Ubaydulla Uvatov. Muslim ibn al-Hajjoj  ( 53802 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Robiya  17 Aprel 2009, 15:21:40

Roviy rivoyat qiladigan kishisi bilan muloqotini tasdiqlasht sobit qilish shart emasligp g‘oyasiga amal qilgan Imom Muslimdan keyin o‘tgan olimlarning fikrlari qanday bo‘lgan? Uning bu fikriga ulardan birontasi ham rozi (muvofiq) bo‘lmagan yoki eng to‘g‘risi uning g‘oyasini davom ettirgan bironta ham olimni ko‘rsatish qiyin. Alloma Ibn as-Saloh: «Muslim aptgan fikr bo‘lsa bir nuqtai nazardir. Yana aytishlaricha, Muslim inkor qilgan fikr (qavl)ga ushbu (hadis) ilmining allomalari ham qarshi bo‘lgan. Ulardan Ali ibn al-Madiyniy va Imom al-Buxoriy va boshqalarni ko‘rsatish mumkin»... (U’lum al-hadiys, 72-bet) Olim an-Navavnyning fikri ham e’tiborga molikdir: «Muslim amal qilgan tartibni ko‘plab muhaqqiqlar inkor etdilar va dedilar: «U (Muslim) ilgari surgan qoida zaif narsalar haqida, u rad qilgan narsa (al-muxtor as-sahih) saralangan sahihdirki, Ali ibn al-Madiyniy, Imom al-Buxoriy va boshqa ushbu ilmning allomalari ham rad qilganlar». (Sharh Sahix Muslim, 1-jild, 128-bet)

Olimlardan yana kimdir shunday deb yozgan: «Qanday qilib odamlar (an-nos) Muslim kitobining sahihligini, uning adolatliligi, sidqidilligi, chuqur ilmiy-tadqiq qilinganligini yakdillik bilan ma’qullaganlar? So‘ngra uzluksiz hadis xususidagi uning yo‘lini tanqid qilganlar. Uning «Sahih» asari xilma-xil isnodlar bilan to‘lib-toshib ketganligichi?» Bunday savollarga, albatta, javob topish mumkin. Chunonchi bu xildagi savollar muallif yashagan davrning o‘zida ham ko‘tarilgan. Bu mavzuni Imom Muslim g‘oyatda sinchkovlik va har tomonlama chuqur o‘rgangan, u, avval qayd qilganimizdek, o‘z maqsadini sobitqadamlik bilan amalga oshiradigan, o‘ta e’tiqodli olim bo‘lgan. Bu xususiyatlari ko‘pchilik tarafidan e’tirof etilgan bo‘lib, ortiqcha tavsifga hojat yo‘qdir. Ayni vaqtda bu fikrimizning hammasi o‘z davrida tasdiqlanishi, uning kitobi avval bir ovozdan ma’qullanib, so‘ngra turli ta’nayu ayblarga duchor bo‘lishining boisi nimada? Bu xususdagi eng asosli javob shundan iboratki, bir hadisni bilish yo‘llarining va isnodlari adadining ko‘pligi Imom Muslim faoliyatida salmoqli o‘rin egallaydi, lekin ularning hammasi ham uzliksiz (ya’ni an’ana) tarzda emas. Olim an-Navaviy ham mana shularni har tomonlama tahlil qilib, Imom Muslim g‘oyasi (mazhabi) haqida «uzluksiz isnod (al-isnod al-mu’an’an) uning (Muslim) uchun faqat rivoyat qiladigan shaxs va undan rivoyat qilinadigan shaxsni birlashtiradigan bir tizim (hukm) sifatida muhim bo‘lib, garchand ularning bir-biri bilan uchrashganlari tasdiqlanmasa ham, ular bir asrda yashagan bo‘lishlari kerak. Chunonchi, Imom al-Buxoriy agar ularning (roviylarning) uchrashganliklari isbot qilinmaguncha, ularni o‘zaro muloqotda bo‘lganlarga qo‘shmaydi». An-Navaviy yana shunday deb yozadi: «Bu (Muslimning) mazhab Imom al-Buxoriygshng kitobidan ustun yuradn. Garchand biz Imom Muslim o‘z «Sahih» asarida ushbu yo‘nalishda ish olib borganini ma’qullab, fikr bildirmagan bo‘lsak-da, (chunki muallif bu asar ta’lifida juda ko‘p yo‘llarni (turuk) jam qilgan, ularning mavjudligi yuqoridagi fikrni amalga oshirishda qiyinchilik tug‘dirganlngi ham tabiiy) holdir (Sharh Sahih Muslim, 1-jild, 14-bet).

