ORAMIZDAGI ZINO  ( 21428 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


UmmatiY_MuhammadiY  26 Oktyabr 2010, 14:30:53

:bsm:

:as:

Аллоҳга тақвода мустаҳкам бслса, бундай иллатлар ва бундай ксз тикишлару ва ҳаё пардалари кстарилишлари ва ибодатни мазаси ҳам бузилмайди. "Иттақуллоҳ ва юаълликумуллоҳ".

Qayd etilgan


yoqutxon  28 Oktyabr 2010, 21:12:04

bejizga aytilmaganidek: Ayol FITNADIR...

:bsm:

:as:

Бу гапизга қсшиламан. Фақат аёл смас бола чақа ҳам шунга киради. Фитна аслида синов. Аллоҳ шу нарсалар билан мусулмон кишини синайди. Қаний ман берган неъматларимга чалғиб мани ссдан чиқарадими ёки йсқми? Аллоҳ барчамизни илмларимизни зиёда қилсин.
Assalom aleykum. Men Olloh Taolo bandalarini hohlagan narsasi bilan sinovdan o'tkazishi mumkinligiga iymon keltiraman.Yuqoridagi postlardagi so'zlarga ham qo'shilaman. Lekin bir narsani aytib o'tmasam bo'lmaydi. Ayol, bola chaqa fitnadir deb  aytilishiga biroz qarshiligim bor.
Ayol deganda men barcha ayollarni tushunaman ayrim ayolarnimas barchasini.Zero har bir insonni dunyoga keltiruvchi mehribon onalar ham Ayoldirlar, Jannat esa onalar oyog'i ostida, payg'ambarimiz Muhammad(s.a.v) keltirgan Haq dinniga birinchi bo'lib iymon keltirgan ham Hadicha onamiz bo'ladilar, ular ham ayoldirlar.Shunday ekan ayol fitnadir deyish biroz noto'g'riroq yoki qo'polroq bo'ladi menimcha .Ayrim ayollar deyilsa to'g'riroq bo'lardi. Keyin ayol va bola chaqa fitna deyilganda huddi dunyo erkaklar uchun  yaralganday tuyg'u uyg'otadi, vaholanki Olloh yonida barcha tengdir va soliha ayol uchun ayrim erkaklar ham sinov bo'lib kelishi mumkinligini ham yoddan chiqarmasligimiz kerak.Hullas bir so'z bilan aytganda men gaplaringizga qarshi emasman, gaplaringizdagi asosiy ma'noni tushundim lekin fikrlaringizni aniqroq va teranroq nazar tashlab bildiringlar. VaAllohu a'lam.

Qayd etilgan


Hadija  05 Noyabr 2010, 16:27:32

Astag'firulloh!!! Quyidagini o'qib hayron qoldim... Manimcha bu bugungi kun hayotimizda sodir bo'lgan voqea bo'lsa kerak

Kelinchakning "SIRI" ochildi!

Adhamga (ismlar o'zgartirilgan) onasi topgan qiz maqul keldi. Uni bir ko'rishdayoq sevib qoldi,

  Qanchalik sevmasin qizni sinashni oldiga  maqsad qilib qo'ydi. To'y kuniga qadar kelin bo'lmish Nigora (ismlar

  o'zgartirilgan), Adham bilan uchrashuvlarga chiqib turdi vanihoyat to'y kuni ham keldi.

   

  Toshkentning Muxtasham restoranida dabdaba bilan o'tkazilgan to'ydan so'ng qizni uyga olib ketdilar.

  To'y kuni kechda Adham Nigorani tashlab og`aynilari bilan ketib qoldi va ketishi oldidan man 1 haftadan so'ng qaytib

  kelaman dedi. Nigora o'qimishlik va ayyora qiz edi. O'zini hech narsa bilmaydigan va tushinmaydigandek ko'rsatar edi.

  Adhamning bunday qilgani Nigoraga yoqmadi.Shunda Nigora arazlab va noz qilgan bo'lib Adahamni qolishiini'so'radi.

