Ubaydulla Uvatov. Muslim ibn al-Hajjoj  ( 53827 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Robiya  17 Aprel 2009, 14:38:22

3. Basharti hadis roviylaridan birontasi elu xalqqa yetarli darajada tanish bo‘lmasa, bunday paytlarda muallif u roviy haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirib, uni bir qadar o‘quvchiga tanishtirib, uni boshqa roviylar bilan almashtirib yuborish hollariga barham beradi. Ko‘pincha unday roviylar haqida mufassal yozib, bu fikrlarini ba’zan isnodning ichida bildirsa, ba’zan esa hadisni rivoyat qilgandan keyin qayd qiladi. Misol uchun: «Menga al-Hasan ibn Ali al-Xulvoniyning o‘zi so‘zlab berdi, bizga Abu Tuba—u ar-Robiy’ ibn Nofi’dir; bizga Muaviya, ya’ni ibn Salom Zeyddan — u uning akasidir — eshitganini so‘zladi, u (Zeyd) Abu Salomdan eshitgan ekan: u dedi» ( Sahih Muslim, Kitob at-tahorat, 1-jild, 173-bet)... Yana bir misol: «Bizga Ubaydulloh ibn Muoz al-Anbariy so‘zladi, bizga otam so‘zladi; bizga Shu’ba so‘zladi, u Qatodadan —u Abu Ayubdan so‘zladi— uning to‘liq ismi Yah’ya ibn Molik al-Azdiy—uni al-Ma-rog‘iy deb ataydilar, al-Marog‘-Azdning bir mahallasidir (kvartalidir)—u Abdulloh ibn Amrudan, u esa payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladi». (Sahih Muslim, 2-jild, 104-bet)

4. Bir hadisga bir joyning o‘zida ko‘pdan-ko‘p isnodlarni keltirish hollari ko‘p uchraydi. Bu muallifning isnod va roviylarining ko‘p bo‘lishiga alohida e’tibor berganligini ko‘rsatadi. Bu masalani Muslim ibn al-Hajjojning «Sahih» asari tadqiqot-chilari ham alohida ta’kidlaganlar. Chunonchi, bir hadisga shun-chalik ko‘p isnodlar keltirilib, kitobdan ko‘p o‘rin egallaganligini, shu bilan birga ular hammasi «an-nabiy sallallohu alayhi vasallam», «bimisluhi» yoki «bimasalihi» yoki «bihazol isnod» degan iboralar bilan tugallangan. Sahihligi isbotlangan har bir hadisga bir isnod kifoya qilishi mumkin bo‘lsa-da, muallif isnodlari ko‘p bo‘lishiga alohida e’tibor bergan. Shuningdek, bir hadis ma’nosining sahihligini boshqa hadislar ifodasida ham bayon qnlib, ular tasdig‘ini yanada kuchaytirish hollariga ham asarda bir qadar o‘rin berilgan. Bir hadis, masalan, sahihlpgn turli yo‘llar bilan tasdiqlansa ham, hadis ilmi uchun oltin asr hisoblangai o‘sha davrning talabi—imkon boricha isnodga alohida e’tibor berishdnr, bu esa, o‘z navbatida, keltirilayotgan hadisning to‘g‘riligi, ishonchliligiga yetarli asos hisoblanadi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:39:38

5. Isnod roviylari (ahllari)ning adadi haqida gap ketganda shuni ta’kidlash kerakki, Muslim ibn al-Hajjoj bilan payg‘ambar alayhissalom o‘rtasidagi roviylarning adadi to‘rttadan to‘qqiztagacha yetadi. Shu bilan birga, atigi bir nechtagina hadislar borki. ular isnodlarining roviylari to‘qqiztadan ortiqroqdir. Roviylarning soni to‘qqizta bo‘lgan hadislar ham unchalik ko‘p bo‘lmay, «Sahih» Muslimning har bir jildida yettita shunday hadis uchraydi. (Hofiz Ziyouddin yal-Masiqdiy dsgan olim roviylari to‘qqnzta bo‘lgan hadnslarni «Tis’aiyyat Muslim» nomli bir risolaga jamlagan bo‘lib, uning qo‘lyozmasi az-Zohiriya (Suriya) kutubxonasida (hadis rakami 348) saqlanadi (50—55 varaqlar).)