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:22:18

«SAHIH MUSLIM»GA YOZILGAN SHARHLAR

Imom Muslimning «Sahih» asariga ko‘pdan-ko‘p sharhlar yozilgan bo‘lib, ularning ba’zilari keng va batafsil bo‘lsa, ba’zilari esa qisqa tarzda yozilgan. Ulardan «Saxih»ning ayrim qismlariga bag‘ishlanib yozilganlari ham bor. Ushbu sharhlarni xronologik tarzda bayon qilsak, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. «Tafsir g‘ariyb as-sahihayn». Muallifi Hamnydip (vafoti 488 xijriy yil). Uning bir qo‘lyozma nusxasi Xizanat Taymuriyada (Damashq) saqlanadi.
2. «Al-mufhim fi sharhi g‘ariyb Muslim». Muallifi Imom Abdulg‘ofir ibn Ismoil al-Forsiy (vafoti 529 hijriy yil).
«Sahih Muslim»ga yozilgan sharh. Bu sharh Haqida Hoji Xalifyning «Kashf uz-zunun» asarida batafsil ma’lumotlar berilgan.
3. «Al-Iyjoz va-l-bayon li-sharhi xutbat kitob Muslim ma’ kitob-il-iymon». Qurdobaning qozisi Ibn al-Hoj (vafoti 329 hijriy (1134 melodiy) yil) tomonidan yozilgan.
4. «Sharh al-Imom Abu-l-Qosim Ismoil ibn Muhammad al-Isfahoniy al-Hofiz» (vafoti 535 hijriy yil) Hoji Xalifa «Kashf uz-zunun»da bu sharh haqida ba’zi ma’lumotlar keltirgan.
5. «Al-Mu’lim fi favoid Muslim». Ba’zi olimlar (masalan, Sezkin) uning nomini «Al-Mu’lim bi favoid Muslim» deb keltirganlar. Muallifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Ibn Tomiym al-Mozoriy (vafoti 536 hijriy (1141 melodiy) yil). Ushbu sharhning qo‘lyozma nusxalari Parij, Faas, Istanbul, Qohira, Rabot kabi shaharlarida saqlanadi.
6. «Ikmol al-mu’lim bi-favoid Muslim». U al-Qoziy Iyod al-Yaxsabiy (vafoti 544 hijriy (1149 melodiy) yil) qalamiga mansub. Bu asar yuqorida zikr qilganimiz al-Mozoriyning «al-Mu’lim fi favoid Muslim» nomli sharhini to‘ldiradigan qo‘shimcha sharhdir. Uning qo‘lyozma nusxalari Damashq, Tunis, Faas, Istanbul shaharlarida mavjuddir.
7. Imdod ad-Din Abdurahmon ibn Abdulali al-Misriy (vafoti 624 hijriy yil) tomonidan yozilgan sharh.
8. «Siyanat Sahih Muslim minal ixlal va-l-g‘alat va himoya-tihi minal isqot va-s-saqt» nomli sharh Usmon ibn Abdurahmon ash-Shahruzuriy ibn as-Saloh (vafoti 643 hijriy (1242. melo-diy) yil) tomonidan ta’lif etilgan. Uning bir nusxa qo‘lyozmasi Istanbulda, Ayo Sufiya kutubxonasida saqlanadi.
9. «Al-Mufsih al-mufhim va-l-muvzih al-mulham li-maoniy. Sahih Muslim». Uning muallifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yah’ya al-Ansoriy (vafoti 646 hijriy (1248 melodiy) yil).Ushbu sharhning bir qo‘lyozmasi Qohirada, Tal’at kutubxonasida saqlanadi.
10. Shamsuddin Abu-l-Muzaffar Yusuf ibn Qaz Ug‘li Sabat ibn al-Javziy (vafoti 654 hijriy yil) tomonidan yozilgan sharh.
11- «Al-Mufhim limo ashkala min Talxiys kitob Muslim». Muxtasar holda yozilgan bu sharh Abu-l-Abbos Ahmad ibn Umar ibn Ibrohim al-Qartobiy (vafoti 656 hijriy (1258 melodiy) yil) qalamiga mansubdir. Uning qo‘lyozma nusxalari Damashq, Halab, Qohira, Rabot, Basra, al-Madina al-Munavvara shaharlarida saqlanadi. Olim an-Navaviy ushbu sharhdan ko‘p o‘rinlarda foydalangan.
12. «Minhoj al-muhaddisiyn va sabiyl talbiyat al-mihaqqiqiyn» (yoki «Al-Minhoj fi sharhi SahihMuslim ibn al-Hajjoj» deb ham yuritiladi). Uning muallifi anJavaviy (vafoti 676 hijriy(1277 melodiy)yil)4. Ushbu sharh bir necha marta Laknou, Dehli, Qohira kabi shaharlarda nashr ham qilingan. Uning qo‘lyozma nusxalari juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, Parij, London, (Britaniya muzeyi), Leyden, Milan, Istanbul, Tunis, Mosul, Damashq, Berlin, Botina (Hindiston), Halab shaharlarida saqlanadi.
13. Hofiz al-Munziriyning «Sharh kitob muxtasar Sahih Muslim» nomli sharhiga yozilgan boshqa sharh Usmon ibn Abdul-malik al-Qurdiy al-Misriy (vafoti 737 hijriy yil) qalamiga oiddir.
14. «Ikmol al-Ikmol» nomli mukammal sharhning muallifi Abu-r-rux («Kashf uz-zunun»da «Abu-l-Faraj» deyilgan) Iso ibn Mas’ud az-Zavoviy al-Molikiy (vafoti 744 hijriy yil). Bu ulkan sharh avval zikr qilganimiz «al-Mu’lim», «al-Ikmol», «al-Mufhim» va «al-Minhoj» nomli sharhlarni jamlashdan ta’lif etilgan bo‘lib, besh jilddan iboratdir. Uning bir qo‘lyozma nusxasi Qohirada saqlanadi.
15. Al-Hofiz al-Munziriyning «Sharh kitob muxtasar Sahih Muslim» nomli asariga Muhammad ibn Ahmad al-Asnaviy (vafoti 763 hijriy yil) tomonidan bitilgan sharh. Hoji Xalifa «Kashf uz-zunun»da bu sharh haqida ayrim ma’lumotlarni keltiradi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:22:37

