Ubaydulla Uvatov. Muslim ibn al-Hajjoj  ( 53715 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Robiya  05 Aprel 2009, 12:58:18

KIRISH

Bundan to‘rt yil muqaddam jonajon O’zbekistonimizda qaror topa boshlagan, ijtimoiy adolat, ayniqsa, mustaqilligimiz sharofati tufayli tariximiz, ma’naviy qadriyatlarimiz, boy va ko‘hna madaniy merosimizga munosabat keskin o‘zgarib, uzoq moziyda yashab, o‘lmas asarlar yaratib ketgan buyuk allomalarning ijodidan keng xalq ommasini bahramand qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqil O’zbekistonimizda muborak dinimizga bo‘lgan munosabatning batamom o‘zgarganligini alohida ta’kidlash lozim. Azaldan umuminsoniy qadriyatlar, madaniyat va ma’rifatning mustahkam poydevori sanalgan diniy ilmlar majmuasiga e’tibor kuchaydi, Qur’oni Karim o‘zbek tilida nashr etildi, janob payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadislari keng ko‘lamda o‘rganilib, ijtimoiy va madaniy hayotimizga tobora singib bormoqda, dini islom ravnaqi yo‘lida olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan asarlar yaratib ketgan Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband kabn buyuk zotlarning merosini o‘rganish borasida ibratli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Kuni kecha tasavvuf ilmining yirik namoyandalaridan biri, naqshbandnya ta’limotining asoschisi Bahouddin Naqshband hazratlarining tavalludiga 675 yil to‘lishining keng ko‘lamda nishonlanishi, Buxoroi sharifda — allomaning yurtida mavjud me’moriy majmuaning qaytadan ta’mirlanib, ziyoratgohga aylantirilishi bu fikrimizga yorqin dalildir. Shunga qaramay, boy va ko‘hna tariximiz, nafis madaniyatimiz va turfa xil qadrnyatlarimizning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘pdan-ko‘p buyuk allomalarning hayoti va ijodlari hali-hanuz xalqimizga, keng jamoatchilikka yetib bormagan, ularni har tomonlama o‘rganib, xalq ommasiga yetkazish olimlarimiz zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Ma’lumki, payg‘ambarimiz alayhissalom hadislarini to‘plash, ularni tartibga solib, qimmatli asarlar yaratishda Movarounnahr va Xuroson olimlarining hissalari benihoya katta bo‘lgan. Chunonchi, hadis nlmida bu zaminning farzandlari—oltita mashhur muhaddis yaratnb ketgan asarlar (bu asarlar islom dunyosida «Kutubi sitta» («Olti kitob») yoki «Sihah sitta» («Olti sahih kitob» nomi bilan ataladi) shoh asarlar hisoblanadi.

Buyuk vatandoshimiz, alloma Imom al-Buxoriyning to‘rt jilddan nborat «Sahih al-Buxoriy» asari («al-Jome’ as-sahih» deb ham yuritiladi) butun musulmon olamida haqli ravishda Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba sanaladi.

UBAYDULLA UVATOV
filologiya fanlari nomzodi

Qayd etilgan


Robiya  05 Aprel 2009, 12:58:48

HADIS TARIXIGA BIR NAZAR

Payg‘ambar alayhissalom ko‘rsatib ketgan yo‘l-yo‘riqlar va ko‘rsatmalar, u zoti sharifga mansub pandu nasihatlar, ya’ni hadislar musulmon olamida har qanday davr, har qanday jamiyat uchun ham juda katta ahamiyatga egadir. Ular shariat ahkomlari asosini tashkil qilishda Qur’oni Karimdan keyin turadigan manbalardir. G’oyat qisqa muddatda nozil bilgan Qur’oni Karim oyatlari ba’zi hollarda umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilganidan payg‘ambarimiz hadislari ushbu murakkab oyati shariflarni kengroq talqin etadi, ularda keltirilgan voqea va hodisalarni mufassal sharhlaydi.

