Ubaydulla Uvatov. Muslim ibn al-Hajjoj  ( 53823 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Robiya  17 Aprel 2009, 15:26:55

XULOSA

1. Asar tili va uslubining soddaligi, albatta, uni tushunib anglashni yengillashtiradi. Chunki muallif hadislarni mavzulariga qarab faqat bir (muayyan) o‘rinda keltiradi; ayni vaqtda-o‘zini qanoatlantiradigan va o‘zi tanlab olgan qanday uslub bilan ushbu hadis aniqlanganligini zikr qiladi; ushbu hadis haqida bir nechta isnodlarni va ularning xilma-xili bora (alfoz)larini keltirib, ularni bob (abvob)larga ajratmaydi. Bu bilan tadqiqotchilarning asardan samarali foydalanishlarini osonlashtirib, undan tartibli ravishda istifoda etishga keng yo‘l ochadi va ayni vaqtda muallif o‘z asarini yaratishda qo‘llagan barcha uslub va yo‘llari xususida ularda (tadqiqotchilarda) komil ishonch hosil qiladi. Imom Muslim ibn al-Hajjoj qo‘llagan uslublar, uning dasturiga, umuman, asarini yozishda bir qadar yengilliklar yaratdiki, shu boisdan ham Imom al-Buxoriy faoliyatida bo‘lganidek, uning uslubida faqat hadislarni jamlash, ularning fiqhiy masalalarini bayon qilish, hadislardan faqat ahkomlar va ahloq-odobga doirlarini ajratib ko‘rsatish Hollari kmzatilmaydi.
2. Muslim ibn al-Hajjoj «Sahih» asarini o‘z ona yurti Ni-shopurda, o‘z ahli-oilasiyu hamyurtlarining huzurida, ko‘pchilik ustoz (shuyux)lari hali hayot vaqtida yozganligidan ham asarning har bir so‘zi, iboralariga g‘oyatda ehtiyotkorlik bilan yondoshgan. (Qarang: As-Suyutiy, At-Tadriyb, 27-bet) Imom al-Buxoriyga xos bo‘lgan ahkomlarni ajratib, boblar tuzish kabi hollar Imom Muslim tomonidan amalga oshirilmagan.
3. Hech bir muallif faoliyatida «Sahih» asaridek g‘oyatda tartibli va tarkibiy tuzilishi jihatidan bu darajada pishiq, mukammal asar bo‘lmaganligini qayd etish zarur. (Suyutiy bu haqda xolisona yozadi: At-Tadriyb, 27-bet)
4. Hadislarning isnodi (musnadi)ni aniqlash san’atida Muslim ibn al-Hajjoj aql bovar qilmaydigan kamolotning g‘oyatda yuksak, oliy cho‘qqisiga erishdi. Asardagi nafislik, har bir hadis benihoya diqqat va ehtiyotkorlik bilan tekshirib har tomonlama chuqur tadqiq etib, tartibli ravishda qayd qilinishi bilan bir qatorda muxtasar balog‘ati, izchil va lo‘nda bayoni bilan ham aj-ralib turadi. Isnod (musnad) ilmida uning nozik va nafis tomonlarini zo‘r mahorat bilan ifoda etishda Imom Muslimga barobar keladigan bironta olim bo‘lmasa kerak. Ba’zi olimlarning fikricha, mana shu jihatdan uning asari hatto Imom al-Buxoriyning «Sahih»idan ham ajralib turadi. (Al-Imom Muslim ibn al-Hajjoj, 52-bet)
5. «Sahih» kitobi faqat hadislarga bag‘ishlanganligi bilan boshqa asarlardan tamomila farq qiladi. Unda fiqhiy va usuliy masalalar bo‘yicha xulosalar yoki boshqa sohalarga oid fikr-mulohazalar ham keltirilmagan.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:27:12

6. Uz asarining rejasi (xutta) haqida Muslim ibn al-Hajjoj kitobi muqaddimasida ko‘rsatib, o‘zining ilmiy dasturi (manhaj)ini batafsil bayon qiladi. Shunga binoan «Sahih» asari manhajdan va ushbu manhajni amalda tatbiq qilishdan iborat. Natijada qat’iy manhajga asoslanib, kitobat san’atining barcha siru-asrorlarini o‘zida mujassam qilgan daqiq va nafis, bir tartibda, g‘oyatda yuksak saviyada bir asar yaratilganligini ko‘ramiz.
7. Muslim ibn al-Hajjojning hadislarini to‘plashdagi g‘oyatda daqiyqlik va yuksak mahoratidan misol tariqasida uning Hammom ibn Munabbah kitoblaridan (arabcha «sahiyfa») hadislar rivoyat qilgandagi izchil va puxta tartibga amal qilganligini ko‘rsatish mumkin. Garchand bular hammasi bir isnod bilan rivoyat qilinib, faqat uning avvalida (boshida) zikr etilgan bo‘lsa-da, har gal u ushbu sahifaga tayanib bironta hadis rivoyat qilsa, har bir isnodni tamomila. to‘lig‘icha zikr qiladi. Biroq Imom Muslim ushbu sahifadan (Hammom ibn Munabbahdan) qachon biror hadis rivoyat qilinsa, har safar isnodni yangilaydi.
