Eng birinchi blog!  ( 132560 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 32 B


Mahdiyah  27 Noyabr 2009, 15:54:31

Intervyuga 5 ballik sistemadan 3 baho....
Yurist,siz intervyu oluchimisiz yoki tergovchimi?

keyin,shundoq matnga qaragan odam Robiya sizdan intervyu olibdimi deb o'ylaydi...
sizzi savollarizdan uni javoblari ko'proq bo'lishi kerak....

ChehMikni gapiga qo'shilaman.
Faqat 5 ballik sistemada man 4 baho bergan bo'lardim.


Iqtibos
intervyu qachon yaxshi chiqadi---dildan suhbat bo'lsa... savol-javoblar yig'indisi bo'pqomasligi kerak.Ha mayli,hozircha yoshligizzi inobatga olib,1 bal ko'tarib qo'yamiz bahoni (a nima dedila forumchila) :)


Yanagi safar Y_U_R_I_S_T prodyuserlarini maslaxatlarini inobatga oladilar digan umiddamiz  :D


Qayd etilgan


registan  27 Noyabr 2009, 16:20:28

O'rtoqlar hozirdan baho berisga oshiqmanglar. Aytibdiku eng qiziq joyini olib qo'yibman deb. Uni ham qo'ysin keyin ko'ramiz. :)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Noyabr 2009, 18:02:44

- Xo'o'o'o'sh.... Bu gapizni menda boshqa bir savolni paydo bo'lishiga olib keldi. Sizningcha, bir inson o'z shevasida gapirishga o'rgangan. U endi Forumga az'o bo'lib, o'z fikrini bildirish uchun, adabiy tilni o'rganishi shartmi? Shunaqa cheklov to'g'rimi?...

- Masalan, o'sha user Toshkentda yashaydimi, Qo'qondami, Buxorodami, maktabda o'qiydiku baribir. Maktabda adabiy til o'tiladi-da. Shevada gapirish mumkinmas, yaxshimas deyiladi.Lekin qaysi joylarda bunga amal qilinadi, bilmadimu, lekin Forumga kirganda menimcha adabiy tilda yozish yaxshiroq-da!

- Yuqoridagi shunday fikrni ta'kidladizki, Forumni ko'tarib turgan ba'zi userlar kirmay qo'yganligi sababli, sal orqaga ketishga olib keldi dedingiz. Aytingchi, aynan kimlarni ana shunday userlar safiga qo'sha olasiz. Faqat umumiy javob bermasdan, "hech kimni xafa qilishni xohlamayman" deb aylantirmasdan aniq sanab o'tsangiz.

- Hammani desam umumiy bo'lib qoladi. SHuning uchun hammani qo'shgan holda, asosiylari Shoir, Munira xonim, Hadija, Mahdiyah, keyin... uzmus, AbdulAziz aka, ChehMik, Kapalak opa, Muhammad Amin. Yana Y_U_R_I_S_T degan userlar borlar. Yana kimlar... (o'ylanib). Behzod, (tezda to'g'irlab) - AbdurRohman, Mr.Twister, Fatima...[/b]

- Aynan shuni kutgandim o'zim ham. Siz sanab bergan, forumni ko'tarib turgan userlar deb hisoblaydigan insonlarni hammasi Forumda yo'qolib qolgani yo'q. Ular xozir ham, ilgari ham faol bo'lganlar. Demak, siz oldingi fikringizga qarshi chiqib qolmadingizmi?

- Men qarshi chiqmadim. Men bitta kishini aytgandimda faqat. Masalan, Shoir ancha kamnamo bo'lib qolgandilar oxirgi vaqtlarda. Yaqin-yaqindan boshladilar faollikni.

- Xo'p, bu bitta misol. Yana kim?

- ....

- Demak , sizningcha bitta Shoirga bog'liq ekanda, Forumni sustlashishi yoki...

- Yo'q! (kulganday bo'ladi) Shoirga bog'liqmaaaas... Buni shunchaki misol o'rnida aytgandimda...

- Forumni ko'tarib turgan ba'zi userlarni kirmay qo'yganligini siz aniq sabablardan bittasi qilib sanagandizda o'shanda...

- ... Bilmadim...

- Xo'p, mavzuni o'zgartiramiz. Sizni shaxsiy statistikangiz bo'yicha, Forumda 29 kun 14 soatdan ko'proq vaqt "yashagan" ekansiz. Ya'ni bir oyga yaqin. Ushbu bir oy ichida "Forum sizga nima berdi?" degan savolni berib o'tirmayman. Sababi xuddi shunday mavzuda fikr qoldirgansiz. Men boshqa narsani so'ramoqchiman. Shuncha vaqt mobaynida, biron marta Forumdan yoki qaysidir forumdoshdan xafa bo'lgan vaqtingiz bo'lganmi? "Bo'ldi, boshqa kirmayman bu forumga" deb ahd qilganmisiz hech?

- Yo'q!

- Umuman bo'lmagan-a?

- Umuman!

- Yaxshi. Endi mavzuni o'zgartiramiz. Shaxsiy hayotingizga ozgina yaqinlashamiz. Kasbingiz o'qituvchilik. Juda ham ma'suliyatli va qiyin kasblardan biri. Siz nechanchi sinflarga dars berasiz?

