga ham yomon bo‘ladi".
"œBo‘pti, endi qaytaman, - dedi Anton. — Bu zamon rosa jonimga tegib ketdi".
Erkak Antonga yarqirab turgan billurni uzatdi.
"œBu senga esdalik uchun".
Anton billurni qo‘liga oldi. Uning yassi sirti va burchaklari dilga zavq bag‘ishlardi. Antonda shunday bir tuyg‘u paydo bo‘ldi-ki, go‘yo qandaydir mo‘jizaviy quvvat shu billurdan unga o‘tayotganday edi.
"œMenga mumkin emas-da, - dedi u e’tiroz bildirib. — Agar men bu zamondan biror nima olib ketadigan bo‘lsam, undan qaytib ketolmay qolaman".
"œUnda men o‘zim bir yo‘lini qilib, uni senga yuborishga harakat qilaman", - dedi erkak. — Men zamonga sayohat qilolmayman. Bu yerda ayrim tadqiqot ishlarini amalga oshirishim kerak"¦"
Taqillatish va qiyqiriqlar kuchaydi.
"œEndi eshikni ochmasam bo‘lamaydi", - dedi erkak.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 15:05:01

Hikmatli so‘zlar! "œKecha, erta, baland, past, - boshladi Anton. — Unday emas shekilli". Kimdir eshikni yana taqillatdi. Anton hikmatli so‘zlar yozilgan qog‘ozni orqaga ilib yuradigan xaltachadan olmoqchi bo‘ldi.
"œNarsalarim! Ularni o‘sha yerda qoldiribman-ku! — qichqirdi Anton. — Hikmatli so‘zlarni ham unutib qo‘yganga o‘xshayman".
Taqillatish yanada kuchaydi. Mushuklar allaqachon yashirinib olishgandi.
"œXavotirlanma, - dedi erkak qat’iy ohangda. — Sen uni bilasan".
Anton chuqur nafas oldi.
"œBaland, pastmi — kechami, erta,
bir lahzada bo‘lar mangulik.
Xohlaganlar ko‘rishi mumkin,
hech nima o‘tmaydi — vaqt ham shuningdek".

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 15:05:44

Oxirgi so‘z aytilishi bilan Antonning atrofi qorong‘ilashdi va qorong‘iligicha qoldi.
"œEndi qachon qaytarkanman? — o‘yladi Anton. — Tezroq o‘zimning zamonimga qaytgim kelyapti!"
Qorong‘ilik hamon hukm surardi. "œEndi hecham zamonga sayohat qlmayman", - ahd qildi Anton. Shundan so‘ng u ko‘zlari yumuq bo‘lgani uchun qorong‘ilikda qolganday bo‘lganini angladi. U ko‘zlarini ochib qarasa, kun yorishib turgan tushdan keyingi payt ekan. Mushuk uyg‘onib ketdi, cho‘zilib qaddini rostladi va xotirjamgina esnadi. Anton cho‘ntak fonusini qo‘lida ushlab turardi. Anjomlarining qolgani boshqa zamonning qaysidir joyida qolib ketgandi.
"œUhhh, - dedi Anton, - hayriyat bu safar ham hammasi yaxshilik bilan tugadi".
U devordan zamon gardishini oldi va uni karavotning tagiga tiqib tashladi. Eng to‘riga.

Qayd etilgan


shoir  03 Noyabr 2007, 15:07:14

BILLUR

Anton maktabdan qaytganida qorong‘ilashib qolgandi. Sovuq shamol esayotgandi. Anton kurtkasining yoqasini ko‘tardi va qo‘llarini cho‘ntaklariga tiqib oldi. U qo‘lqoplarini yana yo‘qotib qo‘ygandi. Keksa soatsozning ustaxonasi oldidan o‘tayotganida, ichkarida chiroq yonayotganiga ko‘zi tushdi. "œSoatsoz qaytib kelganmikan?" Anton eshikni ochishga urindi, ammo u yopiq edi. Endi eshikda boshqa yozuvli taxtacha ilingan turardi. "œVaqtincha yopiq. Sozlash ishlari qabul qilinmaydi".
"œQulfbuzarlar kirib olgan emasmikan? Zamon gardishi ham sirli holda chayqov bozoriga chiqib qolgandi. Har holda qulfbuzarlar chiroqni yoqib qo‘ymagan bo‘lardilar. Hech bo‘lmasa, cho‘ntak fonusidan foydalanardilar".
Anton eshikni taqillatdi. Bir zumdan so‘ng ustaxona ortidagi xonadan bir kishi chiqib keldi. Bu soatsoz edi. U Antonning tanib eshikni ochdi.
"œShu yerda ekansiz-ku! — baqirib yubordi Anton suyinib. — Qanday bo‘ldi?" Keyin u soatsozning tashvishli yuziga nazar tashladi.
"œBiror nima bo‘ldimi?" - so‘radi u.

Qayd etilgan