Masalan, u shunday deb rivoyat qiladi: Muhammad ibn Rofi’ bizga so‘zlab dedi: bizga Abdurazzoq so‘zlab dedi: bizga Hammom ibn Munabbahdan Muhammad so‘zlab dedi, mana buni bizga payg‘ambar alayhissalomdan so‘zlab, Abu Hurayoaning aytgani, shundan so‘ngu sahifadan hadislar keltiradi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dedi...»
8. Yuqorida zikr etilgan juz’iy va umumiy xususiyatlaridan tashqari Imom Muslimning «Sahih» asariga xos yana qator masalalar ham bor bo‘lib, ulardan quyidagilarni eslatish mumkin: 'Imem Muslimning «Sahih» asari barcha sahih hadislarni to‘lig‘icha qamrab ola olmagan, u o‘z kitobining boblariga sarlavhalar (anaviyn) qo‘ymagan va ularni alohida ajratib ko‘rsatmagan, o‘z asariga mavzulariga qarab tartib bergan bo‘lsa-da, «Sahih» asarining yana bir qimmatli tomoni shundaki, muqaddimada hadis ilmiga oid ko‘pdan-ko‘p qimmatbaho fikr va mulohazalar kiritilgan. Bularning hammasi Muslim ibn al-Hajjojning «Sahih» asari payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadislariga oid muhim manba bo‘lib, uni o‘zbek tiliga tarjima qilib, keng jamoatchilikka taqdim qilish olimu-ulamolarimiz, sharqshunoslarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:28:08

IMOM MUSLIM RIVOYATLARI

RASULULLOH ALAYHISSALOM AYTDILAR:

1. Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish.
2. Chaqirilgan joygagina boring!
3. Kishilarning ichida Allohi taologa yoqimsizrog‘i—ashaddiy dushmanlik qiluvchi odamdir.
4. Har bir qavmning qiz farzandidan tug‘ilgan bola ham qavmga mansubdir.
5. Allohdan qo‘rqinglar va farzandlaringizga barobar mehrda bo‘linglar! (Ularning kiyimlari va taomlarini barobar taqsim qilinglar!).
6. Do‘zaxdan yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham saqlaninglar. Agar uni ham topa olmasangiz, shirin so‘zlik bilan saqlaning.
7. Halokatga olib boruvchi yettita gunohdan saqlaninglar:
1. Alloh taologa shirk keltirmoq;
2. Sehr ishlari bilan shug‘ullanmoq;
3. Birovni nohaq o‘ldirmoq;
4. Sudxo‘rlik;
5. Yetimlarning molini yemoq;
6. YoV bilan bo‘layotgan jangdan qochmoq;
7. Erli, mo‘‘mina, iffatli ayollarni fohisha deb haqoratlamoq.
8. Ishlar ichida Allohi taologa yoqimlirog‘i oz-oz bo‘lsa-da, davom etadiganidir.
9. Ut-o‘chog‘ida yarab turgan xodimi o‘z xo‘jayiniga taom tayyorlab kelganda uni o‘zi bilan birga (ovqatga) o‘tqizsin. Agar birga o‘tqizmasa, bir-ikki osham nasiba uzatib yuborsin.
10. Uyqudan uyg‘ongan odam qo‘lini to uch marta yuvmaguncha idishga tiqmasin, chunki u bilmaydiki, qo‘li qaerlarda tunagan.
11. Ikki musulmon qo‘llarida qilichlari bilan to‘qnashsalar (urushsalar), biri ikkinchisini o‘ldirsa, qotil ham, maqtul ham do‘zaxga mahkumdir.
12. Qaysi birlaringiz namozda odamlarga imom bo‘lib qolsangiz, namozni (qiroatini)engil o‘qing! Chunki ular ichida yosh bolalar, keksalar, zaif kishilar, bemorlar va hojatmand kishilar bordir. Ammb o‘zingiz yakka o‘qiganda xohlagancha uzoq o‘qiyvering.
13. Bir joyda vabo kasali bor deb eshitsalaring, o‘sha joyga kirmanglar. Agar sizlar yashayotgan joyga vabo kelsa, o‘sha yerdan qochib ketmanglar.
14. Agar uch kishi bo‘lsanglar, ikkitalaringiz alohida uchinchi shaxsga eshittirmay pichirlab gaplashmanglar, chunki bu uni ranjitadi. Odamlarga aralashib ketsanglar, unda gaplashsanglar joiz.
