Ubaydulla Uvatov. Muslim ibn al-Hajjoj  ( 53738 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Robiya  07 Aprel 2009, 11:53:00

MUSLIM IBN AL-XAJJOJNING HAYOTI

Muslim ibn al-Hajjojning to‘liq ismi Abul Husayn Muslim ibn al-Hajjoj ibn Varad ibn Karshon al-Qushayriy an-Naysoburiy bo‘lib, uning tavalludi haqida har xil (204 hijriy) 819 melodiy, (206) 821 sanalar keltirilsa-da, ko‘pchilik tarixnavislar (masalan, az-Zahabiy, Ibn al-Asqaloniy, As-Suyutiy va boshqalar (204) 819 yil deb yozganlar, Muslim ibn al-Hajjojga yaqinroq davrda yashagan arab tarixchisi Ibn Hallikon (1211 — 1282 yillar) uning (206) 821 yilda tug‘ilganligini ta’kidlaydi va bu fikr hozirgi zamon tadqiqotchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ibn Hallikonning yozishicha, u bu ma’lumotni Ibn Salohdan olganligini, u ham o‘z navbatida «Ulamoi amsor» nomli mashhur asarning muallifi hijriy to‘rtinchi asrda yashagan (321—405 yillar) al-Hokim an-Naysoburiydan ko‘chirib olganligini ta’kidlaydi.
Usha davrda Nishopur ilm-fan va madaniyati gullab-yashnagan shaharlardan bo‘lib, Yoqut al-Hamaviy u haqda shunday hikoya qiladi: «Nishopur—azim shahar va turfa xil fazilatlarga boy, fozilu fuzaloning koni, olimu ulamoning manbai bo‘lib, uningdek ziyorat (matnda tavof) qilinadigan shaharni hech ko‘rganim yo‘q». Haqiqatan ham Nishopurdan juda ko‘p ulamo yetishib chnqqan. Muslnm ibn al-Hajjojning bolalik yillari haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Olimlarning taxminlaricha, o‘sha davrdagi taomilga ko‘ra, u dastlabki tahsilni o‘z otasi al-Hajjoj va boshqa ulamolardan olib, Qur’oni Karimni yod olgan. Chunki Ibn al-Asokir «Damashq tarixi» asarida yozishicha, Muslimning otasi o‘z davrining yetuk olimlaridan bo‘lib, ko‘pchilik ilm toliblariga ustozlik qilgan. Al-Zahabiy o‘zining «Tazkirat ul-huffoz» asarida «Muslim hadis ilmini o‘rganishni (218) 832 yilda boshlagan» deb yozishidan xulosa qiladigan bo‘lsa, u 12 yoshidan boshlab, diniy (eng avvalo Qur’oni Karimni yod olib, so‘ng hadis va boshqa) ilmlarni o‘rgana boshladi.

Muslim ibn al-Hajjojning shundan keyingi hayoti, xususan, uning oilaviy ahvoli (u uylanganmi yoki yo‘qmi, uylangan bo‘lsa, farzandlari bo‘lganmi) haqida manbalarda aniq javob ko‘rsatilmagan. Har holda Muslim ibn al-Hajjojning Abul Husayn (Husaynning otasi) kunyasi bilan atalishi uning Husayn ismli o‘g‘li bo‘lganligiga ishoradir. Bu o‘rinda «Bag‘dod tarixi» nomli ko‘p jildlik yirik asarning muallifi, taniqli tarixchi al-Xatib al-Bag‘dodiyning (1002—1071) Muslim ibn al-Hajjoj haqidagi quyidagi rivoyati uning oilaviy hayoti haqida muayyan tasavvur beradi: «Ilmiy-ma’rifiy majlislarning birida Muslim ibn al-Hajjoj oldin sira eshitmagan payg‘ambar alayhissalomning bir hadislarini aytib qolganlarida, u darhol majlisni tark etib chiqib ketdi. Uyiga kelgach, shamni yoqib, uydagilariga: «Mening huzurimga sizlardan birontangiz ham kirmanglar», — dedi. Ular: «Bizga bir savat xurmo hadya qilganlar» (keltirganlar) deyishdi. «Savatni menga keltiringlar,—degach, ular savatni unga taqdim qildilar», — deb yozadi. Bu voqea Muslim ibn al-Hajjoj hayotining oxirlarida, uning vafotidan birmuncha muddat oldin yuz bergan. Bu ma’lumotlardan sezilib turibdiki, Muslim ibn al-Hajjojning uyida bo‘lganlar, albatta, uniig xotini va o‘g‘il-qizlari bo‘lishi kerak. Ilm bilan bir qatorda Muslim ibn al-Hajjoj yana biror kasb-hunar bilan ham shug‘ullanganmi, degan fikr tug‘ilishi ham tabiiy. Bu savolga javob berib aytish mumkinki, u kiyim-kechak sotish bilan ham shug‘ullangani haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilgan. U Nishopurda tijorat bilan shug‘ullanib, o‘ziga tegishli ko‘pdan-ko‘p mol-mulk, boyliklarga ega edi, deb yozadi arab tarixchisi Ybn al-Imod o‘zining «Shazarat uz-zahab» («Oltin bo‘lakchalari») nomli tarixiy .asarida.