Payg‘ambar alayhissalom hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir ko‘zgu vazifasini ham o‘taydi. Chunki ular sarvari olamning hayotlari, husni axloqlari, namunaviy jamiyat qurish uchun ko‘rsatgan sa’y-harakatlari, adolatu xayri barakotga asoslangan jahdlarini o‘z ichiga oladi. Mana shularga binoan ilm ahllari oldin o‘tgan hech bir payg‘ambar va ulug‘ zotga ko‘rsa-tilmagan e’tibor va e’zoz bilan ushbu hadislarni to‘plashga kirishdilar. Hadns ilmi bilan shug‘ullanish eng aziz va mo‘‘tabar mashg‘ulot hisoblangan. Ularni to‘plash uchun olimlar butun aql-zakovatlari, qalb qo‘rlarini baxshida etganlar. Shuni ham qayd qilish kerakki, hadislarni to‘plash nihoyatda mashaqqatli mehnat bo‘lib, shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurishga, bitta hadisni o‘z roviysidan eshitish uchun qanchadan-qancha masofalarni bosishga, cho‘lu biyobonlardan o‘tishga to‘g‘ri kelgan. Usha davrlarda hadislarni to‘plash, ularni jamlash ilm ahli (toliblari) uchun eng asosiy va sevimli mashg‘ulot bo‘lgan. Na mashaqqat va na qiyinchiliklar ilm tolibini hadis to‘plashdan to‘xtata olgan. Bu ilmga ular jonlarini bag‘ishlaganlar. Har qanday mehnatu qiyinchilikka bardosh berganlar, hatto bor mol-mulklarini ham ayamaganlar. Manbalarda hadis to‘plovchilardan biri hatto o‘z uyiga ishlatadigan yog‘ochini ham sotib yuborgani va bundan xafa "bo‘lish o‘rniga, aksincha, quvongani haqida xabar keltirilgan. (Jomi’ bayon ul-ilmi va fazlihi, 1-jild, 97-bet.)

Qayd etilgan


Robiya  05 Aprel 2009, 12:59:18

Payg‘ambarimiz hadislarini asl holida to‘plashdek o‘ta sharafli va ayni vaqtda mas’uliyatli vazifani g‘oyatda halollik va fidoyilik bilan ado etib ketgan buyuk allomalarning mashaqqatli mehnatiga har qancha tahsin aytsa ozdir. Chunki har qanday nuqson, xato va, eng muhimi, soxtalikdan xoli ravishda bizgacha yetib kelgan hadisi shariflar Sharq tafakkuri va madaniyati hamda ma’naviy merosining ulkan boyligidir. Shu bilan bir qatorda, payg‘ambarimiz hadislarini o‘rganish va to‘plash mustaqil ilm sifatida o‘z rivojlanish jarayoniga ega. Bu jarayonda u bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi. Eng avvalo, mana shu tarixiy jarayon xususida ayrim mulohazalarimizni bildirish maqsadga muvofiq bo‘lur deb o‘ylaymiz.

Hadislar bilan shug‘ullanish, asosan hijriy yil hisobining birinchi asrida boshlangan bo‘lsa-da, u faqat uchinchi asrga kelib o‘z cho‘qqisiga ko‘tarilganini ko‘ramiz.

Eng avvalo «hadis» iborasi haqida ikki og‘iz so‘z. Payg‘ambar alayhissalomning so‘zlariyu a’mollari, u zoti sharifning ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari va qilgan pandu-nasihatlari, hatto uyqularida va bedorliklaridagi xatti-harakatlari — bular hammasi hadis deb yuritiladi. (Ar-Risolat ul-mustatrafa, 3-bet. 6)

Payg‘ambar alayhissalom vafotlaridan keyin sahobalarning Rasululloh haqida aytgan qavllarn va axborotlari ham hadislar tarkibiga kiradi. Amalda hadisning murodifi (sinonimi) sifatida «sunna» iborasi ham ishlatiladi.