15. Qaysi birlaringiz tushda Shayton bilan o‘ynashgan (jinsiy aloqa qilgan) bo‘lsangiz, uni odamlarga gapirib yurmang.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:28:44

16. Qaysi birlaringiz o‘zingizdan boyroq yoki ko‘rkamroq odamni ko‘rib qolsangiz, darhol o‘zingizdan kambag‘alroq va xunukroq odamlar ham borligini eslang.
17. Johiliyat ishlaridan to‘rt narsa borki, ularni ummatlarim hech tark etolmaydilar: 1. O’z nasabi bilan faxrlanish; 2. O’z-galar nasabini yerga urish; 3. Yulduzlardan istiqbolini so‘rash; 4. Dod solib yig‘lash.
18. Podshohlarning podshohiman deb da’vo qiladigan odamga Allohi taoloning g‘azabi qattiqdir, zero Allohdan boshqa haqiqiy podsho yo‘qdir.
19. Shoirlar so‘zi ichida eng rostrog‘i shoir Labidning quyidagi so‘zlaridir: «Allohning zikridan boshqa hamma so‘zlar botildir».
20. Musulmonlar yo‘lidan aziyat beruvchi va zararli narsalarni chetlating.
21. Mendan oldingi hech bir payg‘ambarlarga berilmagan beshta narsa menga berildi. 1) Menga Makka ahlining qo‘rquvi sababli bir oylik yo‘l bosmay turib g‘alaba bilan yordam berildi. 2) Meng‘a yerning hamma joyi masjid qilib berildi. Yerning hamma joyi toza va pokizadir. Ummatlarimning qaysi biri qaerda namoz vaqtini topsa, o‘sha yerda o‘qiyversin. 3) Mendan oldin hech kimga halol qilinmagan jang o‘ljalari men uchun halol qilindi. 4) Qiyomat kuni barcha ummatlarim uchun menga shafoat huquqi berildi. 5) Ilgari payg‘ambarlar biror qavmga xos holda yuborilgan bo‘lsalar, men yer yuzidagi qavmlarimning hammasiga ommatan payg‘ambar qilib yuborildim.
22. Dinorlarning afzali kishining o‘z ahli ayoliga sarf qiladigan dinori va kishining Alloh yo‘lida boqayotgan ot-ulovlariga ishlatadigan dinori, yana kishining Alloh yo‘lidagi do‘stlariga sarf qiladigan dinoridir.
23. Sadaqaning afzali sog‘lom vaqtda qizg‘anchilik qiladigan, yashashni xohlaydigan va faqirlikdan qo‘rqadigan holingizdagn qilgan sadaqangizdir. Sadaqa qilishni uzoqqa cho‘zmang, joningiz halqumingizga kelganda molimning bunchasi falonchiga, unchasi pistonchiga, deganingiz bilan foydasi yo‘qdir, chunki u paptda siz aytmasangiz ham molingiz falonchilarniki bo‘lur.
24. Odamlarning aziz va mukarrami—ularning taqvodorrog‘idir.
25. Ey parvardigor, Muhammad zurriyotini bu dunyoda o‘rta rizqli qil!
26. Ey parvardigor, ummatlarimning biror ishiga hokim bo‘lgan kishi ularga jabr qilsa, Sen ham unga jabr qil. Agar u ularga yaxshi muomalada bo‘lsa, Sen ham unga shunday (yaxshi muomalada) bo‘l!
27. Ey parvardigor, men sendan g‘am-tashvishdan, xafalikdan, ojizlikdan, dangasalikdan, baxillikdan, qo‘rqoqlikdan, qarzdorlik va xorlikdan panoh tilayman.
28. Ey parvardigor! Meni ilm bilan boyit, hilm bilan bezatgin, taqvo bilan mukarram etgin va xotirijamlik bilan go‘zal qilgin!
29. Alloh taolo sizlarning tashqi ko‘rinishlaringiz yoki molu dunyolaringiz emas, balki dillaringizga va qilayotgan amallaringizga qarab baho beradi.
30. Alloh taolo sizlarning uch narsani qilishlaringizdan rozi bo‘ladi va uch narsadan rozi bo‘lmaydi:
1) Uning o‘zigagina ibodat qilishlaringga va biror narsani1 unga shirk keltirmasliklaringga;
2) Allohning shariat ahkomlarini bajarishda birlashishlaringga va turli guruhlarga bo‘linib ketmasliklaringga;
3) Allohning sizlarga saylab qo‘ygan hokimiga nasihatgo‘y va maslahatgo‘y bo‘lishlaringga rozi bo‘lur.