  Adham qattiy qaror bilan 1 haftadan so'ng kelishini ikkala tarafning yangalariga aytdi va Adham: man kelgunimga

  qadar Nigora hech qayoqqa bormaydi hattoki mana shu chimildiqdan tashlaqriga ham chiqmaydi deya qattiy buyruq

  berib chiqib ketdi. Oradan 4 kun o'tgach Nigorani qornida qattiq ogriq bo'ldi va uni doktorga olib bormasa bo'lmaydi

  deya qiz tarafning yangasi oyoq tirab turib oldi va Adhamning onasi boshchiligida birag shifohonaga borishdi, u yerda o'zini bokira

  qilgan doktorni yo'q ekanidan afsuslanib nima iqlishni bilmay tongga qadar ogriq bor deya kasalhonada yotib qoldi. Adhamning onasi Zarifa opa Indinga Adham keladi kelganida birga o'zi olib ikelsin deya majburlab Nigora va qizning yangasini uyga olib ketadi. Zarifa opa o'glining naga bunday qilganini tushina olmay sabrsizlik bilan o'glini kutar edi. Vanihoyat roppa rossa 1 hafta bo'ldi va Adham kirib keldi. O'sha tun Adham Nigorani bokira emasligini bildi va kim ekanini nima uchun bunday qilganini so'roqladi.Nigoradan sado ham chiqmas edi, Nigoraning yangasini bundan habar borligi uchun Adham kelgan kuni uyga ketmasam bo'lmaydi deya har hil sabablar ko'rsatib ketib qolgan edi. Tong otdi ertalabdan Adham Nigorani qip yalangoch holda mashinaga o'tqazdi va Nigoraning otasini uyiga yo'l olishdi. Nigora Toshkentning ******* tumanida 9 qavatlik binolarning birinchi qavatida ota-onasi, singlisi va bir ukasi bilan yashar edi. Adham hammani oldida Nigora va uning oilasini sharmanda qilish uchun mashina signalini to'htatmasdan chalib keldi, hamma hayron, kimlardir ertalab sut olgani tushgan, kimlardir bunday mashina signalidan uygonib derazadan qarar edi. Adham mashinani to'htatdi va orqasida kelgan mashinada Adhamning ayrim qarindoshlari va onasi bor edi.Adham qaynotasini chaqirar edi u shunday baqirar ediki butun domdagilar nima bo'ldi ekan deya qarar edi. Nigoraning otasi va to'yga deb kelgan uzoq qarindoshlari va onasi chiqib keldi, shu orada Adham Nigorani qip yalangoch holda mashinadan tortqilab tushirdi va mana bu fohisha qizingni ol deya baqirdi va to'y harajatlarini ikki baribar qilib to'laysan dedi.Nigoraning otasi nima bo'lganini tushinib yetdi va uyga kirib pichoq olib chiqdida birinchi bo'lib Nigoraning onasini hammaning ko'z oldida kekirdagidan so'yib yubordi, hammani qo'rquv bosda kimdur voqea joyidan yiroqlashar, kimdur militciya chaqiringlar deya baqirar edi. Kimdur Nigorani dadasini qo'lini tutib qolishga harakat qilar unday qilmang deya baqirar edi. U orada qo'shnilardan biri Nigoraning ustiga oppoq choyshab yopib qo'ydi. Ota nima qilishini bilmay garang bo'lib qoldi va jon talashib yotgan hotiniga qarab bundan battariga ham arziysan shunday qiz tarbiya qilganing uchun deya hotinini qorniga yana pichoqni ikki martda sayib oldi va o'zini ham qorniga pichoqni tiqdida ohirgi so'zi ana endi voy onam voy otam deb bizni qonimizni kechib yiglagin dedi. Nigoraning otasi ham, onasi ham o'sha joyni o'zida vafot etdilar.

Bunday mudhish voqealar yana qayerlarda sodir bo'layotgandir? Aziz vatandoshim, dindoshim sizning bunga fikringiz qanday?


