Ubaydulla Uvatov. Muslim ibn al-Hajjoj  ( 53835 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Robiya  17 Aprel 2009, 14:22:18

Tarkibiy jihatdan bu asar sakkiz qismdan iborat, o‘z navbatida ular ham hadislarning mazmun-mohiyati va mavzulariga qarab ellik to‘rt (ba’zi manbalarda keltirilishicha, ellik ikki) bobga bo‘linadi. Ulardan iymon, tahorat, namoz, masjidlar, za-kot, ro‘za, haj, nikoh, farzlar, vasiyatlar, ovchilik, kiyim-kechak. zeb-ziynatlar, odob-axloq, ilm-ma’rifat, fazilatlar, tarix va tabobatga oidlarini ko‘rsatish mumkin. «Sahih» Muslimdan o‘rin olgan hadislarning aniq adadi haqida ham xilma-xil fikrlar mavjud bo‘lsa-da, kitobga kiritilganlarining (kam hollarda takrorlanganlarini ham hisobga olganda) umumiy soni 5781 hadisdan iborat.

Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib antish mumkinki, Imom Muslimning «Sahih» asari katta ijtimoiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga molik nodir manbalardan biridir.

Bu qimmatli asarni har tomonlama chuqur o‘rganib, o‘zbek tiliga tarjima qilish sharqshunoslarimiz, olimu ulamolarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri, deb hisoblaymiz. Zero sarvari olam, janobi payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga mansub o‘ta hayotiy pandu nasihatlar va rushdi-hidoyatga boshlovchi yo‘l-yo‘riqlar mustaqil O’zbekistonimiz uchun g‘oyatda zarur bo‘lgan ma’naviy mukammal va sog‘lom fikrli insonlarni tarbiyalashdek olijanob ishga xizmat qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:23:10

«SAHIH»NI YARATISHDA MUSLIM IBN AL-HAJJOJ USLUBI

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom hadislari jamlangan kitoblar orasida Imom Muslim ibn al-Hajjojning «Sahih» asari adohida o‘rin egallaydi. Asar yaratilgan davrdan boshlab to hozirgi vaqtgacha butun musulmon dunyosining ijtimoiy hayotida katta ahamiyatga molik bir tarixiy manba sifatida qaraladi.


Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, sahih hadisning isnodi eng nihoniy naqliga yetishgan har xil noqisligu shubhalardan xoli bo‘lmog‘i kerak. Hadis sahih (to‘g‘ri, ishonchli) deb atalishi uchun ma’lum qoidayu-tartibotlarga ega bo‘lmog‘i shart.

Mana shu shart-talablarga «dosh» bergan hadislargina sahih hadislar deb tan olinadi. Muallifning o‘zi ham «Ushbu al-Musnad as-sahih (o‘zim) eshitgan uch yuz ming hadisdantasnif etilgan» (Az-Zahabiy. Tazkirat ul-huffoz, 2-jild. 152-bet) deb ta’kidlaydi. Hech shubhasiz bu o‘rinda muallif «musnad» iborasining istilohiy ma’nosini ko‘zda tutmagan, albatta. Cho‘nonchi «musnad» hadis ulamolari o‘rtasida hadisning isnodi,bir roviydan to dastlabki (nihoiy) roviygacha, boshqacha qilib aytganda, Muhammad alayhissalomning o‘zlarigacha borib bog‘langan hadislar ko‘zda tutilgan. Demak, Imom Muslim asariga kirgan hadislar roviylarining silsilasi (musnadi) payg‘ambar alayhissalomning o‘zlarigacha yetib borgan. Shu bilan birga Imom Muslimning bu asari ba’zan «al-Jome’» nomi bilan ham yuritiladi. (Tahziyb ut-tahziyb, 10-jild, 127-bet; Kashf uz-zunun, 555-bet) Muslim ibn al-Hajjoj «Sahih» asarini 235 hijriy yilda ta’lif eta boshlagan. Usha paytda u yigirma to‘qqiz yoshga yetgan bo‘lib, kuch-quvvatga to‘lgan, mana shunday mashaqqatli mehnatga ham jismoniy, ham ma’naviy tomonlardan tayyor bo‘lgan desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, muallif mana shunday mas’uliyatli vasharafli ma’rifiy vazifani to‘la-to‘kis amalga oshirgan edi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:23:58