- 5-sinfdan 9-sinfgacha.

- O'qituvchi sifatida ilk darsga kirgan vaqtingizni eslay olasizmi?

- Ha, eslay olaman. Hech qanaqa tayyorgarliksiz kirganman. Konspektlarsiz... Shunday maktabga borgandim, qabul qilishgandida, bugundan darsga kirasiz degandilar. Keyin birinchi o'tgan darsim 8-sinflarga "O'zbekiston tarixi"dan "Kirish" mavzusini o'tgandim. Ular bilan tanishuv bo'lgandi...

- Hayajonlanganmisiz?

- Yo'q, hayajonlanmaganman.

- Rostdan?!

- Rostdan hayajonmaganman.

- Axir siz o'qituvchi bo'ldingiz, yangi kasb, yangi hayot boshlandi. Ilk darsingiz bo'lsa... Bu o'zingizga bo'lgan kuchli ishonchingizdan dalolatmi endi?

- Bilmadim, balki shunaqadir. Biz amaliyotda ham darsga kirgandikda. Faqat unda rasmiy emas, amaliyotchi talaba bo'lib. Shu sabablimi hech qanaqa hayajon bo'lmagan. O'quvchilar bilan tanishib, tushuntirib, kirishib ketganman.

- Yaxshi... Bolalrni xarxashasini, sho'xliklarini ko'tarish qiyinlik qilmayaptimi sizga? Aytaylik, ba'zi kunlari shaxsiy muammolaringiz tufayli kayfiyatingiz umuman yo'q. Bo'ladiku, hayotda. O'sha vaqtda darsga kirsangiz, o'quvchilar battar sizni qiynashmoqda. To'polon qiladi, shovqin qiladi... Qanaqa ahvolga tushasiz shunaqa paytlar?

- Avvalombor, shaxsiy faoliyatim bilan ishni aralashtirmaymanda. Masalan, uyda biron ko'ngilsizlik bo'ldi. Shu narsa sinfni eshigiga kelgunimgacha esimda turadi. Eshikdan kirishim bilan unutaman, boshqa dunyoga kiraman. ba'zida bo'lib turadigan xarxasha, nimalarga esa, chiroyli tushuntirib, muloyimlik bilan gapirishga harakat qilaman. Xozirgacha Xudoga shukur foyda berayaptida bu.

- Hech urushasizmi o'quvchilaringizni?

- Men... nima deb aytsam... qattiqqo'llik qilolmaymanda.

- Ular bundan foydalanib, erkalanib ketishmaydimi?

- Yo'q, aksincha, ularga shu yo'l ma'qulda. Masalan, ko'pgina o'qituvchilar qattiqqo'llik qiladi, zug'um bilan o'tiradida darsda. O'quvchilar undan bezib qolganda bundan. Shirin so'zga, qanaqadir bir yaqinlikka... hmmm... (o'ylanadi)

- ...mushtoq

- Ha, mushtoq. Lekin judayam yaqinlashib ketish bo'lmaydi, baribir. Orada chegara bor. O'quvchilarga ham eslatib turaman buni. Xozircha hammasi yaxshi.

- Xursandman bundan. Yana bir savol. Aytaylik bir 5-sinfdagi o'quvchingiz darsga yaxshi tayyorlanib kelmadi. Unga uch baho qo'ymoqchisiz. Uni esa ko'ngli bo'sh ekan, bundan xafa bo'lib yig'lab yubordi. Sizdan yig'lab turib iltimos qilayapti: "Ustoz, iltimos menga uch qo'ymang" deb. Nima yo'l tutasiz bunaqa vaziyatda?

- Kitobingni olib kelgin deyman, o'sha kitobidan biron qo'shimcha vazifa beraman.

- Yo'q, siz o'sha vaqtda qo'yishingiz shart. Aytaylik biron nimani yopib berishingiz shart...

- Choraklikni...

- Ha, choraklikni deylik. U yig'lab turibdi. Yosh bolani ko'ngli o'ksib qolishi mumkin. Qanaqa yo'l tutasiz?

- "1-chorakda yaxshi o'qiy olmading" deyman. "O'rtoqlaringa qara, ular senga nisbatan yaxshi o'qishdi, shuning uchun ularga 4-5 baho qo'ydim. Sen ham keyingi chorakda yashi o'qisang, senga ham yaxshi baho qo'yaman" deymanda...

- Uchini qo'yasiz?

- Ha, uchini qo'yaman baribir.

- U bola keyin ko'ngli o'ksib, so'nib qolmaydimi? Ko'nglini sovutib qo'yishdan qo'rqmaysizmi?

- Yo'q, unaqa bo'lmasa kerak. Birinchi gapirildimi, o'qituvchi 3 baho dedimi, o'shani qo'yish kerak. Agar o'zgartirsangiz, keyin hamma o'quvchi kelishi mumkinda.

- Endi sal shaxsiy hayotingizga bog'liqroq savol. Asosiy savolimni berishdan oldin, sizga kichkina boshlang'ich savol bermoqchiman. O'z kasbingizni sevasizmi?

- Ha, albatta!

- Endi asosiy savolim. Xudo xohlasa, turmushga chiqsangiz va turmush o'rtog'ingiz sizni ishlashingizni xohlamayapti. Uyda o'tirishingizni xohlayapti. Nima qilasiz?

