ORAMIZDAGI ZINO  ( 21913 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Hadija  07 Aprel 2009, 17:27:26


Assalomu alaykum azizlar!
Bu mavzuni ochishdan maqsad birovning go’shtini mazza qilib yeyish emas, balki har bir o’zini hurmat qilgan musulmon erkak yoki ayol ko’zini yumib keta olmaydigan bir katta muammoning yechimlarini birgalikda izlashdir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda keng tarqalayotgan illatlarning biri bu zinodir.

To’g’rirog’i u illatlarning peshqadami desam adashmayman. Zino qadim-qadimdan insonlarni faqirlikka tushirib, sog’lig’ini ketkazib, do’zahga yo’llanma olishda yaqindan yordam berib kelgan. Turli davrlarda bu illat bilan jamiyatlar turlicha ko’rashib kelgan. Islom jamiyati bu illat bilan yaratganning yordami bilan mana bir necha asrlardirki ko’rashib kelmoqda. Lekin ammo insonning nafsidek buzuq narsa bor ekan bu illat hali yana qanchadan-qancha odamlarni o’z qul iga aylantirishi mumkin.
Hozirda mamlakatimiz fuqarolari zino botqog’iga qulog’igacha botib ketayapti. Man boshqa din vakillari haqida emas, balki o’zini musulmon hisoblagan va shunga qaramasdan zino quliga aylanayotgan kishilar haqida gapirmoqchi edim. Ularni ajratib olish judayam qiyin: ular biz kabi oddiy kishilar, musulmonchilik amallarini bajaradilar, besh vaqt bo’lmasa ham namoz o’qiydilar, juma va janoza namozlarida ham ishtiroq etadilar, amri-ma’ruf, aqiqalar, islomiy to’ylarda ham bo’ladilar, dasturhondan turayotganda duoi-fotihasiz turmaydilar, ishlarini bismillo deb boshlaydilar. Lekin vaqti bemahal ichkilik ichib, zino ham qilib turadilar.
Ularning qulog’iga zinoning haromligi haqida qanchalik ko’p quysangiz ham, inson sog’lig’iga zarari ko’pligi haqida qanchalik qo’yinib gapirsangiz ham, turli forum va saytlarda, radiodasturlarda, masjidlarda, amri-ma’ruflarda bu mavzuda soatlab gapirilsa ham, gazeta va jurnallar bu mavzuga ko’p marta to’htalsalar ham zino qilishdan qaytadigan odamlar soni kamayishi u yoqda tursin, aksincha ko’paymoqda.

