Assalomu alaykum!
So'nggi ikki intervyu haqida shaxsiy fikrlarim:
1. Intervyu hajmi va jumlalalrdagi so'zlar soni qisqarib, uni o'qishliligiga sabab bo'lgan.
Assalomu alaykum.
Uzun so'zlarizni faqat mana shu joyi yoqdi. Qolgan joyi umuman yoqmadi!
Boshqasiga javob yozmoqchimasdimu, ha, mayli...
2. Qavs ichidagi kursivdagi izohlar garchi tabassumga sabab bo'lsa-da, intervyuning jiddiyligiga ta'sir etgan.
Imkon qadar bu jihatni ham e'tiborga olishga harakat qilamiz. Lekin hazilsiz intervyu, tuzsiz oshku... "Intervyuning jiddiyligi" debsiz. Kim aytdi sizga bu intervyuni jiddiy deb? NIma biz bironta davlat arbobidan olayapmizmi intervyuni yoki Nobel mukofotlari sohibidanmi? Shunchaki o'zimizning tengdoshimiz, do'stimiz, akamiz, ukamiz, opamiz, singlimiz, forumdoshimizdan olayapmiz... Jiddiylik ko'pincha odamni ensasini qotiradi... Keyin jiddiylik rosa ko'p bor joyda samimiyat ham yo'qoladi.
Bundan tashqari hazillarimiz soni shundog'am kam-ku. Savollar nisbatan jiddiy... Mayli, e'tiborga olamiz, lekin bundan kamaytirolmaymiz hazillarni...
3. Intervyudan aniq maqsad ko'zlanganligini bilish qiyin. 2-intervyuda forum va forumdoshlar haqidagi qismiga o'xshab, mavzular bo'yicha alohida sarlavhachalar ham qilinsa, maqsadga muvofiq.
4. Intervuyulargagi ba'zi jumlalar haqida mulohazalar:
....
Intervyu oluvchilar, savol so'rovchidan so'ralayotgan savoldagi jumlalarga yaxshilab e'tibor bersangiz.
Endi biza professional intervyu oluvchi bo'lganimizda "Times" yoki "Washington Post" gazetalarida ishlagan bo'lardik.
Lekin "Tanqid - ko'zgu" deganlariday, keyingilarida amal qilishga harakat qilamiz...
5. Yana bir fikr. Berilayotgan savol va javoblarni oniy aloqa vositalari (Agent, Messenger) orqali emas, PM yoki emailda amlaga oshirgan ma'qulroq. Chunki javob beruvchida ham savol beruvchida ham shunda o';ylab, fikrlashga vaqt ko'proq bo'ladi.
AbdulAziz aka ham hazillashadigan bo'libdilarmi?
Aka, unda intervyuni "Forumdoshdan forumdoshga savol" mavzusidan nima farqi qoladi?
Keyin yana bitta gap hammaga!Fikr bildirayotganda sal ko'zni ochib fikr bildirishingizni iltimos qilardik. Mana bu postga ham ahamiyat berib qo'yish esdan chiqmasin:
Intervyu aaancha uzun bo'pketdi.Lekin qisqartiradigan joy topolmadim.(MS ning hamma javoblari ajoyib chiqdi).
Suhbatlarimizda Intervyu beruvchilarning shaxsiy mulohazalari,fikrlari uchun intervyu oluvchilar (Yurist va ChehMik) hech qanday javobgarlikka ega emas.Savollaringiz va e'tirozlaringiz bo'lsa,intervyu beruvchilarning biror fikrriga PM qilib yo'llang,redaktsiyamizga xatlaringizni toshga bog'lab otmang
Bu yerda faqatgina,intervyu xususida fikr bildirishingiz mumkin!
Yurist va ChehMik
AbdulAziz aka sizdan ham iltimos, bundan so'ng aynan Intervyu olinuvchilarga o'z e'tirozingiz bo'lsa, PM qilib yo'llang. Xususan, Muhammad Sohib va Muhammad Aminlarga aytgan fikrlaringizni ham.
ChehMikka aytgan gapingizga esa, o'zi kelib javob beradi...
Sal e'tiborli bo'laylik...