Va yana:
1) Mish-mish gaplarga;
2) Ko‘p savol beraverishga;
3) Mol-dunyoni isrof qilishga rozi bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:29:25

31. Alloh taolo qiyomat kuni aytadi: «Ey insonlar farzandi! Betob bo‘ldim, meni kelib ko‘rmading». U odam aytadi: «Ey rabbim, Sen butun olamning Parvardigori bo‘laturib, men seni qanday ko‘rishim mumkin edi?» Alloh aytadiki: «Falonchi odamni betobligida borib ko‘rmading-ku, agar borganingda uning oldida meni topgan bo‘lur eding. Ey inson farzandi! Uzing ovqatlanding, ammo meni yo‘qlamading». Odam aytadi: «Ey rabbim, Sen butun olamning podshohi bo‘lsang-ku, men seni qanday ovqatlantirishim mumkin edi?» Alloh aytadi: «Falon bandam ovqat so‘rab oldingga borganida, sen unga taom bermading. Agar taom berganingda edi. uning huzurida meni topgan bo‘lur eding». Alloh aytadi: «Ey inson farzandi, men sendan suv so‘radim, suv bermading»- Odam aytadi: «Ey rabbim, Sen butun olamning parvardigori bo‘lsang, men senga qanday qilib suv berishim mumkin edi?» Alloh aytadi: «Falon bandam suv so‘radi, sen unga suv bermading. Agar berganingda edi, meni uning huzurida topar eding».
32. Alloh taolo sizlarni otalaring nomi bilan qasam ichishdan qaytaradi.
33. Odam bolasi jannat amallarini qila borib, oxiri ahli do‘zaxlardan bo‘lib qolishi ham mumkin. Aksincha, odam bolasi do‘zaxiylar amalini qilib yurib, so‘ng ahli jannatlardek jannatiy bo‘lib qolishi ham mumkin. Amallar oxiriga qarab belgilanadi.
34. Shayton insonning barcha qon tomirlarida yurish huquqiga egadir.
35. Sabrlilik musibatning birinchi daqiqalarida bilinadi.
36. Ayol diyonati yoki molu dunyosi yoxud husnu jamoli uchun nikoh kilinadi. Sen diyonatlisini tanlagin, baraka topkur!
37. O’lim—mudhish hodisadir. Qachonki tobutni ko‘rsalaringiz darhol hurmat yuzasidan o‘rinlaringizdan turinglar.
38. Yaxshilikning eng ulug‘i—otasi vafotidan so‘ng xam uning do‘stlari bilan aloqani uzmaslikdir.
40. Qiyomat kunida odamlarning yomoni—behayoligi sababli nazardan chetda qoldirilgan odamdir.
41. Sizlardagi ikki xislatni Alloh va uning Rasuli yoqtiradi. 1) Muloyimlik, 2) Viqorlik (vazminlik).
42. Faqat xayrli va savobli ishlarga buyurilganda itoat qilish kerak.
43. Men ham bir insondirman. Sizlar mening oldimga xusumat bilan hukm so‘rab kelib turasizlar. Balki biringiz ikkinchingizdan o‘z so‘zini o‘tkazishga ustaroq bo‘lar. Men eshitgan gapimga binoan uning foydasiga hukm qilib yuborishim mumkin. Boshqa bir musulmon zarariga qo‘shgan nohaq gapi do‘zaxning bir bo‘lak o‘tidir. Xohlasa shu o‘tni ko‘paytirib olsin, xohlasa ozaytirib.
44. Men ham bir insonman. Mendan diniy masalani so‘rasanglar, so‘zimni olinglar. Dunyoviy ishlarga kelganda men ham sizlar kabi insonman.
45. Sizlardan oldingi o‘tgan qavmlar nima uchun halok qilinganlar? Ular hurmatli odamlar o‘g‘irlik qilsa kechirganlar, ammo zaif va bechora hol odamni esa jazolaganlar.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:29:37

46. Xonadonga ijozat so‘rab kirishlik ko‘z tufaylidir.
47. Yaxshi odam bilan o‘tirish go‘yo mushki anbardek, yomon odam bilan birga bo‘lish esa temirchining bosqoni kabidir. Mushki anbari bor kishidan xushbo‘y hid taraladi, sen undan uni sotib olishing yoki xushbo‘y hididan bahramand bo‘lishing mumkin. Temirchining bosqoni esa kiyimingni kuydirib qo‘yishi yoki loaqal undan qo‘lansa hid yetishi mumkin.
48. Men la’nat aytuvchi emas, balki rahmat uchun yuborilgandirman.
49. Men Maryam o‘g‘li Iso payg‘ambar bilan bu dunyoda ham, oxiratda ham yaqindirman. Men bilan uning o‘rtasida payg‘ambar o‘tmagan. Payg‘ambarlarning hammasi bir otaning farzandlaridir,
onalari har xil, ammo dinlari birdir.
50. Men mo‘‘minlarga o‘zlaridan ham yaqindirman. Ularda qaysi biri o‘lib, qarz qoldirgan bo‘lsa, uni uzishlik mening zimmamdadir. Agar meros qoldirgan bo‘lsa, u merosxo‘rlarigadir.