6. Isnod roviylari (ahllari)ning adadi haqida gap ketganning ikki yoki undan ortiq isnodi bo‘lsa, bunday hollarda Muslim ibn al-Hajjoj ularni bir matnga jamlaydi. Bir isnoddan ikkinchi bir isnodga tahviyl qilayotgan vaqtda uki h (g) harfi bilan belgilaydi va uni «Ha at-tahviyl» deb nomlaydi. So‘ngra ushbu hadisni o‘sha isnodlardan biri bilan to‘lig‘ncha yoki qisman bog‘lab bayon qiladi. Bu fikrimizga bir misol keltiramiz: «Muhammad ibn al-Musanno bizga aytdi, az-Zahhok—ya’in Abu Osim h (g) bizga aytdi, menga Mahmud ibn G’aylon aytdi, Abdurazzoq bizga aytdi ular ikkalasi dedi: bizga ibn Jurayj aytgan edi, menga ibn Shihob aytgandi va hokazo»... yoki bo‘lmasa yana bir misol: «Muslim ibn al-Hajjojning so‘zi: «Ahmad ibn Yunus bizga antdi, Zuhayr bizga aytdi, Abu Ishoq bizga aytdi (h) va Yax’ya ibn Yah’ya bizga antdi. Abu Ishoqdan Abu Haysama bizga xabar berib degandi...» Bu o‘rnnda Abu Ishoq ikki marta znkr qilindi. Buning boisi (sirn) shundaki, Zuhayr aytayotir: «Bpzga Abu Isxoq aytgan edi». Ammo Abu Hapsama bo‘lsa u: «Abu Ishoqdan». Gap shundaki, bular nkkalasini jam qilish mumkin emas. chunki ulardan har qaysisi aytayotgan hadisni bir-biridan mustaqil xolda aloxida naql qilayotir. Bular xammasi Muslim nbn al-Hajjojning o‘z asarini yaratishda nafis va daqiyq uslublarni qo‘llaganiga yana bir karra yorqin misoldir.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:57:39

MATN

Muslim ibn al-Hajjoj matnga, ya’ni hadisning matniga ham alohida axamiyat bergan. Bu borada uiing ba’zi xususiyatlari va tartibotlari haqida to‘xtalamiz. Eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, isnod va matn bir-birini to‘ldirib, uyg‘unlashgan bo‘lsagina to‘la-to‘kis, mukammal bo‘ladi. Bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi tufayli ham ba’zan ularni bir-biridan ajratish mushkil bo‘ladi.

1. Hadisning matni isnots bilan ketma-ket keladi. U bilan uzviy ravishda bog‘langan bo‘ladi. Muslymning «Sahih» asarida atigi isnodi bo‘lmagan bittagina hadis, u ham bo‘lsa asarning muqaddimasida keltirilgan. Muslim aytgan: «Oysha raziyallohu anhudan zikr qilinadiki, u shunday degan ekan:—Rasululloh bizga: «Barcha odamlar o‘z manzillariga joylashsinlar»,—deb amr qildilar». (Sahih Muslim, 1-jild, 5-bet)

2. Oldinroq zikr qilganimizdek, Imom Muslim hadis matnini saqlashga alohida e’tibor berib, garchand, matnlar orasidagi farq unchalik katta bo‘lmasa ham baribir ularni alohida ajratib ko‘rsatadi. Iboralari jihatidan ikki xil isnodga ega ikki hadisning matni bir xil bo‘lib, boshqa biror jihatdan ular o‘rtasida farq bo‘lsa, bunday hollarda muallif avval birinchi hadisning matnini to‘liq keltirib, keyin ikkinchi hadisning nima bilan farq qilishini aks ettiradi va qaysi jihatdan birinchi hadis bilan o‘xshashligini bayon qiladi. Bu fikrimizga Muslim ibn al-Hajjojning asaridan ba’zi misollar:

«Ahmad ibn Abda ad-Dabbiy bizga aytdi: Abdulaziz ibn Muhammad va Abu A’lqama al-Qaraviy bizga dedilar: Rasululloh aytdilar: Alloi taolo Iamandan shunday shamol yuboradilarki, u harirdan ham mayindir. Hech bir kishining dili bundan ozor ko‘rmaydi. AbuA’lqama dedi: Habbaning bir misqolidir va Abdulaziz esa: Zarraning bir misqolidir,—dedi». (Sahih Muslim, 1-jild, 76-bet)
«Muhammad ibn al-Musanno bizga dedi, Sha’ba bizga shunday dedi: Yavm ul-ahzob (Ahzob—Madina shahri uchun payg‘ambarga qarshi kurashgan guruhlar shundai deyiladi) Rasululloh dedilar: «Ular bizni salot ul-vustodan to quyosh botguncha bizlarni bezovta qilib turdilar. Alloh ularning qalblarini yoki o‘ylarini yoki qorinlarini olovga to‘ldirgan edi». Muhammad ibn al-Musanno bizga dedi: bizga Ibn Abi Addiy—Saiyddan—- u esa Qatodadan ushbu isnod bilan degandi: u aytdi: «ularning uylarini va qabrlarini». (Sahih Muslim, 2-jild, 111-bet.)