Qayd etilgan


Robiya  05 Aprel 2009, 13:00:03

Hadislarni xatga tushirib, qayd qilib borish Rasulullohning hayotlik paytlarida odat tusini olmagan, chunki sahobalar o‘sha davrda peshma-pesh nozil bo‘layotgan Qur’oni Karimni idrok qilib, yodlash bilan batamom band bo‘lganlar. Shu bilan birga, ba’zn ulamolar Rasulullohning o‘zlari hadislarni yozma ravishda qayd etishlariga ruxsat qilmaganlar, deb ko‘rsatadilar, boshqa bir guruh ulamolar esa uning aksini yozadilar. Muslim ibn al-Hajjoj o‘zining «Sahih» asarida Abu Sa’ipd al-Hadriyga tayanib. birinchi guruh ulamolar fikrini tasdiqlovchi ushbu hadisnp rivoyat qiladi: «Mendan eshptganlaringni yozmanglar, kimda-kim mendan, Qur’ondan boshqa narsa yozgan bo‘lsa, unn o‘chirib tashlasin, biroq mening haqimda qancha bo‘lsa ham hadis keltiraveripglar, buning aybi yo‘q. kimda-kim qasddan mening haqimda bo‘hton (noto‘g‘ri) gapirsa, albatta, uning o‘tiradigan joyi olovdan bo‘ladi».

Ikkinchi guruhning fikrini tasdiqlovchi ma’lumotlar Imom al-Buxoriy rivoyatlarida mavjuddir. Uzoq vaqtlar ulamolar bir-birlariga teskari ma’nodagi bu hadislarni har xil talqin qilishib, ularni muvofiqlashtirishga ham urinib ko‘rganlar, turli taxmin va mulohazalar bildirgailar.
Payg‘ambar alayhissalom hayotlik davrlarida hadislarni yozma ravishda qasd qilmaslikning (atigi bitta hadisda bu haqda gap yuritiladi) asosiy sabablaridan biri, Qur’oni Karim oyatlari bilan hadislarni aralashtirib, chalkashtirib yubormaslik bo‘lgan. Ayni vaqtda. ba’zi manbalarda payg‘ambar alayhissalom hadislarni yozishni xotirasi zaif bo‘lganlarga ruxsat qilganligi ham zikr qilinadi. Hadislarni qayd qilib, yozib borish to‘g‘risida bir nechta hadis mavjuddir: tarixiy manbalarda Rasululloh davridayoq hadis yozish mavjud bo‘lganligi, bu xususda u zotning ruxsatlari borligi haqida qator hujjatu dalshshar keltiriladi. Ulardan namunalar:
1. Payg‘ambarning ilmni kitobat (yozuv) bilan qayd qilinglar,( Jomi’ bayon ul-ilm, 1-jild, 71-bet) degan (Ibn Abdu ul-Birr rivoyat qilgan) hadislari bor.
2. Payg‘ambar alayhissalom Yaman hokimi Amru ibn Xizam va boshqalarga sadaqalar, badallik qonun-qoidalar va sunnatlar haqida maktublar jo‘natganlar.
3. Ko‘pincha payg‘ambar alayhissalom Arabiston yarimorolining turli tomonlaridagi hokimlariga o‘z amr-farmonlarinn yozma ravishda yuborardilar. Shuningdek, ushbu hokimlar ham Muhammad payg‘ambarga xat yo‘llab har xil hodisalar bilan bog‘liq muammolar haqida yo‘l-yo‘riq so‘raganlarida payg‘ambar ham yozma javob qaytargandilar.
4. Abdulloh bin Amru bin al-Os: «E Rasululloh, (Sizdan) eshitgan narsamning hammasini yozaveraymi?»—deganida, payg‘ambar: «Ha»,—degan ekanlar. Men: «Rozilik holatlarida ham, norozilik holatlarida hammi?» dedim. U kishi: «Ha, chunki men har qanday holatda ham faqat haqiqatni gapiraman», —dedilar. (Jomi’ bayon ul-ilm, 1-jild, 71-bet)