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2009, 11:56:00

Ushbu fikr-mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, Muslim ibn al-Hajjoj o‘ziga to‘q, badavlat kishi bo‘lib, ilm olish bora-sida ham, yoki turli shaharlarda yashovchi mashoyixu ustozlardan hadislar o‘rganish va to‘plash jarayonida ham, uzoq-yaqin joylarga safarlari davomida ham moliyaviy qiyinchilik ko‘rmagan. Muslim ibn al-Hajjoj o‘z hayoti davomida Iroq, Hijoz, Shom va Misr kabi mamlakatlarda bo‘lgan.

Hadislar to‘plash ishtiyoqi kuchli bo‘lganligidan Muslim ibi al-Hajjoj bir qancha yurtlarga sayohatlar qiladi, ko‘pdan-ko‘p ustozu murshidlarning majlislarida bo‘lib, ular suhbatini oladi, hadis sohasidagi ilmini oshiradi. Xususan, Xurosonning tur-li shaharlarida bo‘lib, Qutayba ibn Sa’iyd, Yah’ya ibn Yah’ya an-Naysoburiy, Ishoq ibn Raxviya Bashar ibn al-Hakam kabilardan Hadis ilmini o‘rganadi.
— Rayda Muhammad ibn Mahron al-Jamol, Ibrohim ibn Muso al-Farra, al-Hofiz Abu G’assog‘, Muhammad ibn Amr ar-Roziylar bilan ko‘rishdi.
— Iroqning Bag‘dod, Kufa, Basra shaharlarida bo‘lib, Ahmad ibn Hanbal, Ubaydulloh al-Kavoriy, Xalaf ibn Hishon al-Bazor, Abdulloh ibn Avan al-Harroz, Suriyj ibn Yunus, Sa’iyd ibn Muhammad al-Hurmiy, Abdulloh ibn Muslim al-Ka’nabiy, Abu Rabiy’ az-Zahroniy, Umar ibn Xafis ibn G’iyos, Abu G’asson Mo-lik ibn Ismoiyl, Ahmad ibn Abdulloh ibn Yunus kabilar suhbatida bo‘ladi.
— Shom( (Suriya)da esa Muhammad ibn Xolid as-Saksakiy, al-Valiyd ibn Muslimlar bilan uchrashadi.

Al-Hijozga qilgan safari davomida Makkai mukarrama va Madinai munavvarani ziyorat qiladi. Bu muqaddas shaharlarda Ismoil ibn Abu Uvays, Abu Mus’ab az-Zahraviy, Sa’iyd ibn Mansur, Muhammad ibn Yah’ya ibn Abu Umar, Abduljabbor ibn al-A’lolar bilan ko‘rishadi.
— Misrda bo‘lganida esa Muhammad ibn Ramah, Iso ibn Hamad va Xarmada ibn Yah’ya kabilar bilan tanishadi. Bu buyuk zotlardan hadis ilmini o‘rganadi, yangi-yangi hadislar eshitadi.