3. Ba’zi hollarda Muslim ibn al-Hajjoj matn zikrini eslatmasdan, faqat isnod zikri bilan kifoyalanadi, ba’zan esa hadisning isnodi ham. matni ham keltiriladi, bunga misollar ham keltirilgan—faqat ikki rivoyatning o‘rtasida—ba’zi farqlarga ishorat qiladi. Masalan: «Shaybon ibn Farrux bizga so‘zladi: Sobil al-Banoniy Anas ibn Molikdan bizga so‘zladi: Rasulullohga Jabroil alayhissalom keldi. Rasululloh bolalik chog‘larida tengqurlari bilan o‘ynar edi, Jabroil Rasulullohni quchoqlab olib yerga yotqizdi».

4. Muslim ibn al-Hajjojning odatidan biri shu ediki, u avval mansuh (bekor qilingan) hadisni zikr qilib, undan keyin nosih (bekor qiluvchi) hadisni keltirar edi. Ba’zan muallif matnda unga tegishli bo‘lmagan (bayon)larni ham keltiradi.

5. Muslim ibn al-Hajjoj hadisning barcha usullarini (uslublarini) bir o‘rinda zikr qiladi. Mana shu qoidaga e’tiboran hadisning matni ham mana shu o‘rinda keladi. Ushbu hadis bir nechta fikr-mulohazalarni o‘z ichiga qamrasa, muallif uni mana shu fikr (ma’no)lardan biriga aloqador o‘rinda keltiradi—demak, hadis faqat mana shu joydan boshqa joyda keltirilmaydi. Juda kamdan-kam hollarda ushbu hadisning matni aynan shu isnodi yoki boshqa isnod bilan bo‘lak joyda ham zikr qilinadi. Masalan, «al-Libos va-z-ziynat» («Kiyimlar va zebu-ziynatlar») kitobida quyidagi hadis «Yo‘llarda o‘tirish va yo‘lning haqini berish» bobida takrorlanadi. Menga Suvayd ibn Sa’iyd chytdi: menga Hafs ibn Maysara Zayd ibn Aslamadan, u A’to ibn Yasordan,u Abu Sa’iyd al-Xudriydan, u esa payg‘ambar alayhissalomdan aytdi. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: Yo‘llarda o‘tirishdan saqlaninglar,—dedilar.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:08:09

Yo Rasululloh: Biz yo‘llarda faqat suhbat qurish maqsadida o‘tiramiz, — deb javob berdilar. Payg‘ambar alayxissalom:—yo‘llarda o‘tirishdan voz kechmas ekansiz, unda zinhor yo‘lning haqqini beringlar,—dedilar. Ular undan: Yo‘lning haqqi nimadur? —deb so‘radilar. Payg‘ambar alayhissalom: «Yo‘ldan o‘tgan— qaytganlarga hadeb qarayvermaslik (g‘addul basar), o‘tuvchilarga ozor yetkazmaslik (kafful azya), salomga alik olish (raddus salom), amrul ma’ruf bilan shug‘ullanish va gunoh narsalardan o‘zni tiyishdir» (Sahih Muslim, 6 jild, 165bet)—deb xitob qildilar. Aynan shu hadis shu isnodi bilan «As-salom» kitobida «min haqqi-l-julus a’lo-t-ta-riyq raddi-s-salom»—«yo‘lda o‘tirishning haqqi salomga alik olish» bobida shu tariqa keltiriladi: Bizga Suvayd ibn Sa’iyd xikoya qildi, bizga Xafs ibn Maysara Zayd ibn Asalamadan, A’to ibn Yasordan, Abi Sa’iyd al-Xudriydan. u esa payg‘ambar alayhissalomdan. Payg‘ambar alayhissalom: «Io‘llarda o‘tirishdan saqlaninglar», dedilar. Unga: «Yo Rasululloh! Biz yo‘llarda fakat suhbat qurish maqsadida o‘tiramiz»,—deb javob qildilar. Shunda Payg‘ambar alayhissalom: «Yo‘llarda o‘tirishdan voz kechmas ekansiz, unda albatta yo‘lning haqqini beringlar»,—dedilar. Ular undan: «Yo‘lning haqqi nimadur?» — deb so‘raganlarida, Rasululloh:«Yo‘ldan o‘tgan-qaytganlarga hadeb qarayvermaslik, o‘tuvchilarga ozor bermaslik, salomga alik olishlik, amrul ma’ruf bilan shug‘ullanish, gunoh narsalardan o‘zni tiyishdur» (Sahih Muslim, 7- bet) deb xitob qildilar.