Uning quyidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir: «Basharti hadis ahllari ikki yuz yil hadis to‘plasalar, shunga, ya’ni «Sahih»ga teng asar yozishlari mumkin». «Ushbu «Sahih» kitobimni Abu Zar’a ar-Roziyga ko‘rsatganimda, u noqis (illatli) topganlarini chiqarib tashlab, u illatsiz, bekamu-ko‘st topib sahih deganlarini ajratib yozdim». Hadislarni tartib bilan tadvin qilib, «Sahih» asarini yozishda Imom Muslim, shubhasiz, Imom al-Buxoriydan istifoda etgan.
 Chunonchi, avval ta’kidla-ganimizdek, bu uslubda birinchi bo‘lib Imom al-Buxoriy asar yaratgan edi. Bu to‘g‘rida ham al-Xatib al-Bag‘dodiy «Haqiqatan ham Imom Muslim Imom al-Buxoriyning yo‘lidan yurib, uning ilmiga amal qilgan holda batamom unga ergashib asar yaratdi», deb ta’kidlagan.

Imom Muslim o‘z asarini yaratishda, tabiiyki, juda ko‘p, o‘zi ta’kidlashicha, uch yuz ming hadis bilan tanishib, ularning ichidan sahihlarini tanlab olib, «Sahih asarini ta’lif etgan. Lekin shu bilan bir qatorda savol tug‘iladiki, uning bu asari barcha sahih hadislarni to‘lig‘icha qamrab olganmi? Mana shu qat’iy qoidaga to‘liq rioya qilganmi? Bu borada tarixiy asarlarda ham ayrim fikrlar keltirilgan: «Kamdan-kam hollarda Imom al-Buxoriy va Imom Muslimdan isbot qilinmagan hadislar o‘tgan», deyiladi bir talay manbalarda. Haqiqatan ham Imom Muslimning asari sahih hadislarning barchasini to‘lig‘icha qamrab olmagan. Bu fikrimizga muallifning o‘zi ham dalolat beradi: «Kitobimga kiritgan (hadis)larimning hammasi ham sahih emasdir, unga faqat hamma bir ovozdan ma’qullaganlarni kiritganman». Boshqa qator olimlar ham, shu jumladan, an-Navaviy zikr qilishicha, Imom Muslim payg‘ambar alayhissalomning o‘zlaridan rivoyat qilingan hadislardan hatto yarmini ham keltirmay, balki undan bir qismini keltirganlar. Yuqorida zikr qilingan Abu Zar’aga: «Muslim ibn al-Hajjoj sahih hadislardan to‘rt mingtasini to‘pladi», deyishganda, u: «Qolganlarini kimga tashladi ekan?» (Tarix Damashq, 16 jild, 236-bet) deb xitob qilgan.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:25:02

IMOM MUSLIMNING «SAHIH» ASARIDAGI HADISLAR SONI

Go‘yo Imom al-Buxoriyning «Sahih» asariga kirgan hadislar kabi Muslim ibn al-Hajjojning «Sahih» asariga kiritilgan hadislarning adadini aniqlashga ham unchalik e’tibor bermaganlar. Imom Muslimning zamondoshi Abu Quraysh al-Hofiz «Sahih»ga kirgan hadislarning soni to‘rt mingtaga yetishi haqida rivoyat qiladi. Bular faqat takrorlanmaydigan usuliy hadislarning sonidir.
Ammo «Sahih» asariga kiritilgan — takrorlanadngan va takrorlanmaydigan hadislarning umumiy soni —Muslimning bir shogirdining gapiga qaraganda — o‘n ikki mingni tashkil qiladi. Muslimning «Sahih» asari bilan jiddiy shug‘ullanib, tadqiq qilgan olim an-Navaviybu haqda mutlaqo hech narsa yozmagan, SharqshunosVenank «Miftah kanuz as-sunna» kitobida Muslim ibn al-Hajjojning «Sahih» kitobidagi hadislarning sonini (aslida kitob) usuliy hadislarga tayangan holda fasl (bo‘lim)larga bo‘ldy. Mana shu hadislarni hisoblab chiqsak, ularning umumiy soni 5781 hadysga yetadi. Kitob esa 54 ta bobdan iborat. «Miftoh kanuz as-sunna»dagi har bir bobning yonida unga tegishli hadislarning adadi ko‘rsatilgan. Ushbu boblarning mazmuni ularda keltirilgan hadislarning mavzuiga qarab aniqlangan. Mavzular jumlasiga iymon, namoz, ro‘za, zavoj, irs, jihod, «chimliklar, she’r, tafsir va hokazolar kiradi.
Birinchi qism uch mavzudan iborat, ularni misol tariqasida keltiramiz:
— iymon — 380 hadis,
—tahorat — 111 hadis,
— hayz ko‘rish — 126 hadis.
Ikkinchi qism uch mavzudan iborat.
— namoz — 285 hadis,
— masjidlar — 316 hadis,
— safardagilar namozi — 312 hadis.
Uchinchi qism—sakkiz mavzu, to‘rtinchi qism—olti mavzu, beshinchi qism—o‘n ikki mavzu, oltinchi qism—olti mavzu, yettinchi qism—olti mavzu, sakkizinchi qism—o‘n mavzuga oid hadislarni o‘z ichiga olib, bular hammasi bo‘lib besh ming yetti yuz sakson bir hadisni tashkil qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:27:39