- Ishlamayman.

- O'zizni sevimli kasbingizdan...

- ... voz kechaman!

- O'zi bo'lajak turmush o'rtog'ingizni qanaqa tasavvur qilasiz?

- Qanaqa tasavvur qilaman? Bu haqida oldin Forumda ham yozgandim adashmasam, mayli yana takrorlasam...

- Agar forumda yozgan bo'lsangiz unda kerak emas. Boshqa savol. Chet elga turmushga chiqishga nima deysiz? Misol, uchun bir asl o'zbek, musulmon farzandi doimiy chet elda yashaydi. Agar undan taklif bo'lsa nima deysiz?

- Men qarshimasman.

- Demak, yurtizni tashlab ketishga ham rozisiz demak?

- Bu savol menga nisbatan bo'lmadi shekilli? Chet elga turmushga chiqish haqida bo'ldi menimcha?

- Yo'q, men aynan sizga mana shunday taklif bilan chiqishsa degandim?

- Bunga aniq javob berolmayman, agar menga shunaqa taklif bo'ladigan bo'lsa... rozi bo'lardim. Ollohni roziligi uchun.

- Tushunarli. Nima deb o'ylaysiz, hayotda ilm muhimroqmi yoki farosat? Masalan, bir inson juda ham har tomonlama ilmli, lekin farosati yo'q. Aksincha boshqa bir inson farosatli-yu, lekin ilmi yo'q. Qaysi bir hislat muhimroq hayotda?

- Xozir konkret savol berdingiz. Men ham konkret javob beraman, izohsiz faqat. Farosat muhim!

- Tez-tez yig'lab turasizmi? Va nima uchun?

- Ilgarilari yig'lab turardim. Va nima uchun degan savolga, shaxsiy muammolar tufayli. Xozirda ko'p yig'lamayman. Ba'zi-ba'zida...

- O'qituvchilar qanaqa hislatlarga ega bo'lishi kerak deb hisoblaysiz?

- Avvalambor, bolalarni yaxshi ko'rishi kerak. Agar bolalarni yaxshi ko'ra olmasa, o'zini kasbiga kirishib ketolmaydida. Keyin shaxsiy hayotida bo'ladigan yomon voqealarni ishga aralashtirmasligi kerak. O'zini kasbiga chuqur ma'suliyat bilan yondashishi kerak. Faqatgina ta'lim emas, tarbiyani ham qoyillatishi kerak. O'quvchilarni murodini...hmmm, nima deydi... tarbiyalab turish kerakda.

- Sizni o'zingizda ushbu hislatlar bormi?

- O'zimdami?

- Ha.

- Kishi o'ziga-o'zi baho berishi...

- ...yaxshi. Chunki nimaga qodirligingizni bilib ish qilsangiz, rejali ish qilgan bo'lasiz. Masalan, 200 kilolik toshni ko'taraman deb, urinsangiz belingiz chiqib ketadi. O'zingizga noto'g'ri baho bergan bo'lasiz. Shu ma'noda aytgandim. O'zingizda ushbu hislatlar bormi?

- Ozimda bu hislatlar bor. Har qanaqa darsga kirishdan oldin, qanaqa auditoriya bo'lishidan qat'iy nazar yaxshi muomalaga kirishib keta olaman deb ishonaman o'zimga.

- Ijobiy va salbiy hislatlaringiz sanan bera olasizmi?

- Ijobiysini bilmadimu, salbiy hislatlarimni sanab berishim mumkin.

- Mayli, eshitamiz.

- O'zim uchun ijobiy, lekin boshqalar uchun salbiyda bu. O'zimga ishonuvchanligim, soddaligim, ko'ngli bo'shligim... Bu o'zim uchun ijobiy, boshqalar uchun salbiyda. (Izoh: Bir o'q bilan ikki quyonni urdi. Ham ijobiy, ham salbiysini sanadilar)

- Hayotda nimalarni ko'proq qadrlaysiz?

- Nimalarni qadrlayman? O'zimga kerakli, o'zim uchun qadrli, o'zim uchun manfaatli bo'lgan har qanaqa narsani qadrlayman. Umumiy javob bo'ldi-a? Aynan ko'rsatib berolmaymanda...

- Unda siz egoist ekansizda?

- ...

- Chunki "o'zim uchun qadrli, o'zim uchun manfaatli" deb gapiryapsiz. Demak, egoist ekansizda?

- Bilmadim! (jahl bilan). Men o'zimni egoist deb hisoblamayman lekin.

- Mana shu egoistligingizdan dalolat beradida.

- Men uchun... Masalan, siz bilmaysizku, men uchun nima qadrli, nima manfaatli ekanligini...

- To'g'ri, bilmayman. Lekin men o'zimni egoistligimni bilaman.

- (kuladi) Bilmadim, men o'zimni egoist deb hisoblamaymanda.

- Xayol surishni yoqtirasizmi?

- Xayol surishni... Unchalikmas...

- Yaqinda talaba edingiz, mana endi o'qituvchisiz. Talaba Robiya bilan o'qituvchi Robiyani farqi bormi? NImalarda o'zgarish bo'ldi?

