Eng birinchi blog!  ( 191083 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 32 B


Y_U_R_I_S_T  11 Dekabr 2009, 16:02:47

Assalomu alaykum!
So'nggi ikki intervyu haqida shaxsiy fikrlarim:

1. Intervyu hajmi va jumlalalrdagi so'zlar soni qisqarib, uni o'qishliligiga sabab bo'lgan.

Assalomu alaykum.

Uzun so'zlarizni faqat mana shu joyi yoqdi. Qolgan joyi umuman yoqmadi! :7

Boshqasiga javob yozmoqchimasdimu, ha, mayli...

Iqtibos
2. Qavs ichidagi kursivdagi izohlar garchi tabassumga sabab bo'lsa-da, intervyuning jiddiyligiga ta'sir etgan.

Imkon qadar bu jihatni ham e'tiborga olishga harakat qilamiz. Lekin hazilsiz intervyu, tuzsiz oshku... "Intervyuning jiddiyligi" debsiz. Kim aytdi sizga bu intervyuni jiddiy deb? NIma biz bironta davlat arbobidan olayapmizmi intervyuni yoki Nobel mukofotlari sohibidanmi? Shunchaki o'zimizning tengdoshimiz, do'stimiz, akamiz, ukamiz, opamiz, singlimiz, forumdoshimizdan olayapmiz... Jiddiylik ko'pincha odamni ensasini qotiradi... Keyin jiddiylik rosa ko'p bor joyda samimiyat ham yo'qoladi.

Bundan tashqari hazillarimiz soni shundog'am kam-ku. Savollar nisbatan jiddiy... Mayli, e'tiborga olamiz, lekin bundan kamaytirolmaymiz hazillarni...


Iqtibos
3. Intervyudan aniq maqsad ko'zlanganligini bilish qiyin. 2-intervyuda forum va forumdoshlar haqidagi qismiga o'xshab, mavzular bo'yicha alohida sarlavhachalar ham qilinsa, maqsadga muvofiq.

4. Intervuyulargagi ba'zi jumlalar haqida mulohazalar:

....

Intervyu oluvchilar, savol so'rovchidan so'ralayotgan savoldagi jumlalarga yaxshilab e'tibor bersangiz.

Endi biza professional intervyu oluvchi bo'lganimizda "Times" yoki "Washington Post" gazetalarida ishlagan bo'lardik.

Lekin "Tanqid - ko'zgu" deganlariday, keyingilarida amal qilishga harakat qilamiz...

Iqtibos
5. Yana bir fikr. Berilayotgan savol va javoblarni oniy aloqa vositalari (Agent, Messenger) orqali emas, PM yoki emailda amlaga oshirgan ma'qulroq. Chunki javob beruvchida ham savol beruvchida ham shunda o';ylab, fikrlashga vaqt ko'proq bo'ladi.

AbdulAziz aka ham hazillashadigan bo'libdilarmi?

Aka, unda intervyuni "Forumdoshdan forumdoshga savol" mavzusidan nima farqi qoladi?????????????????????????



Keyin yana bitta gap hammaga!

Fikr bildirayotganda sal ko'zni ochib fikr bildirishingizni iltimos qilardik. Mana bu postga ham ahamiyat berib qo'yish esdan chiqmasin:


Intervyu aaancha uzun bo'pketdi.Lekin qisqartiradigan joy topolmadim.(MS ning hamma javoblari ajoyib chiqdi).

Suhbatlarimizda Intervyu beruvchilarning shaxsiy mulohazalari,fikrlari uchun intervyu oluvchilar (Yurist va ChehMik) hech qanday javobgarlikka ega emas.Savollaringiz va e'tirozlaringiz bo'lsa,intervyu beruvchilarning biror fikrriga PM qilib yo'llang,redaktsiyamizga xatlaringizni toshga bog'lab otmang :)

Bu yerda faqatgina,intervyu xususida fikr bildirishingiz mumkin!


Yurist va ChehMik

AbdulAziz aka sizdan ham iltimos, bundan so'ng aynan Intervyu olinuvchilarga o'z e'tirozingiz bo'lsa, PM qilib yo'llang. Xususan, Muhammad Sohib va Muhammad Aminlarga aytgan fikrlaringizni ham.

ChehMikka aytgan gapingizga esa, o'zi kelib javob beradi...

Sal e'tiborli bo'laylik...

Qayd etilgan


Chustiy  11 Dekabr 2009, 17:25:25

Mazhab boshi bo'lgan, mujtahid imomlarimizga, malomat toshi otilgani yaxshi bo'lmapti lekin...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Dekabr 2009, 20:37:53

Mazhab boshi bo'lgan, mujtahid imomlarimizga, malomat toshi otilgani yaxshi bo'lmapti lekin...