Qayd etilgan


Foniy  05 Noyabr 2010, 18:05:43

Bunday mudhish voqealar yana qayerlarda sodir bo'layotgandir?

... kuyov yigitning xolasi "kelin" bo`lmishga atab, ko`nglida ming xil  yaxshi niyatlar bilan sovg`a uchun qimmatbaho tilla zanjir xarid qildi,.. va nihoyat to`y kuni ham yetib keldi. Xola o`z jiyanini tabriklab, bo`lajak kelinining peshanasidan o`pib, sovg`a uchun olingan tilla zanjirni o`z qo`llari bilan uning bo`yniga taqib qo`yish niyatida yaqinlashdi. Diliga tugib qo`ygan barcha yaxshi niyatlarini amalga ochirmoqchi bo`lib kelinning yuzini ochdi,.. va karaxt bo`lib qotib qoldi,.. Xolaning ahvolini ta'riflash qiyin edi: "Aytsam tilim kuyar, aytmasam dilim,.."
...xola akusher ginekolog bo`lib, bir haftacha oldin, o`zi bilmagan, tanimagan holda, "yaxshilik" uchun bo`lajak "kelin"ining "yuzini yorug` qilib qo`ygan" edi,..

Manba

Aziz vatandoshim, dindoshim sizning bunga fikringiz qanday?
Qani edi bular afsona (to`qima gaplar) bo`lsa!!!
Bu voqelardan Ota-Onalarining xabarlari yo`q bo`lsa, Ularga achindim.
Ota-Onasini shu holga tushirgan farzandlar esa xor bo`lsin...
Bunday holatlarga tushib qolishdan Ollohning O`zi saqlasin!

Qayd etilgan


lolo  06 Noyabr 2010, 22:24:20

 :as:

Subhanalloh! Hadija keltirgan hikoyadagi kelinning ishi emas, ko'proq kuyovning ishi juda hunuk va juda ahmoqonadir. Kuyovning niyati boshidanoq yaxshi bo'lmagan, birovdan shubhalanish, gumon, payt poylash, bular mo'minni qalbiga yod narsalardir. Bundan tashqari uning kelinni jazolash usuli! Robbimizdan qo'rqaylik bir-birimizni jazolashdan. O'rnakni kimlardan olishni bilaylik. Masalan, sahobalar (Alloh ulardan rozi bo'lsin), Qiyomatda "O'ch olishlik" borligidan qo'rqib biror yomon ish qilib qo'ygan odamni jazolashlikdan qattiq qo'rqishgan. (Shariatga muvofiq jazolar bundan mustasno).

Yana bir gap, birovni gunohini, qilmishini, (ya'ni sirini) ochib, fosh qilib yashasak dinimizdan nima qoladi bizada?! To'g'ri, yolg'on ulkan gunoh, aldanib qolishlik ham og'ir holat, lekin qachon o'zimizda mo'minning sifatlaridan biri bo'lmish - "Kechirimlilik"ni tarbiyalaymiz?! Nega har qando holat bizga berilvatgan vaziyatlar Sinov ekanini his etib yashamaymiz, va bundan Robbimiz rozi bo'ladigan usulda o'tish va chora ko'rishni izlamaymiz?! Birovni fosh etib topgan obro'imiz Jannatga kirg'izadigan yo'llardan biri, deb o'ylaymizmi?

Hikoyada keltirilgan Otaning ishi esa hammasidan oshib tushdi! Qaniyni banda Shirkka qarshi shunday munosabatda bo'la olsa!!! To'g'ri, nomus juda og'ir yuk, lekin bu mehribon Alloh (agar istasa) kechiriladigan gunohlardandir.