- Nimalarda... Avvalo maqomni o'zida o'zgarish bor. Talaba va o'qituvchi. Talaba bo'lganimda vaqtim ko'proq edi. Keyin qanaqadir bemalolroq edim o'zimga. O'qituvchi bo'lgandan keyin, vaqtim ham rejali bo'lib, unaqa... o'zimga nisbatan nazorat qilish ham ko'proq bo'ldi. Chunki darsga kiraman, baribir tayyorgarlik ko'rib... O'zgarishlar katta lekin. Sezilayapti.

- Bu sizni xarakteringizga ham ta'sir qildimi?

- Xarakterimga... ta'sir qilmadi. Yo'q!

- Qanday bo'lsangiz, shundayligingizcha qoldingiz?

- Ha.

- Misol uchun, mabodo ba'zi bir xislatlaringiz dars berishga harakat qilayotgan bo'lsa, ularni yo'qtishga harakat qilmaysizmi?

- Pand berishga... (pichirlab gapiradi). Xozircha men bunday harakterim borligini ko'rayotganim yo'q.

- Rahmat! Siz oldingi savolimga javob berdingiz bu bilan.

- Qaysi?

- "Egoistmisiz?" degan savolimga, "Ha" deb javob berdingiz.

- (kuladi)

- Oilangiz haqida so'ramoqchi edim. Agar xohlamasangiz aytmasligingiz mumkin. Oilada nechta farzandsiz?

- 3 ta farzandmiz. Men to'ng'ichiman. Ukam va singlim bor.

- Bolaligingiz qanaqa o'tgan? Sho'x bo'lganmisiz yoki...

- Bolaligimda judayam sho'x bo'lganman. Judddayam... Buvimlar aytib beradilar, o'qituvchiligim o'sha paytdan aniq bo'lgan ekanda. Bizada tapchan deydi, karovat ko'chadagi... so'ri deyiladimi Toshkentda? O'shanaqani ustiga hamma jiyanlaringni yig'ib olardingda, qo'lingda katta ximchi deyiladi, silarda nima bilmadimu...

- Bemalol aytavering, tushundim.

- Aha. O'sha bilan turib, mana buni aytgin, mana buni aytgin deb, xatto urarding ham. To'girlab aytgin deb, shunaqalar qilarding deydilarda. Esimda qolganida bu. Keyin ko'chamizda ruslar judayam ko'p edida bizada. Shuning uchun ham rus tilida yaxshiroq nima qilishga harakat qilganman. Bolalikda uydan ko'chaga kirishimiz qiyin bo'lgan (Izoh: menimcha ko'chadan uyga demoqchi edilar). Onam doim bizani qo'llarida tayoq bilan kutib olardilarda. Endi o'sha vaqtda shunaqa bo'lganda. Men ochiq javob berayapman, shuning uchun to'g'ri tushunasizlar degan umiddaman.

- Bemalol...

- Keyin futbol o'ynaganimni ham aytdim. Shuni o'zidan bilib olsa ham bo'ladi bolaligimda qanaqa bo'lganimni.

- Rahmat ajoyib ma'lumotlar uchun. Endi suhbatimizni sekin tugatsak ham bo'lar. Oxirgi savolim bor edi. Aytingchi, nega ushbu loyihada qatnashishga rozi bo'ldingiz? Ya'ni sizga taklif bilan chiqqanimda, bajonudil deb, xursandchilik bilan qabul qildingiz. Vaholanki, biz (Izoh: prodyusserim ikkalamiz) qahramon topishda biroz qiynaldik. Siz esa... Bunga asosiy sabab nimada?

- Bilasizmi, men Forumni o'zimni oilamday bilaman. Oilamdagilardan yashiradigan biron sirim yo'q. Meni ko'pchilik yaxshi biladi shundog'am. Agar yanada bilmagan savollariga javob olishsa, bundan faqat xursand bo'lardim xolos. Buning ustiga men bu yerda hech qanaqa yomon tomonini ko'rganim yo'q. Endi bitta narsada, har kimni niyatiga yarasha beradi. Agar niyatni xolis qilsak, faqat yaxshi tomonga xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun ham rozi bo'lgandim. Buning ustiga agar sir saqlaydigan ma'lumotlar bo'lsa, o'zingiz ham ta'kidlab turibsiz-ku "Agar xohlamasangiz aytmasligingiz mumkin" deb. Demak bunda hech qanday muammo bo'lmaydi, menimcha. Qolgan forumdoshlarni ham shunday suhbatga chorlagan bo'lardim.

- So'ngi so'z sifatida forumdoshlarga o'zingizni dil izhorlaringizni, tilaklaringizni aytishingiz mumkin.

- Qurbon Hayiti bilan Forumdoshlarimni ular orqali, oila a'zolarini, barcha yaqinlarini tabriklayman. Oilalaridan islomiy muhit hech qachon tark etmasin. Dasturxonlarida doim fayz-u barakot bo'lsin. Niyatlaridagidan ham, duolaridagidan ham afzallarini bergan bo'lsin.

- Rahmat, ajoyib va maroqli suhbatingiz uchun. Yana bir bor Qurbon Hayiti muborak bo'lsin. Ko'nglingizdagi eng ezgu tilaklaringizga erishishni nasib aylasin. Rahmat yana bir bor.


"Eng birinchi blog" uchun maxsus
Y_U_R_I_S_T suhbatlashdi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Noyabr 2009, 18:12:42

Assalomu alaykum.