Qayd etilgan


Robiya  05 Aprel 2009, 13:00:34

Payg‘ambarning ruxsatlari bilan u zoti sharifning so‘zlarini yozib, qayd qilib borilganligi xususida yana talay dalillar keltirish mumkin. Shu bilan bir qatorda, bu mulohazalar juz’iy tusda bo‘lib, Qur’oni Qarim oyatlari qayd qilib borilgani singari yagona tizimga ega emas edi. Buning sabablaridan biri payg‘ambarning barcha so‘zu qavllarini yozib borish mushkul ish bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan xalqning aksar qismi o‘qish-yozishni bilmasdi, savodsiz edi. Rasululloh doimo sahobalar orasida bo‘lganligidan, ko‘pincha. ular o‘zlarining quvvai hofizalariyu yodlash qobiliyatlariga ishonishgan. shu boisdan ham hadislarni yozishga unchalik jiddu jahd ko‘rsatmagailar.

Sahobalar, ayniqsa, xulafoi roshidiyn (choryorlar) davridan boshlab esa, hadislarni yozma qand qilishga ehtiyoj ko‘proq sezila boshladi. Binobarin, bu paytda kitobat ishlari ham rivojlandi. (Turli yozishmalar, maktubu risolalar mavjudlign haqida aniq ma’lumotlar bor). Ayniqsa, hadislarning yozilishi haqida aniq ma’lumotlar ko‘plab keltiriladi. Bu davrda hadislarni to‘plab, tartib berib, alohida kitob shaklida chop etilgani ham ma’lum. Jumladan,101 hijriy yilda vafot etgan Himom pbn Munabbixning o‘z ustozi Abu Hurayradan eshitgan va keyingi avlodlar ularga tayanib yodlagan pang‘ambar alayhissalom hadislari yozma tarzdagi eng qadimiy asar (u «Sahiyfa» deb ataladi») hisoblanadi. Ibn Hinbal o‘zining «Musnad» nomli asariga ushbu kitobni to‘laligicha kiritgan. Imom al-Buxoriy va Imom Muslim ibn al-Hajjoj ham o‘zlarining «Sahih» nomli asarlarining turli boblariga ushbu «Sahiyfa»dan ko‘p hadislarni kiritganlar. «Sahiyfa» 138 hadisdan iborat. Taniqli olim Muhammad Hamidulloh 1372 hijriy yili Berlin va Damashq *(ushbu nusxa eng qadimgisi hisoblanib, hijriy oltinchi asrda ko‘chirilgan) qo‘lyozmalariga tayangan holda ushbu asarni ikkinchi marta nashr ettirdi.

Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilish mumkinki, islomning dastlabki davrida hadislarni yozma qayd qilish juda kam darajada, muayyan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, aksar omma esa og‘zaki rivoyatlar va quvvai xotiralariga tayanganlar. Ammo hijriyning ikkinchi asridan boshlab omma orasida payg‘ambar alayhissalom qoldirgan bebaho boylik—u zoti sharifning hadislarini bilishga qiziqish kuchayganligini ko‘ramiz.