«AS-SAHIH» KITOBLARINING NOMLARI VA BOBLARI HAQIDA

Asosiy mavzulariga qarab, Imom Muslimning «Sahih» asari asl holida kitoblarga bo‘lingan. Har bir kitobo‘z navbatida boblarga taqsimlangan. Kitob va boblarning nomlari muallifning o‘zi tomonidan qo‘yilgan.

Bu o‘rinda, albatta, hadislarning mavzulari asosiy rolni o‘ynagani qayd qilinadi. Shu bilan birga ushbu mulohazani ulamolar har xil talqin qilganlar.

Ulardan ba’zilari, muallif kitobining hajmi juda katta bo‘lib ketmasligi uchun boblar mundarija (tarjima)larini keltirmaganligini ta’kidlaydi. Yana bir guruh olimlar, jumladan Ibn Asokirning yozishicha, Muslim ibn al-Hajjoj o‘z kitobini uning boblari-yu tarjimalarini to‘lig‘icha oxiriga yetkaza olmay vafot etgan. Ushbu fikrlar bo‘yicha shuni aytish mumkinki, avvalroq zikr qilganimizdek, Muslim o‘z kitobini to‘liq tugatgan va oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishgan. Kitob hajmining katta bo‘lib ketishi haqidagi fikr ham unchalik ishonarli va asosli emas, chunki unvonlarining qo‘yilishi kitob hajmini uncha ham kagta oshirmasligi o‘z-o‘zidan aniqdir.

Hadislarga tartib berib, kitoblarga bo‘layotgan paytda Imom Muslimning o‘zi ham muayyan qiyinchilikka duch kelgan. Chunki hatto bitta hadisning o‘zi ham ba’zan turli fikrlarnj anglatadi"ž Shunday holatda ham muallifning o‘zi ma’lum mulohazalarga ko‘ra bir o‘rinda mana shu hadisni keltiradi. Bu hol ke-yingi asrlardagi tadqiqotchilar, olimlar uchun, albatta, muayyan qiyinchilik tug‘dirib, ortiqcha mehnatni talab qiladi. Mana shu fikrimizning isboti sifatida al-Barra’ ibn Ozib rivoyat qilgan quyidagi hadisni keltiramiz. U dedi: Rasululloh bizga yetti narsani buyurib, yetti narsadan bizni qaytarganlar. Buyurganlari: bemorni ziyorat qilish, janoza marosimiga amal qilish, aksa urgan kishiga «sog‘ bo‘ling» deyish, qasam va qasam ichganlarni mag‘firat etish, jabr-zulm ko‘rganlarga ko‘maklashish, duogo‘yga ijobat qilish, tinchlik-osoyishtalikni yoyish (tarqatish); Payg‘am-bar qaytarganlari: oltin uzuk taqish, kumush (idish)da ichish, yumshoq firosh, egarga yopiladigandan, harir shoyi), yaltiroqva parcha kiyim kiyishdan. Ko‘rinib turibdiki, ushbu hadis ko‘p fikrlarni qamrab olgan, muallif uni bir bobga kiritishi kerak edi, chunki g‘oyatda kam hollarda Muslim bir hadisni ikki xil o‘rinda foydalanadi. Yuqorida keltirilgan hadisimiz «Libos va ziynat kitobining ayollar va erkaklarga tillo va kumush idishlardan foydalanishni man qilish, erkaklarga tillo uzuk taqib, harnrkiyishni man qilib, ularni xotinlarga ruxsat etish» bobida keltirgan.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:28:39