Iqtibos
O'rtoqlar hozirdan baho berisga oshiqmanglar. Aytibdiku eng qiziq joyini olib qo'yibman deb. Uni ham qo'ysin keyin ko'ramiz.

Aka, bu gap shunchaki aytgandim. Qiziqtirish uchun. :-)) Aslida bugungisi ham kechagisidan farqi yo'q.

Endi bitta narsani hisobga olishlarizni xohlayman. Bu yerda baho qo'yayotganda, faqat menga, ya'ni intervyu oluvchiga qo'ysalaringiz maqsadga muvofiq bo'lardi. Xozir sizlar umumiy baho bermoqchisilar. Bunda Robiyani aybi yo'q. Normaniy savol berilmagandan keyin...

Lekin nima bo'lganda ham ularga katta rahmat. Ajoyib suhbat bo'ldi.

Endi bizzi kechirasizlar... Ota-buvam birovdan intervyu ob yuruvmidi? Endi birinchisi bo'lsa bu. Kamchiliklari ham bo'ladida axir.


Yordam masalasida:

Biz faqatgina birinchi intervyuni imkon qadar sir tutishga harakat qildik. Syurpriz bo'lishi uchun. Bundan keyin bironta userni intervyuha roziligini olganimizdan so'ng, sizlarga xabar beramiz. Sizlar esa o'zlaringizni qiziqtirgan savollaringizni o'sha userga berishlaringiz mumkin.

Faqat bitta shart: Savollar menga PM orqali yuborilishi kerak. Savol muallifining anonimligi ham saqlanib qolinadi. Men umumiy savollarni yig'ib, o'zimning va sizlarning savollaringizdan o'sha user bilan suhbat uyushtiraman.

Yana bir bor, birinchi intervyudagi kamchiliklarni kechirishingizni va keyingi suhbatlarda yordam berishlaringizni so'rab qolaman!

Iydi Qurbon muborak azizlar!!!!

Qayd etilgan


registan  27 Noyabr 2009, 20:54:41

Kechirasizu aka Y_U_R_I_S_T sizga hali ancha bor ekan ishanavering!

Bu intervyu emas KAROM sho'rva Bo'pti o'ziyam....

Bog'dan-tog'dan savollar mda.........

Boho 0..... (chunki o'zim ham Pedagokman)

Tajribani oshiring okam tajribani ........................


Mani fikrimni 200% teskarisi bo'libdi.

Birinchidan, mani fikrimcha juda yaxshi chiqqan. Interviewni o'qib, eshitgandek bo'ldim. Xato esa hammada ham bo'ladi. Faqat birinchi interviewni o'g'il boladan olganlari ma'qulroq bo'lardi. Har xolda rasm ham bo'lardi va suhbat ham erkinroq bo'lardi.

Ikkinchidan, tajribani oshiring debsiz, tajriba qaerda oshiriladi? Ko'chadami? Siz bunday karam sho'rva-maram sho'rva deganizdan keyin qanday qilib tajribani oshirish mumkin? Oshirish kerak bo'lsa indamang oshirsinlar.

Uchinchidan, pedagogman debsiz, postiz to'la xato, hatto pedagog so'zini qanday yozilishini bilmaysiz. Man juda xohlardim, keyingi interviewni sizga topshirishlarini, haqiqiy pedagogning interviewsi qanaqa bo'lishini ko'rardik.

To'rtinchidan, savollar har xil mavzuda bo'lishining nimasi yomon? Aytganlar keyingi interviewda siz ham savol yo'llashingiz mumkin deb. O'zingizni qiziqtirgan savolni bemalol yo'llayvering.



To'g'risini aytsam bu "inchi"lar tugamaydi. Ba'zilarini ichimda saqladim, boshqa mavzulardaqa mavzuni mavzu haqidagi fikrga to'ldirmaylik deb. Biz qachon bir-birimizga dalda bo'lishga o'rganamiz-a? Inson ha bunday qarshisidagi kishining o'rniga o'zini qo'yib ko'rib gapiradida.
Y_U_R_I_S_T e'tibor bermang, ishingizga rivoj. Raxmat qo'yish imkoiyatidan maxrum bo'lgan bo'lsamda sizni qo'llab quvvatlayman. ;D (O'rgildim, yana prodyusermish, haqiqiy o'zbekona hayo iffat ufurib turgan suhbatni zerikarliga chiqarib qo'ysaya. Almashtirng bunaqa prodyuserni) ;D

Qayd etilgan


registan  27 Noyabr 2009, 22:42:57

Yashsha "pedagok", o'qitgan ustozinga raxmat! Sizday "pedagok"lar ko'paysin O'zbekistonda (Aslida shundog'am ko'pu, mayli bag'rimiz keng, yanayam ko'payishsin)

Sizzi nuqta, vergullarizzi o'qib bir narsa yodimga tushdi. Boshlang'ichda bir o'qituvchim bo'lardi. Nuqul xatolarini topardim. "Juda yaxshi Dilshod, davom et. Qolganlar ham Dilshoddan o'rganishsin. Man atay xato qilib yozyapman. Qani shular bilarkanmi deb" derdi. O'shanda juda yaxshi o'qituvchi bo'lsa kerak deb o'ylardim. Keyin bilsam, u kishi rostdan ham xato yozarkanlar. :) Bu usulniyam o'rganib qo'ying as qotishi mumkin.