7. Ba’zan hadisning matni cho‘zilib ketib, u bir necha sahifalarni tashkil qilgan hollari ham uchraydi, ba’zan esa juda qisqa—atigi ikki-uch so‘zdan iborat hadislar ham uchraydi. Bunga misol tariqasida payg‘ambar alayhissalomning «al-aynu haqqun» («ko‘z haqiqatgo‘ydir») degan hadislarini keltirishimiz mumkin.
Eng avvalo, «Sahih»ga kiritilgan hadislarning hammasining ham to‘g‘ri va ishonchliligi isbotlanganmi,—degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Bu xususda birinchilardan bo‘lib Ibn as-Saloh (643 hijriy yilda vafot etgan) shunday deb yozgan: «Alloh rahmat qilgur Muslim ibn al-Hajjoj o‘z kitobida to‘g‘riligiga hukm chiqargan barcha hadislar hech shubhasiz sahih hadislardir. Naza-riy ilm ham ularning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Xuddi shuningdek, Imom al-Buxoriy o‘z kitobida to‘g‘ri degan hadislar ishonarli (sahih)dir Bunga asos shuki, bir ovozdan ma’qul topgan bo‘lsa ham yoki ixtilof bildirgan bo‘lsa ham islom olami ularni bajonudil qabul qilgan edi». (An-Navaviy, Sharh Sahih Muslim, 1-jild, 19-bet)

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:11:15

Imom Muslim o‘z kitobini yozib tugatgach, Abu Zar’aga ko‘rsatganligi va u qaysi hadisni illatli degan bo‘lsa, uni kitobdan chiqarganligi haqida avvalroq zikr qilgan edik. Shu bilan birga Imom Muslimning o‘zi ham kitobining manbalari haqida yozib, o‘z «Sahih»iga bir ovozdan, yakdillik bilan ma’qullagan hadislarni kiritganligi, unga kiritilgan har bir hadis faqat isbot-dalil bilan chiqarilganligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga Ibn as-Salohning yozishicha, Muslim ibn al-Hajjoj o‘z kitobiga to‘g‘riligi munozarali va bahsli (ixtilofli) bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p hadislarni ham kiritgan. Sahih hadislarning roviylari xususidagi muallif shartlari turli ulamolar tomonidan turlicha talqin qilinishi ham muayyan darajada bu xususda ba’zi ixtiloflarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Ibn as-Saloh ta’kidlashicha, sahih hadislarni aniqlashda Imom Muslim o‘ziga xos me’yorlar ishlab chiqqan bo‘lib, mana shu me’yorlar asosida asar?. kiritilgan hadislarni u (Muslim) shubhasiz sahih hadislar deb hisoblagan. Bu mantiqan g‘oyatda to‘g‘ri fikr. Shu boisdan ham Muslim uchun ishonchli bo‘lgan hadis roviysi, boshqa bir olim uchun unchalik ishonchli bo‘lmaganligini ham nazarda tutish kerak.

Imom Muslimga bildirilgan ta’nalardan yana biri «sahih» kitobida rivoyat qilingan bir guruh roviylar zaif va sahih hadislarning shartlariga javob bera olmaydigan, o‘rtacha (mutavasitun) roviylar bo‘lganligi aytiladi. Ibn as-Saloh bu fikrni ham rad qilib, ularga qarshi quyidagi xulosalarni ilgari suradi:

