Eng birinchi blog!  ( 191110 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 B


Ansora  29 Dekabr 2010, 14:35:03

 :as:

Xalqimiz bekorga "Chumchuq so'ysayam qassob so'ysin" demagan-da : )

Lobarxon, shuncha ishni orasida vaqt topib, bizni shu optopchi qiz bilan suhbatlashganday taassurot qoldiradigan intervyu uyushtirganingiz uchun kattakon rahmat. Bellexon, sizgayam rahmat, boshqalarni bilmadim-u men boshqa qiz bilan gaplashganday bo'ldim, jiddiyroqmiyeyyy ;D

Rabbim dadangizni ham rahmatiga olgan bo'lsin.

Yana bir bor rahmat...


Qayd etilgan


Muhammadali  29 Dekabr 2010, 15:18:27

Juda ham zor chiqibdi. Alloh rozi bolsin. Lobarhon aytib otganlaridek Belleqizcha sho'h  va quvnoq qiz bolishiga qaramay qalbida o'zbekonalikni unutmagan, haqiqiy o'zbek qizi ekanligi hammaga malum bo'ldi. Kelajakda bir qo'lida cho'mich bn turmush o'rtog'ini kutishini bilmadimu lekin hafa qilganlarni, uzooooooooooooooqdan turib snayper bn otib tashledi.

Qayd etilgan


Saliha  29 Dekabr 2010, 22:07:11

Lobar_Aziz, qiziqarli suhbat uchun rahmat..
BelleQizchagayam, alohida rahmat.. Allah sabr bersin, dadangizni Allah rahmatiga olgan bo'lsin..

Qayd etilgan


Nurilla  30 Dekabr 2010, 00:39:09

Lobarxon, intervyuga gap yo'q. 5 baho qo'ydim. Kundaligingizni obkelib ovora bo'lmang, pochtezga yubordim. :-D

Qayd etilgan


Lu`lu`  30 Dekabr 2010, 03:11:39

 :DЛОБАА ХОАИМ,КОТТА А АХМАТ, ЖУДА АЖОЙИБ ЧИКИБДИ.БУ КОБИЛИЯТИАГИЗ БИЛАА ЛА ОЕКТ.ЗИА.СОМ БЛОГИАИ ОЧСЕЗ БУЛАА КАА.СИЗГА КУУУУУУЛ ОМАДЛАА  ТИЛАБ КОЛАМИЗ

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  31 Dekabr 2010, 21:31:37

Noyabr oylarida ChehMik telpon urib qoldi. Ha, desam, "Qonnaysiz?" deydi. "Zo`r" desam, "Qonnay zo`r?" deydi. "E, ezma!" devdim, muddaoga o`tdi: "Shu intervyularni yana davom ettirsak!"...

Rosti bu taklif o`sha paytda menga yoqmagandi uncha. Bir ko`ngil sovigan ishimni boshlashim juda qiyinligi uchun. Shu sababdan "Yo`q, shartmas" desam, ChehMik rosa yalinib turib oldi. Sababini so`rasam, "Ey, uka, BelliQizcha bilan kelishib qo`yuvdim, intervyu olaman deb va`da bergandim. Agar siz rozi bo`lsangiz, shu ishni boshlay qolay, zora baxtim kulib, BelleQizchaga yoqib qolsam bu ishim bilan" dedi.

Bunaqa gapdan keyin ustozga yo`q deya olmadim. Ikki yoshga baxt tiladim. Mayli, faqat meni aralashtirmang deya oldim xolos.

Keyin ancha vaqt forumga kirmagan paytlarimda, bildimki, ChehMik BelleQizchaga sizdan intervyu olaman deb bir chinor ostiga, bir daryo bo`yiga, bir bog`ga uchrashuvga taklif qilibdiyu, ammo va`dasini ustidan chiqmasdan qochib qolibdi…...

Yaxshiyam, baxtimizga LobarAZIZ bor ekan, u BelleQizchaga berilgan va'dani bajarilishiga yaqindan yordam berdi. Rahmat kattakon.