Qayd etilgan


Hadija  07 Aprel 2009, 17:31:24

Zoniyalar bilan ayshu-ishrat qilib yurgan bo’ydoq yig’itga "Nega zino qilasan? Yaratgandan qo’rqmaysanmi? O’zingga shunaqa hotin uchrasa nima qilasan?" - deb so’ralganda, ular kerilib javob beradi: "Bunaqa qizlar bilan kayf qilib, uyda o’tiradigan, ko’cha ko’rmagan qizga o’ylanish kerak, o’ylanganda esa bo’zilgan qizni man ajrata olaman!".
Lekin hozir hech kimga sir emas, tibbiyotda pul uchun hech narsadan qochmaydigan, qizlarga zino qilishi uchun ulkan imkoniyatlar ochib berayotgan ginekolog-vrachlar("œtikuvchilar") bor. Avvaliga o’ylardim, nahotki o’ziga shunaqa kelin kelishi mumkinligidan qo’rqmaydi bular deb. Keyin bitta ginekolog ayolning gapini eshitganimda og’zim ochilib qoldi: "Man mana shu ish orqasidan bir yarim yil ichida DONSli bo’lib oldim. Ularni tushunaman, har bir ayol bahtli bo’lishga haqqi bor. Man ularga imkoniyat yaratib beryapman. Manga pulini yahshi to’lasa buldi, gunohi o’ziga".
Turmushdan qaytgandan so’ng ba’zi ayollar boshqa yallo qilib yurgan zoniyalarga havasi kelib, o’z tanasini birovlar ihtiyoriga bera boshlaydilar. Bunday ayollarni ko’rsam juda ham ichimdan ezilaman. Lekin shunaqa ayollarni yo’ldan urib, zino qilishga da’vat qilayotgan erkaklarchi? "Hey birodar, nega zino qilasan? Ahir bu ishning haromligi va katta gunohligi haqida eshitmaganmisan?" deb qaytarishga harakat qilsak, "Bevani ko’nglini olsang savob bo’ladi!" deb haromni halolga chiqarib, maqtanib ham qo’yishadi.
Man hozir Amir Temur Hiyoboni, Qatorrtol yoki boshqa yerlarda "tirikchilik" qilayotgan zoniyalar haqida gapirmadim. Ko’pchilik erkaklar ularga nafrat bilan qaraydi: "Aqli bor kishi bundaylar bilan uchrashmaydi!" deyishadi. Ular yaratgandan qo’rqqani uchun shunday deyapti deb hursand bo’lib: "Nimaga?" deb so’rayman. Ularning esa: "Bilmaysanmi, kasalning koniku bular, besh minut lazzatdan keyin 100 mingga davolanish - bu ahmoqning ishi, yoki sohta lazzat uchun pul to’lamayman" deb qo’yishadi. Bunday zoniyalardan hazar qiladigan bunday erkaklar o’ziga boshqa "tozasini" topishga intilishi achinarli holdir.
Ha mayli, bu zoniyalarni chetga surib turib, balki o’z mahallalarimizda, ishxonamizda, atrofimizdagi va eng achinarlisi qarindosh-urug’lar orasidagi ma’naviy bo’zilib ketayotgan ayollar haqida gapirmoqchiman. To’g’ri ular o’z badanlarini zoniyalar kabi naqdga ochiqdan-ochiq pullamayotgandir, ammo nafs girdobiga botib ketayotgani, o’ziga sponsor topib olib, "hayot lazzatini" to’liq his qilishga urinayotgani haqiqatdir. Ularning kalta, yelkalari ochiq ko’ylaklari-yu tillo rang sochlari haqida gapirmasam ham bo’ladi. Bu mavzuni siyqasi chiqib ketgan.
Biz bunday ayollarni qaytarishga qanchalik harakat qilmaylik, yonini oladiganlar serob. "Ayol kishi ham tirik jon, uning ham nafsi bor. Nafsini qondirolmay stressda yurgandan ko’ra o’ziga ishonchli bir erkak topib olib, o’sha bilan uchrashib yursa, buni nimasi yomon? Buning ustiga agar toparmon bo’lsa, ayolni kami-ko’stiga yordam beradi" deydi bunday himoyachilar. Bu gaplarni ayollar aytsa tushunishga harakat qilardim, lekin himoyachilarning aksariyati erkaklardir