Sarlavhaga mos ekan deya hunuk-hunuk voqealarni odamni dilini hira qilib bu yerga qo'ymasligilani iltimos qilardim. Qolaversa bu forumda ziyoli, tarbiyali, iffatli, iymonli musulmonlar qatnashadi. U saytda esa yolg'on ma'lumotlar juda ko'p qo'yiladi. Ular bizga mos emas. Undan ko'ra haqiqattan ham oramizda bo'layotgan aynan - ko'z va quloq zinosiga qarshi kurashilsa yaxshiroq bo'lardi. Musulmonlar bunga negadir oddiy holdek qaraydilar.

Qani forumdoshlar javob berib ko'raylikchi, agent va shunga o'xshash joylarda nomahramlar bn mic.da gap sotish, avatarga o'z rasimini qo'yish, yoki pochtasiga jo'natish va hokazo barcha-barchasini ko'z va quloq' zinosidan boshqa bo'lgan yana qanday nomlarini bilamiz?

Qayd etilgan


lolo  06 Noyabr 2010, 22:41:43

Endi esa yuqorida kelgan Yoqutxonning postiga forumdagi yigitlar juda to'g'ri javoblarni albatta berib o'tishadi, degan hom hayolimni chetga surib qo'ygan holda o'z fikrlarimni bildirib o'tsam.

...Shunday ekan ayol fitnadir deyish biroz noto'g'riroq yoki qo'polroq bo'ladi menimcha .Ayrim ayollar deyilsa to'g'riroq bo'lardi..

Usoma ibn Zayd radiyallohu anhu rivoyat qiladilar: Payg’ambarimiz (sallallohu 'alayhi vasallam) aytdilar: "œO’zimdan keyin erkaklarga hotinlardan ko’ra zararliroq fitna qoldirmadim". (Imom Buxoriy rivoyatlari). Ha, ayol kishi fitnadir, lekin bu so'zni huddi, masalan, "nafs - yomon narsa" deganlaridek tushunish kerak. Nafsni halol yo'l bilan qondirilishi ibodatga aylanganidek, ayollar ham bo'ladiki Jannatlarda Hurlardan g'olib keladilar (ibodatlar va taqvolari tufayli), ulardan afzal bo'ladilar, ba'zi rivoyatlarda "70 ming baravar afzal" deyilgan...

Shuning uchun ham ayol kishi bo'lar-bo'masga ko'chaga chiqavermasligi, chiqqanida ham shariatga muvofiq kiyinishi va o'zini tutishi, hamda umuman hayotning barcha jabhalarida taqvoni birinchi o'ringa qo'yishi lozim. Zero Alloh rozi bo'ladigan barcha narsalar ibodatdir.


 :as:

Qayd etilgan


Muvahhid  26 Dekabr 2010, 09:29:24

«Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki bu buzuqlikdir va eng yomon yo‘ldir» (Al-Isro surasi, 32).

«Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga duo-iltijo qilmaslar va Alloh(o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur» (Furqon, 68-69).

«Zinokor ayol va zinokor erkak - ulardan har birini yuz darradan uringlar...»

Bundan tashqari ular bir yilga shaharlaridan badarg‘a qilinadilar. Bu haqda sahih hadis vorid bo‘lgan.

«Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirguvchi bo‘lsangizlar, Allohning (bu) hukmida (ya'ni, zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan rahm-shafqat (tuyg‘ulari) tutmasin!»

Agar sizlarning Allohga va oxirat kuniga bo‘lgan iymoningiz haqiqiy bo‘lsa, u holda sekinroq yoki kamroq urish bilan Allohning zinokorlarga belgilagan jazosini bekor qilmanglar. Ularga rahmingiz kelmasin. Chunki zinokor rahm-shafqat ko‘rsatishga arzimaydigan yaramas, tuban jinoyatchidir.

«Ularning azoblanishiga bir toifa mo‘minlar guvoh bo‘lsinlar!» (Nur surasi, 2).

Shunda jinoyatchilar ham jisman, ham ruhan qiynaladilar. Boshqalar ham odamlar orasida sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib, bu qabih ishdan o‘zlarini tiyadilar. Chunki ayrimlarga jazolanishdan ko‘ra, sharmanda bo‘lish kuchliroq ta'sir qilishi mumkin.

