Keyingi ishtirokchi---Titan-UZ
Savollaringizni ikkimizga payshanbaga qadar yo'llang.
rahmat
Nihoyat... :-)
Avvalo Xayrulla Hamidov bilan bo'lgan suhbatga ijobiy baho bergan barcha forumdoshlarga tashakkur. Ushbu rahmatlar aslida o'sha go'zal savollarni yuborgan a'zolarga va bu savollarga undanda betakror qilib javob bergan Xayrulla akaga tegishli. Men o'rtada vositachi bo'ldim xolos.
Ushbu intervyuni olganimdan so'ng bir xursand bo'ldim, bir xafa. Xursandligim X.Hamidov bilan suhbatni o'zim kutganimday o'tkaza olganim va buni forumdoshlarga yetkazganim bo'lsa, xafa bo'lishimga sabab bu mening oxirgi intervyum bo'lishi mumkinligi ko'nglimni xijil qildi.
Demak, ChehMik Titan-uz dan suhbat olganlaridan so'ng, "Eng birinchi blog"dagi intervyular loyihasi ham noma'lum muddatgacha yakunlanadi.
Shu fursatdan foydalanib bizga intervyu bergan Robiya, Muhammad Sohib, Muhammad Amin, Munira xonim va Xayrulla Hamidovlarga o'zimning chuqur minnatdorchiligimni izhor qilaman. Bizga ketkazgan vaqtingizga rozi bo'lgaysiz.
Shuningdek, Mahdiyahdan uzurimni so'rayman. Yanvar oyida ulardan intervyu olishni iltimos qilib, roziliklarini olib, ammo o'z so'zimning ustidan chiqolmaganim uchun...