Qalam tebratishga kelsak, man forumda YURISTga teng keladigan qalam sohibi borligini bilmayman. Man buni YURISTni maqtab aytmayapman. Faqatgina bilishni xohlayapman, bor ekanmi shunaqa user? Man YURISTni gazetadagi maqolayu, forumda yozgan she'rlarini o'qib ofarin deyman, rosti. Shu yoshda shunchalik ma'noli maqolayu-she'rlar yozish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi.

Man hali to'g'ri yozishni bilaman deb da'vo qilmadim shekilli. Faqatgina "Mo'min, mo'min birodari haqida yaxshi gumonda bo'ladi" deganlaridek yaxshi gumon qilaylik, pessimistlarcha fikrlamaylik dedim. Mana bitta bo'lsa ham sizga yoqqan qismi bor ekanu, yaxshi gumon qilib qo'ysangiz bo'lmasmidi?

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Noyabr 2009, 05:34:11

Intervyu yaxshi...
Qiziq o'tibdi... balki man Robiyani bilganim, taniganim, uchundir... bilmadim.

Nima bo'lganda ham savol beruvchigayam, javob beruvchigayam RAHAMAT.

P.S. Ha Y_U_R_I_S_T 4 bahoni esa albatta sizga berdik, Robiyaga emas  :D
Savol qanchalar aniq va mulohazali bo'lsa javob ham shunga yarasha bo'ladi to'g'rimi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  28 Noyabr 2009, 12:44:11

А­то’О Тошкентда!

Дунёда болалар қувончини, уларнинг кулгисини ксриш нақадар мароқли, нақадар завқли! Улар кснглида ғубор бслмайди. Улар ғаразгсйликни билишмайди. Улар шабнам сувидек мусаффо. Гарчи «Ўзбекистон маданисти ва санъати Форуми» жамғармасининг бир қанча тадбирларида иштирок стган бслсам-да, ҳар йили «Янги авлод» болалар ижодиёти фестивалининг республика босқичи ва скуний гала-коняертини интиқлик билан кутаман. Катта саҳнада сз санъатларини намойиш стаётган болажонларни ксриб, дилингиз сйрайди. Бутун дунё ташвишларидан фориғ бсласиз сзисм.
 
Бу сафарги коняерт дастури бошқаларидан кескин фарқли тарзда, ёрқинроқ стди. Бунга иккита асосий сабабни ксрсатиш мумкин. Биринчиси, коняерт сснггида жаҳон мусиқа санъати даҳоларидан бслган Сезарис А­воранинг (дарров «Бессами Мучо» қсшиғини ҳиргойи қилишни бошладингизми?) шахсий чиқиши ҳамда «Янги авлод»нинг уч нафар лауреатига "Фонд Форум" ва сзининг махсус грантларини топширгани бслса, иккинчидан, машҳур камерунлик футбол юлдузи Самусль А­то’Онинг Тошкентга ташрифи ҳамда «Фонд Форум»нинг махсус болалар спортини ривожлантиришга қаратилган лойиҳасини бошлаб бергани бслди.

Футбол қироли Леле сзининг хайрлашув сйини сснггида таъкидлаган «Болаларни асранг» ибораси барчангизга маълум бслса керак. Албатта, футбол қиролининг бундай ссзларни таъкидлаганига асосий сабаблардан бири сзининг болалик даврида ксрган қийинчиликлари бслса, иккинчидан футбол аталмиш жозибадор сйиннинг асл пойдевори болалар спортига бориб тақалиши билан изоҳланади. Ахир ҳаммасм сз вақтида бола бслган-ку! Леле дейсизми, Марадонами, Гарринчаю, Ван Бастенми, А оналдудан тортиб Мессигача, болалик даврида футболга қсйган муҳаббати билангина машҳур футболчи бслиб етиша олишган. Агар уларнинг иштиёқини, муҳаббатини болалигида бсғишганда сди, ҳозир биз Зидан номини сшитмаган бслардик. Фигунинг маҳоратидан баҳра ололмасдик. Жеррардни танимасдик. Футбол учун бу жуда катта ЖУДОлик бсларди. Аммо снг ачинарлиси, бундай жудолик ҳозир ҳам ёнгинамизда, ксз снгимизда бслаётган бслиши мумкин. Балки кечагина бирор футбол жамоасидан бслажак Миржалол Қосимов «мени олишмади» деб йиғлаб қайтгандир?! Балки кечагина қайсидир болалар жамоасида бирорта Максим Шаякихни асосий таркибга олишмасдан, четлатишгандир?! Балки кечагина бирорта Одил Аҳмедовни дадаси «Футболчилик ҳам касбми?» дес уришиб, футбол мактабига смас, аксинча қслига кетмонни ушлатиб, далага чиқариб юборгандир?! Балки чекка қишлоқдаги бирорта Биродар Абдураимов тспга пули йсқлиги сабабли футбол сйнолмай юргандир?! Балки...

Футболимиз ҳақида сснгги вақтларда жуда ксп ва хсб гапирилмоқда. Ундаги муаммолар, муваффақистсизлик сабаблари, уларни бартараф стиш чора-тадбирлари ҳақида журналистлар ёзишдан сринишмаспти, мутахассису мухлислар сқишдан... (фақат сқиш билан иш битмайди-да лекин). Қатордан қуруқ қолмаслик учун биз ҳам бир гапирайлик, ссз берилганидан фойдаланиб.