16- Abdulloh ibn MuhammaD as-Solihiy al-Hanafiy ibn al-Muhandis (vafoti 769 hijriy (1368 melodny) yil) tomonidan yozilgan sharh. Ushbu sharhning bir qo‘lyozma nusxasi Sankt-Peterburg universiteti kutubxonasida saqlanadi.
17. Muhammad ibn Mahmud al-Bobirtiy (vafotich 786 hijriy (1384 melodiy)yil) qalamiga mansub sharhdan bir qo‘lyozma nusxa Istanbulda, Jorulloh kutubxonasida saqlanadi.
18. Shayx Shamsuddin Muhammad ibn Yusuf al-Qavnaviy al-Hanafiy (vafoti 788 hijriy (1386 melodiy) yil) tomonidan yozilgan sharh. Hoji Xalifaning ta’kidlashicha, bu asar Imom an-Navaviyning sharhiga yozilgan sharhdir.
19. Sirojiddin Umar ibn Ali ibn al-Mulaqqin ash-Shofi’iyning (vafoti 804 hijriy yil) «Zavoid Muslim a’la-l-Buxo-riy» nomli yirik sharhi to‘rt jilddan iboratdir.
20. «Ikmol al-Ikmol» (yoki «Ikmol Ikmol al-Mu’lim») nomli katta sharh Imom Abdulloh Muhammad ibn Xalfa al-Vushtotiy al-Abiy at-Tunisiy al-Molikiyning (vafoti 827 hijriy (1424 melodiy) yil) qalamiga mansub bo‘lib, to‘rt jilddan iboratdir. Muallifning o‘zi ushbu ta’lifiga Imom Muslimning «Sahih»-asariga sharh yozgan to‘rt al-Mozoriy, I’yod, al-Qurtabiy, an-Navaviy kabi olimlarning sharhlarini kO’shimcha va izohlar bi-lan to‘ldirib, mukammal bir sharh yozganlipshi ta’kidlaydi. Ushbu asarning qo‘lyozma nusxalari jaxonning turli shaharlarida, jumladan, Qohira, Jazoir, Tunis, Rabot, Faas, MOSUL, Istanbul, Botina Myunxen va boshqa shaharlarda saqlanadi. Bulardan tashqari 1326 hijriy yilda Qohirada yetti jildda nashr ham etilgan.
21. «Fazlul-mun’im fi sharhi Sahih Muslim» nomli sharhning muallifi Shamsuddin ibn Abdulloh ibn A’tolloh ar-Roziy (829 hijriy (1426 melodiy) yilda vafot etgan). Uning bir-qo‘lyozmasi Turkiyada (Fayzulloh kutubxonasida), boshqa bir qo‘lyozma Hindistonning Bankpur shahrida saqlanadi.
22. Ash-Shayx Taqiuddin Abu Bakr ibn Muhammad al-Xisoniy ad-Dimishqiy ash-Shofi’iy (vafoti 829 hijriy yil) tomonidan yozilgak sharhning nomi bizga ma’lum manbalarda zikr qilinmaydi.
23. «Tuhfat ul-Munjid va-l-muthim fi g‘ariybi Sahih Mus-lnm» nomli sharhning muallifi ma’lum emas. Uning bir qo‘lyozma nusxasi Istanbulda (al-Hamiydiya kutubxonasida) saqlanib, u 81b hijriy yilning 11 zulqa’da oyida Halabda yozilib tugatilganligi ko‘rsatilgan.
24. «Mukammal Ikmol-al-Ikmol» nomli sharh Muhammad ibn Yusuf as-Sanusiy (vafoti 892 xijriy (1486melodiy )yil) tomonidan yozilgan. Ushbu asar 1328 hijriy yili Qohirada Ikmol al-Ikmol sharhining 'hoshiyasiga chop etilgan. Qo‘lyozmasining bir nusxasi Faasda, boshqa bir nusxasi esa Rabotda saqlanadi.
25. «G’uniyat al-muhtoj fi xatmi Sahih Muslim ibn al-Hajjoj» nomli sharh Muhammad ibn Abdurrahmon as-Sahaviyning (902-hijriy (1497melodip) yilda vafot etgan) qalamiga mansub. Uning bir kulyozma nusxasi Qohirada saqlanadi.
26. «Ad-Diyboj a’lo Sahih Muslim ibn al-Hajjoj» nomli sharx Jaloluddin Abdurahmon ibn Abubakr as-Suyutiy (vafoti 911 hijriy (1505 melodiy) yil) tomonidan yozilgan. Uning qo‘lezma kusxalari Oaas, Peshovar (Pokiston), Qohira, al-Madina al-Munavvara, Istanbul. Iskandariya kabi shaharlarning kutubxonalarida saqlanadi.
27. «Munhoj al-ibtihoj bi-sharhi Muslim ibn al-Hajjoj» nomli sharhning muallifi Shahobuddin Ahmad ibn al-Xatib al-Qastaloniy ash-Shofi’iy (vafoti 923 hijrin yil). Sharh oxirigacha yetkazilmagan; sakkizta katta qismdan iborat. Hoji Xa-lifa («Qashf uz-3unun»)da bu sharh haqida talay ma’lumotlar keltirilgan.
28. «Sharh xutba Muslim ibn al-Hajjoj». Bu sharhning muallifi ham al-Qastaloniydir. Sharhning bir qo‘lyozma nusxasi Misrning al-Mansura degan shaharida saqlanadi.
29. Qozi Zayniddin Zakariyo pbi Muhammad al-Ansoriy ash-Shofi’iy (vafoti 926 hijriy yil) yozgan sharh. Hoji Xalifaning «Kashf uz-zunun» asarida olim ash-Sha’roniyning «ushbu sharh qoralamasnning aksar qismn mening xatim bilan yozilgan», — degan iborasi keltirilgan.
30. «Xatm Sahih Muslim» nomli sharh Abdulqodir an-Nodimiy (vafotp 927'hijriy (1521 melodiy) yil) qalamiga mansub. Uning bir qo‘lyozma nushasi Berlinda saqlanadi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:23:01

