So'rovnoma

Forumda blog yuritishga rozimisiz?


HA
  13 (76.5%)
yo'q
  4 (23.5%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 15



Forumda blog yuritish: Sizning fikringiz  ( 4944 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


jasonnur  31 Mart 2009, 12:50:19



Assalomu alaykum!

Blog nima? degan savol ko'pchi9likni qiziqtirishi mumkin.

Xullas, blog so‘zi inglizcha "web log" so‘zidan kelib chiqqan. "Web log" — "veb jurnal", "veb kundalik daftar" kabi ma'nolarni beradi. Ya'ni, blog yurituvchi odam(lar) turli xildagi hayotida bo‘layotgan voqealar, rasmlar, videolarni o‘z blogida chop etib boraverishadi. Bundan tashqari, blog yuritishning mikroblog turi ham keng ommalashdi, bunda, o‘zingizning hozirda nima bilan mashg‘ulligingizni oddiy matn bilan yozib qoldirasiz. Do‘stlaringiz esa, siz qoldirgan xabarlarni ko‘raverishadi.

Forumdagi blog ham xuddi shunday bo'ladi. Unda nimalar kiritilishi mumkin?
- kundalik mulohzalar
- ijodiy ishlaringiz
- o'zingiz olgan suratlar
- sizni qiziqtirgan maqola
- turli qiziq rasmlar
- istasangiz tarjimai holingiz va rasmingiz
- siz kimgadir ravo ko'rgan audio yoki video ma'lumotlar

Xullasi kalom, blog bu sizning shaxsiy sahifangiz. Uni o'zingiz yuritasiz va boshqalar ham kirib sizning sahifangizga baho berishi, undagi ma'lumotlardan foydalanishi mumkin.

(matn muallifi--Abdulaziz)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  02 Aprel 2009, 18:46:40

Blog ocha qolaylik. Bitta ovoz ko'p olsak ham, baribir demokratiya qonuni bo'yicha ochilishi kerak! Men buni talab qilaman!  :7 (oxxo, yomon chiqdiya lekin)

Qayd etilgan


Moxim bonu  02 Aprel 2009, 21:12:18

Assalomu aleykum. Buday saxifa ochilsa judayam xursand bo'lardim. Agar illoji bo'lsa faol forumdoshlarning shaxsiy kundaligi bo'lsa manimcha zo'r bo'lardi. Balki manam o'zimga shaxsiy kundalik ocharmidimmmmm

Qayd etilgan


ZUBAIR  06 Aprel 2009, 13:08:57

AbdulAziz aka, u-bu devoring

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Aprel 2009, 17:37:11

Assalomu alaykum!
So'rovnoma natijasiga ko'ra bunday bo'lim ochildi:
Forumchilar blogi
Unda o'z blogingizni ochishingiz mumkin.

PS. Floodlar bo'lmasin!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Aprel 2009, 18:31:58

Assalomu alaykum!
So'rovnoma natijasiga ko'ra bunday bo'lim ochildi:
Forumchilar blogi
Unda o'z blogingizni ochishingiz mumkin.

PS. Floodlar bo'lmasin!

Katta rahmat!

Menda bitta savol bor. Bir user bir necha blog ochishi mumkinmi? Yoki bitta ochgan blog mavzusiga o'zining barcha narsalarini joylab boraveradimi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Aprel 2009, 18:40:06

Hozircha bittani to'ldirib turavering. Agar yangi mavzuga ehtiyoj tuyulksa ochishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Muzayyana  09 Aprel 2009, 11:15:24

Assalamu alaykum!
Bu yaxshi fikr bo'libdi, faqat bloglar foydali axborot va ma'lumotlar bilan to'ldirilsa, nur ustiga a'lo nur bo'ladi deb o'ylayman!
Bundey "blog" lar forum.islom.uz da bor edi, adashmasam.
Bizni forumdayam ochilishi bu albatta yaxshi bo'ladi, inshaAlloh!

Qayd etilgan