Shu bilan bir qatorda «Sahih» boblari va kitoblari mavzu jihatidan har doim ham mos hadislarni qamramaydi. Mazmun va ma’no jnhatidan unchalik ham o‘rinli bo‘lmagan hadislar tur-li boblarga tushib qolgan hollari ham ko‘p uchraydi.


Masalan, muallif o‘e asarining «Masjidlar va namozgohlar» degan bobida shunday deb hikoya qiladi: «Yah’ya ibn Yah’yaat-Tamiymiy bizga so‘zlab dedi: Abdulloh ibn Yah’ya ibn Abi Kasir aytgan: otam shunday deganini eshitganman: «Jism rohati bilan ilm olib bo‘lmaydi» (Sahih Muslim», 2-jild, 105-bet). Bu hadis «Besh vaqt namozning vaqtlari» bobida keltirilgan.

Hadislar bo‘yicha yaratilgan asarlar tarix va brshqa ko‘p sohalarga oid kitoblarga qaraganda ham qimmatliroqdir. Chunonchi hadislar to‘plamlari arablar, umuman musulmonlarning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, diniy hayotiga doir ko‘p ma’lumotlarni, ularning urfu odatlari, an’analariyu rasm-rusumlari, taomlari, kiyimlari, kasbu hunarlari haqida tasavvur beradigan manbalar hisoblanadi. Ulardan har xil katta-kichik hodisayu voqealar, xilma-xil masalalarni hal qilish yo‘llarini topish mumkin. Ularda lug‘at, nahvu sarf va adabiyotga doir fikr-mulohazalar, xilma-xil qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. Mana shu xildagi ko‘pdan-ko‘p ma’lumotlarni Imom Muslimning «Sahih» asarida ham uchratish mumkin. Allomadan keyin o‘tgan ko‘p olimu ulamo, ilmiy nuqtai-nazarlari har xil bo‘lsa-da, bu borada juda ko‘p tadqiqotlar qilganlar, ushbu kitobning qimmatbaho javohirlaridan har tomonlama istifoda etganlar. Ayni vaqtda ushbu qimmatbaho asarlar, shu jumladan, Imom Muslim ibn al-Hajjojning «Sahih» asari ham hanuz to‘liq tadqiq etilib, ilmiy jihatdan har tomonlama o‘rganilgani yo‘q.

Birinchi galda to‘plamga kiritilgan hadislarni bobma-bob chuqur ilmiy tadqiqot qilib, ularning aniq umumiy mundarijasini tuzib chiqish, bu asardan keng ko‘lamda istifoda etishni osonlashtiradi. Chunonchi, oldin zikr etganimizdek, bir talay boblar va ularningunvonlari (sarlavhalari) matn mazmunidan chetlashgan hollari, uning mohiyatini almashtirib yuborgan hollari ham uchraydi. Bu hol haqida bir misol keltirsak. Masalan, «Sahih»dagi «Islomning kelishi o‘zidan oldingi (narsa)larni yemirib tashlaydi» bobida Amru ibn al-Osning ruhiy holati va tashvishlari go‘zal bir suvratda ifodalangan. Uning o‘lim to‘shagida yotib yig‘lagan, o‘zining siyosiy xatolarini e’tirof etishga tayyor turgan holati aks etganki, bobga berilgan unvon (sarlavha) esa bu xususda hech qanaqa fikr va tasavvur bermaydi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shu bilan birga bu nodir manbaga kirgan muborak hadislarning o‘zbek tiliga tarjima qilinmaganligi undan har xil soha mutaxassislari va keng xalq ommasining bemalol foydalanishiga imkon bermaydi.


Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:30:01

MUSLIM IBN AL-HAJJOJNING SHARTLARI VA AMAL QILGAN QOIDALARI

Albatta, Imom Muslim o‘zi to‘plagan hadislarni muayyan tartib qoidalaru shartlarga rioya qilgan holda tadvin etgan. Shu boisdan ham uning ijodi bilan shug‘ullanib asarlarini tadqiq qilgan olimlar va tadqiqotchilar bu uslubga «Imom Muslim shartlari» deb nom berganlar. Shuningdek, Imom al-Buxoriyning ham o‘ziga xos shartlari bo‘lgan. Sahih hadislarni aniqlab, o‘z asariga kiritganda Muslim ibn al-Hajjoj birinchi navbatda uning naql qiluvchisining ishonchli ekaniga, ularning naqllari aynan (farqsiz) bo‘lishiga, dalilining boshidan oxirigacha izchil ulanishi va xato-yu nuqsonlar, illatlardan xoli bo‘lishiga alohida etibor bergan. Yshonchli deiishimizdan maqsad bu hadislar faqat Imom Muslim shartlariga javob beradigan sahih hadislar bo‘lib, boshqa muhaddislar, masalan Imom al-Buxoriy shartlari bo‘yicha, ular sahih bo‘lmasliklari ham mumkin. Roviy— rivoyat qiluvchilarhaqida ham xuddi shu fikrni aytish mumkin, bir muhaddisning talabu shartlariga javob bergan roviy ikkinchi bir muhaddisga to‘g‘ri kelmagan hollar ham uchraydi.

1. «Sahih»ga yozgan muqaddimasida Muslim ibn al-Hajjoj o‘z asarini yaratishda qo‘llagan manhaj (uslub) va shartlar haqida zikr qiladi. Bu uslub va shartlar asosida payg‘ambar alayhissalom hadislari haqidagi asarini uch qismga, roviylarini ham uch tabaqaga bo‘ladi:
a) avvalo muallif hadisni g‘oyatda to‘g‘ri (ishonchli) bo‘lgan odamlarga va ularning naql (rivoyat)larini goyatda aniq yod olganlarga tayanadi;
b) birinchi shartdan to‘la-to‘kis foydalangach, yodlash va aniqlikda u darajaga yetisholmaganlar rivoyat qilgan hadislarni keltiradi. Ular roviylariga bu darajadagi yuqori talabni qo‘pmaydi, chunki bu o‘rinda masala biroz nnsbiy holatga ega. Shu boisdan ham bunday paytlarda ikki yoki undan ham ortiq roviylar o‘rtasidagi mutavozin holatiga tayaniladiki, ularning aniqligi va sahihligi haqida ilm ahllarida unchalik ham shubha bo‘lmaydi. Shu bilan birga ushbu roviylardan bittasinint
fikri o‘ta aniq va naqli to‘g‘riroq bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda muallif har bir roviyning xizmatiga yarasha bahosini berib, ulardan har qaysisini o‘ziga munosib martabayu maqomiga qo‘yadi;
v) uchinchi qism hadislar roviylariga kelsak, ular ikki guruhdan iboratdir:
— bir guruh borki, ular hadis ilmi ahllari nazdida yoki ulardan aksariyatining nazdida shubhali (muttahamuna) roviylar; ular oddiy (avom) xalq og‘ziga tushib, ularning e’tibori-ni qozonganlar. Imom Muslim roviylarning hadislarini qayd qilishni ham lozim topmagan. Chunki ular ko‘iincha hadislarni o‘zlari o‘ylab topib, har xil xabarlarni to‘qiganlikda ayblangan kishilardir;
— ikkinchi guruh borki, ular rivoyat qilingan, inkor qilin-gan yoki g‘alati hadislardir. Muallif bu tarzdagi hadislarni ham inobatga olmay, chetlab o‘tgan va vaqtini ham yo‘qotmagan. (Qarang: Muqaddimat Sahih Muslim, 3—5-betlar)

Yuqoridagi bayon qilganlarimizdan ko‘rinib turibdiki, o‘z asarini yaratishda Imom Muslim dastlabki ikki band bilan chegaralanib, uchinchi tabaqa roviylarning hadislariga e’tibor ham bermagan. Eng avvalo u, garchand o‘z «Sahih»i tartibiga unchalik to‘g‘ri kelmasa-da, har bir guruh hadislarini alohida-alohida ajratib chikdi. Mana shu tartibni ulamolar turlicha talqin qiladilar. Bu haqda an-Navaviyning «Sahih»ga yozgan sharhida (1-jild, 23—34 betlar), «Al-madxal fi-usul al-hadiys» nomli tadqiqotda va boshqa qator asarlarda batafsil bayon qilingan.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:32:59

2. Muslim zikr qilgan hadislarini takrorlanmaydiganlar toifasida keltirsa-da, ba’zi o‘rinlarda shunday hadislar uchraydiki, ular bir-biridan ko‘pda farq qilmaydi yoki bo‘lmasa bir dalil yonida ayni shunga o‘xshash ikkinchi bir dalil ham keltiradi.