Intervyuni va unga berilgan ta`riflarni o`qib, xursand bo`ldim. Demak, forumdoshlarimizning fikrlari ancha o`zgaribdi… (balki forumdoshlar o`zgargandir). Bunaqa intervyudan keyin, ilgarigidek “"Voy, eshitdilarmi, BelleQizcha, falonchini sevarkan…”", "“Voy sharmanda, qiz bola uyalmasdan shunaqa debdimi?”", “"Shariat bo`yicha..."…” deganga o`xshagan gaplarni aytishadiyov deb o`ylagandim, hayriyat, unday bo'lmadi. Hamma iliq fikr bildirdi. Va hech kim mayda gap qilib o`tirmadi. Barchaga tashakkur….

O`ylab qoldim, agar shunaqa samimiy va iliq munosabat bo`ladigan bo`lsa, unda balki intervyularni yana davom ettirarmiz…...

Agar bu kimlar uchundir qiziq va foydali bo`lsa albatta…...

Qayd etilgan


BelleQizcha  31 Dekabr 2010, 21:50:12

Noyabr oylarida ChehMik telpon urib qoldi. Ha, desam, "Qonnaysiz?" deydi. "Zo`r" desam, "Qonnay zo`r?" deydi. "E, ezma!" devdim, muddaoga o`tdi: "Shu intervyularni yana davom ettirsak!"...

Rosti bu taklif o`sha paytda menga yoqmagandi uncha. Bir ko`ngil sovigan ishimni boshlashim juda qiyinligi uchun. Shu sababdan "Yo`q, shartmas" desam, ChehMik rosa yalinib turib oldi. Sababini so`rasam, "Ey, uka, BelliQizcha bilan kelishib qo`yuvdim, intervyu olaman deb va`da bergandim. Agar siz rozi bo`lsangiz, shu ishni boshlay qolay, zora baxtim kulib, BelleQizchaga yoqib qolsam bu ishim bilan" dedi.

Bunaqa gapdan keyin ustozga yo`q deya olmadim. Ikki yoshga baxt tiladim. Mayli, faqat meni aralashtirmang deya oldim xolos.

Keyin ancha vaqt forumga kirmagan paytlarimda, bildimki, ChehMik BelleQizchaga sizdan intervyu olaman deb bir chinor ostiga, bir daryo bo`yiga, bir bog`ga uchrashuvga taklif qilibdiyu, ammo va`dasini ustidan chiqmasdan qochib qolibdi"¦...

Yaxshiyam, baxtimizga LobarAZIZ bor ekan, u BelleQizchaga berilgan va'dani bajarilishiga yaqindan yordam berdi. Rahmat kattakon.

Intervyuni va unga berilgan ta`riflarni o`qib, xursand bo`ldim. Demak, forumdoshlarimizning fikrlari ancha o`zgaribdi"¦ (balki forumdoshlar o`zgargandir). Bunaqa intervyudan keyin, ilgarigidek "œ"Voy, eshitdilarmi, BelleQizcha, falonchini sevarkan"¦"", ""œVoy sharmanda, qiz bola uyalmasdan shunaqa debdimi?"", "œ"Shariat bo`yicha...""¦" deganga o`xshagan gaplarni aytishadiyov deb o`ylagandim, hayriyat, unday bo'lmadi. Hamma iliq fikr bildirdi. Va hech kim mayda gap qilib o`tirmadi. Barchaga tashakkur"¦.

O`ylab qoldim, agar shunaqa samimiy va iliq munosabat bo`ladigan bo`lsa, unda balki intervyularni yana davom ettirarmiz"¦...

Agar bu kimlar uchundir qiziq va foydali bo`lsa albatta"¦...
Yurist, bu gaplariz uchun o'zi sizga sudga berishim kere.. lekin nickizi o'qib yo'limdan qaytim..
uhum,uhum,Endi mani eshitin...
Birinchidan, chehmik bitta manga mas hamma qizlaga va'da beradi.. manga chinor tagiga digan bo'sa boshqasiga  Terak darahtini yonida ko'rishamiza soat sakkizda dib yururadi.. o'zgaradigan odam mas-u..
endi, chehmik bittirmagan ishi LObarkhon qib qoydilaa bolddi.
ha aytgancha sizam va'da-yu sevgi izhor qilishga chehmikdan kam masiz..
aytishuvdagi qofiyalarizi ko'rdim... odddiy yigit bunaqa sherlarni yozomiydi-yaa...
shu disiz.. yana bir bor.. Ayol kishiga 40 hunar ham oz diganlari rost chiqdi.. erkakasizam bitta ishi qiyib qoydu..
//
endi mani ustimdan kuladiganlaga kese..
odamlar yaxshi ish qisezam yomon ish qisezam gapiradigan bob qolishdi..o'shanaqa odamlaga o'ziz dars beraasiz..
\haa mayli.. nimayam dirdim... bu postlariz gapga bo'gan sevgizi ko'rsatib turibdi..
mayli ikki yoshga omad tiluviza digan gapizga haa mayli etmiy qoya-qolii..
shu disiz mayli endi intervyuni davom ettarmiza..
Lobarkhon charchab qomassalaa ko'chadagi, 1 oyga bir o'kirib keladigan userlardanam olamiza..
haa mayli shu disiz... ikki yosh baxtli bo'sin torimi??tuylariga borib o'ziviza tog'ora ooboroolu



Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  03 Yanvar 2011, 14:17:18

NOMSIZ HIKOYA

Havo biroz sovuq bo’lsada, ammo judayam musaffo edi. Daraxt barglarining shitirlashlari, katta ansambldagi childirmachilarga o’xshab tabiat kuylayotgan katta operaga jo’r bo’layotgandi. Qayerdandir it hurishi eshitilar, unga basma-bas ravishda, xuddi qo’shiqchilar tanlovida yutqazib qo’yishdan qo’rqqandek xo’roz uzundan-uzoq qichqirardi. Ajoyib opera raqssiz bo’lmaydi degandek, osmonda bir gala qushlar uchib o’tishdi. Hali tong otmaganligi sababli nim qorong’ulikda faqat ularning ko’lankalari ko’rindi xolos, xuddi sahnada atayin chiroqlarni o’chirib qo’ygandek taasurot uyg’otardi bu… Tong otishiga yaqin operaga yana qo’shimcha sozandalar jo’r bo’lishdi: yomg’ir yog’a boshladi… Parvona xuddi o’zini olovga urgani kabi, yomg’ir tomchilari ham o’zlarini derazalarga, tomlarga borib urardi. Ulardan chiqayotgan ovoz esa insonning asab tolalarini tinchlashtirish uchun eng yaxshi doridan ham ko’proq foydaliroq edi.
Birdan kuchuklar-u, xo’rozlarning ovozi tinchidi… Aksiga olganday daraxt barglari ham shitirlamay qo’ygandek bo’ldi go’yo… Yomg’ir ham metro bekatiga birrovga kirib kelgan vagondek, darrov jo’nab qoldi… Hammayoqqa bir necha daqiqalik sukunat cho’kdi… Shunda uzoqdan Quyoshning oltin nurlari ko’rindi… Demak tong otmoqda… Tabiat operasidagi solo ijrochisi sahnaga chiqqan edi. Quyosh bu sahnaning haqiqiy hokimi edi.

U erta tongda uyg’onishni yoqtirar edi. Buvisining “Erta tursang kuning barakali o’tadi” degan so’zlari uning qulog’iga qo’rg’oshinday quyilgan edi. Har kuni vaqtli turar, tongning musaffo xavosidan to’yib-to’yib nafas olar, so’ng har kungi odatiga ko’ra 1 stakan qaynatilgan suv ichardi…
Qahramonimiz haqida gapiradigan bo’lsak, u ozg’inroq, ammo bo’yi daroz edi… Yuzi dumaloq, xuddi yopilgan kulchaga o’xshar edi. Lekin nurli, istarali yuz edi… Ko’zlari shunchalik ma’sum ko’rinardiki, uni birinchi marta ko’rgan odam ham uning sodda, ko’nglida kiri yo’q inson ekanligini tahmin qila olardi… U sira yolg’on gapirmas, agar shunday holat bo’lgan taqdirda ham, uning ko’zlari va qizargan yuzi darrov sotib qo’yardi buni… Biroq uni aldash juda oson edi. U hammaga ishonardi. Bu hayotda yomon inson bo’lmasa kerak deb o’ylardi. Shu sababdan barchaning gapini samimiy qabul qilar, buning natijasida ko’p jabr chekardi…
Ha, aytgancha uning ismini aytmabmizku… Uning ismi…


(davomi bor…)