31. «Bug‘yat al-Qoriy va-l-mutafahhim». Bu sharhning muallifi Yah’ya ibn Muhammad as-Sunbotiy (958 hijriy (1551 melodiy) yil vafot etgan). Bu sharhning bir qo‘lyozma nusxasi Gota (Olmoniya) shahrida saqlanadi.
32. Sharh Shahobiddin Ahmad ibn Abdulhaq (hijriy 962 nnldan avval vafot etgan). Uning bir qo‘lyozma nusxasi Istanbulda Jorulloh kutubxonasida saqlanadi.
33. MakkaiMukarrama ahlidan bo‘lgan Mavlono Ali Qorial-Haraviy (vaf.oti hijriy 1016 yilda) yozgan sharh to‘rt jilddan iborat. Hoji Xalifada bu sharh haqida ayrim ma’lumotlar zikr qilinadi.
34. Ibrohim ibn Muhammad al-Ajamiy al-Halabiy ta’lif etgan «Sharh Sahih Muslim»dan bir qo‘lyozma nusxasi Oksoford shahrining kutubxonasida saqlanadi.
35. Abdurauf al-Munoviy vafoti 1031 hijriy (1622 melodiy) yil) yozgan «Sharh Sahih Muslim» asarining bir qo‘lyozma nusxasi Mosulda saqlanadi.
36. «Hoshiyat Abdul-Hasan ibn Abdulhodiy as-Sinadiy» (vafoti 1136 hijriy (1723 melodiy) yil) nomli sharhdan bir qo‘lyozma nusxa Istanbul dorulfununining kutubxonasida saqlanadi. Bu sharh Multon shahrida nashr etilgan bo‘lib, yili ko‘rsatilmagan.
37. «Inoyat ul-Mun’im li-sharhi Sahih Muslim (yoki biroz boshqacharoq «Inoyat al-Malik al-Mun’im») nomli sharhning muallifi Abdulloh ibn Muhammad Yusuf Afandizoda Hilmiy (vafoti 1167 hijriy (1753 melodiy) yil) bo‘lib, uning qo‘lyozma nusxalari Turkiyaning Nur Usmoniya va boshqa kutubxonalarida saqlanadi. Asar muallifining o‘zi yettinchi qismining yarmigacha ko‘chirgan nusxasi al-Hamiydiya (Misr) kutubxonasida saqlanadi.
38. Ali ibn Ahmad as-Sa’iydiyga (u 1168 hijriy (1754 melodiy) yilda hayot bo‘lgan) mansub «Hoshiyat Sharh Muslim» nomli sharhdan muallifning xati bilan yozilgan bir qo‘lyozma nusxa Istanbulda saqlanadi.
39. «Vashy ul-diyboj a’la Sahih Muslim ibn al-Hajjoj» nomli sharh Ali ibn Sulaymon al-Mag‘ribiy ad-Damnatiy al-Bajam’aviy (u 1299 hijriy yilda hayot bo‘lgan) qalamiga mansub. U 1298 hijriy yilda Qohirada 284 sahifada chop etilgan bo‘lib, tarixchi as-Suyutiy ta’lif qilgan «Ad-Diyboj» kitobining muxtasar sharhidir».
40. «As-Siroj al-vahaj min kashf matolib Sahih Muslim ibn al-Hajjoj» nomli sharh Siddiyq ibn Hasan ibn Ali al-Husayniy al-Qanujiy al-Buxoriy (vafoti 1307 hijriy (1890 melodiy) yil) tomonidan yozilgan. U hijriy 1302 yilda ikki jildda chop etilgan. Muallif o‘z muqaddimasida ta’kidlashicha, bu asar Hofiz Abdulazim al-Munziriyning «Mulaxxas Sahih Muslim» kitobiga bitilgan sharhdir.
41. «Fath ul-mulhim bi-sharhi Sahih Muslim» nomli sharhning muallifi Shabbiyr Ahmad-ad-Dayyubandiy (ba’zi olimlar, masalan, Qarl Brokkelman ad-Darbandiy deb keltiradi) al-Usmoniy (vafoti1369 hijriy yil) bo‘lib, o‘z sharhini tugatishdan oldin vafot etgan. Asarning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari Dehlida chop etilgan.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:23:21