Qayd etilgan


Robiya  05 Aprel 2009, 13:01:03

Bu borada, ayniqsa, xalifa Umar ibn Abdulazizning xizmatlarini aloxida ta’kidlamoq zarur. Chunonchi. u hijozlik olim Ibn Shihob az-Zaxriy al-Madiniyga (124 hijriy yili vafot etgan) xat yo‘llab, Rasulullohning hadislarini yozma ravishda yig‘ishni buyurgandan keyin, olim ularni bir kitobtariqasida jamladi. Bu asar rasmiy raeishdagi birinchi, kitob edi. Bu haqdaIbn Shihobning o‘zi: «Bu ilm (hadislar) ni mening tadvinimdan oldin hech kim yozma holda yig‘magan» (Ar-risola al-mustatrafa, 4-bet.) deydi. «Jomi’ bayon ul-ilm» (birinchi jild, 76-bet) asarida keltirilishicha, Xalifa Umar ibn Abdulaziz ibn Shihob to‘plab yozganhadislardan bir daftar ko‘chirtirib, kurrai zaminning turli tomonlariga jo‘natgan. Shuningdek, Madinai munavvara hokimi va qozisi, tobeinlardan bo‘lgan Abu Bakr ibn Xazm al-Ansoriyga xat yo‘llab, Madinai munavvaradagi tobeinu ansoriylardan payg‘ambar hadislarini yozib olishni, ayniqsa Umra bint Abdurrahmon al-Ansoriya, al-Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr as-Siddiqdan (har ikkalasi Oysha onamizning shogirdlari bo‘lib, u aytgan hadislarni eng ko‘p bilishardn) hadislar yozib olishni buyurdi. Biroq Abu Bakr to‘plagan hadislarini jo‘natishga ulgurmadi, xalifa Umar vafot etdi. (Ar-risola al-mustatrafa, 4-bet; Miftah us-sunna, 20-bet)
Shuningdek, xalifa Umar islom dunyosining markaziy shaharlari, boshqa o‘lkalardagi o‘z hokimlariga (voliylariga) maktub yo‘llab,.payg‘ambar alayhissalom hadislarini alohida e’tibor bilan to‘plashni amr qildi. Xalifalik Hishom ibn Abdulmalikka yetganda «u ikkita kotib tayinladiki, ular al-Zaxriydan boshlab yozishga kirishdilar, unga tayanib insho etishni bir tartib (odat) sifatida o‘rnatdi». Ushbu fikr Abu Ja’far al-Mansurning ham esiga kelgandir, lekin bu haqda hech bir asar qolmagan». (Fajr ul-Islom, 1-jild, 265-bet)

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2009, 11:41:09


Keyinroq hijriy ikkinchi asrning o‘rtalaridan boshlab hadislarni yozma ravishda tadvin etish rasm bo‘la boshladi, xususan, hadislarni tasnif etishda ba’zi ulamolar say’-harakatlar' ko‘rsatdilar. Shular jumlasidan makkalik Ibn Juriyj. Madinadan Ibn Ishoq va Molik. Basradan ar-Rabiy’ bin Subayh, Sayyid ibn Ali Uruba, Hamad ibn Salma, Kufadan Sufyon as-Savriy, Shomdan al-Avza’iy. Vositlik Xuptaym, Yamanlik Muammar ibn Roshid, Raydan Jariyr ibn Abdulhamid, Xurosondan Abdulloh ibn al-Muborakni ko‘rsatish mumkin. Eng diqqatga sazovori shundaki, ushbu ulamolarning hammasi bir asrda yashaganlar. (Muqaddimat Fath ud-boriy, 4-bet; At-Tadrib, 24—25-betlar)
Hijriy ikkinchi asrda yaratilgan hadis to‘plamlari ichida MolyY ibn Anasning «Muvatta» nomli kitobi eng muhim asar hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, ushbu vaqtdan boshlab hadislarga bag‘ishlangan to‘plamlarda ma’lum darajada fiqh masalalariga ham e’tibor qaratila boshlandi. Bu masalani yuqorida zikr qilingan ulamolar va boshqa yana ko‘p mualliflarning asarlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Ayni vaqtda shuni ta’kidlash kerakki, hadislarni tadvin etish ikkinchi asrdan boshlaboq hududiy jihatdan kengaya borib, turli shaharlar va mamlakatlarga ham yoyila boshladi. Boshqacha ibora bilan aytganimizda, payg‘ambarimiz va sahobalar davridan keyin vaqt o‘tgani sari hadislarga e’tibor orta bordi. Hadislarga bag‘ishlangan alohida asarlar ko‘paydi, ularda fiqhga doir ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Shu paytda jamiyatda shariat ahkomlari va mazmun-mohiyatga boy hikmatlarga kuchli ehtiyoj sezilganligini alohida ta’kidlash zarur.