Ulamolar aytadilar: «Mazkur jazo bo‘ydoq - oila qurmagan zinokorlarga taalluqlidir. Agar zinokorlar oilali yoki ilgari oila qurgan bo‘lishsa, ular toshbo‘ron qilib o‘ldiriladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sunnatlarida bu hukm o‘z ifodasini topgan. Mabodo zinokorlar bu dunyoda jazolarini olmasalar va tavba qilmay o‘lsalar, u dunyoda do‘zaxda olov-qamchilar bilan azoblanadilar».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Zinokor zino qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida zino qiladi. O‘g‘ri o‘g‘rilik qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida o‘g‘rilik qiladi. (Ichuvchi) xamr ichayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida ichadi» (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Agar kishi zino qilsa, iymon undan chiqadi va unga soyabon kabi bo‘ladi. Agar (zinodan) bosh tortsa, iymon unga qaytadi» (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki zino qilsa yoki xamr ichsa, xuddi inson boshidan ko‘ylagini yechib olgandek, Alloh undan iymonni yechib oladi» (Hokim rivoyati, sahih hadis).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamga qiyomat kunida Alloh gapirmaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi, ularga qaramaydi va ularga alamli azob bo‘lur. (Ular) zinokor qariya, yolg‘onchi podshoh va mutakabbir kambag‘al» (Muslim, Nasoiy rivoyati).

Samura ibn Jundab roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tush ko‘rdilar. U zotning oldilariga Jabroil va Mikoil alayhissalomlar kelishdi. Nabiy aytadilar: «Yo‘lga tushdik va tandirga o‘xshagan narsa oldiga keldik. Undan shovqin-suron eshitilib turardi. Qarasak, uning ichida yalong‘och erkak va ayollar bor ekan. Ularga taglaridan olov kelib turarkan. Olov kelganda, qichqirar edilar... Tandirga o‘xshagan bino ichidagi yalong‘och erkak-ayollar zinokor erkak-ayollardir» (Buxoriy rivoyati).

Zinokorlar qiyomatga qadar mazkur azobga giriftor bo‘lurlar.

Allohdan afv va ofiyat tilaymiz.

Ato (rahimahulloh) jahannam haqidagi: «Uning yettita darvozasi bo‘lur» (Hijr surasi, 44), oyatining tafsirida shunday deydilar: «Bu darvozalarning eng g‘am-tashvishlisi, qayg‘ulisi, eng issig‘i va eng badbo‘yi - bilaturib zino qilgan zinokorlar kiradigan darvozadir».

Makhul Dimashqiy (rahimahulloh) aytadilar: «Do‘zax ahliga juda ham badbo‘y hid keladi. Shunda ular: «Biz bu hiddan ko‘ra sassiqroq, badbo‘yroq hidni hidlamagan edik», deyishadi. Ularga: «Bu zinokorlar farjlarining hididir», deyiladi.

Tafsir imomlaridan biri Ibn Zayd (rahimahulloh) aytganlar: «Aniqki, zinokorlar farjlarining hidi do‘zax ahliga ozor beradi».