 Shunday hollar ham uchraydiki, bir hadisning ma’nosini boshqa o‘rinda keltirilgan ikkinchi hadis qisman to‘ldiradi. Imom Muslim asarida mana shunday hollar uchrashini e’tiborga olib, ularni o‘rganish va tahlil qilishda chuqur ilmiy nuqtai nazardan qarash zarurdir.

3. Qitob muqaddimasida keltirilgan fikr-mulohazalar ham diqqatga sazovordir. Ularda hadislarni yig‘ishdagi umumiy tartib-qoidalar, ularni toifalarga ajratish, e’timod qilinadigan (ya’ni e’tiborga olinadigan) roviylar yoki shuning aksi haqida ham fikr yuritiladi:

a) Muslim sahih va illatli (noqis) rivoyatlardan voz kechib, to‘g‘ri hadislarni rivoyat qilishda imkon qadar tuhmatchi va bid’at ahllaridan saqlanishga chaqiradi. Bu fikrdan shunday xulosa qilish mumkinki, Imom Muslim hadislarning mazhabi, masdari (asosi, kelib chiqishi) aniq va to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng ularni rivoyat qilgan. Eshitgan naqllarini tahqiq etib isloh qilgan, roviylarni obdon tekshirib, aniq va ishonchli darajaga yetishish uning uchun qat’iy qoida bo‘lgan. U o‘z diniga sodiq kishi sifatida shubhali roviylar va bid’atchi da’vatchilarning rivoyatini sira qabul qilmagan (tan olmagan); .

b) Muslim inkor qilingan hadislarning belgilarini bayon qiladi. Inkor etish esa hadis yozganlar va ma’qul topilganlarga solishtirish (muqoraka) qilish orqali bajariladi. Agar mazkur hadis ularning rivoyatlariga xilof chiqib qolsa yoki unchalik darajada muvofiq kelmasa, inkor qilingan hisoblanadi va u qabul qilinmay, iste’moldan chiqariladi va unga tayanilmaydi ham;

v) faqat aniq bir roviy tomonidan aytilgan hadislarni bo‘limlarga taqsimlab qabul qiladi;

g) muqaddimada keltirilgan batafsil ma’lumotlarda Muslim ibn al-Hajjojdan oldin o‘tgan tobeinlardan chiqqan ulug‘ olimlar haqida hikoya qilinadi. Hadis ilmida bee’tiborlilikka yo‘l qo‘ymaslikni uqdiradi, chunonchi bu ilm dindir. «Diningiznimadan olinayotganiga nazar soling», degan oyat bor. Dalil (isnod)ga qat’iy amal qilishga e’tiborni qaratadi. Darhaqiqat, isnodga dinning bir qismi sifatida qaraladi, chunki isnod bo‘lmasa, har kim xohlaganini gapiradi. Kimki salaflarni haqorat qnlsa, yolg‘onchi, kazzoblardan, ishonchsiz kishilardan bo‘lsa, ulardan hadis olmaslikka chaqiradi. Hadis ahllarining sir-sinoatini bilishga jiddu jahd ko‘rsatmay. g‘aflatda qoladigan solih odamlardan hadis yozib olishda ehtiyot bo‘lishni ta’kidlaydi, chunki ularning o‘zlari bilmasdan turib xato qilib qo‘yadilar. yolg‘on-yashiqni rivoyat qilib, hattoki uning yolg‘onligini ham bilmaydilar.

 Shuningdek, qissaxonlarning suhbatidan uzoqda bo‘lishni, xorijiylardan, metempsixozlarga iymon keltiradiganlardan hadis olmaslikka chaqnradi.