51. Musibat yetganda sochini yulib, yuzini tirnab yoki kiyimini yirtib yig‘laydiganlardan bezorman.
52. Sizlar dunyoviy ishlarni mendan ko‘ra yaxshiroq biluvchisizlar.
53. Odamlarni o‘zlariga munosib joylarga o‘tqazinglar.
54. Nikoh to‘yida qo‘y so‘yib bo‘lsa ham ziyofat ber!
55. Sizlarga kimlar jannat ahli bo‘lishi to‘g‘risida xabar beraymi? Ular zaif-bechoralar yoki Allohga qasamyod qilsalar, albatta ustidan chiqadiganlar. Do‘zax ahlidan xabar bersamg ular qattiq xusumat qiluvchi, mutakabbir odamlardir.
56. Ko‘chada o‘tirishdan saqlaninglar! Agar ko‘chada o‘tirsangiz,. ko‘chaning haqqini ado etinglar! Ya’ni, ko‘zlaringizni nomahramga tashlamasdan, birovlarga aziyat bermasdan, salomga alik olib, amri ma’ruf va nahiy munkar qilib o‘tiringlar.
57. Gumondan saqlaninglar! Zero u yolg‘on gapdan iboratdir. Bir-biringizni tekshirib, josuslik qilmanglar. Mol-dunyo uchun musobaqa qilmanglar. O’rtalaringda hasad, adovat va arazlar bo‘lmasin. Allohning o‘zaro birodar bandalari bo‘linglar. Birov qo‘ygan sovchi ustiga, to ular o‘zaro bitishguncha yoki tark qilishguncha, sovchi yubormanglar.
58. Savdo-sotiqda ko‘p qasam ichishdan saqlaninglar. Zero u oldin ko‘naytirib, so‘ng barbod qiladi.
59. Islomda ehson deb Allohni ko‘rib turgandek ibodat qilishga aytiladi. Agar uni ko‘rmasang, u seni ko‘rib turgandek ibodat qil!
60. Odamlarning ruhlari (odam yaratilishdan oldin) bamisoli bir to‘p lashkar bo‘lganlar. Ulardan qay birlari bir-birlari bilan ko‘rishib tanishgan bo‘lsalar, o‘shalarning egalari bu dunyoda do‘stlashurlar. Qay birlari bir-biridan uzoqlashgan bo‘lsalar, ularning egalari ham o‘zaro yiroq munosabatda bo‘lurlar.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:29:46

61. Izn uch martagacha so‘raladi. Agar izn berilsa, kir, yo‘qsa qaytaver!..
62. Barcha yaxshilik—xushxulqlikdadir. Barcha gunoh va yomonlik—dildagi g‘ashlik va odamlar ko‘ziga uyatli ishdadir.
63. Yaxshilik—nafsning taskin topib, diling orom oladigan lshdir. Yomonlik yoki gunoh esa—uning aksidir, garchi muftiylar fatvo bersalar ham o‘z qalbingizga qarab ish tuting.
64. Baraka otlarning yollaridadir.
65. Uzaro savdollshuvchilar to ajralishguncha ixtiyorlidirlar (savdo buzish huquqiga egadirlar). Har ikkisi to‘g‘ri so‘zlab, mol aybini oshkora aytab savdo qilsalar, savdolari barakali bo‘lur. Agar yolg‘on gapirib, mol anbini yashirsalar, savdo barakasi yo‘qolur.
66. Uch toifa kishilar bordirki, Alloh taolo qiyomat kuki ular bilan so‘zlashmaydi va ularga rahmat nazari bilan boqmaydi, ularning gunohlarini ham kechirmaydi, balki ularga qattiq azoblar beradi:
1) Sahroda ortiqcha suvini boshqa yo‘lovchilardan ayagan odam.
2) Asrdan keyingi ulug‘ bir soatda o‘z molini bunchaga sotib olganman deb Alloh nomi bilan yolg‘on qasam ichib sotuvchi odam.
3) Uz podshohi bilan dunyo umidida ahdlashgan, agar undan foyda ko‘rib tursa, ahdiga vafo qilib, foyda ko‘rmasa xiyonatga o‘tadigan odam.
67. Uch toifa kishilar bordirki, Alloh taolo qiyomat kuni ular bilan so‘zlashmaydi va ularga rahmat nazari bilan ham boqmaydi va gunohlarini kechmaydi, balki ularni qattiq azoblaydi:
1) Keksa bo‘laturib, zino ishlaridan qaytmagan odam;
2) Yelg‘onchi podshoh;
3) Maqtanchoq kambag‘al.