Astafirulloh. Men hali mahzab boshilarga malomat toshi otmadim. Qolaversa o'zim ham Hanafiya mahzabiga amal qilaman. Men xolis o'z fikrimni bildirdim xolos. Lekin hech kimga malomat toshi otmadim hali. Alloh guvoh. Shunchaki o'z fikrimni aytdim hazrat Chustiy...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Dekabr 2009, 20:44:27

Akbarjon, manimcha hali unashtiruv ham bo'lmagani holda e'lon qilganingiz yaxshi bo'lmabdi.
Odatda bunaqa xabarlar fotihadan so'ng e'lon qilinadi.

Men hech narsani e'lon qilmadim. Bu e'lon emas. Men Nima keragi bor ortiqcha gapni. Gapingiz bo'lsa menga PM qiling. Bu yerda bu haqda gaplashmoqchi emasman. Lekin men hech narsani e'lon qilmadim. Shunchaki YURIST bilan xolis gaplashdim xolos...

Qayd etilgan


Mr.Twister  11 Dekabr 2009, 20:50:32

Akbarjon, manimcha hali unashtiruv ham bo'lmagani holda e'lon qilganingiz yaxshi bo'lmabdi.
Odatda bunaqa xabarlar fotihadan so'ng e'lon qilinadi.

Shu kishining har bir gapidan tutib unga qarshi gapirish nima keragi bor. bir gapni shunchalik katta bir katastrofaga aylantirish kerakmikan???


Muhammad Amin niyatingizga Allohning o`zi yetkazsin. To`yga aytish esdan chiqmasin.

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2009, 13:19:43

Yurist va Chehmikka qimmatli vaqtlarini ayamay forumdoshlar bilan suhbat etganlari uchun katta rahmat!

Robiya, Muhammad Sohib, Muhammad Aminlarga ham chin ko'nglidan suhbat etganliklari, butun fikr-mulohazalarini ochiq-oydin bildirganliklari uchun ham alohida katta tashakkur aytaman!

Alloh barcha qardoshlarimizni ezgu-niyyatlariga yetkazsin iloyim...

Muhammad Amin,, xozirdan tabriklayman : )

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  12 Dekabr 2009, 13:47:30

Assalomu alaykum!
 
Iqtibos
MuhammadSohib: Ta'limni kitoblardan olganmiz.Diynga Alloh buyurgani uchun amal qilganmiz.

Muhammad Sohib, bir ustoz ham toping. Islomiy ilmni kitobdan ham o'rganish mumkin. Lekin ustoz bilan o'rganilgan ilm chuqurroq bo'ladi va qalbga yaxshi singiydi. Ustoz oynadek gap: doim sizni o'nglab turadi. Shuning uchun ham ulamolar islomiy ilmlarni o'rganishda bir ustozga tayanishni tavsiya qilishadi.

Ва алайкум ассаламу!
AbdulAziz tavsiya uchun tashakkur. Lek, men "ustozim yoq demaganman". Men yozgan jumlalarga e'tibor bering. Qolaversa, mendan intervyu olgan inson mashhur jurnalist, men esa diniy arbob emasmiz. Biz oddiy porumdosh. Va buni hamma biladi. Hamda savol-javob ham shu doirada kechishi ham tabiiy. Her halda "palon kinodagi allambalo", "diydoyala kitobi" degan mavzuladan shu kungilochar intervyu yahshi bulsa kerak. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan


registan  12 Dekabr 2009, 21:36:39

Bormisiz birinchi blogning bilimsiz, baqaloq, bo'g'irsoq, boshi bo'm-bo'sh, bekorchi, bezori, betamiz, bequloq bolalari?

Qisqasi, ChehMikning "self ban" dasturi sababli forumga kirmayotganligi uchun vositachi sifatida quyidagi iqtibosni joylashni mandan so'ragandi.

Iqtibos: ChehMikdan

AA. Keyingi ishtirokchimiz---Munira Xonim.
U kishiga savollaringizni,manga yoki Yuristga shaxsiy maktub orqali yo'llashingiz mumkin.

ChehMik va Yurist



Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  12 Dekabr 2009, 23:02:16

Axiyri topibsizda-a, ustoz? Malades! O'zi shogirdiga tortgan ustozsizda!!!

Shu o'rinda forumdoshlardan bir iltimos!

Intervyuni yanada go'zal, qiziqarli va xilma-xil chiqishi uchun o'z hissangizni qo'shsangiz! Ya'ni savollar bilan...

Faqat bir narsani unutmang. Bu loyihani "Forumdoshdan forumdoshga savol" mavzusidan farqi bor. Shuning uchun imkon qadar original va qahramonimiz bilan bog'liq savollarni bersangiz.

Savollaringizni menga yoki ChehMikka 17 dekabr, payshanba kuni soat 18.00gacha PM qilib yuborishingiz mumkin.

Hurmat bilani shartmasdira?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  15 Dekabr 2009, 12:31:57

17 noyabr kuni "Istiqlol" san'at saroyida "Yangi avlod" bolalar ijodiyoti festivalining taqdirlash marosimi va gala-konsert bo'lib o'tgandi. Tog'risini aytsam bolajonlarni ko'rib maza qildim. Ushbu tadbirdan ajoyib rasmlar ham yig'ilib qolgandi, shularni sizlarga ilinay dedim...










Qayd etilgan