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2009, 11:57:06

Manbalarda Muslim ibn al-Hajjojning ushbu safarlarining tartibi, ya’ni qaysi shaharda qachon bo‘lganligi haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Taxminlarga ko‘ra zikr etilgan shaharlarning ba’zilarida bir necha martadan bo‘lgan va o‘z yurtiga qaytgach, hadislardan dars bergan ulamo majlisida bo‘lib, yana safarlarini davom ettirgan. Chunonchi, uning Bag‘dodga kelishi haqida ko‘pgina tarixchilar: «Muslim ibn al-Hajjoj Bag‘dodga bir necha marta kelib, hadislardan dars bergan. U Bag‘dodga ((259) 872 yilda oxirgi marta kelganedi», deb yozishgan. Shuningdek, manbalarda u 220 yilda haj qilganligi va Makkai mu-karramada al-Ka’nabiy va uning tabaqalari bilan uchrashganligi zgaqida ma’lumotlar bor. Demak, u 14 yoshida haj ibodatini ado etgan, bundan keyin yana Makkani ziyorat qilgani haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan.
Ushbu bayonlar Muslim ibn al-Hajjojning xorijiy yurtlarga safarlari haqida. Uning shayxlari, ya’ni u hadis tinglagan ustozlari, ulamo toifasiga, al-Haysam, ibn Xorija, Shaybon ibn Farux Abu Shaybaning o‘g‘illari Abi Bakr va Usmon kabilarni ham kiritish mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:16:00

MUSLIM IBN AL-HAJJOJNING SHAXSI

Muslim ibn al-Hajjojning suvrati va siyrati haqida manbalarda kam ma’lumot keltirilgan. Ularda u «qaddi qomati mukammal, soch va soqoli oq, sallasining uchi ikki kifti orasida osilib turar ekan» deyilsa, ba’zilar tushida uni «sochi-yu soqoli oppoq, yuzi nurli, ustidagi yaktagi, kiyimlari o‘ziga yarashgan, sallasining uchi ikki kifti orasiga tushib turgan shayx» sifatida ko‘rganlar. Mana shu vasflar Muslim ibn al-Hajjoj haqidagi tarixiy ma’lumotlardir.

Muslim ibn al-Hajjoj g‘oyatda obro‘-e’tiborli, muhtaram, o‘ta haqiqatgo‘y, ilm ahli va ulamoning eng buyuk peshvolaridan biri edi.

Allomaning bir qancha zamondoshlari va shogirdlari bu xu-susda ishonarli ma’lumotlar qoldirganlar. Ko‘pchilik olimlar Muslim ibn al-Hajjojning ilmu irfonda, xususan, hadis va fiqh ilmlarida eng yuqori darajaga yetishganini yakdillik bilan ta’kidlaganlar. Hadislarni chuqur bilishda eng mashhurlardan, uning arkonlaridan biri hisoblanib, hatto ba’zilar sahih hadislarni bilishda biror kimsani undan ilgari qo‘ymagan. (Az-Zahabiy. Tazkirat ul-huffoz, 260-bet)

Bu haqda «Sahih Muslim»ga sharh yozgan mashhur olim an-Navaviy «Muslimdan keyin o‘tgan ulamodan birontasi ham uning darajasiga yetisha olmadilar, uning davrida yashagan zamondoshlaridan kamdan-kamlarigina unga barobar kelmasdan, faqat bir qadar yaqinlashishga muvaffaq bo‘lganlar», deb ta’kidlagan. Hadislarni yod bilishda unga hamma bir ovozdan tan berib, hatto unga «hofiz» laqabini ham berganlar. Darhaqiqat, Muslim ibn al-Hajjoj dunyoga mashhur to‘rt hofiz (ya’ni Abu Zar’a, Abdulloh ad-Doramiy, imom Ismoil al-Buxoriy, Muslim ibn al-Hajjoj)dan biri hisoblanardi. Hadislarni yod bilganlaridan «hofiz» laqabini olganlar. Usha davrdagi tartibga ko‘ra eng kami ming, eng ko‘pi uch ming hadisni yod bilishlari shart edi.

Komil ilm olishga Muslim ibn-Hajjoj astoydil ixlos bilan kirishgan, bu xayrli yo‘lda butun vujudini bag‘ishlagan, bor iqtidoriyu umrini sarflagan edi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:16:28

Kunlardan bir kun unga umrida! eshitmagan bir hadis haqida aytib qoldilar. Shu zahoti u uyiga borib, daftar-daftar qaydlari, yozuvlari ichidan o‘sha hadisni qidira boshlagan. Shu payt muxlislaridan kimdir unga bir savat xurmo keltirib qoladi. U xurmodan bitta-bitta olib yer, o‘zi esa, butun vujudi bilan o‘sha hadisni qidirardi. Nihoyat, savatdagi xurmolarni yeb, tugatayozgandagina o‘sha hadisni topadi. Tarixchi al-Shofi’iy u haqda «hadis ilmining arkon (ustun)laridan biri, sahih va boshqa ko‘p kitoblarning muallifi bo‘lib, uning fazilatlari mashhur, siyratlari har qanday hurmat-e’tiborga loyiq zot edi», (Mir’at ul-jinon, 2-jild, 174-bet) deb yozadi.