68. Molu dunyoingdan uchdan birini sadaqa qilishing mumkin, lekin shu ham ko‘p, zero merosxo‘rlaringni odamlarga muhtoj qilib, kambag‘al holda qoldirib o‘tganingdan ko‘ra, boy holda ketganing yaxshidir. Shuni bilib qo‘yki, Allohning rizoligi yo‘lida har bir qilgan nafaqang uchun hatto xotining og‘ziga solib qo‘ygan luqma uchun ham ajr olursan.
69. Jannat qininchiliklar bilan, do‘zax shahvatlar bilan uralgandir.
70. Har bir musulmondagi Allohi taoloning haqqi har yetti kunda bir marta butun a’zosini yuvib, g‘usl qilishligidir.
71. Urush hiyla va makrdan iborat.
72. Halol ham, harom ham aniq bo‘ldi. Ular o‘rtasida shubhali narsalar bor. Ko‘p odamlar buni bilmaydilar. Kimiki shubhali narsalardan saqlansa, dinini ham, obro‘sini ham pok saqlagan bo‘ladi. Kimiki shubhali narsalarga tushib qolsa, haromga o‘tib ketishi ham mumkin. Go‘yoki cho‘pon kabi, u qo‘ylarini zaharli o‘t atrofida o‘tlatib yurgan bo‘lsa, podasi zaharli o‘tdan yeb qo‘yishi mumkin. Bilginki, har bir podshohning qo‘riqxonasi bo‘lgani kabi Allohning ham taqiqlab qo‘ygan harom narsalari bor. Bilgilki, inson jasadida bir go‘sht parchasi bor, agar u sog‘lom bo‘lsa, butun jasad ham sog‘lomdir, agar u buzilsa, butun jasad ham buziladi. Bilginki, u inson qalbidir.
73. Hayotning butun vujudi yaxshidir.
74. Hayo—doimo yaxshilik keltiradi.
75. Imkoniyatlaring va toqatlaringga yarasha amalda bo‘linglar. Sizlar charchaysizlar, lekin Allohi taolo zinhor charchamaydi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:30:03

76. Besh xil zararli jonivorni hamma joyda o‘ldirish mumkin: ilon, ola qarg‘a, sichqon, qopag‘on it, kalxat.
77. Imomlaringizning yaxshilari shunday kishilarki, sizlar ularni, ular sizlarni yaxshi ko‘rib, o‘zaro duo qilishib yuradiganlaringizdir. Imomlaringizni yomonlari esa sizlar ularga, ular sizlarga nisbatan buzg‘u adovatda bo‘lib, bir-birlaringizni qarg‘ashib yuradiganlaringizdir.
78. Musulmonlarning yaxshisi—uning qo‘li va tilidan boshqalar ozor topmaydiganidir.
79. Berilgan narsani buyurilgan joyiga rozilik bilan to‘liq holda beradigan ishonchli musulmon xazinachi o‘z yonidan sadaqa qilgan bilan barobardir.
80. Xola ham hurmat bobida ona bilan barobardir.
81. Ot—uch kishi uchundir. Biri savob, biri parda va yana biri gunohdir. Savoblisi shuki, kishi uni Alloh yo‘lida (jihod uchun), o‘tloqda yoki uyida boqsa, unga savob yozilur. Utlashi uchun uni yaylavda yoki o‘z bog‘chasida bog‘lab qo‘ysa, arqoni yetgan joyigacha savob yozilaveradi. Bordi-yu, u arqonini uzib, bir-ikki dovon ketib qolsa, yo‘ldagi izi va tezagi uchun ham savob yozilaveradi. Agar qochib borib biron daryodan o‘zicha suv ichsa, bunga ham savob yozilaveradi. Boyish va hojati, zoriqmaslik uchun boqib, uni parvarish qilish va minishdagi Allohning haqqini unutmagan bo‘lsa, unga shu ot do‘zaxdan parda bo‘ladi. Agar kishi ulovini faxr va riyo uchun hamda ahli islomga qarshi harakat uchun boqsa, bu bilan unga gunoh yozilaveradi.
82. Pashsha kallasichalik narsa berib bo‘lsa-da, gadoyni quruq qaytarma.
83. Qaysi bir kishi qishloqdagi birodarini ko‘rish uchun yo‘l olsa, Allohi taolo uning yo‘liga bir farishtani qoyim qilib qo‘yadi. U yo‘lovchidan: «Qaerga borursan?», — deb so‘raydi. U: «Mana shu qishloqdagi birodarimni ko‘rgani borurman»,—deb javob beradi. Yana so‘raydiki: «Senga uning biror ato etgan ne’mati bormi?» U: «Io‘q, lekin men uni Alloh yo‘lida do‘st tutaman»,— deb javob berdi. Shunda farishta: «Men senga Alloh tomonidan yuborilgan elchidirman. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, Alloh ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi»,—degan so‘zni senga aytgani keldim dedi.
