Eng birinchi blog!  ( 190946 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 32 B


Y_U_R_I_S_T  29 Dekabr 2009, 11:16:40

So'nggi intervyu uchun tashakkur.
Savollar bor edi. Ulgurmabman.
Yurist, X.Hamidov bilan gaplashib ko'rsangiz. Yana savollar bilan murojaat qilsak-da, vaqt topilganda javob bersalar.

Albatta bo'ladi. Bemalol savollaringizni yuboravering. Ular nasib qilsa albatta javob berishga harakat qiladilar.

Iltimos, faqat savollarni PMga emas, [email protected] manziliga yuborsangiz. Texnik muammolar buyog'i...

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Dekabr 2009, 20:19:26

Ko'pchiligimizga ma'lum, asosan Saudiya va Misrda ta'lim olayotgan ko'pchilik o'zbek yoshlarining ilmi va amalida mazhabimizda bo'lmagan (biroq sahih hadislarda bor bo'lgan) ishlarni ko'p uchratamiz.

Shu fikringizga tushunmadim. Misollar keltira olasizmi?

Masalan namozda rof'ul yadayn qilishlik hanafiy mazhabida yo'q. Lekin Sahih Buxoriyda namozda qo'llarni ko'tarish haqida alohida bob ajratilgan ekan. Endi namozda roful yadayn qilgan odam Imom A'zam rohimahullohni inkor etgan bo'ladimi demoqchi bo'salar kerak. VA

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Dekabr 2009, 07:56:43

Masalan namozda rof'ul yadayn qilishlik hanafiy mazhabida yo'q. Lekin Sahih Buxoriyda namozda qo'llarni ko'tarish haqida alohida bob ajratilgan ekan. Endi namozda roful yadayn qilgan odam Imom A'zam rohimahullohni inkor etgan bo'ladimi demoqchi bo'salar kerak. VA

Namozda rof'ul yadayn qilishlik hanbaliy va shofe'iy mazhablarida bordir. Bunga ularning dalillari bor. Agar kimdir ushbu mazhabga amal qilsa, uni malomat qilish yo'q. Ya'ni, ilm olishga borgan talabalarimiz shu mazhabga amalda bardavom bo'lsalar malomat qilinmaydilar. Ammo, o'zlari hanafiyda bo'la turib, shofeiyning amalini qilsalar, u holatda malomat qilinadilar. Hanafiy mazhabiga ko'ra, boshqa mazhabning amalini qilishga tang holatlardagina ruxsat beriladi. Masalan, bir masalaning javobini hanafiydan topolmasak, u holda shofeiyga yoki hanbaliyga amal qilaveramiz. Lekin namozdagi bu holatning dalili, nima uchun bizda qilinmasligining ijtihodlari hanafiyda mavjud. Shuning uchun bu amal ma'qul ko'rilmaydi.

Qayd etilgan


lolo  30 Dekabr 2009, 20:46:12

Ammo, o'zlari hanafiyda bo'la turib, shofeiyning amalini qilsalar, u holatda malomat qilinadilar. Hanafiy mazhabiga ko'ra, boshqa mazhabning amalini qilishga tang holatlardagina ruxsat beriladi.
:as:
Kechirasiz, siz etgan bu qoidani kim joriy etgan va qaysi kitoblarda? Iltimos, va ularni Kitob va Sunnatdagi dalillari bilan keltirsangiz. Raxmat!

Qayd etilgan


shoir  01 Yanvar 2010, 08:53:26

Ammo, o'zlari hanafiyda bo'la turib, shofeiyning amalini qilsalar, u holatda malomat qilinadilar. Hanafiy mazhabiga ko'ra, boshqa mazhabning amalini qilishga tang holatlardagina ruxsat beriladi.
:as:
Kechirasiz, siz etgan bu qoidani kim joriy etgan va qaysi kitoblarda? Iltimos, va ularni Kitob va Sunnatdagi dalillari bilan keltirsangiz. Raxmat!

Fikrimcha, AbdulAziz ham men kabi sizga dalil keltirgandan so'ng ham, fikringiz o'zgarmasligiga amin bo'lsa kerak. Shuning uchun vaqtni isrof qilish shart emas.

Savolingizning javoblari esa istalgan hanafiy fiqhiy kitoblarda mavjud.

Ikkita yo'l bor: yo mujtahid bo'lish, yoki muqallid (biron mujtahidga ergashish). Agar qalbingizdagi rahmoniy tuyg'u o'zingizni mujtahidman derajasiga chiqqan desa, u holda sizga mumkin. Xohlaganingizcha ijtihod qilib, xohlagan amalingizni bajaring.

Qayd etilgan


Ansora  01 Yanvar 2010, 15:08:58

Kech bo'lsa-da Yurist, Xayrulla Hamidov bilan qilgan suhbatingiz uchun katta rahmat.