Uning zamondoshlaridan ko‘pdan-ko‘p ulamo Muslim ibn al-Hajjojdan hadis ilmi bo‘yicha ta’lim olganlar, unga tayanib rivoyat qilganlar. Ulardan Muhammad ibn Muxallad, Imom at-Termiziy, Ahmad ibn Salma, Abu Amdu al-Mustalami, Muhammad Abdulrahob, al-Farra. Yahya ibn Said, Ibrohim ibn Muhammad ibn Sufyon, (u «Sahih MUSLIM»NING roviysi) Abu Avvana al-Isfarayiniy va Makkiy ibn Abdon va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.


Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:17:38

IMOM AL-BUXORIY VA IMOM MUSLIM

Manbalarda keltirilishicha, Muslim ibn al-Hajjoj bilan Imom al-Buxoriy o‘rtasida yaqin aloqalar bo‘lib, u Imom al-Buxoriydan ko‘p saboqlar olgan. Ehtimol, ularning dastlabki uchrashuvi 250 hijriy yilda, Imom al-Buxoriy Nishopurga kelib hadis ilmidan saboq bera boshlaganda yuz bergan. Bu paytda imom Muslim qirq yoshdan oshgan bo‘lib, balki bu ikki buyuk muhaddisning uchrashuvlari oldinroq, ya’ni Imom Muslim boshqa musulmon yurtlarini ziyorat qilgan vaqtida yuz bergan bo‘lishi ham mumkia. Har holda yozma manbalarda keltirilgan ba’zi ma’lumotlarda bu ikki buyuk zot oldindan tanish bo‘lganlariga ishorat qilinadi. Jumladan, taniqli olim Ya’qub al-Hofizning «Muslim ibn al-Hajjojning imom al-Buxoriy huzurida bamisoli o‘quvchn boladek odob saqlab o‘tirganini ko‘rganman», deb yozishi ham ular oldindan tanish bo‘lganligini bildiradi.

Muslim ibn al-Hajjojning imom al-Buxoriyga nisbatan muhabbati cheksiz bo‘lib, unga g‘oyatda izzat-ikrom va ehtirom ko‘rsatadi. Bir kuni Imom al-Buxoriyning huzuriga kelib, uning yuzu-ko‘zlaridan o‘pib: «Ey ustodlarning ustodi, muhaddislarning sayyidi, illatli (noqis) hadislarning tabibi! Menga oyoqlaringizni o‘pishga ruxsat qiling», deb murojaat qildi. Imom al-Buxoriy Nishopurda turgan vaqtida undan bir qadam ham ajralmadi, erta-yu kech uning yonida bo‘ldi. Nishopur ahli o‘rtasida buyuk daho sohibi bo‘lmish Imom al-Buxoriyning obro‘-e’tibori oshib, shuhrati har tarafga yoyilgach,kattayu kichik ilm toliblari hadis ilmidan saboq olish maqsadidauninghuzuriga kela boshladilar. Imom al-Buxoriyga nisbatan bu darajada e’tiborning oshishi oxir-oqibatda boshqa ulamoning hasadiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Nishopurning muhaddisi Muhammad ibn Yah’ya az-Zuxliy (u 258/871 yilda vafot etgan) bu borada g‘oyat beandishalik ko‘rsatdi. Chunonchi, ilm toliblari uning yig‘inlar (saboqlar)iga bormay, hammalari Imom al-Buxoriy saboqlariga bora boshlaganlarida u Imom al-Buxoriy haqida turli-tuman ig‘volar, bo‘htonlarni tarqatib, har qanday yo‘llar bilan uni obro‘sizlantirishga urindi. Mana shunday murakkab vaziyatda Muslim ibn al-Hajjoj allomaga nisbatan g‘oyatda vafodorlik va sodiqlik tuyg‘ularini bildirgani tahsinu-maqtovlarga loyiqdir.