a) ushbu roviylar Imom Muslim uchun ishonchli (siqatun) va undan boshqalar, xuso‘san ta’na qiluvchilar uchun zaif roviylar hisoblangan. Chunonchi, ma’lumki, Imom Muslim faqat sababini
tafsir qilgandan keyingina, noqis (illatli) hadislarni qabul qilgan;
b) bu hol ba’zan muallifning so‘zi bilan ifodalangan o‘rin pa ko‘rinishlarda zohir bo‘lib, asosiy uslub (al-usul)ga tegishli emasdir. Bu shunday paytlardirki, Imom Muslim biron hadisni asliy, sof (naziyf) isnod bilan zikr etadi, uning roviylari ishonchli bo‘lib, u asl hadis deb qabul qilinadi. Shundan keyin muallif yana boshqa bir yoki bir nechta isnod keltiradiki, ular asil hadisni yanada boyitib, (bil-mutobaa’) ta’kidlaydi yoki bo‘lmasa unga yangi mazmun kiritadi. Ayni vaqtda bu hol zaif roviylarning rivoyatidan hech bir zarar ko‘rmaydi, chunonchi uning g‘oyatda ishonchli sahih asli hech bir xalalsiz saqlanib qolgan bo‘ladi;
v) roviyning zaifligi keyinroq, ya’ni Imom Muslim undan hadis eshitgandan so‘ng sodir bo‘lgan. Shu boisdan oldingi holati to‘g‘ri bo‘lgan va uni zaiflikda ayblash to‘g‘ri bo‘lmaydi;
g) zaif shaxs rivoyat qilgan hadisning isnodi oliy (mustahkam) bo‘lishi mumkin. Mazkur hadisning o‘zi balkim Imom Muslim ibn al-Hajjojga ishonchli yo‘llar orqali rivoyat qilingan-u, lekin isnodi pastlashib ketadigan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda yuqoriroq isnod bilan chegaralanib, bayon cho‘zilib ketmasligi uchun qolganlari (ya’ni isnodi ishonchsizrog‘i) qo‘shimcha qilinmaydi va bayon qilinadigan hadisni yaxshi biladiganlar bilan kifoyalanadi (ya’ni zaifrog‘i kiritilmaydi). Imom Muslimning o‘zi ham bu masalani batafsil tushuntirgan. Binobarin, bu hol uning faoliyatida juda jo‘shqin va samarali ko‘rinishda namoyon qilingan. Chunki Imom Muslimning odati shunday bo‘lgandiki, u eng avval ishonchli roviylarni, undan keyin esa silsila uchun boshqalarni keltirgan.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:13:21

Bu o‘rinda bir haqiqat borki, undan ko‘z yummasligimiz kerak. Zaif roviylar ham keltirilishi kerakki, bu xususda ba’zi olimlar ham o‘z fikrlarini bayon qilganlar.

 Masalan, «Ulum al-hadiys» kitobida «Falon roviy bu bilan e’tibor qozonadi, falon hech qanday e’tiborga molik emas»,—degan fikr bildirilgan. Roviylarning zaif tomonlari ko‘pdan-ko‘p va turli xil bo‘lib, albatta kamroq darajada Imom Muslim faoliyatida ham uchraydi. Ammo, ko‘pincha muallif ularning hadislarini keltirmaslikka harakat qilganligini ko‘ramiz.

1. Imom Muslimning «Sahih» asarida shunday bir hadis keltirilgan: «lo tasubbuu ashobiy...» Bu hadis Yah’ya ibn Yah’ya, Abu Bakr va Abu Quraybdan rivoyat qilinib, ular uchchalasi Abu Muoviya, A’mash, Abu Solih, Abu Hurayradan rivoyat qilganlar.

Ba’zi olimlarning fikricha, Imom Muslim bu hadisning isnodida xatoga yo‘l quygan, chunonchi, uch roviy(Yah’ya ibn Yah’ya, Abu Bakr va Abu Qurayb) ushbu hadisni «Abu Muoviya, A’mash, Abu Solih va Abu Sa’iyddan rivoyat qilgan edilar. Barcha odamlar shu tariqa rivoyat qilganlar, xuddi shu tarzda Ibn Moja ham ushbu hadis bo‘yicha Imom Muslimning ustozlaridan biri Abu Quraybdan rivoyat qilgan. Tarixchi As-Suyutiy «ushbu xato Imom Muslim shu hadisni yozib olayotgan paytda sodir bo‘lib, lekin uning hafzida (yodlashida) bunaqa xato bo‘lmagan» (At-Tadriyb, 110— 111-betlar) deb ta’kidlaydi.

2. Muslim ibn al-Hajjoj asarining matni teskari (maqlub) aylantirilgan hadis ham uchraydi. Ushbu hadis «sadaqa qiluvchining sadaqasi" (shu darajada) bekitilgan bo‘lishi kerakki, hatto chap qo‘li bilan bergan sadaqasini o‘ng qo‘li bilmasin». (Sahih Muslim, 3-jild, 93-bet) Ushbu hadis matnn roviylarning birining aybi bilan bir qadar o‘zgartirilgan va Muslim ham shu zaylda keltiradi. Aslida bu mashhur hadis «Sahih Buxoriy»da keltirilganidek, «hatto o‘ng qo‘li bilan bergan sadaqasini chap qo‘li bilmasligi kerak» tarzida bo‘lmog‘i kerak.