U kishi katta ekanlar, akamiz ekanlar, yosh deb o'ylagandim, uzr lekin, siz bilasiz sababini  : )


Qayd etilgan


lolo  01 Yanvar 2010, 15:11:41

Assalamu alaykum! Shoir, siz aytgan ma’lumotlarni "œKifoya"ni o’qib chiqqanimda uchratmaganman. Lekin shu kitobni boshida boshqa bir muhim voqea bayon etilgan. Qaysidir Halifa zamonida (hozir ismi esimda yo’q), bir faqih olim barcha fiqhiy qoidalarni jamlab kitob yozganida haligi Halifada butun bir xalqni bitta shu fiqhga jamlash fikri uyg’onadi, biroq buni haligi faqih qattiq ra’d etadi. (Iloji bo’lsa shu voqeani to’liq ko’rinishini qo’ysangizlar, Alloh rozi bo’lsin!). Shayximiz (Alloh u kishidan rozi bo’lsin!) fiqh nima ekanini chuntirishda misollar keltirayotib orasida ushbu voqeani ham keltirib o’tganla! Raxmat! Va shu bn bir qatorda mazkur birgina voqea orqali fiqhning jamiyatda tutishi kere bo’gan asliy qiyofasini ko’rishimiz mn. Islomning oltin asrlarida ma’lum bir fiqhga (yo’lga) amal qilish haqida so’z ham bo’magan.
Ko’pgina sahobalar, masalan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali rodiyallohu anhular Payg’ambarimiz sollallohu alayhi wasallamni har doym kuzatib yurishga harakat qilishgan, ula ko’pgina diniy masalalarni yaxshi biladigan kotta imom va olim bo’lishligiga qaramastan ba’zi diniy masalaladan bexabar bo’lishgan. Chunki ishini tashab ertayu kech kuzatishni iloji yo’de. Shu nuqtai nazardan biror hadis biron bir (mazhabboshi) imomga yetib bormagan, deyish aqlan va naqlan to’ri bo’ladi. Qolaversa Payg’ambarimiz sollallohu alayhi wasallamni biron bir hadislarini bilaturib unga hilof qiladigan aqlga ega imomni umuman tasavur qilish qiyin. Hamma haqiqat bir insonga borib taqalmiydi va uni fikrida jamlanmiydi, biroq payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi wasallam mustasnodirlar. Aynan payg’ambarimiz opkegan yo’lda hamma haqiqat jamlangan. "œMazhabdoshla" mavzusida to’rtala imom haqida va ulani so’zlaridan iqtibosla keltirdim, va ulani so’ziga binoan kimki dalillar yo’lidan yursa u o’zini imomiga ergashgan bo’ladi. Aniqrog’i, Kitob va Sunnatga ergashgan bo’ladi! Mana shu mazhabboshi imomlarimizni yo’li! Bu aslo o’zini imomiga hilof qigan bo’miydi!
Agar aksincha bo’sa — ya’ni mazhabiga to’ri kemagan Oyat va Hadisni olmiydigan bo’sa — har qancha "œHanafiyman!!!" deb jar solishiga qaramasdan aslida mazhabiga hilof yo’l tutvatgan bo’ladi. Va u bu qaysarligi, injiqligi bn Alloh va Rasuliga itoatsizli qivatgan bo’ladi. U harqancha "œHanafiyman!!!" demasin uni imomla bn aloqasi uziladi va shayton hamda nafsini sherigiga aylanadi: "œҳавойи нафсини сзига "œилоҳ" қилиб олган ва Аллоҳ уни билган ҳолида йслдан оздириб, қулоқ ва кснглини муҳрлаб, ксз олдига парда тортиб қсйган кимсани ксрганмисиз?" (Жосис 23).
Umar ibn Hattob rodiyallohu anhu etganla: "œСуннат — бу Аллоҳ ва Унинг А осулини қонунидир. Ўзнигизнинг хато бслиши мумкин бслган шаҳсий фикрларингизни ислом уммати учун қонунга айлантирманглар". Bizani zamonda Kitob va Sunnatga zid bo’gan fikrla ko’payib ketgan. Eng daxshati esa shu fikrlani "œDindan" deb qonunga aylantirilvavatganligi! Ham yig’larli, ham kulgilisi esa — ihtilofli hollarda shu qoidalaga murojaat qilinvatgani, bu qoidalani mazhab deb atab imomlaga tuhmat qilinvatgani"¦
Vallohi, bulani hammasi Islom va musulmonlaga qo’yilvatgan qopqonladir! Lekin bu boshqa bir kotta mavzudir, hamda vaqtim bo’sa inshaalloh shu mavzuniyam yoritib beraman Alloh qodir qigancha.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  09 Yanvar 2010, 00:50:46

Intervyu uchun katta rahmat! Yaxshi chiqibdi.

Iye, akamiz 16 fevralda tug'ilgan ekanlarda?

Qayd etilgan


siddiqa  09 Yanvar 2010, 01:26:42

Assalamu aleykum ,
diktant haqidagi savol zo'r chiqbdi ,
javobi undan ham dahshat  intervyu yoqdi ,o'qib  tabbasum qilishga ham ulguradi kishi .
bardavom bo'liylar .

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  09 Yanvar 2010, 01:55:22

bardavom bo'liylar .

Eh, bu niyatingizni endi aytasizmi? Oldinroq qayerda edingiz? :7

Nasib qilsa 2-3 oylarda forumga qaytsak, keyin yana bir o'ylashib ko'ramiz.

Eh, nomardlar, shunday yaxshi boshlangan narsani ham to'xtatishdiya...

Qayd etilgan