 U hech bir ikkilanmasdan Imom al-Buxoriyni himoya qilib, uning yonini oldi va kunlardan bir kun «Ustoz, faqat hasadgo‘ylargina Sizni ko‘ra olmaydi, men shohidlik beramanki, Sizdek buyuk zot bu dunyoda yo‘q», — deb xitob qiladi.
Shularga qaramasdan az-Zuhliy yolg‘on-yashiq tashviqotlari bilan ko‘pchilikni Imom al-Buxoriy saboqlaridan chalg‘itib, o‘z huzuriga keltirishga muvaffaq bo‘ldi.


 Lekin Muslim ibn al-Hajjoj Imom al-Buxoriydan ajralmay, doim uning tarafida bo‘ldi. Natijada bu hol uning bilan az-Zuhliy o‘rtasida kuchli adovat paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, Muslim ibn al-Hajjoj uning huzuriga bormay qo‘ydigina emas, balki undan olgan saboqlarini jamlab, hammoldan Muhammad ibn Yah’ya az-Zuhliyning uyiga qaytarib yubordi. Buning ma’nosi shu ediki, ular o‘rtasidagi adovat haddan ortib, aloqalari batamom uzilgandi. Bular hammasi Muslim ibn al-Hajjojning ustozi Imom al-Buxoriyga hurmati va sadoqati beqiyos darajada katta bo‘lganligidan dalolatdir.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:18:32

IMOM MUSLIMNING ASARLARI

Imom Muslim ko‘pdan-ko‘p asarlar yaratgan bo‘lib, ularning aksariyati hadis ilmiga bag‘ishlangan. Ulardan ba’zilarining faqat nomlarigina bizga ma’lum, xolos. Olimning quyidagi asarlari bizgacha yetib kelgan:

1. «Al-Jome’ as-sahih». Shubhasiz, bu Imom Muslimning yirik va mo‘‘tabar, shoh asari hisoblanadi. Bu asar haqida keyinroq to‘xtalamiz.

2. «Al-munfaridat va-l-vahdon» (Alohidalar va yakkalar). Ushbu asar payg‘ambar alayhissalom haqidagi hadislardap bitta roviy aytganlari haqida. 1323 hijriy yilda Haydarobodda bosilgan bo‘lib, 34 sahifadai iborat. Bu kitob bilan birga Imom al-Buxoriyning «Az-Zuafo us-sag‘iyr» va Imom an-Nasoiyning «Az-Zuafo va-l-matruqiyn» degan asarlari ham chop etilgan.

3. «Kitob al-kuno va-l-asmo» (Kunyalar va ismlar haqida kitob). Ushbu kitob, nomidan ham ko‘rinib turganidek, kunyalari bilan mashhurbo‘lgan hadis roviylari va ismlari bilan mashhur bo‘lgan roviylarning kunyalari haqidagi kitobdir. Ilmiy nuqtai-nazardan qaraladigan bo‘lsa, bu hol juda muhimdir, chunonchi roviy bir joyda ismi bilan zikr qilinib, ikkinchi joyda kunyasi yoki laqabi bilan atalgan bo‘lsa, uni ko‘pchilik ikki kishi deb tushunishi mumkin. Mana shu tarzdagi chalkashliklarga barham berishuchun Imom Muslimning ushbu kitobi beqiyos darajada qimmatlidir.
Ushbu asarning hijriy beshinchi asrda ko‘chirilgan qimmatli bir qo‘lyozmasi Damashqdagi Al-Zohiriya kutubxonasida saqlanadi. Ushbu asar qo‘lyozmalaridan bir nusxasi Hindistonning Botina va yana bir nusxasi esa Turkiyaning Ali Shahiyd kutubxonasida saqlanadi.

4. «Kitob ut-tamyiz» (Ajratish (farqlash) haqida kitob).
Ushbu asarning oltinchy hijriy asrda ko‘chirilgan bir qo‘lyozma nusxasi Damashqdagi Al-Zohiriya kutubxonasida bo‘lib, oxirida (hammasi 15 varaqdan iborat) biroz noqis sahifalari bor. Qo‘lyozmaning tashqi g‘ilofiga «Imom Muslim «Kitob ut-tamyiz» kitobining birinchi qismi» deb yozilishidan, bu qo‘lyozma mazkur asarning faqat bir qismi bo‘lishi kerak.