 Muqaddimada, shuningdek, bir qancha toifa roviylar zikr qilnnadiki, ularga sira ishonmaslik kerakligi ta’kidlanadi: ular jumlasiga kazzoblar, subutsizlar, aytgan hadisi ishonchsizlar, shubhalilar, hadis sohibi bo‘lmaganlar, zaiflar, yolg‘onga mayli borlar, hadisi iste’moldan chiqqanlar kiritilgan. (Mukaddima Sahih Muslim, 9—21-betlar)

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:33:58

«SAHIH MUSLIM»DA ISNOD (DALIL) VA MATN MASALALARI

Mukammal hadis, asosan, ikki muhim qismdan tashkil topadi:

1. ISNOD (DALIL) U nimadan iborat? Isnod — roviylar silsilasi (ketma-ketligi) yoki bo‘lmasa shundayasosli dalilki, aytilayotgan hadis payg‘ambar alayhissalomning o‘zlaridan sodir bo‘lganligini tasdiqlaydi, adolatli roviylar tomonidan hadislarning bir-biriga uzluksiz ravishda ulanib ketishini shart qilib qo‘yadi. Masalan, biron hadisni aytguvchi roviy: «Menga falon roviy falondan rivoyat qilgan, bizga falon roviy pang‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilgan edi, degan darajaga yetnshi zarur».

2. MATN. Bu aynan Muhammad alayhissalomdan qilingan rivoyatdir.

Hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchilar (muhaddislar) azaldan isnod masalasiga alohida ahamiyat berganlar. Shu tufayli ham roviylarni aniqlashga, ulardan eshitgan hadislarning qanchalik to‘g‘riligi, aniqligi va ishonchliligiga, isnodlarning bir-biriga bekamu ko‘stulannb ketishiga o‘ta jiddiy va katta mas’uliyat bilan qaraganlar. Chunonchi, isnodning to‘g‘ri va annqligi hadisning to‘g‘riligi (sahihligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ysnod bilan bevosita hadis o‘rtasidagi to‘g‘rilik darajasini ham farqlab beradilar. Shu boisdan ham isnodning to‘g‘riligi haqida uzil-kesil aytilgan fikrdan har doim ham sahih hadis hosil bo‘lavermagan hollarini ham uchratamiz. Shuningdek, ba’zan ishonchli isnodsiz matn sahih hollari ham amalda uchraganini ko‘ramiz. (Qaraig: Al-Bois al-xasiys, 46-bet)

Bu fikrimiz xususida taniqli olim an-Navaviy shunday degan: «Ilm ul-hadiysdan murod shuki. matnlarning ma’nolarnni va ilm ul-isnod va al-muallal (illatlari)ni tahqiq qilishdir. Illat — bu ba’zan hadisning ma’nosida yashirin (maxfiy) holatda bo‘lib, hadisni zaiflashtirishga olib keladi, garchand zohiran bu hadis to‘g‘ri (sahih)dek tuyulsa ham, illat ba’zan matnda, ba’zan isnodda bo‘ladi. Ilm al-hadisdan maqsad faqat hadis tinglash, yoki boshqalarga eshittirish, yoki ularning kitobati bilan shug‘ullanish emas, balki hadislarni chuqur tahqiq qilib, uking matn yoki isnodnda bekinib (yashirinib) olgan ma’nolarini izlab topib, ular xususyda fikr-mulohaza yuritish, bu tarzdagi tadqiqot ishlariga to‘xtovsiz, izchil ravishda ahamiyat berish, hadislarni bilgan roviylarni o‘rganish, ulardan eshitganlarini muqorana etib, hadis ilmi haqida tahqiqot ahllarining kitoblarini muttasil mutolaa etishdir». (Sharh Sahih Muslim, 1-jild, 47-bet)