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Muslim ibn al-Hajjojning «Sahih» asariga e’tibor, asar yaratilgan davrdan to hozirgi vaqtgacha juda katta bo‘lib, ko‘pdan-ko‘p sharhlar ham bitilgan. Turk olimi Sezkin yana ikkita sharh borligini yozgan, ulardan biri «juda noqis bo‘lib, muallifi noma’lum», unyngbir nusxasi Istanbulda, (Fayzulloh kutubxonasida) mavjud bo‘lib, ikkinchisining ham muallifi «noma’lum», Kobuldagi ar-Riyasa kutubxonasida saqlanar ekan. Shuningdek, «Sahih»ga bag‘ishlangan «G’urar al-favoid al-majmua fi bayon mo vaqa’a fi Sahih Muslim minal ahadiys al-maqtu’a»niham aytish kerakki, bu ba’zi olimlar (Sezkin.Brokkelman) xato zikr qilganlaridek, sharh bo‘lmay, balki nomidan ham ko‘rinib turib-diki, mustaqil bir asardir va Yah’ya al-Qarshiy al-Attorning (vafoti 662 hijriy yil) qalamiga mansubdir. Uning bir nusxasi Berlinda saqlanadi. Bu o‘rinda yana shuni qayd qilish kerakki, arab tilida yozilgan mazkur sharhlardan tashqari, K. Brokkelman ko‘rsatib o‘tganidek, Imom Muslim asari va unga boshqa tillarda yozilgan sharhlar ham diqqatga sazovordir.

1. «Sahih Muslim» asarining hind tiliga qilingan tarjimasi va Mavlaviy Vahiyd uz-Zamon tomonidan yozilgan sharhi bilan 1304—1306 hijriy yillarda Lohurda bosilib chiqdi.
2. «Sahih»ning panjob tiliga qilingan tarjimasi va isnodlari qoldirilib, asarga Abdulaziz ibn G’ulom Rasul tomonidan yozilgan sharh ham 1307 hijriy yilda Lohurda chop etilgan.
3. Olim Nur ul-Haqq ibn Abd-ul-Haqq ad-Dehlaviyning (vafoti 1073 hijriy yil) fors tilida «Sahih»ga szgan sharhi uning o‘g‘li Faxriddin Muhibullo tomonidan to‘ldirilgan. Uning bir qo‘lyozma nusxasi Bankpur (Hindiston) shahrida saqlanadi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:24:11

«SAHIH MUSLIM»DAN TAXRIYJ (QISMAN KO’CHIRIB) OLINIB, TASNIF ETILGAN KITOBLAR

Hadis kitoblaridan foydalanib, ulardan ko‘chirib olish (ya’ni taxriyj) yo‘li bilan bitilgan asarlarga «mustaxraj» yoki muayyan bir kitobda «muxarraj» qilingan kitoblar deyiladi. Hadis ilmi tarixida bunday kitoblar ko‘p uchraydi. Istixrojning ma’nosi shuki, muhaddis hadis kitoblaridan birontasiga tayanib, asar muallifidan boshqacharoq yo‘l tutib, o‘z isnodlari bilan un-dagi hadislardan bitta-bitta taxriyj qiladi va shayx (roviy)larning eng yaqinlaridan birida, ular (kitob muallifi va taxriyj qiladigan muhaddisi) albatta uchrashadilar. BU o‘rinda shart shuki, muhaddis ma’lum hadis sanadida kitob muallifining eng uzoq roviylariga murojaat qilmasligi kerak. Bu jarayonda ba’zan shunday holatlar bo‘ladiki. muhaddis o‘zi taxriyj qilayotgan muallifning kitobidan (ya’ni. asil manbadan) ba’zi hadislarni tushirib qoldirishi ham mumkin, chunki u ularning (ayniqsa qadimroqlarining) sanadidan yetarli qanoat hosil qilmagan yoki ba’zan esa asil manba muallifi uslubiga amal qiladi. Ba’zan ayrim muhaddislar hadis taxriyjida uning to‘g‘ri va ishonchliligiga ham unchalik ahamiyat bermay, butun diqqa-tini hadis isnodining yuksak darajada bo‘lishiga aloxida e’ti-bor berganlar.
Ko‘pincha mustaxrojlarning mualliflari asil manbalar sohiblari bilan bir xil fikrda bo‘lmay, ular asarlaridagi so‘z va iboralarni o‘zgartirganlar, ba’zi hollarda o‘zlaridan qo‘shgan bo‘lsalar, ba’zan esa matnni qisqartirgan hollari ham yuz bergan. Chunonchi, ular keltirilayotgan hadislarni o‘z shayxlari (ustodlari roviylari) tilidan rivoyat qilganki, albatta bunday hollarda iboralarda (alfoz) tafovut bo‘lishi tabiiy hol bo‘lib, juda kam hollarda bo‘lsa-da, hadis ma’nosida ham farqlar sodir bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda hadis ilmida mustax-rajotlarning foydasi juda kattadir, hatto ba’zi olimlar ularning o‘nga yaqin foydali jihatlarini sanab o‘tganlar. Ulardan: isnodni g‘oyatda yuksak darajaga ko‘tarish, hadislarda foydali, ishonchli alfozlarni (iboralarni) ko‘paytirish, xilma-xil yo‘llar bilan hadis ta’sir kuchini oshirish, istixroj qilinayotgan kitobdagi (ya’ni asil manbadagi) noaniq, mujmal o‘rinlarni izohlab tushuntirish kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Bir qancha muhaddislar Imom Muslimning «Sahih» asariga taxriyj kitoblari yozgan bo‘lib, ulardan ba’zilari yuqori darajadagi isnodlarga erishdilar, hatto ayrimlari Imom Muslimning ba’zi ustozlari darajasigacha yetdilar.
Ular o‘z tasniflarida Imom Muslim hadislarini o‘z isnodlari asosida taxriyj qildilar. Manbalarda bu tarzdagi kitoblarning juda ko‘pligi zikr qilinadi.
Taniqli olim Ibn Hajar al-Asqaloniy «Muslim ibn al-Hajjoj» asaridan taxriyj qilgan yigirmadan ortiqimomni eslashi haqida yozadi(Yahziyb ut-tahziyb, 1-jild, 127-bet.). Ularning aksariyati haqida quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin (An-Navaviy «Sharh Sahih Muslim», 1-jild, 26-27-betlar, 33-bet; Kashf uz-Zunuya, 555-bet).