Qayd etilgan


Hadija  07 Aprel 2009, 17:32:20

***
Hozirgi davrning uddaburon yig’itlari har taraflama ilg’or bo’lish harakatida. Eng yangi modeldagi qimmat sotkalar (albatta "œzolotoy" nomerli bo’lishi kerak — riyo qilmasa bo’lmaydida), chiroyli yangi avtomobillar (nomer bu yerda ham katta ahamiyatga ega), kiyimlarini esa aytmasa ham bo’ladi — modaning ohirgi qichqirig’i va albatta yonida bir go’zal janona. Uni ko’rganda boshqa erkaklarning ko’zi uynab, sulagi okmasa hisobmas. Bunday qizlar qiyinish borasida gollivudning ko’pgina zoniyalariga fora beradilar. Ilgari ko’cha-kuyda shunday qiyingan qiz oldida turib qolgan erkak o’zini chetroq olar edi, "œOdamlar meni u bilan birga ekan deb o’ylashmasin" deb. Hozir esa yig’itlar uchun bunday qiz bilan yonma-yon, quchoqlashib yurish obro’ hisoblanadi. Ba’zilaridan "œBunday zoniyaga qayerda ilashding?" deb so’ralsa, "œE, nima divossiz aka! Uylanadigan qizimku!" deb hafa ham bo’lib qo’yishadi.
Bunday yig’itlarni esa faqatgina "œzamonaviy" hayot tarzida yashayotgan dayuslar ortda qoldirmoqda. "œMani ayolim eng seksualniy" demoqchi bo’lganday jufti haloliga sharmandalarcha kiyinib yurish uchun to’liq erkinlik bergan "œerkaklarni" ko’rganda mo’min kishining sochi tikka turishi hech gap emas. To’ylarga hotinlarini fahsh kiyimda borishiga ruhsat berishadi. Kelin yonidagi yangalarni ko’rgan kishi bir hulosaga kelishi aniq: "œKelin uchun Qatortoldan eskort buyurtma qilingan bo’lsa kerak".
Bunday oilalarda onalar voyaga yetgan o’g’il farzandlari oldida yarim yalang’och kiyinib yurishadi, otalari birgina ichki kiyimda bo’yi yetgan qizlari oldida bemalol yuraverishadi. Qizlar ham onasidan qolishmaydi. Lozim kiyish, ro’mol o’tash, avratlarni berkitib yurish zamonaviy oilalarda eskilik sarqiti hisoblanadi (zamonaviy so’zini yevropalashgan deb tushunishingizni so’rayman). Hamma narsa oiladan boshlanadi, bunday oila farzandlarining anatomiya bilan yaqindan qiziqishi ham...
Ya’ni aytmoqchimanki, zinoga qiziqish o’sib kelayotgan avlod uchun avvalambor oiladan boshlanmoqda: uy ichidagi kiyinish madaniyatining buzuqligi, kabel telekanallari, internet olami, ota-onasi farzandlaridan nomiga berkitib qo’ygan fahsh kinolar kolleksiyasi... Bu sharoitda ko’z zinosi uchun ulkan imkoniyatlar tug’iladi. Ko’z zinosi esa bilishimcha barcha zinolarning onasi hisoblanadi.

Qayd etilgan


Hadija  07 Aprel 2009, 17:34:00

Lekin uyida ahloq-odobni, iymonu-e’tiqodni o’rgatuvchi oilalar ham juda ko’pku dersiz. Yaratganga shukr, albatta ko’p. Bunday oilalar farzandlarini esa zino qopqonlari ko’chada kutib turadi: internet klublari, diskotekalar, "œYangiobod bozori" Fahsh Cheklanmagan Jamiyati!!! Ha-ha, poytahtimizda bir joy borki, u yerda qonun tarafdan ta’qiqlangan fahsh kinolarni bemalol sotib o’tirishadi — huddi bozorda olma sotganday. Yana kim deysizmi? Voyaga yetmagan o’spirinlar! Ularni pornomahsulotlar savdosi uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo’lmasa kerak. Bo’lmasa bemalol og’zini to’ldirib "œOka pornuha bor" deyishmasdi menimcha.
Katta yoshdagi erkaklarni esa zino qopqoni strip-barlar, "œhiyobonlar", saunalar, massajxonalarda kutadi... Musulmon kishiga begona ayol qul ini tekqizishi o’zi bir gunoh, bu yerda esa yarim-yalang’och ayollar yarim-yalang’och erkaklarni massaj qilishadi, agar pulini kelishishsa istagan yerini massaj qilishadi.
Hozir zoniyalar massaj xonalari niqobi ostida nasxonalarni tashkil etib qo’yishgani sir ham bo’lmay qoldi. Uydagi omi ayollar esa "œErim sog’lig’ini tiklayapti, qo’l -oyoq va bellari og’rig’i ancha qoldi-ya!" deb o’zlarini ovutib o’tiradilar. Bunday hordiq chiqargach erkakning kayfiyati chog’, ho’mrayishlari yo’q, yuzidan tabassum yog’iladi, o’z ayoliga sovg’alar keltiradi ("œkompensasiya"). Hotinlari esa hursand. Nomahram ayol erini qanday massaj qilganiga ko’zlarini yumib ketishadi. Ko’pchilik biladiyu, bilmaganga oladi...
Hullas ichimda yig’ilib, yiring bosib yotgan faryodning bir qismini sizlarga so’zlab berdim. Bunday illatlarni butunlay yo’qotishning iloji bo’lmasa ham, qanday qilib kamaytirsa bo’ladi, nima qilish kerak?

