O'zbekistondagi yangi avtomobil raqamlari
Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 27 iyundagi 131-sonli qaroriga binoan 2008 yil 1 oktabrdan boshlab Xalqaro standartlar talabi va xavfsizlik maqsadida hamda elektron qayd etish usullarini osonlashtirish sababli yangi ko'rinishdagi Davlat avtomobil raqamlariga o'tish belgilangandi.
Eski Davlat avtomobil raqamlarida yurishga
2011 yil 1 yanvar sanasigacha ruxsat beriladi.
Yangi Davlat avtomobil raqamlari maxsus texnologiya asosida chiqarilgan bo'lib, o'zida yorug'lik qaytaruvchi kukun (fosfor), zanglamaydigan va chidamli metalldan yasalgan, shuningdek, qalbakilashtirishdan yuqori darajada himoyalangan.
Yangi Davlat avtomobil raqamlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun beriladigan ko'rinishlarining barchasida o'ng tomonda O'zbekiston bayrog'i hamda UZ yozuvi tasvirlangan bo'ladi. Orqa fon oq rangda, raqamlar, harflar va hoshiyalar esa qora rangda bo'ladi. Chap tomonda esa hudud raqami joylashgan.
Avtomototransportlar va ularning tirkamalariga beriladigan Davlat avtomobil raqamlarining ko'rinishlari:
I ko'rinish: - Yuridik shaxslar uchun beriladigan Davlat avtomobil raqami.
II ko'rinish: - Yuqori davlat hamda boshqaruv organlari va vazirliklar uchun beriladigan Davlat avtomobil raqami.
III ko'rinish: - Jismoniy shaxslar uchun beriladigan Davlat avtomobil raqami.
IV ko'rinish: - "CMD" seriyasidagi davlat avtomobil raqamlari diplomatik vakolatxonalarning faqat bitta avtomashinasi uchun Ichki Ishlar Vazirligining xati asosida beriladi.
V ko'rinish: - "D" seriyasidagi davlat avtomobil raqamlari Ichki Ishlar Vazirligining xati asosida quyidagilarga beriladi:
a) Diplomatik elchixonalar va konsulliklar boshliqlarining (Favqulodda va muxtor elchi, Bosh Konsul) va ularning oila a'zolarining shaxsiy avtomashinalariga;
b) Diplomatik vakolatxonalarning agentlari va ularning oila a'zolarining shaxsiy va davlat avtomashinalariga.
VI ko'rinish: - "UN" seriyasidagi davlat avtomobil raqamlari Ichki Ishlar Vazirligining xati asosida quyidagilarga beriladi:
a) Ichki Ishlar Vazirligidan akkreditatsiyadan o'tgan BMT vakolatxonasi yoki maxsus organlarining boshliqlari va ularning oila a'zolarining shaxsiy avtomashinalari uchun.
b) Ichki Ishlar Vazirligidan akkreditatsiyadan o'tgan BMT vakolatxonasi yoki maxsus organlari xodimlarining shaxsiy va davlat avtomashinalari hamda ularning oila a'zolarining shaxsiy avtomashinalari uchun.
X ko'rinish: - "UN" seriyasidagi davlat avtomobil raqamlari doimiy yashaydigan yoki vaqtinchilik shaxsiy, kasbiy faoliyat yuzasidan, turizm yoki ta'lim maqsadlarida O'zbekiston Respublikasida vaqtinchalik bo'lib turgan xorijiy mamlakat fuqarolari yoxud fuqarosiz shaxslarga tegishli bo'lgan, ijaraga olingan avtomobillari uchun beriladi.
Davlat avtomobil raqamlarining jami 25 xil ko'rinishi mavjud. Yuqorida eng ko'p uchraydigan ko'rinishlarini xavola etdim.