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:24:28

1. «Al-Musnad as-Sahih». Muallifi Abu Bakr Muhammad ibn Rasha an-Naysoburiy al-Isfarayyiniy (vafoti hijriy 286 yil). U Imom Muslim zikr qilgan ustozlarini o‘z tasnifida keltirganlarning peshvosi hisoblanadi.
2. Abu Ja’far Ahmad ibn Ahmad ibn Hamdon an-Naysoburiy (vafoti hijriy 311-yil) ta’lif etgan kitob.
3. «Muxtasar al-Musnad as-Sahih al-muallaf a’lo kitobi Muslim». Bu asarning muallifi Abu Avona Yaqub ibn Ishoq an-Naysoburiy al-Isfarayyiniy (vafoti hijriy 316-yil). Ushbu asarda Muslim ibn al-Hajjojning ustozlari (shuyux) Yunus ibn Abdul A’lo va boshqalardan rivoyat qilinadi. Asarning qo‘lyozma nusxalari Damashq, Qohira, Bankpur, Koproli, Botina shaharlarida saqlanadi. Uning bir qismi (hijriy 1354-yilda yozilgan) Haydarobodda saqlanadi.
4. Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad at-Tusiy ash-Shofi’iy (vafoti hijriy 344 yil) ta’lif etgan taxriyj.
5. Abu Homid Ahmad ibn Muhammad ash-Shorikiy ash-Shof’iy al-Harafiy (vafoti hijrip 355-yil) yozgan asar. Unda Abu A’lo al-Mosuliydan rivoyat qilinadi.
6. «Al-Musnzd as-Sahih». Uning muallifi Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh al-Javzqiy an-Naysoburiy (vafoti hijriy 388-yil).
7. «Al-Musnad as-Sahih al-muxarraj a’la kitobi Muslim». Bu taxriyj Abu Nu’aym Ahmad ibn Abdulloh al-Isfahoniy (vafoti hijriy 430 yil). Uning bir qancha qismlarining qo‘lyozmasi Damashqdagi Dor ul-kutub az-Zohiriya kutubxonasida saqlanadi. Ushbu qo‘lyozma ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi 236 varaq, (Hadis, 116-raqamda), ikkinchi qismi esa 267 varaqdan iborat (Hadis, 117 raqamda) holda saqlanadi.
8. «Al-Muxarraj a’lo Sahih Muslim». Uning muallifi Abu Valiyd Hison ibn Muhammad al-Qarshiy ash-Shofi’iy (vafoti hijriy 439-yil).
9. Abu Umron ibn al-Abbos al-Juvayniyning kitobi.
10. Abu Sa’iyd ibn Abu Usmon al-Xayriy ta’lif etgan taxriyj.
11. Abu Abdulloh al-Axram taxriyji.
12. Abu Zar al-Haraviy taxriyji.
13. Abu Muhammad al-Hilal taxriyji.
14. Abu Ali as-Saraxsiy taxriyji.
15. Abu Ma’sud Sulaymon ibn Ibrohim al-Isfahoniy tax-riyji.
16. Abu Bakr al-Yazdiy taxriyji. Uning «Sahih al-Buxoriy» asariga yozgan taxriyji ham ma’lum.
17. Abu Bakr ibn Abdon ash-Sheroziy qalamiga mansub kitob. Olim Muhammad Muhiddin Abdulhamid tarixchi as-Suyutiyning «Alfiya» asariga yozgan sharhida (27-bet) zikr qilishicha ash-Sheroziyning Imom al-Buxoriy va Imom Muslim asarlariga yozgan mustaxrajotlari bir kitobda jam qilingan.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:25:11