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  03 Yanvar 2011, 14:42:03

NOMSIZ HIKOYA

Havo biroz sovuq bo’lsada, ammo judayam musaffo edi. Daraxt barglarining shitirlashlari, katta ansambldagi childirmachilarga o’xshab tabiat kuylayotgan katta operaga jo’r bo’layotgandi. Qayerdandir it hurishi eshitilar, unga basma-bas ravishda, xuddi qo’shiqchilar tanlovida yutqazib qo’yishdan qo’rqqandek xo’roz uzundan-uzoq qichqirardi. Ajoyib opera raqssiz bo’lmaydi degandek, osmonda bir gala qushlar uchib o’tishdi. Hali tong otmaganligi sababli nim qorong’ulikda faqat ularning ko’lankalari ko’rindi xolos, xuddi sahnada atayin chiroqlarni o’chirib qo’ygandek taasurot uyg’otardi bu"¦ Tong otishiga yaqin operaga yana qo’shimcha sozandalar jo’r bo’lishdi: yomg’ir yog’a boshladi"¦ Parvona xuddi o’zini olovga urgani kabi, yomg’ir tomchilari ham o’zlarini derazalarga, tomlarga borib urardi. Ulardan chiqayotgan ovoz esa insonning asab tolalarini tinchlashtirish uchun eng yaxshi doridan ham ko’proq foydaliroq edi.
Birdan kuchuklar-u, xo’rozlarning ovozi tinchidi"¦ Aksiga olganday daraxt barglari ham shitirlamay qo’ygandek bo’ldi go’yo"¦ Yomg’ir ham metro bekatiga birrovga kirib kelgan vagondek, darrov jo’nab qoldi"¦ Hammayoqqa bir necha daqiqalik sukunat cho’kdi"¦ Shunda uzoqdan Quyoshning oltin nurlari ko’rindi"¦ Demak tong otmoqda"¦ Tabiat operasidagi solo ijrochisi sahnaga chiqqan edi. Quyosh bu sahnaning haqiqiy hokimi edi.

U erta tongda uyg’onishni yoqtirar edi. Buvisining "œErta tursang kuning barakali o’tadi" degan so’zlari uning qulog’iga qo’rg’oshinday quyilgan edi. Har kuni vaqtli turar, tongning musaffo xavosidan to’yib-to’yib nafas olar, so’ng har kungi odatiga ko’ra 1 stakan qaynatilgan suv ichardi"¦
Qahramonimiz haqida gapiradigan bo’lsak, u ozg’inroq, ammo bo’yi daroz edi"¦ Yuzi dumaloq, xuddi yopilgan kulchaga o’xshar edi. Lekin nurli, istarali yuz edi"¦ Ko’zlari shunchalik ma’sum ko’rinardiki, uni birinchi marta ko’rgan odam ham uning sodda, ko’nglida kiri yo’q inson ekanligini tahmin qila olardi"¦ U sira yolg’on gapirmas, agar shunday holat bo’lgan taqdirda ham, uning ko’zlari va qizargan yuzi darrov sotib qo’yardi buni"¦ Biroq uni aldash juda oson edi. U hammaga ishonardi. Bu hayotda yomon inson bo’lmasa kerak deb o’ylardi. Shu sababdan barchaning gapini samimiy qabul qilar, buning natijasida ko’p jabr chekardi"¦
Ha, aytgancha uning ismini aytmabmizku"¦ Uning ismi"¦


(davomi bor"¦)