3. Bid’at ashoblarining rivoyatlarini qabul qilish borasida hadis bilan shug‘ullanadigan olimlar o‘rtasida har xil fikrlar mavjud. Ular bu xususda batafsil mulohaza bildirganlar. Imom Muslim Abdulhamid ibn Abdurahmon al-Himoniyni (u murjiylar toifasiga da’vat qiluvchilardan edi) isbot tariqasida keltiradi. Lekin Imom Muslim unga tayanib, bironta ham hadis rivoyat qilmaydi, faqat al-Muqaddimada undan ba’zi rivoyatlar keltiradi.

Shu boisdan ham ko‘p olimlar bu holatni alohida ta’kidlab, Muslimning «Sahih» asaridagi roviylarni ham, kitob muqaddimasida keltirilgan roviylarni ham alohida ajratib ko‘rsatganlar.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:17:12

4. Ma’lumki, butun islom jamiyati Imom Muslimning «Sahih» asarini, ayrim olimlar va tadqiqotchilar tomonidan zaif hisoblangan ba’zi hadislaridan tashqari, to‘lig‘icha qabul qilgan.

Zaif deb hisoblangan hadis «as-sahih mallalan fi matnihi illat» degan o‘rinda kelganki, buni faqat Imom Muslimning o‘zi «Sahih» asarida zikr qilgan. Bu hadisni Imom Muslim Anas ibn Molnkdan rivoyat qilgan bo‘lib. «bismilloh» qiroatining kerak emasligi haqidadir. Anas ibn Molik dedi: «Men, Abu Bakr, Umar, Usmon payg‘ambar alayhissalomning orqalarida turib namoz o‘qidik. Ular hammalari namozning na avvalida, na oxirida «bismillohnr rahmonir rohiym»ni zikr qilmasdan «alhamdulillohi rabbil olamiyn» deb namozni boshladilar». (Sahih Muslim, 2-jild, 12-bet) Qavmlar ushbu hadisni zaif) hisoblab, undagi iborani. ya’ni «bismilloh» qiroatini «kerak emas» degan fikrni bildirdilar. Chunki bu hadisning aksar roviylari «bismilloh» ning zikri xususida ham xech kanaqa e’tiroz bildirmaganlar. Imom al-Buxoriy va Imom Muslim ham o‘z «Sahih» asarlarida ushbu fikrga qo‘shilganlar. Lekin. Anas ibn Molikning fikriga qo‘shilganlar hadisning ma’nosiga qarab fikr keltirganlar. Chunonchi, ular tushungani «bismilloh»ni aytmay «alhamdulilloh» deb boshlaganlarining boisi shundaki, ular namozni Qur’oni Qarimdagi «Al-Fotiha» su-rasidan boshlab, undagi birinchi oyat «alhamdulillohi rabbil olamiyn»ni zikr qilganlar. Bunga qo‘shimcha qilib shuni ta’kid-lash kerakki, Anas ibn Molikdan payg‘ambar alayhissalomning namoz iftitihodidagi ovoz chiqarib o‘qiydiganlari haqida so‘rashganda. bu xususda hech narsa eslay olmasligini qayd qilgan.

5. Al-Inqito’ (uzilish).

Imom Muslimning «Sahih» asarida keltirilgan hadislardan o‘n uchtasining isnodida uzilish (inqito’) yuz bergan. Uzilish yuz bergan hadislar ikki xil bo‘lib, ular zaif hadislar tarkibiga kiradi, birinchisi isnoddan biror roviy tushib qolgan, ikkinchi xilda esa isnodda zikr qilingan roviylar noaniq, shubhali bo‘ladi. Ulamolar ushbu isnodlar o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik borligini «Sahih Muslim»dagi boshqa ba’zi yo‘llar orqali yoxud boshqa muhaddislarning kitoblari vositasida bo‘lsa-da, bayon qilganlar. Bu borada tarixchi as-Suyutiyning quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Misol tariqasida ulardan ikkitasini keltiramiz:

a) Humayd at-Taviyl Abu Rofi’dan, u Abu Hurayradan hadis—u payg‘ambar alayhissalomning Madina shahrining yo‘llaridan birida uchratgan va hokazo... To‘g‘risi bunday bo‘lmog‘i kerak: «Humayd at-Taviyl Abu Bakr al-Muzaniydan, u Abu Rofi’dan... Xuddi shu tarzda ko‘p muhaddislar ham bu hadisni zikr qilganlar;
b) As-Soib ibn Yazid, u Abdulloh ibn as-Sa’diydan, u Umardan—a’to haqida. To‘g‘risi bunday bo‘lmog‘i kerak: «As-Soib Xuvaytab ibn Abdulazzadan». Hofizlar shu zaylda zikr qilganlar; Muhaddis an-Nasoiy degan: As-Soib ibn Sa’diydan hech qanday hadis eshitmagan. Imom al-Buxoriy va An-Nasoiy tartib berganlaridek, bu hadisni Huvaytabdan, u (Huvaytab) esa Ibn Sa’diydan rivoyat qilgan va hokazo.
Mana shu tariqa uzilish sodir bo‘lgan o‘n uchta hadisga ham muqorana sifatida to‘g‘ri shakllari keltiriladi.
6) At-Ta’liyq.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:18:26

