Bu fikr bo'yicha avval ham bahs bo'lgan.
Umumiy xulosaga ko'ra, poytaxtda yashovchi biron ko'ngilli uzer ushbu ishni bo'yniga olib, amalga oshirishni zimmasiga olsa yaxshi bo'lar edi, deyilgan.
Buni ayni sharoitda quyidagicha hal qilsa ham bo'ladi:
- yuzerlar bilan bevosita uchrashib pulni olish;
- tashkilotchi yuzerning telefon raqamni, internet xizmati uchun uning akkountiga Paynet orqali pul tashlash. Tashkilotchi esa, o'ziga tushgan pulni ishlatib, o'tkazilgan pulni naqd qilib, fondga qo'shadi. Bunda avvalo o'sha yuzerga PM yozilib, qaysi raqam yoki hisobga pul jo'natish kerakligi bilib olinadi. Jo'natuvchi shaxs esa, qancha yuborganini PMda ma'lum qiladi.
- tashkilotchi har bir kelgan hisobni qog'ozga kiritishi va hisob-kitobni boshqa ishlardan ayri holda olib borishi lozim.
- mana shu tartibda yig'ilgan pul to'planib, ma'lum maqsadlarga sarflanadi.
Shu ishni boshqara oladigan yuzer bormi?
Yuqoridagi opamizning holatlarida ham shunga o'xshash ishni bajarish mumkin. Bunda ham bir kishini vakil qilish mumkin. Men geografik yaqinlik hisobidan Aqoid akani taklif etaman (agar imkoniyatlari bo'lsa).
Xayr qilmoqchi bo'lganlar yuqoridagi usulda pul jo'natishlari mumkin. Agar Aqoid akaning Paynetdan pul tushirishga ehtiyojlari bo'lmasa, u holda u kishiga naqd pulni Andijon yoki Bo'zga qatnovchi taksilardan (taksi xizmatini ham o'zlari to'lagan holda) jo'natioshlari mumkin. Ma'lum muddatda yig'ilgan pulni yetkazish mumkin.
Bular bir taklif. Yana mulohzalar bo'lsa, qoldirishingiz mumkin.