Rivoyat qilishlaricha, shayton qo‘shinlarini yer yuziga yubora turib: «Qaysi biringiz bir musulmonni yo‘ldan ozdirsangiz, uning boshiga toj kiydiraman», deydi. Ularning eng fitnakorrog‘i shaytonga eng yaqini bo‘ladi va uning oldiga kelib: «Falonchini vasvasa qilavergan edim, oxiri xotinini taloq qildi», deydi. Shayton: «Hech ish qilmabsan, u yaqinda boshqasiga uylanib oladi», deydi. So‘ng boshqasi kelib: «Falonchini vasvasa qilavergan edim, oxiri uni birodari bilan urishtirib qo‘ydim», deganida, u: «Hech ish qilmabsan, yaqinda qaytadan yarashib oladi», deydi. So‘ngra boshqasi kelib: «Falonchini tinmay vasvasa qilgan edim, oxiri u zino qildi», deydi. Shayton: «Juda zo‘r ish qilibsan», deb uni yoniga chorlaydi va boshiga toj kiydiradi. Shayton va qo‘shinlarining yomonligidan Alloh saqlasin.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Iymon bir libosdirki, Alloh uni xohlagan kimsasiga kiydiradi. Agar banda zino qilsa, undan libos yechib olinadi. Bordi-yu tavba qilsa, unga (iymon libosi) qaytariladi» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim ichkilikka mukkasidan ketgan holda vafot etsa, Alloh azza va jalla uni «Guvta» daryosidan sug‘oradi», dedilar. «Guvta» daryosi nima?» deb so‘rashdi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «U fohishalarning farjlaridan oqadigan daryo bo‘lib, uning badbo‘yi do‘zax ahliga ozor beradi», dedilar» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).

Ya'ni, do‘zaxda fohishalarning farjlaridan qon, yiring oqadi. So‘ng mast qiluvchi ichimlikni ichishga odatlanib qolgan kimsalar shu jirkanch ichimlik bilan «siylanadilar».

Rivoyat qilishlaricha, jahannamdagi bir vodiyda ilonlar bo‘ladi. Har bir ilonning yo‘g‘onligi tuyaning bo‘ynidek bo‘lib, ular namozni tark qiluvchilarni chaqadilar. Ularning zahari inson jismida yetmish yil o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. So‘ng uning go‘shtlari shalvirab tushadi. Jahannamda «Jubbul huzn» (qayg‘u o‘rasi) deb nomlangan yana bir vodiy bo‘lib, u ilon va chayonlar makonidir. Har chayon xachirdek keladi. Uning yetmishta nishi bo‘lib, har bir nishi zaharga to‘la. U zinokorni chaqib zaharlaydi. Uning og‘rig‘i ming yil azob beradi. So‘ng zinokorning go‘shtlari titilib, farjidan qon, yiring oqadi. Rivoyatlarda kelganki, kim oilali ayol bilan zino qilsa, ularning har ikkisiga qabrda butun islom ummatiga beriladigan azobning yarmi beriladi. Qiyomatda esa Alloh taolo ayolning eri foydasiga hukm qiladi.

Mazkur holat er bu ishdan bexabar bo‘lgan taqdirda ro‘y beradi. Agar erning xabari bo‘lsa-yu, sukut saqlasa, e'tibor bermasa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Chunki Alloh taolo jannat darvozasiga: «Sen dayusga haromsan», deb yozib qo‘ygan.

Ahli oilasining fahsh-buzuqlik qilishini bilaturib, sukut saqlaydigan va rashk-or qilmaydigan kimsa dayus hisoblanadi.

Rivoyat qilishlaricha, kimki o‘ziga halol bo‘lmagan ayolni shahvat bilan ushlasa, qiyomat kunida qo‘li bo‘yniga bog‘langan holda keladi. Agar o‘psa, lablari olovda qirqiladi. Bordi-yu zino qilsa, qiyomat kunida sonlari tilga kiradi-da, uning zarariga guvohlik beradi: «Men haromga mindim», deydi. Shunda Alloh taolo unga g‘azab ko‘zi bilan qaraydi. Bu qarashdan bandanidagi go‘shtlar erib tushadi. U sarkashlik qilib: «Men bu ishni qilmaganman», deydi. Unga qarshi tili guvohlik berib: «Men halol bo‘lmagan so‘zlarni so‘zlaganman», deydi. Qo‘llari: «Men haromni ushlaganman», desa, ko‘zlari: «Men haromga nazar tashlaganman», deydi. Oyoqlari: «Men halol bo‘lmagan ishga yurib borganman», deydi va farji: «Men qilganman», deydi. Yelkasidagi farishtalardan biri: «Men eshitganman», desa, ikkinchisi: «Men yozganman», deydi. Alloh taolo: «Men bilib, uni yashirganman», deydi. So‘ngra farishtalarga: «Uni ushlanglar va azobimdan tottiringlar. Darhaqiqat, behayo kimsaga g‘azabim kuchaydi», deb buyuradi. Quyidagi oyati karima bu fikrni tasdiqlaydi:

«U kunda - qiyomatda qilib o‘tgan (amallari) sababli ularning tillari ham, qo‘l va oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur» (Nur surasi, 24).