Muslim ibn al-Hajjojning «Sahih» kitobida o‘ndan oshiq (adislar borki, ularning ba’zi roviylari shubhali (noaniqroq) yoki isnodining boshidan bir yoki undan ortiq roviysi tushib qol-gan. Bu xildagi holatlarni ulamolar «ta’liyq» yoki «al-ahadiys al-muallaqa» deb nomlasalar-da, ular mohiyatan «al-inqito’» qismiga mansubligi ham zikr qilinadi. Imom Muslimning «Sahih» asaridan ba’zi misollar keltiramiz. «As-Sahih»ning «as-Salot» kitobida (2-jild, 16-bet) Imom Muslimning so‘zi keltirilgan: «Bizga do‘st bo‘lgan kishi Ismoiyl ibn Zakariyodan, u al-A’mashdan bizga aytdi». Bu rivoyat aslida Abu A’lo ibn Mohomga mansub. Al-Jalludiy rivoyati shu zaylda zikr qilingan: U dedi: «Muslimdan, Muhammad ibn Bakor bizga shunday dedi: bizga Al-A’mashdan Ismoil ibn Zakariya so‘zladi...» Bunday misollarni «Sahih»ning «As-Salot», «Al-Buyu’», «Al-Janoiz», «Al-Jihod va-s-siyar» kitoblarida uchratish mumkin. Mana shu o‘rinlarda muallaq hadislar keltirilgan. Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, umuman olganda bu hadislarning to‘g‘ri va ishonchliligiga shubha bo‘lmasa-da, faqat roviylarida juz’iy noqisliklari borligi qayd qilingan. Boshqacha so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, «Sahih» kitobidan o‘rin olgan ushbu hadislar muallif o‘z oldiga qo‘ygan shartlarga deyarli javob beradi.
7. Al-Isnod al-mu’an’an (silsilali isnod).

Bu masala uzoq vaqtdan, ya’ni muallif yashagan davrdan buyon muhokama qilinib, 6u xususda ko‘pdan-ko‘p jo‘shqin munozaralar va bahslar bo‘lib o‘tgan. Ushbu fikrlardan qay birlari qabul qilingan, qay birlari rad etilgan. Imom Muslim o‘z «Sahih»-ining muqaddimasida ular haqida ko‘rsatib o‘tgan. Silsilali isnod (arabchasi al-isnod al-mu’an’an) deb «falondan falon» so‘zladi deb ko‘rsatilib, roviy bilan undan so‘zlanadigan hadis aniq bir siyg‘a bilan aytilmaydi, masalan, roviy shunday deydi: «menga falon so‘zladi» yoxud bo‘lmasa «falon aytganini eshitgandim», yoki roviyning so‘zi «falon aytgan edi...» Bundan ma’lum bo‘lishicha, roviy o‘zidan rivoyat qilinadigan hadisga bevosita ishtirok etmagandek tuyuladi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:20:14

Al-Isnod al-muan’an eng ishonchli muttasil (uzluksiz) isnodlardan hisoblanishi uchun, albatta, quyidagi ikkita shart amalga oshirilishi zarur:

birinchisi; roviy kimdan rivoyat qilsa, albatta, u bilan muloqotda bo‘lgan bo‘lishi shart;

