Assalamu alaykum! Shoir, siz aytgan ma’lumotlarni "œKifoya"ni o’qib chiqqanimda uchratmaganman. Lekin shu kitobni boshida boshqa bir muhim voqea bayon etilgan. Qaysidir Halifa zamonida (hozir ismi esimda yo’q), bir faqih olim barcha fiqhiy qoidalarni jamlab kitob yozganida haligi Halifada butun bir xalqni bitta shu fiqhga jamlash fikri uyg’onadi, biroq buni haligi faqih qattiq ra’d etadi. (Iloji bo’lsa shu voqeani to’liq ko’rinishini qo’ysangizlar, Alloh rozi bo’lsin!). Shayximiz (Alloh u kishidan rozi bo’lsin!) fiqh nima ekanini chuntirishda misollar keltirayotib orasida ushbu voqeani ham keltirib o’tganla! Raxmat! Va shu bn bir qatorda mazkur birgina voqea orqali fiqhning jamiyatda tutishi kere bo’gan asliy qiyofasini ko’rishimiz mn. Islomning oltin asrlarida ma’lum bir fiqhga (yo’lga) amal qilish haqida so’z ham bo’magan.
Ko’pgina sahobalar, masalan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali rodiyallohu anhular Payg’ambarimiz sollallohu alayhi wasallamni har doym kuzatib yurishga harakat qilishgan, ula ko’pgina diniy masalalarni yaxshi biladigan kotta imom va olim bo’lishligiga qaramastan ba’zi diniy masalaladan bexabar bo’lishgan. Chunki ishini tashab ertayu kech kuzatishni iloji yo’de. Shu nuqtai nazardan biror hadis biron bir (mazhabboshi) imomga yetib bormagan, deyish aqlan va naqlan to’ri bo’ladi. Qolaversa Payg’ambarimiz sollallohu alayhi wasallamni biron bir hadislarini bilaturib unga hilof qiladigan aqlga ega imomni umuman tasavur qilish qiyin. Hamma haqiqat bir insonga borib taqalmiydi va uni fikrida jamlanmiydi, biroq payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi wasallam mustasnodirlar. Aynan payg’ambarimiz opkegan yo’lda hamma haqiqat jamlangan. "œMazhabdoshla" mavzusida to’rtala imom haqida va ulani so’zlaridan iqtibosla keltirdim, va ulani so’ziga binoan kimki dalillar yo’lidan yursa u o’zini imomiga ergashgan bo’ladi. Aniqrog’i, Kitob va Sunnatga ergashgan bo’ladi! Mana shu mazhabboshi imomlarimizni yo’li! Bu aslo o’zini imomiga hilof qigan bo’miydi!
Agar aksincha bo’sa — ya’ni mazhabiga to’ri kemagan Oyat va Hadisni olmiydigan bo’sa — har qancha "œHanafiyman!!!" deb jar solishiga qaramasdan aslida mazhabiga hilof yo’l tutvatgan bo’ladi. Va u bu qaysarligi, injiqligi bn Alloh va Rasuliga itoatsizli qivatgan bo’ladi. U harqancha "œHanafiyman!!!" demasin uni imomla bn aloqasi uziladi va shayton hamda nafsini sherigiga aylanadi: "œҳавойи нафсини сзига "œилоҳ" қилиб олган ва Аллоҳ уни билган ҳолида йслдан оздириб, қулоқ ва кснглини муҳрлаб, ксз олдига парда тортиб қсйган кимсани ксрганмисиз?" (Жосис 23).
Umar ibn Hattob rodiyallohu anhu etganla: "œСуннат — бу Аллоҳ ва Унинг А осулини қонунидир. Ўзнигизнинг хато бслиши мумкин бслган шаҳсий фикрларингизни ислом уммати учун қонунга айлантирманглар". Bizani zamonda Kitob va Sunnatga zid bo’gan fikrla ko’payib ketgan. Eng daxshati esa shu fikrlani "œDindan" deb qonunga aylantirilvavatganligi! Ham yig’larli, ham kulgilisi esa — ihtilofli hollarda shu qoidalaga murojaat qilinvatgani, bu qoidalani mazhab deb atab imomlaga tuhmat qilinvatgani"¦
Vallohi, bulani hammasi Islom va musulmonlaga qo’yilvatgan qopqonladir! Lekin bu boshqa bir kotta mavzudir, hamda vaqtim bo’sa inshaalloh shu mavzuniyam yoritib beraman Alloh qodir qigancha.