Muslim ibn al-Hajjoj mana shu tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilib, ham isnodga, ham matnga alohida ahamiyat berdi. An-Navaviy bu haqda: «Alloh rahmat qilgur Imom Muslim o‘zining «Sahih» kitobida aniqlik (itkon), ehtiyotkorlik (ihtiyot), tadqiqot (tadqiyq) va tahqiqot (tahqiyq)ni muxtasar balog‘at va mukammal iyjoz ilmlari bilan qo‘shgan uslubda ijod qilgan. U bu asarida o‘zining g‘oyatda chuqur va keng qamrovli ilmini, fikr-mulohazasining o‘tkirligini va ulkan iqtidorini namoyon qilgan. Bu holatlar ba’zan isnodda, ba’zan matnda, ba’zan esa bu ikkalasida ham zohir bo‘ladi», (Sharh Sahih Muslim, 1-jild, 151-bet) deb yozgan. Shuning bilan birga adolat yuzasidan qaraydigan bo‘lsak, imom Muslim isnodga alohida e’tibor berganligini ko‘ramiz. Bu xususda ham an-Navavip «Men aniq bilamanki, ilm ul-isnodning nozik nuqtalariga yetishishda bironta olim Muslim ibn al-Hajjojga barobar bo‘lganligi ma’lum emas. Garchand Imom al-Buxoriyning «Sahih» kitobi g‘oyatda to‘g‘ri (sahih), eng e’tiborli va ahkomlaru ma’nolarda g‘oyatda foydali asar bo‘lsa-da, Imom Muslimning «Sahih» kitobi isnod san’atining ustunligi bilan ajralib turadi», (SharH Sahih Muslim, 1-jild, 151-bet) deb ta’kidlagan.

Umuman olganda isnod bilan matn bir-biri bilan uzviy bog‘liq, yaxlit unsurlar bo‘lib, hadis ilmida muhim o‘rin egallaydi. Bu istilohlar bizda hali chuqur o‘rganilib, tahlil qilinmaganligidan bu masalalarga batafsil to‘xtashni lozim topdik. Fikr-mulohazalarimiz, tabiiyki, Imom Muslimning «Sahih» asari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:37:15

ISNOD

Imom Muslimning «Sahih» asarini tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo isnod bobida quyidagi xususiyatlariga e’tibor bermog‘imiz zarur.

1. Biror hadisning isnodi, uning naqli haqida gapirar ekan, muallif xilma-xil ibora va istilohlarni ishlatgani alohida ko‘zga tashlanadi. Misol uchun: menga so‘zladi (haddasaniy), bizga so‘zladi (haddasano), menga xabar berdi (axbaraniy), bizga xabar berdi (axbarano), men eshitdim (samiatu), menga falon o‘qib eshittirdi (qara’ a’layya fulon) kabilar keltiriladi. Bu keltirilgan iboralardan ko‘rinib turibdiki, va biz uchun eng muhimi, o‘z ustoz (shayx)laridan yolg‘iz o‘zi eshitganlarini (haddasaniy — menga so‘zladi) deb alohida ta’kidlab, ko‘pchilik bo‘lib eshitganlarini jaddasano (bizga so‘zlab berdi) deb ham alo-hida ibora bilan ko‘rsatgan. Shuningdek, axbaraniy (menga xabar berdi) deb shayxi bir o‘ziga aytgan hadislariga ishorat qilsa, axbarano (bizga xabar qildi) deb ko‘pchilik bo‘lib hadis tinglaganini ham alohida uqtiradi.

2. Agar hadis roviysi bir kishi bo‘lmay, bir nechta bo‘lib, lekin lafzda (so‘zma-so‘zlikda) ular rivoyatlarida ozroq farq bo‘lsa ham ma’no bitta bo‘lgan hollarda muallif isnodda ularning hammasini birlashtirib jamlaydi. Shundan keynn hadisni ulardan birortasining lafzi asosida bayon qiladi yoki bo‘lmasa ular rivoyatlari asosida ta’lif bitadi. Bu haqda hadis rivoyatidan keyin zikr qiladi, agarki lafzda biron-bir farq bo‘lmasa, unga ishorat qilmaydi. Bular hammasi muallif o‘z asarini yaratishga g‘oyatda katta mas’uliyat va e’tibor bilan qaraganligini ko‘rsatadi. Bu fikrimizga birgina misol keltiramiz: Bizga Ahmad ibn Hanbal Zuhayr ibn Xarb so‘zladi deyilib, Zuhayrning lafzi keltiriladi va ular ikkovlari aytdilar: «Bizga Yah’ya so‘zlab bergandi. U al-Qatton bo‘lib, u ham Ubaydullohdan olib so‘zlagan edi»... (Kitob al-buyu’—5-jild, 26-bet)

Qayd etilgan