Ushbu davrda kuzatilgan holatlardan yana biri—hadis bilan shug‘ullangan ba’zi olimlar o‘zlari erishganlarini (hadislarini) chuqur o‘rganib, aniqlab, tekshirmasdan tadvin qila boshla-ilarki, natijada sahih (to‘g‘ri, ishonchli, haqqoniy) hadislar bilan birga noqis, noto‘g‘ri hadislar ham xatga tusha boshladi.

 Shunga qaramay o‘sha davrdagi ulamolarning hadis yig‘ishda ko‘rsatgan jiddu jahdlari tahsinga loyiqdur. Chunki hadis ilmiga qiziqish va chinakam amaliy ishga kirishish shu asrda boshlangan bo‘lib, juz’iy kamchiliklarga qaramasdan, ularning beqiyos xizmatlari tufayli katta ma’naviy meros—payg‘ambar alayhissalomning muborak hadislari asl holda saqlanib qoldi.

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2009, 11:42:13

Hijrpy uchinchi asr hadisshunoslikda oltin davr hisoblanadi. Bu asrda hadislar, aytish mumkinki, ilmiy asosda to‘planib, tadvin qilinib, muayyan qonun-qoidalarga tayangan holda tartnbga tushirildi. Mana shu hijriy uchinchi asrda hadis ilmi mustaqil ilm sifatida fiqh ilmi (masalalari)dan ajralib chiqdi. O’z navbatida hadis ilmidan bir qancha boshqa ilmlar ham ajralib, bo‘linib ketdi. Hadisshunoslik shu asrda mustahkam asosga ega bo‘lgan qudratli ilm sifatida qaror topdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Hadislar ommaviy ravishda hayotiy ehtiyojga aylana boshladi, jadallik bilan ijtimoiy hayotning turli jihatlariga kira boshladi, hadislarga tayanib ish tutish odatga aylandi. Bu davr o‘z navbatida bir qator muammolarni ham yuzaga keltirdi. Ulardan eng asosiysi—hadislarning to‘g‘ri yoki noqisligi, ularning roviysi-yu isnodiga e’tibor bermasdan hayotga tatbiq qilish keng tus oldi.

Mana shunday sharoitda bir guruh haqgo‘y ulamolar hadislarni buzmasdan, asl holida ishlatish borasida turli-tuman takliflaru tavsiyalar bilan chiqdilar, har xil uslublar va tartibotlarni izlay boshladilar. Yezuv qurollari ko‘paydi, kitobat uchun shart-sharoit yaxshilandi, shu asnoda arablar va musulmonlar boshqa elatlaru millatlar bilan aloqa o‘rnatib, ma’rifiy tajriba orttirgach, hadislar bo‘yicha maxsus kitoblar yaratish ancha yengillashdi. Oldingi asrlardagi chalkashliklar payg‘ambar hadislarini sahobalar qavllari yoki tobeiynlar chiqargan fatvolar bilan aralashtirib yuborish hollariga chek qo‘yildi, faqat payg‘ambarimiz alayhissalom hadislarini o‘z ichiga olgan alohida kitoblar ta’lif etishga kirishildi. Hadislar bo‘yicha ta’lif etilgan asarlarni chuqur o‘rganib tadqiq qilsak, bu jarayonda asosan to‘rt qoidaga amal qilinganligini ko‘ramiz.

