Bundan uch yil avval ishxonada rahbariyatdan zo'rg'a ruxsat olib, magistraturaga o'qishga hujjatlarni topshirgandim. O'zimni Milliy universitetimga topshiray desam, man o'qigan Xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo'nalishi yopilib ketgan, fakultetimizni boshqa yo'nalishlariga esa mani bakalavr diplomimdagi ta'lim shifri to'g'ri kemasmush...
Qayoqqa borishgayam hayron qoldim. O'sha paytda XIM yo'nalishi hamma joydan olib tashlanib faqat Diplomatiya va NarXozda qoldirilgandi adashmasam (undan avval Sharqshunoslik, Milliy, hatto, Islomda ham XIM bor edi)
Shunday qilib, diplomni ko'tarib to'o'g'ri Diplomatiyaga yo'l oldim. Afsuski, qabul komissiyasi diplomiga qarab ham o'tirgani yo'q. Emishki, ular faqat Diplomatiyani bitirganlarni qabul qilisharkan... Bizam soddagina bo'lib, "Ashindeyakandaaa" deb tarvuzni qo'ltig'dan tushireeb ketdik u yerdan.
Xaritamizdagi keyingi joy tabiiyki, NarXoz bo'ldi. Qabul komissiyasi ochered, tirband, hamma o'shayaqqa topshirvottimi diyman... Ishqilib 3 kun diganda navbatim sal yaqinlashib qoldi. O'zimcha XIMga topshirmoqchiman, mandan oldin 10tacha odam bor soat 5 ga yaqinlashib qogan, 6 da esa qabul komissiyasi ishini tugatadi va ertasi kuni oxirgi kun.
Shunaqilib, "bugun topshirolarmikinman" dib o'ylab tursam, bitta amakim foyeda o'rtaga chiqib, e'lon qib qoldila: "Diqqat! Universitetimizda yangi yo'nalish ochildi "Korporativ menejment", topshiradiganlani bezochered qabul qilamiz!!!". Kutvurib charchaganidim, yonlariga borib so'radim "Ta'lim shifrichi? unga qaramiysilami?" Amaki (keyin bilsam u amak qaysidir fakultet dekaniykanla) "Yo'q, farqi yo'q shifrini, iqtisod bo'sa bo'ldi (!)" dedila... Angrayib turgandim, savol berib qoldila: "Ingliz tilini bilasmi?" Uncha-muncha bu tildan xabarim boriydi "Ha" deb javob berdim. "Unda topshirin, nime cho'chiysiz, kak raz siladaka bolla kere! Darslani ko'pi bu yo'nalishda ingliz tilida o'qitiladi"... Ikkilanib qoldim, birinchidan ertaga qogim kemadi, ikkinchidan Korporativ menejment o'zim oldindan qiziqqan soha. Yana darsla ingliz tilida o'qitilsa.... "Nima qilaman XIMni?" deb o'yladim, "to'rt yil shuni o'qiganim yetar..." Amakiga etdim "mana, man topshiraman shu yo'nalishga!". Ulayam xursand bo'p ketdila negadir. Ishqilib, hujjatlani 5 minutga qomiy qabul qivolishdi.
Imtihongayam ozgina qogan.... Bakalavrda korporativ menejment umumiy menejmentni bir qismi sifatida qisqa qilib o'tib ketilgan, uyda o'tirvolib rosa qaytardim o'ziyam..
Ishqilib imtihonlayam o'tdi 3 ta fandan topshirdik, hozir qanaqa imtihon bo'ganiniyam eslagim kemiydi...Ballarim ja yomon bo'madi lekin. Topshirganlayam uncha ko'pmasiydi.
Xullasikalom 20 avgustlada javob chiqadigan bo'ldi... 1-sentabr keldiyamki, darak yo'q javobdan.. har hafta qatnab turibman, aynan korporativ menejmentni javobi yo'q. Hamma yo'nalishlar mandati e'lon qilingan, KM yo'q. Oktabr, noyabr o'tdi... Dekanatga kirsam.."bizayam kutvommiz vazirlikdan, tel. raqamizi qoldirin chiqishi bilan etvoramiz.." deydi... "Xo'p" deyman, kutaman..telefon raqamimniyam kamida 3-4 marta obqolishdi ungacha...
Ashinde cho'zilib, cho'zilib, ishqilib yanvar oyini 20-lari edi adashmasam...borsam KMga kirgan tolibi ilmlar ro'yxati osilib turibdi.
Dunyodagi barcha qiziq narsalani yig'ib kesayam shu ro'yxat hammasidan qiziqroq bo'sa keragooov.. Ro'yxatda yo'nalish bo'yicha qabul qilingan talabalarning ism sharifi turibdi xolos... Na to'plangan ballar, na kirolmagan bechoralani familiyasi bor.....
Dekanatga ko'tarildim.. so'radim "Bu qanaqa ro'yxat? mani familiyam umuman yo'g'u, kiromaganla qani?"... "Familiyezi etin...hmmmm... Fayz..bilasmi, siz ro'yxatda 9-chi bo'p turibsiz, kimdir o'qishni xohlamasa, kontraktni to'lolmasa, sizga xabar beramiz" .. sho'ppayeeeb chiqib ketdim.... e magistraturengayam.... KMingayam... dekanatingayam...digim keldi
Xullas bu voqealar o'tib ketdi. Keyingi yil magistraturaga undan o'lsa o'ligi ortiq joyga o'qishga kirdim, Xudoga shukur, bitiribam oldim. Hozir o'shanda kirmaganimga xursandman qaytaga...
Lekin bir voqea bo'ldi, shu bo'lmaganda bu yerda bu postni qoldirish niyatim yo'q edi...
Bir bola bilan tanishib qoldim.. Gapdan gap chiqib qayerni bitirganini so'rasam... "Iqtisodiyot universitetini KM yo'nalishini magistraturasini" deb qoldi. :-) "Ibi...ha bu.. manam siz kirgan yiliz o'shanga topshirganman", desam, "O'ziz kirmoqchi bo'ganmisiz?" deb so'radi.. "Aha, shundoq bo'ganiydi" dedim..."Kimlar qabul qilinishi oldindan ma'lum ediyu uyoqqa" deb kuldi :-) hmmmm..ehh Usmon, Usmon, dedim ichimda.. Demak haligi Amak reklom qivotganlarida nedobor bo'lib gap eshitib qomiylik, raqobat bo'sin dib man va manga o'xshaganlani qurbonlik keltirvorganakanladeee :-) yaxshi..... juda zo'r
O'sha bolaga etdim: "O'sha yili mandat judaaa cho'zilib ketgandi, yanvarda chiqqandi o'ziyam" disam, yana kulib: "Qiziqmisiz? Mandat 3-sentyabr kuni chiqqan" deb qosa bo'ladimi... ana KMuu, mana XIM yashavor NarXoz, didim ichimda.
O'l-e Usmon, jinni qilib, suvga oborib sug'ormiy obkelishibdi, sanam yurvuribsan ketligidan lo'killaaab...ketgan vaqtimga va mehnatimga achindim....
P.S. Keyin surishtirib bilsam, "9-bo'lib kirdiz" taktikasi hamma shunaqa yo'nalishlarda qo'llanilarkan. "O'zini bosib olsin, janjal ko'tarib yurmasin" deyishsa kerak-da... Shundayam oddiy xalqni o'ylashibdi baraka topkurla