ikkinchisi: hadis roviylari soxtalik dog‘idan xoli bo‘lmoqlari zarur. Ulardan ba’zilari hatto muloqotning sobntligi bilan kifoyalanib qolmasdan, balki uzoq vaqt yonida bo‘lib, suhbatlashishni («Tuvl ul-suhbati») ham shart qilib qo‘ydilar, boshqalari esa, roviylar g‘oyatda mashhur bo‘lib, ulardan ko‘p rivoyatlar qilingan bo‘lishligini shart qilib qo‘ydilar. Imom Muslim bo‘lsa, uzluksiz rivoyat qilinayotgan roviylar bilan muloqotni shart qilib qo‘ymadi, u hadis ilmi ahllari avval ham, hozirgi vaqtda ham rivoyat qilganlarni yetarli hisobladi. Uzluksiz rivoyat sobit bo‘lishi, bu haqda tegishli hujjat-dalil zarurligi va ro-viylar ishonchli va bir zamonda yashagan (ya’ni zamondosh) bo‘lsalar, bular hammasi doimo roviyning qulog‘iga rivoyat qilinadigan hadisni to‘gri yetkazishga xizmat qiladi. Bu holatda roviylarning muloqoti hech bir shubhasiz deb hisoblashimiz mumkin. Mazkur roviy o‘zi rivoyatqiladigan roviy(bilan uchrashmaganligi yokiundan hech narsa eshitmaganligi haqida ochiq-oydin dalilimiz bo‘lgan taqdirdagina fikrimizni o‘zgartirishimiz mumkin.

Imom Muslim o‘z zamondoshlaridan roviyning o‘zi rivoyat qilayotgan kishisi bilan muloqot shartini qo‘yishlariga rozilik bermay (kifoyalanmay), ularning uchrashuvlari va muloqotlaridan keltirilayotgan hadisning foydasiga e’tiborni qaratadi. Bunipg uchun roviylarning zamondosh bo‘lishlari ham yetarli emas, deb hisoblaydi. Uz zamondoshlariga nisbatan Imom Muslim hech bir lyamasdan shiddatli hujumga o‘tadi. Ularning bu so‘zlari, — deydi u—o‘ylab chiqilgan bir uydirma bo‘lib, oldin hech bir kishi bundyay demagan, plm ahllaridan birontasi ham bunga e’timod qilib, qo‘llab-quvvatlamagan. (Muqaddimot Sahih Muslim, 22—28-betlar)

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:20:52

Ushbu fikr egalariga nisbatan qattiq e’tiroz bildirib va ayni vaqtda o‘zining- mulohazalarini isbotlab, o‘z «Sahih» asarida bayon qilgan fikrlari olti sahifadan ham oshiqdir. Muxtasar holda u amal qilgan dalillarni jamlasak, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

Uzluksiz (mu’an’an) hadislarni rivoyat qilgan muayyav ikki roviy o‘rtasida uchrashuv (muloqot) bo‘lishini yirik olimlardan birontasi ham shart qilib qo‘ymagan.
2. Uzluksiz (mu’an’an) tarzda rivoyat qilinayotgan hadis ishonchli (siqqa) roviylar tomonidan keltirilgan bo‘lsa—bu dalil ushbu hadisni zaif deb hisoblashga asos bo‘la olmaydp, chunonchi ular egallagan o‘rin mursal darajasida e’tiborga loyiqdir. Bunga qo‘shimcha yana ilm ahlining allomalari va ishonchli muhaddislarning faoliyatlari (say’-harakatlari) ham bu hol rivojiga ko‘mak bo‘lgan. Chunki ular ba’zi paytlarda hech bir uzluksiz ravishda hadislarni aytib turganlar-u, bu hadisni kimdan eshitganlarini zikr ham qilmaganlar. Buning uchun ularni biron kimsa aybdor hisoblamagan. Shu boisdan ham yuqorida keltirilgan fikrni olg‘a suradiganlar ishonchli olimlar tomonidan yuborilgan isnodlarni chuqur tekshirib, keltirilayotgan rivoyatlarni boshidan oxirigacha eshitib isbotlashlari kerak edi. Afsuski, ular bu ishni amalga oshirmaganlar.

3. Utmishda o‘tgan allomalardan isnodlarning to‘g‘ri yoki illatli (noqis) ekanligini tekshiradiganlardan, hadislar bilanch shug‘ullanadigan bilimdonlardan birontasi ham isnodlarni eshitgan joy—(mavze’)larini chuqur tekshirib ko‘rganligi bizga ma’lum emas. Bu masalani faqat ushbu roviyning hadis rivoyatidagi soxtaligi avvaldan ma’lum va mashhur bo‘lgan holatda tekshirilganlarini bilamiz. Mana shunday hollardauning rivoyatlaridagi hadisdan soxta joyini tuzatish maqsadida chuqur tekshirib, tadqiq qilganlar.

4. Bir qancha hadislar borki, ular uzluksiz (an’ana) uslubda rivoyat qilingan. Hadis va rivoyatlarning bilimdonlari nazdida bular hech shubhasiz sahih hadislar hisoblanadi. Shu bilan birga ularning aynai roviylaridan eshitgan yoki ular bilan muloqotda bo‘lingani haqida ham zikr qilinmagan.

Qayd etilgan