Nodirbekâ„¢  ( 30949 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Usmon  28 Iyul 2011, 14:32:18

AbdulAziz aka, to'g'risini aytsam, 1.1.2 versiya haqida eshitmaganman, googledan qidirsam ham bu versiya haqida hech qanday ma'lumot chiqmadi. Menga faqat 1.0.x, 1.5, va 1.6 versiyalari ma'lum. Ziyouz ham 1.0 ning biror versiyasida adashmasam. Joomlaforumda 1.0ni 1.6ga emas, 1.5ga o'tkazish haqida mana bu thread bor ekan: http://joomlaforum.ru/index.php/topic,67594.0.html

Lekin migratsiyani judayam ehtiyotkorlik bilan qilish kerak. Saytdan ayrilib qolish hech gap emas. Shuning uchun avval, sayt fayllarin + baza dannyxdan rezerv copy olib qo'ygan yaxshi.

Qayd etilgan


ree7  29 Iyul 2011, 18:57:24

Nodirbekdan Ramazon tuhfalari:



Uzr, bittasini beruxsat o'g'irlavoldim )) rozi bo'lasilar

Qayd etilgan


Usmon  19 Sentyabr 2011, 11:12:00

davomi qani? yoki talabalik tufayli vaqt qurg'urdan yo'qroq deganday?...

Qayd etilgan


Humayro  19 Sentyabr 2011, 11:33:14

Nodirbek Adobe Photoshop dasturi bo'yicha O'zbekcha Video Darslar uchun tashakkur

xayirli ishlaringizda O'zidan madad tilab qolamiz!
yana bir bor rahmat

Qayd etilgan


Nоdirbek  19 Sentyabr 2011, 14:05:34

davomi qani? yoki talabalik tufayli vaqt qurg'urdan yo'qroq deganday?...
Davomi inshaAlloh tez orada chiqadi. Bazi sabablarga ko'ra bu yil o'qishni kechroq boshlagandim. Shunga bir oz darslar ko'payib ketdi...

Qayd etilgan


Nоdirbek  19 Sentyabr 2011, 14:37:20

Nodirbek Adobe Photoshop dasturi bo'yicha O'zbekcha Video Darslar uchun tashakkur

xayirli ishlaringizda O'zidan madad tilab qolamiz!
yana bir bor rahmat
Duoda bo'lib turinglar, inshaAlloh tez orada yangi sonlari chiqadi...

Qayd etilgan


Nоdirbek  25 Sentyabr 2011, 21:11:36

O'quv yilini ham boshlab oldik. Bu yil Grafik Dizayndan birinchi yarim yillik uchun Firmenniy stil qilarkanmiz. Ya'ni qaysidir, firma, kompaniya yoki ishlab chiqaruvchi korxonani, tanlab, unga logotip chizamiz, keyin uni tasdiqlatib, vizitka, broshyura, har xil reklamalari, kalendar, futbolka, va shunga o'xshash narsalar qilishimiz kerak ekan. Shu paytgacha o'zim qilgan ishlardagi ilmiy jihatlar, asosiy e'tibor berilishi kerak bo'lgan narsalarni ko'pidan bexabar ekanman. InshaAlloh ish jarayonida, har bir atamalarga ta'rif berib, tanishtirib borishga harakat qilaman. Xullas  bir hafta ichida, birorta kompaniya yoki ishlab chiqaruvchi tashkilotni tanlab, logotipni eskizini chizib olib borishim kerak. Forumda kimdadur shunday korxona yoki fabrikami bo'lsa, shu yerda yozib qoldiringlar, men ma'qul kelganini tanlab, ishni boshlayman...

Qayd etilgan