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2009, 11:50:13

1. Musnadlariga tayanib ta’lif etish.
Bu usul shundan iboratki, payg‘ambar haqida sahobalar aytgan hadislar u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mavzusidan qat’i nazar alohida to‘planib, alohida kitob shaklida ta’lif etiladi. Masalan, bir hadisning musnadi sifatida avval Abu Bakrga tayanib rivoyat qilinadi, undan keyin birin-ketin sahobalar zikr qilinadi. Mana shu tartibda mustaqil kitob ta’lif etiladi; bu borada boshqa usullar qo‘llanilgan hollar ham uchraydi.

Hijriy uchinchi asrning boshlarida Ubaydulloh ibn Muso al-Abasiy al-Kufiy, Musaddad ibn Musarxad al-Basriy kabi olimlar shu zaylda asarlar tasnif etgan bo‘lsalar, keyinchalik ularga ergashib Ahmad ibn Hanbal, Ishoq ibn Rohvayh va boshqalar asar yaratdilar. Ibn Hajar al-Asqaloniyning yozishicha, Muslim ibn al-Hajjoj sahobalarga tayanib katta bir musnad yaratgan bo‘lsa-da, afsuski, uni oxirigacha yetkaza olmagan.

2. Boblarga bo‘lib ta’lif etish.
Bu usul bo‘yicha hadislar mavzulariga qarab boblarga bo‘lingan va tarzda tartib berilgan. Masalan, keltirilayotgan hadis namozga oid bo‘lsa «As-salot» bobida, agar zakotga doir bo‘lsa «Az-zakot» bobida zikr qilingan. Bu usulda dastlab hijriy ikkinchi asrda Molik ibn Anas o‘zining «al-Muvatta» nomli mashhur asarini yaratgan. Hijriy uchinchi asrda yashagan Imom al-Buxoriy va Imom Muslim ibn al-Hajjojlar ham o‘z asarlarini shu uslubda tasnif etganlar. Ularga ergashgan qator olimlar ham shu uslubda asarlar yaratganlar. Ayni zamonda hadislar haqida boshqa uslubda asar yaratgan olimlar ham mashhur bo‘lganlar. Bular sirasiga muhaddislar Abu Dovud, at-Termiziy, an-Nasoiy va Ibn Mojjalar ham kiradi.

3. Mazkur ikki uslub birlashgan hollar.
Ushbu tariqatning sohibi Bakiy ibn Maxlad al-Qurtobiy (vafoti 272 yil) bo‘lib, u «al-Musnad al-kabir» nomli asarida avval sahobalarning ismlariga tartib berib, so‘ngra fiqh boblariga bo‘lgan holda musnad tasnif etdi

4. Nuqsonlar (illatlilar)ga tayanib tasnif etish.
Bu eng oliy darajali uslub hisoblanadiki, unda har bir hadisni to‘plash jarayonidagi yo‘l-yo‘riqlari va roviylarga nisbatan ixtiloflar ham ko‘rsatilgan bo‘ladi. Chunonchi, hadislardagi nuqsonlarni aniqlash hadis ilmi uchun azaldan eng e’tiborli va muhim omillardan hisoblanadi. Shu asosga tayanib asar yaratgan mualliflar ikki uslubga amal qilganlar. Ulardan ba’zi birlari, masalan, Ibn Xotim o‘z asarini boblarga bo‘lgan holda yaratgan bo‘lib, uni tushunish va o‘zlashtirish oson bo‘lganligidan eng yaxshi" kitoblardan hisoblanadi. Boshqa guruh mualliflari esa o‘z kitoblarini musnadlarga asoslanib tartib berdilar. Ulardan Hofiz Ya’qub ibn Shayba al-Basriy (vafoti 262 yil) illatli musnad tarzidagi yirik asari itmomiga yetmay qolgan, agar oxirigacha mukammal bo‘lganda ikki yuz jildni tashkil qilgan bo‘lur edi. Manbalarda «Al-Musnad»ni oqqa ko‘chiradiganlar uchun uning uyida qirqta ko‘rpa-yostiq tayyorlanganligi aytiladi-ki, bu raqam ushbu xayrli ishning ko‘lami qanchalik katta bo‘lganligini 'ko‘rsatadi. (Mir’at us-sunna, 30-bet)