Qayd etilgan


Hadija  07 Aprel 2009, 17:45:35

***
Zinoning keng tarqalishi omillari hozirgi kunda juda ko’pdir. Zino balosi bizlarga shu qadar ko’p tuzoqlar qo’yib tashlaganki, bittasidan qochgan kishi ikkinchisiga tushib qolishi mumkin.
Yana bir masala — bu ko’pchiligimiz bilgan transportdagi tiqilinchlik masalasidir. Begim kunlari ertalab odamlar o’qishga, ishga ketayotganlarida yoki kechki payt uylariga qaytayotganlarida vujudga keladigan bu noho’sh holat ko’pchiligimiz uchun begona emas. Man metro haqida gapirmoqchimasman, shukrki, metroda ishlar keragidan ham ortiq tartibli qilib qo’yilgan. Tig’iz paytda har 2-3 minutda vagonlar kelib turadi. Ba’zida undan ham tez. Avtobus va boshqa jamoat transportida esa afsus mutassadi rahbarlar aybi bilan (negaki tig’iz paytda avtobuslar qatnovini ko’paytirishmaydi) turli yoshdagi, turlicha qiyingan va turli din vakillari bir avtobusda tiqilib, sal kam bir-birlariga qapishib qolgan holatda o’z manzillariga zo’rg’a yetib oladilar. Hali onasi o’pmagan qizlar yoki yosh juvonlar nomahram erkaklar quchog’ida ketishga majbur bo’lishyapti.
Ho’sh erkaklarchi, ular ham hijolat! Yahshi kiyingan, atir-upa sepib olgan hushbo’y ayol unga suyanib ketsa-yu fikri buzilmaydi deb o’ylaysizmi? O’zini qo’lga olgan va Allohdan qo’rqqan mo’minlar bo’lsa imkon qadar o’zlarini chetga oladilar. Lekin shu tiqilinch natijasida o’zini tuta olmay g’arbliklar aytganidek "œpetting" bilan shug’ullanayotganlar ozmi? Ba’zan avtobusning u yoki bu boshida "œKuling sinsin sani! Tort qo’lingni! Eee iflos!" degan qattiq gaplarni eshitib qolsam etim jimirlab ketadi. Bu gaplar qilgan ishi uchun aytildimikin yoki bechora bola tuhmatga qoldimi deb o’ylab qolaman. Ho’sh kimdir baqirib beradi, lekin odamlar orasida sharmanda bo’laman deb qo’rqib bunday ifloslikka chidab ketayotgan qizlar ham ko’pku! Ko’p guvohi bo’lganim va eshitganim sababli bu masalaga boshqalariga nisbatan ko’proq urg’u berib yubordim.
Hozir aytadiganlarim esa hiyobonlarda yoki boshqa hilvat joylarda bir-birini ichiga kirib ketay deb o’tirgan yoshlarimizga qaratilgan:

Qayd etilgan


Hadija  07 Aprel 2009, 17:50:10

- Ey birodar! Bu qizni chindan ham yahshi ko’rasan-mi? Yoki o’z nafsingni qondirishdek jirkanch maqsad uchun uni quchog’ingga olib o’tiribsanmi? Darhaqiqat uni sevsang va unga uylanish niyating bo’lsa, nega o’zingni bo’lajak juftu-halolingni odamlar ko’ziga huddi fohishadek qilib ko’rsatayapsan? Nega o’zingni va sevgan insoningni zino quchog’iga tortayapsan? Bunday boshlangan munosabatlar yahshilik bilan tugamasligini nahotki eshitmagansan? Zino qilib qo’yib, keyin uylanish senga va ayolingga qanchadan-qancha la’natlar keltirishini bilasanmi? Agar bunday zino natijasida ayoling homilador bo’lib qolsachi? Zinodan tug’ilgan bola haqidagi achchiq haqiqatni eshitmaganmisan? O’zingni qo’lga ol, bo’lajak ayolingni yoningda fohishadek olib yurmasdan unga bo’lgan muhabbatingni boshqa yo’l bilan isbotlagin! Hilvat yerlarda uchrashib yurmasdan sovchilarni ishga solgin! Bilginki, agar Alloh nasib qilgan bo’lsa, u qiz sening hotining bo’ladi! Shuning uchun yahshilikni niyat qilib, Allohdan so’ragin, so’raganingni beradi albatta!

Qayd etilgan


Hadija  07 Aprel 2009, 17:51:16

- Ey aziz singlim! Sening bu o’tirishingdan oilangdagilar habardormi? Ota-onang, aka-ukalaringni tanishlari ularga "œFalonchi yerda qizingni (singlingni) bir yig’it bilan quchoqlashib, o’pishib o’tirganini kurdim" desa, ularni ahvoli ne kechishini bilmaysanmi? Bunday isnodga har qanday musulmon kishi chidashi juda qiyin, yillar davomida orttirilgan oilang obro’sini bir kunda ko’kka sovurishing haqida hech o’ylab kurdingmi? Bunday habarni eshitib infarkt yoki insult bo’lgan otalar ozmi? Hozirgi bu holating ko’chada"tirikchilik" qilayotgan zoniyalardan qayeri kam, ayta olasanmi? Borib-borib zino tuzog’iga tushib qolishing mumkin bu ketishingda. Nahotki Alloh roziligi uchun halol harakatlar qilib nikoh orqali o’z sevganingga yetishishni imkoni bo’lmasa deb o’ylaysan? Ota-onang roziligini olib, o’zligingni, iffatingni, qadringni saqlab turmushga chiqish niyating yo’qmi? Bilginki agar o’sha yig’it seni haqiqatan ham sevsa, u taklif qilayotgan fahsh ishga yo’q desang ham senga uylanadi, seni tashlab ketmaydi! Aksincha, senga bo’lgan hurmati yanada oshadi! Uylanishga niyat qilib qo’ygan qizi iffatli, hayoli ekanligini bilsa, hayoti davomida o’ziga sodiq bo’lishini tushunib yetadi! Va seni hech kimga berib qo’ymaydi!

Qayd etilgan


Hadija  07 Aprel 2009, 17:53:44

Azizlar, yuqoridagilarni o’qib "œAhir avvaliga zino qilib qo’yib, keyinchalik halol nikohdan o’tib turmush qurib ketganlar ko’pku. Ularning turmushi ham yahshi kechmoqda" deydiganlar topiladi albatta. To’g’ri bunday turmush ko’rganlar ham bor, lekin shu damda O’. Hoshimovning asarida yozilgan er-hotin voqeasi esimga tushib ketdi:

UMR
Tanishdilar...
Sevishdilar...
Turmush qurdilar...
Farzand ko’rdilar...
To’ng’ichi nimjonroq edi. Kasal bo’lib, ko’p kuydirdi...
O’rtanchasi o’yinqaroq edi... Qamalib chiqdi...
Kenjasi qiz edi... Erkaroq o’sdi. Turmushi buzildi...
Bir kuni erkak kechasi uyg’onib ketdi. Uzoq o’ylab yotdi. Qarasa, ayoli ham uyg’oq ekan.
-Onasi, - dedi. - -Dunyoga kelib nima ko’rdik o’zi?
-Bilmasam, - dedi ayoli ho’rsinib...
...Bobotokka borganimda qurib qolgan ikkita darahtni ko’rgandim. Ikkalasi bir-biriga suyaniib turardi...