5. «Rijol Urva ibn az-Zubayr» («Urva ibn az-Zubayr a’yonlari»). Ushbu asarning bir qo‘lyozma nusxasi Damashqdagi az-Zohiriya kutubxonasida bo‘lib, u 463 hijriy yilda iroqlik mashhur tarixchi al-Xatib al-Bag‘dodiy tomonidan ko‘chirilgan.
6. «Kitob at-tabaqot» («Roviylarning tabaqalari haqida kitob»). Muslim ibn al-Hajjojning bu asarida payg‘ambar alayhissalomni ko‘rganlar va undan rivoyat qilganlar haqida fikr yuritiladi. Asarning bir qo‘lyozma nusxasi Saroy (Turkiya)dagi Ahmad as-Solis kutubxonasida (â„–624/26) bo‘lib, u 628 hijriy yilda ko‘chirilgan.
Bulardan tashqari, Imom Muslimning yana bir qancha asarlari bo‘lib, ular bizgacha yetib kelmagan hisoblanadi. «Al-Afrod», «Afrod ash-shomiyyin», «Al-Akrom», «Avhom al-muhaddnsipn»,. «Al-Ilal», «Kitob at-ta’rix» va boshqalar shular jumlasidandir.

Avvalroq zikr etganimizdek, Muslim ibn al-Hajjoj butun umri davomida ilm talabida o‘z davrining ko‘plabolimlari bilan muloqotda bo‘ldi. Ayniqsa, uning bilan alloma Imom al-Buxoriy o‘rtasida do‘stona, samimiy aloqalar o‘rnatilgan edi. Muslim ibn al-Hajjoj uchun Imom al-Buxoriydan buyuk, yuqori martabali obro‘-e’tiborli bir alloma dunyoda yo‘q edi. U o‘z umrining oxi-rigacha ilmini oshirdi, ijodini to‘xtatmadi, ilm yo‘lida turli shaharlarda bo‘ldi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:19:39

IMOM MUSLIM IBN AL-HAJJOJNING VAFOTI XUSUSIDA

Muslim ibn al-Hajjoj boshqa ba’zi ulamolar kabi uzoq umr ko‘rmadi, ellik beshlarda vafot etdi. Vafotidan atigi ikki yil avval Imom Muslim Bag‘dodga kelib, ilmiy-ijodiy faoliyatini davom ettirdi va ona yurti Nishopurda yashadi. Yozma manbalarda ko‘rsatilishicha, u 261 hijriy yil rajab oyining 24-nchisi (5-may 875 yil) yakshanba kuni nomozshomda dunyodan ko‘z yumib, erta-si (6 may) dushanba kuni dafn etilgan.

Imom Muslim ibn al-Hajjojning necha yil umr ko‘rgani xu-susida tarixchilarning fikri turlicha. As-Suyutiy, Ibn-al-Imod kabi olimlar uni oltmish yil umr ko‘rgan deb yozsalar, Az-Zahabiy va Ibn Hajar al-Asqaloniy ellik yetti yil, yana bir guruh ishonchli olimlar (Ibn Hallikon, Ibn as-Saloh, al-Hokim, an-Naysoburiy) esa ellik besh yil deb qayd qilganlar. Olimning qabri Nishopur tashqarisidagi Nasrobod qabristonidadir.


Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:20:38

«SAHIH»— AL-HAJJOJNING SHOH ASARI

Shubhasiz, Muslim ibn al-Hajjoj ijodining gultoji—uning «Sahih Muslim» asaridir. Muallifning uzoq yillar davomidagi mashaqqatli mehnatiyu, butun aql-zakovatining samarasi bo‘lgan ushbu asar payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislariga bag‘ishlangan eng mu’tabar va muhim manbalardan biridir. Ilm ahllari orasida bu asar ba’zan «al-Jome’» yoki «al-Musnad» nomlari bilan ham yuritiladi.
Ma’lumki, Muslim ibn al-Hajjojgacha ham payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom hadislariga bag‘ishlanib talaygina asarlar yaratilgan. Biroq ushbu asarlarning mualliflari hadislarning to‘g‘riligi va ularning isnodiyu roviylarini tahqih etib chuqur o‘rganishga ko‘p ham e’tibor bermaganlar. Shu sababdan ba’zan g‘arazli maqsadlar tufayli «sahih» (to‘g‘ri, ishonchli) hadislar bilan birga xalq orasida xato yoki shubhali, hatto soxta hadislar ham paydo bo‘la boshlagan. Mana shunday sharoitda buyuk alloma Imom al-Buxoriy va uning zamondoshi Imom Muslim birinchilardan bo‘lib, faqat sahih hadislarni to‘plab, alohida asarlar yaratish ishini boshlab berdilar. Hadis ilmidagi batamom yangi bo‘lgan bu yo‘nalishga buyuk vatandoshimiz Imom al-Buxoriy birinchi bo‘lib asos solgan bo‘lsa, unga ergashib asar yozgan Imom Muslim ibn al-Hajjoj ikkinchi hisoblanadi. Shu boisdan ham ularning tarixiy asarlari «Sahih al-Buxoriy» va «Sahih Muslim» islom olamida haqli ravishda Qur’oni Karnmdan keyingi asosiy manbalar hisoblanadi. Katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bu asarlarning tarixiy ahamiyati shundaki, ulardan roviylari va isnodlari chuqur tekshirilib, aniqlangan sahih hadislargina o‘rin olgan. Masalan, Muslim ibn al-Hajjoj o‘z «Sahih» asarining manbalari haqida yozib: «Faqat hujjatdalillarga tayangan holda kitobimga har bir hadisni kiritdim, faqat hujjat-u dalillargagina asoslanib, undan biron-bir hadisni chiqarib qoldirdim. «Sahih» kitobim o‘zim eshitgan uch yuz ming hadisdan tasnif etilgan»,—deb ta’kidlaydi.

Qayd etilgan


Robiya  17 Aprel 2009, 14:21:34

«Sahih Muslim» asarining yozilish muddati haqida aniq ma’lumotlar keltirilmasa-da, albatta bu tarzdagi yirik asar uzoq yillarning mahsuli ekanligi o‘z-o‘zidan ma’lum.

 Chunonchi, har bir hadisning isnodini aniqlash o‘ta mashaqqatli mehnat bo‘lib, buning uchun qanchadan-qancha shaharu mamlakatlarni ziyorat qilish, ot-ulovlarda cho‘lu-biyobonlarni bosib o‘tishga to‘g‘ri kelgan, albatta. Shu holatlarni e’tiborga olib va Imom Muslim zamondoshlari qoldirgan ma’lumotlarni o‘rganish natijasida asarning yozilish muddati haqida ba’zi xulosalar yasash mumkin. Imom Muslim hadis eshitgan olimlardan biri Ahmad ibn Salma «Muslim bilan uning «Sahih»ini o‘n besh yil davomida yozishganman»,— deb yozsa, olim al-Iroqiy «Ibn Saloh» kitobiga yozgan sharhida va mashhur alloma Hoji Xalifa o‘zining qomusiy asari «Kashuz-zunun»da ko‘rsatishicha, Imom Muslim bu asarini hijriy 250 yilda yozib tugatgan. Imom Muslimning shogirdi va «Sahih» asarining roviylaridan biri Ibrohim ibn Muhammad ibn Sufyon an-Naysoburiy: «Muslim bizga ushbu kitobini hijriy 257 yilda o‘qib tugatgan edi»,— deb yozadi. Ayrim manbalarda keltirilishicha, Muslim ibn al-Hajjoj «Sahih» asarini hijriy 235 yila, ya’ni 30 yoshga yetganda, yetarli bilim va tajribaga ega bo‘l-gandan keyin yozishga kirishgan. Mana shu fikrlardan Imom Mus-lim bu asarini taxminan o‘n besh yil davomida yozib tugallaganligi aniq bo‘ladi. Imom al-Buxoriy ham o‘zining asosiy asari «Sahih Buxoriy»ni o‘n olti yil davomida yozib tugatganini eslatib o‘tish joiz.

ShU bilan birga ba’zi olimlar (al-Hokim an-Naysoburiy, Abu Bakr al-Bayhaqiy, Ibn Asokir va boshqalar) Imom Muslim bu asarini uch qismdan iborat qilmoqchi bo‘lsada, biroq birinchi qismini tugatgach, vafot etgan, degan fikrni ham bildiradilar. Lekin muallifning o‘zi ham, boshqa ba’zi olimlar ham asar mukammal yozib tugallanganligi haqida yozib qoldirganlar. Avval zikr qilganimizdek, Imom Muslimning bu asarn u eshitgan uch yuz ming hadisdan tanlanib, tasnif etilgan va yozilish jarayonida muallif to‘liq ravishda o‘z zamondoshi va ustozi Imom Buxoriyning uslubini qo‘llab, unga ergashganligini ko‘ramiz.

Qayd etilgan