«SAHIH MUSLIMGA OID BOSHQA KITOBLAR

Muslim ibn al-Hajjojning «Sahih» asarining har xil mavzulariga oid yana ba’zi kitoblar ham mavjudki, ularni zikr qilish foydadan xoli bo‘lmas, deb o‘ylaymiz. Ulardan bir qanchasi «Sahih»ning muxtasar holdagi shaklini tashkil qiladi:
1. «Muxtaear». Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh ibn Tumart (vafoti 524 (PZO)yil). Uning bir qo‘lyozma nusxasi Turkiyada saqlanadi.
2. Muxtasar Abu Fazl Muhammad ibn Abdulloh al-Muriysiy (vafoti hijriy 655 yil).
3. «Al-Jomi’ al-mu’lim bi-maqosid jomi’ Muslim» nomli muxtasarning muallifi Abdulazim ibn Abdul Quvva al-Munziriy (vafoti 656 (1258) yil). Asarning qo‘lyozma nusxalari Vatikan, Berlin, Myunxen, Vena, Faas, Istanbulda saqlanadi.
4. «Talxiys Sahih Muslim». Ushbu muxtasar asar Ahmad ibn Umar al-Ansoriy al-Qurtubiy (vafoti 656 (1258) yil).Uning qo‘lezma nusxalari Istanbul (Jorulloh kutubxonasi) va Qohirada (Tal’at kutubxonasi) saqlanadi.
5. «Muxtor li-Imom Muslim». Ushbu asarni Mustafo Muhammad Amora to‘plagan. U Qohirada chop etilgan (yili ko‘rsatilmagan).
6. Noma’lum muallifning muxtasar asari («Muxtasar majhul al-muallif»). Iskandariyadagi shahar (Baladiya) kutubxonasida bir qo‘lyozmasi saqlanadi.
7. Muhammad ibn Ibod al-Xalatiy al-Hanafiy (hijriy 652 yilda vafot etgan) ham «Sahih Muslim»ga bag‘ishlab alohida kitob yozganligi ma’lum.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:25:46

Shular bilan bir qatorda Imom Muslimning «Sahih» asa-rida keltirilgan roviylar (rijol) haqida ham talay asarlar yaratilgan:
1- «Rijol Sahih al-Imom Muslim» nomli asarning muallifi Abu Bakr Ahmad ibn Manjuvayh al-Isfahoniy (vafoti 428 (1036 yil). Uning bir qo‘lyozmasi Iskandariyadagi shahar kutubxonasida saqlanadi.
2. «Tasmiyat rijol Sahih Muslim allaziyna infarada bihim a’n al-Buxoriy»ning muallifi Muhammad ibn Ahmad az-Zahabiy (vafoti hijriy 748-yil). Uning bir qo‘lyozma nusxasi Istanbulda saqlanadi.
3. «Rijol al-Buxoriy va Muslim». Bu asar Muhammad ibn Tohir al-Qaysaroniy (vafoti 507 (1113) yil) qalamiga mansub bo‘lib, u nashr ham qilingan. Ba’zi olimlar (masalan, Sezkin) uni «Al-Jam’ bayn ar-rijol as-Sahihayn» nomi bilan ham ataganlar.
4. «Qurrat ul-a’yn fi zabti asmoi rijol as-Sahihayn» nomli asar Abdulg‘ani ibn Ahmad al-Bajroniy ash-Shofi’iy (u hijriy 1174 yilda ham hayot bo‘lgan) qalamiga mansub. Bu asar 1323 hijriy yilda Haydarobodda nashr ham etilgan.
5. «Tasmiyat man axrajahum ash-shayxoni». Bu asarning muallifi al-Hokim an-Naysoburiydir- Uning 30 varaqdan iborat bir qo‘lyozma nusxasi Damashqda (az-Zohiriya kutubxonasida, hadis 388 raqami ostida) saqlanadi.
6. «G’urar al-favoid al-majmu’a fi bayon mo vaqa’ fi Sahih Muslim min al-ahadiys al-maqtu’a» nomli asarning muallifi Yah’ya ibn Ali al-Qarshi al-Attor al-Molikiy (vafoti 662 (1264) yil). Uning bir qo‘lyozma nusxasi Berlinda saqlaiadi.

7. «Al-Misbah fi u’yun as-sihah» asarining muallifi Abdulg‘ani ibn Abdulvohid al-Jammoayliy al-Muqaddasiy (vafoti hijriy 600 yil). Uning har xil qismlarining qo‘lyozmalari Da-mashqdagi az-Zohiriya kutubxonasida (Hadis—345, Hadis—234, hadis—346, majmu’a 94 raqamlari ostida) saqlanadi.
8. «Ar-Ruvot a’n Muslim ibn al-Hajjoj» nomli asar az-Ziya al-Muqaddasiyning qalamiga mansub. Undan ikki majmu’a Damashqdagi az-Zohiriya kutubxonasida (majmu’a 52, majmu’a 82 raqamlari ostida) saqlanadi.
9. «Al-Arba’una mijjo ravohu ash-shayxoni av ahaduhumo» nomli muxtasar asarning muallifi al-Hofiz al-Munziriy. Uning bir qo‘lyozma nusxasi Damashqdagi az-Zohiriya kutubxonasida (Hadis 533 raqami ostida, 12—17 varaqlar) saqlanadi.
10 «Ar-Rabo’iyyot min Sahih Muslim» nomli kichik bir asarning muallifi Muhammad ibn Ibrohim Alvonin (vafoti 735 (1335 yil). Ushbu asar atigi to‘rt roviyga mansub 25 hadisni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning bir qo‘lyozma nusxasi Bankpur (Hindiston) shahrida saqlanadi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:26:20