Shunaqa gaplar, azizlar!......
Bahrom Ismoilzoda

Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  07 Aprel 2009, 22:45:35

                           Ibratli voqiya
bir podshoh borakan  uni bita vaziri buladi u vazir judayam nihoyatda hotibozakan yani u vazir usha paytda QOZI dib yuritilgan uni oldiga qaysiki hotin eridan shikoyat qib kesa u bilan zino qimasdan quymasakan qanaq qib busayam aldab kuynini ob shu ishini qilarkan u shu darajaga boribdi  usha joydagi bazi ayolla atayin shu ish uchun usha qozi oldiga tez tezkeladigan bulishibdi bazilari esa  usha joydagi bazi ayolla atayin shu ish uchun usha qozi oldiga tez tezkeladigan bulishibdi bazilari esa

uzlari bilmagan holda uni domiga tushib qolaveribdi
keyin uni bu ishi podhoshga yetib boribdi keyin podsho uni kuzim bilan kurmagunicha ishomiman dibdi chunki u uni eng yaqin odami vaziri ku keyin bir kuni ayni shu ish bub turganda aygoqchilar podshoni ob kelishibdi  podshi shu ishini ustida uni honasiga kirib hammasini kurib ishonch hosilqibdi keyin uni ZINDONGA TASHABDI u zindonda ancha vaqt utirganda bir kuni uni oldiga uzini hotini uzini ayoli kebdi uni kurishga u ayoli unga bir lagan tuhum borku oddiy tuhum ushani pishirib kebdi yani qaynatib kegande usha bir lagan tuhumlani har hil ranga buyab kegan
usha bir lagan tuhumlani har hil ranga buyab kegan u tuhumlani birortasini rangi hech biriga uhshamas edi  hammasi harhil keyin qozi tuyib yeb buganan keyin unga hotini savol beribdi
hojam hechta tuhum yediz? laganda 38 ta tuhum bugan qozi 24 tasini yedim dibdi : yani u har hil 24 ta rangdadi tuhumni yegan
u bu javobini bergach shunda uning hotini unga bir gap etadi????????? bu Sizga savol
buni savol qilishimdan murod u qozi usha aqli ayolini shu gapidan keyin usha hunarini umuman tashidi shundo aqli ayolim borakan man bilmiy yurganakamman u mani kuzimmi ochdi mani kechirgin dib tiz chukib uni oldida yiglidi usha qozi








Qayd etilgan


Hadija  08 Aprel 2009, 20:16:20

yani u har hil 24 ta rangdadi tuhumni yegan
u bu javobini bergach shunda uning hotini unga bir gap etadi????????? bu Sizga savol
buni savol qilishimdan murod u qozi usha aqli ayolini shu gapidan keyin usha hunarini umuman tashidi shundo aqli ayolim borakan man bilmiy yurganakamman u mani kuzimmi ochdi mani kechirgin dib tiz chukib uni oldida yiglidi usha qozi

 :as:

Tahminiy fikrim bor edi, tuhumlarni ayol bekorga bo'yamagan, ya'ni qozining huzuriga keladigan qiz ayollarni har hil tusda, ularni ko'rib qozining nafsoniy va shahvoniy hislarini uyg'otishini anglagan ayoli qozini to'g'ri tushunganini bildirmoqchi bo'lgandir. Vallohu A'lam

Agarda javobim xato bo'lsa, o'zingiz javobini eta qoling, iltimos? :)

Qayd etilgan