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2009, 11:51:49

Shu bilan bir qatorda bir toifa muhaddislar ham borki,. ular yakka muallif yo ayrim boblargagina tayanib asarlar ta’lif etganlar. Masalan, Imom al-Buxoriy «Salotda ikki qo‘lni ko‘tarish» bobida shu zaylda ish tutgan bo‘lsa, ba’zi birovlar esa ayrim shayxlar aytgan hadislarnigina to‘plash bilan cheklangan. Masalan, al-Ismoiliy degan olim faqat al-A’mosh rivoyat qil-gan hadislarni, Imom Muslim esa Amru ibn Shuayb hadislarini yiqqanini ko‘ramiz. (Usha asar, 31-bet)
Shu asrdan boshlab hadislarni yig‘ish, ularning tadvini va o‘zlashtirishda (qabul qilishda) dunyoning turli burchaklarida yashovchi ko‘plab shuyux (ustoz)larga tayanib ish ko‘ra boshladilar. Shu boisdan ham oldingi asrlarda bo‘lmagan tadbirlar — hadis izlab turli o‘lkalarga sayohatu safarlarga chiqish hollari odat tusiga kira boshladi. Mamlakatlar va shaharlarning bir-biridan uzoqligi, ot-ulovning kamligi, moliyaviy yetishmovchiliklar natijasida, albatta, bu safarlarda muayyan qiyinchiliklarga duch kelingan. Safar mashaqqatlarini yengish o‘ta sabr-toqatli va hadis ilmi yo‘lida jonini ham ayamaydigan haqiqiy fidoyi olimlargagina nasib etgan. Manbalarda hatto bitta hadis izidan bir necha shaharlarga borishga to‘g‘ri kelganligi haqida aniq ma’lumotlar bor.

Misr, Shom, Hijoz, Iroq, Xuroson, Movarounnahr kabi o‘lkalar hadis ilmi keng tarqalgan mintaqalar hisoblanib, shu boisdan ham bu joylardan juda ko‘p muhaddislar yetishib chiqqanlar.
Hadis ilmi bilan shug‘ullanishga nafaqat Sharq mamlakatlarida, shuningdek Andalusiyada ham katta e’tibor berilib, mag‘riblik muhaddislar sharqiy o‘lkalarga borganlar. Hadislar bo‘yicha Andalusiyada shuhrat qozonganlardan biri Muhammad ibn Bazi’dir, (hijriy 287 yil vafot etgan). U Iroq, Hijoz, Shom va Misr kabi mamlakatlarda bo‘lib, 175 dan ortiq roviydan hadis eshitganlngi ma’lum. Shuningdek, Bakiy ibn Mahlad al-Qurtubiy, («Al-Musnad al-kabir» ning muallifi) o‘z asari uchun hadis yig‘ish maqsadida Makka, Madina, Misr, Damashq, Bag‘dod va boshqa ilm-fan markazlarida bo‘lib, o‘sha zamon ulamolaridan ko‘plab hadislar eshitdi. Ahmad ibn Hanbal uning ustozlaridan biri edi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, hijriy uchinchi asrda Mashriqda ham, Mag‘ribda ham hadislar tadvini, ularni to‘plab tartibga solib, chuqur o‘rganish, roviylariyu isnodlarini aniqlab, keyingi avlodlarga qoldirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilgan.

Darhaqiqat butun musulmon olamiga mashhur bo‘lgan olti sahih kitobning mualliflari mana shu uchinchi, ya’ni hadis ilmi uchun oltin davr hisoblangan asrda ijod qilganlar. Bu kitoblar «Sahih al-Buxoriy», «Sahih Muslim», «Sunan Abu Dovud», «Jome’ at-Termiziy», «Sunan an-Nasoiy» nomlari bnlan mashhurdir.

Qayd etilgan