«SAHIH MUSLIM» ASARINING ALOHIDA XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI HAQIDA

Muallifning zamondoshlari va undan keyin yashab o‘tgan ko‘p-lab muhaddislar bu asarning ilmiy va amaliy ahamiyatini alohida taqdirlab, unga juda yuqori baho berganlar. Taniqli olim Al-Hokim an-Naysoburiyning ustozi al-Hofiz Abu an-Naysoburiyning «Osmonning ostida hadis ilmi bo‘yicha Muslim ibn al-Hajjojping kitobidan to‘g‘riroq kitob yo‘q», deb yozishi ushbu fikrnmizga yorqin dalildir. Imom Muslimning asarini chuqur o‘rganib. u bilan har tomonlama tanishgan bir qancha olimlar an-Naysoburiyning ushbu fikrini ma’qulladilar va haqiqatan ham «Sahih Muslim» olamshumul ahamiyatga molik asarlardan biri sifatida misli ko‘rilmagan darajadagi shon-shuhrat va e’tibor qozongan. Shu bilan birga ushbu olimlar Abu Ali an-Naysoburiyning «Sahih Muslim» hatto «Sahih al-Buxoriy»dan ham ishonchliroq degan fikriga qo‘shilmaganlar.

Manbalarda zikr qilinishicha, ba’zilar Imom Muslim kitobiga shunchalik berilib, uning sehri domiga tushib mashrabona holga kelib qolganlar. Qaerga borsa ham undan bir qismini o‘zi bilan birga olib yurar ekan. Shundaylarga «Alloh seni qanday ko‘yga solib qo‘ydi? Yeki sen qanday najot topding?»—deb so‘ralganda, meni mana bu qutqazdi (najot berdi) deb qo‘lidagi kitobga ishyura qilar ekan.2
Uning o‘z kitobi haqida kamoli iftixor bilan antgan «agarki hadis olimlari (matnda ahllari) ikki yuz yil hadislar yozsalar, mana shunga (ya’ni «Sahih Muslim»ga) barobar keladigan kitob yozishlari mumkin,3 degan fikrida hech qanaqa mubolag‘a bo‘l-masa kerak. «Damashq tarixi» asarida keltirilishicha, kunlardan bir kun hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar Sa’iyd ibn as-Saxan degan hadischi olimning huzuriga kelib, arz qilishib unga «Hadis bo‘yicha kitoblar juda ko‘payib ketdi. Siz ustoz (shayx) sifatida bizga ulardan eng e’tiborliklarini ko‘rsatingki. biz faqat ularga tayanib ish tutaylik», deyishibdi. Shunda u ichki uyiga kirib, bir-biriningustiga taxlangan bir qancha kitoblarni olib chiqib, mana bular islom qoidalaridandir: Qitob Muslim, Qitob al-Buxoriy, "Kitob Abu Dovud, Kitob an-Nasoiiy,—dedi.

Darhaqiqat, Imom Muslimning «Sahih» asari alohida xusu-siyatlari, afzalliklari bilan shu toifadagi boshqa asarlardan tamomila ajralib turadi. Uz asarini yozishda muallif g‘oyatda zhtiyotkorlik, daqiyqlik (aniqlik) bilan bir qatorda o‘zining zo‘r iste’dodi va ilm-ma’rifatining g‘oyatda yetuk, barkamol bo‘lganligini namoyon qilgan. Albatta, bu tarzdagi asarni yaratish muallifdan g‘oyatda chuqur va keng qamrovli bilimni, o‘ta sinchkovlik bilan chuqur tadqiqot va tahqiqot ishlarini olib borish-ni, o‘zi tartib beradigan hadislarni aniq va ishonarli bo‘lishiga to‘la-to‘kis amin bo‘lishi va bu xususda hech qanaqa shubhayu ikkilanishga o‘rin qolmasligini ta’minlashi—bularning hammasi zamirida o‘ta qiyin, mashaqqatli mehnat, tinmayin qilingan izlanishlar, sa’y-harakatlar yotadi. Mana shularning hammasiga javob beradigan olimlar o‘sha davrda juda kam bo‘lgan. Lekin Muslim ibn al-Hajjojning «Sahih» asarini varaqlar ekanmiz,, u buyuk zotning mana shu talablarga har tomonlama javob beradigan mukammal va benazir asar yaratganga komil ishonch hosil qilamiz. Asar bilan chuqur tanishib, unga adolat nuqtai nazaridan qaraydigan har bir o‘quvchi Imom Muslim kitobida nafaqat hadis ilmiga, balki fiqh, arab tilining turli sohalari, roviylar, isnodlar ilmining nozik tomonlari haqida o‘ta nozikta’blik bilan bildirilgan fikr-mulohazalarning guvohi bo‘ladi. Bu muallifning g‘oyat bilimdon, o‘ta zakiy va xassos alloma bo‘lganligidan dalolatdir. Shu boisdan Muslim ibn al-Hajjojning «Sahih» asarini nodir yozma manbalardan biri sifatida alohida ardoq bilan mutolaa qilmoq joiz.


Qayd etilgan