84. Musulmon kishini haqoratlash gunoh, uni o‘ldirish esa kufrdir. To‘g‘ri bo‘lib, bir-birlaringiz bilan o‘zaro yaqinlashib, ushbu xushxabarni eshitib olinglar: «Hech birlaringizni bu dunyodagi qilgan amallar jannatga olib kirolmaydi. Hatto meni ham. Balki Alloh taoloning o‘z rahmati va mag‘firati bilangina oxirat ne’matlariga erishurmiz».
85. Beva xotinlarga va miskin-bechoralarga yordam beruvchi kishi, go‘yo Alloh yo‘lida jihod qiluvchi yoki kechalari ibodat ila qoimu, kunduzlari ro‘za ila soim yuruvchilar bilan barobardir.
86. Har bir musulmon kishiga itoat etishlik vojibdir. Xoh u buni yoqtirsin, xoh yoqtirmasin. Basharti ma’siyat (gunoh) amallarga buyurilmagan bo‘lsa. Mabodo gunoh ishlarga buyurilsa, itoat qilishlik yo‘q.
87. Bir kishilik taom 2 kishiga kifoya qiladi. ikki kishilik ovqat 4 kishiga, to‘rt kishilik esa 8 kishiga kifoya qiladi.
88. Kasal ko‘rgani boruvchi odam go‘yo jannat bog‘ida yurgandek bo‘lur.
89. O’nta narsa badanga tegishli sunnatdir:
1) Mo‘ylabni qisqartirish;
2) Soqol qo‘yish;
3) Misvok tutish;
4) Burunni suv bilan chayqash;
5) Tirnoqni olish;
6) Bo‘g‘im va kovak oralarini yuvish;
7) Qo‘ltiq yungini yulish;
8) Kindik osti mo‘ylarini tozalash;
9) Najosat maxrajlariga suv sepish;
10) Xatna qildirish.
90. Har bir musulmon kishiga sadaqa qilish vojibdir. Agar sadaqaga narsa topolmasa, qo‘li bilan ishlab, o‘ziga va sadaqaga narsa topsin. Unga ham qurbi yetmasa, muhtojlarga yordam bersin.
Uni ham qilolmasa, odamlarni yaxshi amallarga buyursin. Uni ham qilolmasa, yomonliklardan saqlansin, shu bilan ham sadaqa qilganning savobini topaveradi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:30:45

91. Ehson qilgan narsasini qaytarib olish go‘yo qusgan narsasini qaytib yegan bilan barobardir.
92. Alloh taolo aytadi: «Odam farzandi menga aziyat berib, zamondan shikoyat qiladi. Vaholanki zamonning egasi mendirman va uni kechasi va kunduziga aylantirib turaman. Qachonki xohlasam, uni to‘xtatib qo‘yishim ham mumkin».
93. Alloh. taolo aytadiki: «Rahmatim g‘azabimdan ziyodadir».
94. «Allohga imon keltirdim», deginu, so‘ng to‘g‘ri bo‘l!
95. Alloh yo‘lida jon bergan kishining qarzdan boshqa hamma gunohlari kafforat qilinadi.
96. Bir kishi odamlarga qarz berib yurar va xizmatchilariga aytardiki: «Kambag‘allarning qarzlarini kechib yuboraveringlar, shoyad Allohi taolo ham bizlarning gunohlarimizni kechirib yuborsa». Shundan keyyn u o‘lgach, Allohi taolo uning gunohlarini kechib yuborgan ekan.
97. Fisq-fasod ishlarni oshkora qiluvchilardan boshqa ummatlarimning har birlari ofiyat va xotirjamlikdadirlar. Gunohni oshkora qilish deb, kishi kechasi biror gunoh ish qilib, tong ottirgach, maqtanib, men kechasi unday ish qildim, bunday ish qildim, deyishiga aytiladi. Vaholanki, Allohi taolo uning aybini parda bilan yashirib turgan edi. Gunohkorning o‘zi bu pardani ochgan bo‘ladi.
98. Har bir narsa qazoyu qadar bilan bo‘ladi. Hatto ojizlik va ziyraklik ham.
99. Sizlarning har biringnz bamisoli cho‘pondirsizlar va o‘z qo‘l ostilaringizdagilarga mas’uldirsizlar. Podshoh o‘z fuqarolariga, er o‘z ahli ayoliga, xotin erining uyiga, xodim o‘z xojasi moliga, farzand o‘z otasi mulkiga mas’uldir. Demak, har birlaringiz mas’uldirsizlar.
100. Arqon olib. toqqa chiqib, o‘tin terib kelib, uni sotib yeb va sadaqa qilgan odam, tilanchilik bilan kun kechirgandan yaxshidir.
101. Odamlarning qalbi qozon qaynagan vaqtdagidan ko‘ra ham o‘zgaruvchanroqdir.
102. O’lim to‘shagida yotgan birodarlaringizga «Lo iloha illolloh» kalimasini eshittirib o‘qib turinglar.
103. Kuchlilik—kurash tushib yiqitish bilan emas, balki g‘azabi kelgapda o‘zini bofgb olishdadir.
104. Boylik molu dunyoning ko‘pligi bilan emas, baloi nafsning
to‘qligi bilandir.