Ayrim zinolar boshqalaridan ulkandir: kishining onasi, opa-singlisi yoki boshqa mahrami bilan qilgan zinosi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki mahramiga yaqinlik qilsa, o‘ldiringlar» (Imom Ahmad rivoyati).

Barro roziyallohu anhu aytadilar: «Tugun ko‘tarib kelayotgan amakimni uchratib qoldim. U kishidan: «Yo‘l bo‘lsin?» deb so‘ragan edim: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni otasining xotiniga (ya'ni, o‘gay onasiga) uylangan kimsaning oldiga yubordilar va uning bo‘ynini chopib, molini olishimni buyurdilar», deya javob berdilar» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Qayd etilgan


Sevdo  26 Dekabr 2010, 10:25:39


Assalomu alaykum azizlar!
Bu mavzuni ochishdan maqsad birovning go’shtini mazza qilib yeyish emas, balki har bir o’zini hurmat qilgan musulmon erkak yoki ayol ko’zini yumib keta olmaydigan bir katta muammoning yechimlarini birgalikda izlashdir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda keng tarqalayotgan illatlarning biri bu zinodir.

To’g’rirog’i u illatlarning peshqadami desam adashmayman. Zino qadim-qadimdan insonlarni faqirlikka tushirib, sog’lig’ini ketkazib, do’zahga yo’llanma olishda yaqindan yordam berib kelgan. Turli davrlarda bu illat bilan jamiyatlar turlicha ko’rashib kelgan. Islom jamiyati bu illat bilan yaratganning yordami bilan mana bir necha asrlardirki ko’rashib kelmoqda. Lekin ammo insonning nafsidek buzuq narsa bor ekan bu illat hali yana qanchadan-qancha odamlarni o’z qul iga aylantirishi mumkin.
Hozirda mamlakatimiz fuqarolari zino botqog’iga qulog’igacha botib ketayapti. Man boshqa din vakillari haqida emas, balki o’zini musulmon hisoblagan va shunga qaramasdan zino quliga aylanayotgan kishilar haqida gapirmoqchi edim. Ularni ajratib olish judayam qiyin: ular biz kabi oddiy kishilar, musulmonchilik amallarini bajaradilar, besh vaqt bo’lmasa ham namoz o’qiydilar, juma va janoza namozlarida ham ishtiroq etadilar, amri-ma’ruf, aqiqalar, islomiy to’ylarda ham bo’ladilar, dasturhondan turayotganda duoi-fotihasiz turmaydilar, ishlarini bismillo deb boshlaydilar. Lekin vaqti bemahal ichkilik ichib, zino ham qilib turadilar.
Ularning qulog’iga zinoning haromligi haqida qanchalik ko’p quysangiz ham, inson sog’lig’iga zarari ko’pligi haqida qanchalik qo’yinib gapirsangiz ham, turli forum va saytlarda, radiodasturlarda, masjidlarda, amri-ma’ruflarda bu mavzuda soatlab gapirilsa ham, gazeta va jurnallar bu mavzuga ko’p marta to’htalsalar ham zino qilishdan qaytadigan odamlar soni kamayishi u yoqda tursin, aksincha ko’paymoqda.

Ming afsuslar bo'lsinki bu haq gap,zino bugun oddiy holdek go'yo',nomahramga wahvoniy nazar tawlaw qancalik gunohu,zinoniku aytmaylik.Ammo negadur qalblar g'ofil bundan.Allohim o'zi hidoyatgan bowlasin hammani,iymonini ziyoda qilsin har bir Musulmonni.

Qayd etilgan