TITAN edi... yana uning boshqalardan farq qiladigan jihati - o`ta romantik edi. Tunlari oyga termulgancha muhabbatga chayib olingan baytlar yozar, kunduzlari esa xayolga berilgancha ishga sho`ng`ir edi. Aytmoqchi, u xaydovchilik qilardi. Har kuni o`nlab notanish insonlarni manziliga eltib qo`yar, topganiga shukr qilib hayot kechirardi.
- Bolaginam, mana yoshing ham yigirma beshga chiqdi,  sen tengilar allaqachon uylanib, bolalik ham bo`lishdi ahir! Mundoq ichimdagini top deb yuravermasdan, ko`ngling kimda ayt?- buvisi deyarli har tong, TITANni ishga kuzatayotib aytar edi bu gaplarni. U esa go`yo hech nima eshitmaganday, jimgina eshikni berkitib chiqib ketardi.
Nima ham desin ahir? "Ko`ngil qo`yganim bilan internetdagi bir forum orqali tanishganman" desinmi? Ahir buvisi forum tugul, kompyterni ham bilmaydi-ku? Yo "uni hatto ko`rmaganman ham, lekin bir yildan beri g`oyibona gaplashamiz" desinmi? "Ahmoq, ko`rmay turib ham sevish mumkinmi?!" demaydimi eshitgan odam?
TITAN og`ir ho`rsinib, mashina kalitini buradi. Oppoq neksiya  mahzun g`ingshigancha yo`lga tushdi. Mana, yana bir kun boshlandi. Qiziq, bugun kimlar minar ekan bu mashinaga? Svetoforning qizil cirog`i yonib, mashina to`htab ulgurmay oynaga yuzlari burishib, oq sochlari ro`molidan o`rmalab chiqqan lo`li kampir yopishdi. TITAN behos cho`chib, sapchib tushdi.
- Hay o`g`lem, bugun sening baxting ochiladir! Kel, kaftingda fol ko`rib qo`yay!- hirqiroq tovushda dedi lo`li.
- Yo`q, men folga ishonmayman.
- Bekor qilasan...
Lo`li kampir shunday degancha mashinadan uzoqlashdi. "Bugun baxting ohildi dedimi? Tavba..." TITAN lo`li kampirdan eshitgan gaplaridan o`ziga kela olmayotgandi. Baxti ochilarmish... Ahir uning baxti o`zga bir yurtda, yot begona millat orasida yashaytganini u qayan ham bilsin? "Uni ko`rish nasib etarmikin?" o`yladi TITAN. Shu choq institut oldidagi bekatda ko`hlikkina qiz qo`l ko`tardi...
(davomi bor)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  03 Yanvar 2011, 16:40:10

Endi hikoyamizni ChehMik davom ettiradi: (ha, bopladimmi :7)


Erta tursang kuning barakali o'taadi" buvisining gapini ichida takrorlagancha,mashina oynasiga engashgan qizga qarab,

-Qayergga borasiz,singlim?,-dedi.
Qiz "Necha pul berasiz?" degan savolga ham o'rin qoldirmasdan (taksiga muntazam chiqishi natijasida qaysi gapdan so'ng qanaqa gap kelishi yod bo'lib ketgan bo'lsa kerak),shosha-pisha "Chilonzorga,ikki yarim ming so'm " dedi.

-Uch ming bo'ladi,singlim deya,"Uzoq yo'l,benzinning narxi qimmatlashib ketgan,bizda ham oila,uy-ruzg'or bor,ozroq qo'shaqoling" kabi navbatchi so'zlarga endi og'iz juftlamoqchi bo'lgan qahramonimizni ko'p urintirmasdan,qiz darrov Nexianing orqa eshigini ochib,joylashib oldi.

Mashina keng va ravon yo'llardan yelib borar,qiz esa  oynadan har kungi ish,yumushlariga shoshayotgan odamlarni,avtobus to'la talabalarni,yo'l chetidagi kioskasini ochayotgan soqolli amakini,velosipedining orqasidan issiq nonning bug'i chiqib turgan non tashuvchi bolakayni jimgina ko'zlari bilan kuzatib borar,xayolini esa kechagina olgan xatdagi so'zlar qamrab olgandi.Maktubda shunday tahqirona,zardali so'zlar bitilgandi: ....Muhtaram o'quvchidan uzr so'raymizki,"ko'hlikikina qiz" xatdagi so'zlarni endigina eslay boshlagan ham ediki,sumkasidan sho'xchan musiqa sadolari taralib,kimdur uni yo'qlayotganini bildida, maktub va borliqni unutib,sumkasini titkilay boshladi.(Taassufki,"ko'hlikkina qizning" bunchalik o'ychan bo'lib qolishiga sababchi bo'lgan xatda qanday so'zlar bitilgani bizga ham qorong'u bo'lib qoldi,garchi mening ham bu maktubdagi so'zlarni bilishga bo'lgan qiziqishim siznikidan aslo kam bo'lmagan bo'lsada).

Nihoyat,mashina kelishilgan joyga yetib keldi va qiz cho'ntagidan 3 yarim ming so'm olib,yo'l davomida yodimizdan ko'tarilgan qahramonimiz--Titanga tutqazdida,chopqillagancha yerosti yo'li sari yugurib ketdi.

Titan ,"500 so'm ortiqcha beribsizu" degancha qizning orqasidan yuguraman deb turganda,orqa o'rindiqdan yana o'sha sho'x musiqa eshitildiyu qahramonimizning asabiy "Obbooo!" degan so'zi atrofdagi kirakashlaru sotuvchilarning turfa baqiriq-chaqiriqlari orasida eshitilmay ketdi.....


(davomi bor...)

Qayd etilgan