Ўзбекистон футболидаги муаммолар ҳақида бошдан дсппини олиб, бир мисмни қотирай қани десам, иложи бслмади. Дсппим йсқ скан бошимда...
Фикри ожизимча, муаммоларнинг ечимини илдиздан — болалар спортидан излаш керак. Асосий сътиборни ва маблағни уларга қаратиш керак.  Тсғри-да, қийшиқ ссган катта теракни текислайман деб урингандан ксра, снги терак ниҳолини скиб, авайлаб сстирган маъқулроқ.

Ксп гапириб юбордимми? Гап билан бслиб, асосий мавзуни — А­то’Онинг ташрифини унутибмиз-ку. Ўзи роса омадли боламан-да. Шунчаки Тошкентни айланиб юрсам, бир кун олдимдан Мальдини чиқади, бир кун А­то’О... Аима, булар мени қаерга боришимни кузатиб юришадими дейман...

А­то’Они қаерда, қачон учратганимни айтиб берай унда. Хсш, бир бошидан гапирайми? Хсп бслади. Бундан 4 млрд. йил олдин Ер юзи пайдо бслган. Сснгра 1 млрд. йил стиб... Ҳа, нега тсхтатдингиз? Ахир сзингиз бошидан бошла дедингиз-ку. Хсп-хсп, бош­қа ҳазил қилмайман. Хуллас, 17 носбрь куни муҳташам «Истиқлол» санъат саройида «Янги авлод» болалар ижодиёти фестивалининг скуний гала-коняерти бслиб стди. Ушбу коняерт бошланишидан олдин, санъат саройининг орқа сшигидан тадбир қатнашувчилари бирин-кетин кириб кела бошлашди. А аққоса қизчалар, жажжи қсшиқчилар, ёш қаламкашлар... А­нг охирида сса «Лахтакор» ва «Бунёдкор» жамоаларининг футбол академислари ёш тарбисланувчилари кириб келишди. Уларга жамоа либослари бирам срашганки. Айниқса... Ўша вақтда нега булар келганини тсғриси унча тушунмадим. Аега бирга юрганини-ку айтмаса ҳам бслади. Коняерт бошланиши арафасида сса меҳмонлар ташриф ста бошладилар. Аегадир меҳмонлар орасидан ксзим снг биринчи Луиз Фелиппе Сколарига тушди. Ҳа, снди ксз қурғурам чиройли футболга ташна бслгани учунми, дарров футбол мураббийини топгандир-да. Шу фикрларни хаёлимдан стказиб турган вақтимда бир акамиз келиб, «Бу дейман Хушнудбек, Фонднинг тадбирлари баҳона роса ижодингиз гулласпти-а, снди А­то’О билан расмга тушаркансиз-да?» деб қолди. Аввалига тушунмадим, кейин сса...

Коняерт скунида А­то’О ҳам саҳнага чақирилди ҳамда «Лахтакор» ва «Бунёдкор» жамоасининг ёш тарбисланувчилари учун сз қсли билан (албатта, менинг қслим билан топширмайди-ку) махсус дипломларни топширди. Шундан сснг, сз фикрларини ҳам билдириб стди.

— Аввало ушбу тадбирда иштирок стаётганимдан ва мени таклиф стишганидан миннатдорман, — дес ссзини бошлади моҳир ҳужумчи. Мен Тошкентда бслишдан жуда ҳам бахтиёрман. Ўзбекистон болаларининг иқтидори ва интилиши менда катта таассурот қолдирди, — деб таъкидлади «Интер» жамоаси аъзоси.
Коняерт тугади. Шундан сснг «Истиқлол» санъат саройининг кичкина конференяислар залида А­то’О билан Фонд Форум сртасида шартнома имзолаш маросими бслиб стди. Ушбу маросим ҳам ажойиб ксринишда ташкиллаштирилган сди. Бир томонда сариқ либосда стирган ёш «пахтакорчилар», қарама-қарши томонда сса тсқ кск кийимдаги бслажак «бунёдкорчилар». Ўртада камерунлик голеадор ва Фонд Форум раҳбари сртасида сзаро ҳамкорлик ҳақида шартнома имзоланди. Ўйлаб қолдим... Балки ушбу шартноманинг сзбек футболига фойдаси катта бслар? Балки бу болалар футболини ривожлантиришда кескин бурилиш ссаш учун илк қадамдир (чскаётган одам хасга ҳам, чспга ҳам ёпишади дейишганидек, ҳозир футболимиздаги ҳар бир ижобий сзгариш ксзимизга жуда каттадай ксриниб кетмоқда)? Ҳозир шу даврада стирган ёш болакайлар келажакда етук футболчи бслиб етишар? Ахир уларнинг қслида-ку сзбек футболи келажаги! Ахир улар-ку бизнинг умидимиз ва ишончимиз! Ахир уларга-ку шунча ҳаракат ва харажатлар... Илоҳим, оқлашсин-да ишончимизни... Оқлашади ишончимизни!