105. Odamlarni murosaga keltirish uchun ularga yaxshi gaplarni tashigan kishi yolg‘onchi hisoblanmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 15:31:23

106. Har birlaringiz namozni tetik va hushyor holda o‘qing. Agar dangasaligingiz yoki yalqovligingiz tutib qolsa, namozni to‘xtatib to tetiklashguncha kutib o‘tiring.
107. Men o‘zimdan keyin erkaklar uchun ayollardan ko‘ra zararliroq fitna manbaini qoldirmayapman.
108. Vasiyatga arzigulik biror narsasi bo‘lgan musulmon ikki kecha o‘tkazmasdan vasiyatnomani yozib (uo‘ysin.
109. Qaysi bir musulmon o‘z birodari haqiga g‘oyibona duoda bo‘lsa, bir farishta bu bandaga: «Senga ham shunday bo‘lsin»,
deb turadi.
110. Mo‘minlap o‘zaro do‘stlashishda rahmu shafqatda va mehru oqibatda go‘yoki bir tananing a’zolaridir. Uning biror a’zosi og‘risa, unga qo‘shilib qolgan a’zolari ham bedorlik va harorat bilan alam chekadi.
111. Menga nisbatan sizlar go‘yo yoqib qo‘yilgan o‘tga o‘zini urayotgan parvona va chigirtkalar kabidirsizlar. Men sizlarni o‘tga tutishdan saqlash uchun belbog‘laringdan ushlab qanchalik tortmayin, sizlar qo‘limdan chiqib ketib, o‘zlaringni o‘tga tashlayverasizlar.
112. Kimiki bizning bu dinga doir ishimizda o‘zicha yangilik joriy qilsa, u rad qilinadi.
113. Kimiki biz biror amalga tayin etib qo‘yganimizdan keyin u nina miqdorida va undan ortiq narsani bizdan yashirib o‘zlashtirmoqchi bo‘lsa, qiyomat kuni shu olgan narsasi bilan xiyonatchi bo‘lib turadi.
114. Kimiki bir musulmon qulni ozod qilsa, uning barcha a’-zolari barobarida uning ham a’zolarini do‘zaxdan qutqaradi.
115. Kimiki biror yerni zulm bilan nohaq egallab olsa, qiyomat kuni Allohi taoloni o‘ziga nisbatan g‘azabnok holda uchratur.
116. Kimiki mening nomimdan to‘qilgan hadisning soxtaligini bilib turib rivoyat qilsa, demak u yolg‘onchilarning yolg‘onchisidir.
117. Sizlarning qay biringiz biror jinoyat yoki gunoh ish qilayotgan odamni ko‘rsangiz, uni avvalo qo‘l bilan qaytaring. Bunga imkon bo‘lmasa, til bilan qaytaring. Bunga ham qodir bo‘lmasangiz, dilingizda nafratlanib turing. Lekin bu uchinchisi iymonning zaifligidan dalolatdir.
118. Kimiki boyish maqsadida odamlardan tamagirlik qilsa demak jahannam o‘tidan o‘zi uchun nasiba tayyorlagan bo‘ladi. Uni ko‘paytirish yoki ozaytirish qanchalik tama qilishiga bog‘liqdir.
119. Kimiki xodimini yo‘q aybi bilan noo‘rin haqoratlasa, qiyomat kuni unga had uriladi. Unda bor aybi bilan haqoratlagan bo‘lsa, zarari yo‘q.
120. Kimning iymoni Allohga va oxirat kuniga sodiq bo‘lsag qo‘shnisiga yaxshilik qilsin, mehmonni izzat-ikrom qilsin va gapirsa foydali gap gapirsin yoki jim yursin!
121. Kimiki mening nomimdan yolg‘on hadis to‘qib tarqatsa,do‘zaxning xohlagan yeridan o‘ziga joy tanlayversin.
122. Birodari bilan bir yil arazlashib yurish—uning qonini1 to‘kish bilan barobardir.
123. Mo‘min mo‘min bilan bamisoli o‘rta devorlari bir bo‘lgan, yonma-yon qurilgan uylarga o‘xshab, bir-birlarini tutib turishlari kerak.
124. Ikki kishi bir-birlarini haqorat qilaboshlagan bo‘lsalar, ulardan qay biri birinchi boshlagan bo‘lsa-yu, basharti bu-nisi haqoratda undan o‘tkazib yubormagan bo‘lsa, gunohi o‘shanga bo‘ladi.
125. Haqiqiy musulmonning qo‘lidan ham, tilidan ham musulmonlar ozor topmaydilar.

Qayd etilgan