Шундан сснг, фотосессис бошланди. Аш футболчилар машҳур юлдуз билан ссдаликка суратга тушишди, дастхатлар олишди. Ахир кумирига айланган жаҳон юлдузи ёнгинангизда турса, сиз қараб турармидингиз? Биз ҳам тарки одат амри маҳол дес, «Чемпион» учун деб ссдаликка «чирқ» стиб қсйдик. Шу А­то’Они жуда ҳурмат қиламан-да сзи. Чунки айнан мана шу футболчини деб, мен журналистикага кириб келганман. Анчадан буён унга қандай миннатдорчилик билдиришни билмай юргандим. Мана схши имконист ҳам бслиб қолди. Мен ҳам бу имконистни зое кетказмаслик учун ёнига шартта бордим-да, қслини қисиб: «А аҳмат сенга А­то’Ожон, сен туфайли мен журналистика оламига қадам қсйдим, «Чемпион» аталмиш рсзномага сқинлашдим, ажойиб инсонлар билан танишдим, ксп дсстлар орттирдим. Барчаси учун раҳмат! Тарбис берган отанга балли! А­, мулладсст!», дедим. У негадир менинг гапларимга тушунмади. «Кечирасиз, мен сзбекчани билмайман» деди сзбекчалаб. А оса жаҳлим чиқди. «А­, суфей, икки марта Тошкентга келиб, ҳалисм срганмадингми?» демоқчи сдиму, сзинг шунча пайтдан буён нега инглизчани билмайсан, деб қолмасин дедимда, индамай қсс қолдим. Шу билан бизнинг суҳбатимиз сз ниҳоссига етди.

Шартнома мазмунига қисқача тсхталадиган бслсак, у Фонд Форумнинг болаларга мслжалланган снги лойиҳасига старт берди. Унинг доирасида бутун мамлакатимиз бсйлаб болалар ва ссмирлар жамоаларига, футбол мухлисларига ҳомийлик ёрдами ксрсатилади, машҳур футболчилар билан маҳорат дарслари стказилади. Бу сса маҳоратли футболчиларнинг снги авлодини кашф стишга хизмат қилиши шубҳасиз. Илк лойиҳа А­то’О билан ҳамкорликда стказилиб, севимли футболчи сз издошларига дастлабки ҳомийлик маблағларини ксмак сифатида тақдим стди. Тушунишим бсйича снди А­то’О юртимизга ҳар йили ташриф буюриб туради. Балки ҳар келганда сзи билан бошқа футбол юлдузларини ҳам олиб келар...

Ҳақли савол туғилиши мумкин: «Аега айнан ҳамкорликка А­то’О танланди?» Сабаби оддий. 2006 йилда Самусль томонидан махсус шахсий хайрис жамғармаси ташкил стилган бслиб, унинг асосий мақсади Африка қитъасидаги ижтимоий ташаббусларни бирлаштиришга қаратилгандир. А­то’О жамғармаси Камерун ва ЖАА да бошланғич таълим, ирқчиликка қарши кураш ва шунга схшаш бир қанча болаларга қаратилган лойиҳаларни амалга оширган. Ушбу тадбирларнинг барчасида футболдан инсонларнинг умумий қизиқиш нуқтаси сифатида фойдаланилган. Ахир бекорга футбол миллионлар сйини деб номланмайди-ку.

Менга А­то’Онинг мана бу айтган гапи кспроқ ёқди: «Ҳеч қачон инсонларни умидсиз қолдирмаслик керак, орзу-умидсиз ҳеч нарсага сришолмайсан, бу нарса  кспроқ болаларга тегишли».

Биз ҳам умид қилишда давом стамиз. Ашларимиздан... Футболимиздан... Келажагимиздан... Бирон нарса бслиб қолар... Кутайлик-чи...

Хушнудбек Худойбердиев

Manba:  "Чемпион" газетаси
http://uff.uz/news/sections/articls/7799.html

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Noyabr 2009, 11:20:44

Assalomu alaykum!

Intervyu juda uzun (qancha uzun bo'lsa, shuncha zerikarli bo'ladi) bo'lib ketgan. Aniq, lo'nda, qisqa savollarga qisqa javob berilsa, shuncha ta'sirli chiqadi.

Nazarimda, foydali savollardan ko'ra, foydasiz savollar ko'payib ketgan. Intervyudan intervyu olinayotgan shaxs haqida muayyan tasavvur olib bo'lmaydi.

Bu intervyu ko'proq shou-biznes yulduzlari bilan o'tkaziladigan suhbatga o'xshab qolgan.

Keyingi safar ushbu jihatlarga ham e'tibor bering.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Noyabr 2009, 11:34:59

Iqtibos
Nimaymish, "u yerdagi daraxtlar inson sog‘ligiga zarar keltiradi. Uning o‘rnida kelgusida kashtan, ... kabi daraxtlar o‘tqaziladi"

Balki to'g'ridir. Ammo juda chiroyli manzara edi. Tahmin qilishimcha, yangi bog' undan ham go'zalroq bo'lsa kerak. Lekin baribir daraxtlarni orqaga qaytarib bo'lmaydi.

Tuzuroq bahona topishomabdi-de. Yengi bog' barpo bo'lguncha kamida 10-20 yil kere. Otaxonam etganlayu "Yangisini qurmay turib, eskisini buzma!"

Qayd etilgan