Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 749426 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 155 B


jasonnur  08 Aprel 2009, 16:43:18

A.A

bu yerda,hayolga kelgan,lekin hayolga sig'masdan, telefondagi NOTES degan joyga jo'natilgan kundalik fikchalar,kuzatuvlar,she'rsipat misralar o'rin oladi...
 

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 Aprel 2009, 05:12:24

yaqinda uyda yer ag'darayotgandim, qarasam katakdan 1ta ko'k tovuq chiqib ketibdi
(uyda 2ta katak bor)..oborib sopqo'ydim joyiga...birozdan keyin yana chiqib ketibdi...qayerdan chiqyaptikan deb rosa aylanib qaradim,hech topolmadim,sopqo'ydim....3chi marta yana chiqib ketdi,maniyam jahlim chiqib ketdida,shartta ushlab,2chi katakka oborob tiqib qo'ydim...bechora ko'k tovuqning holiga uyimizda yo'q maymunlar yig'lay boshladi, bu katakdagi 3ta tovuq hech kun bermas,cho'qir,tepar, ovqat yegani qo'ymas,xullas kun bermadi...kun kech bo'luvurgandan keyin rahmim kepketdida,endi tavbasiga tayangandir,yana joyiga oborib sopqo'ysam chiqib ketmasa k-k bu yerdagi ahvolni ko'rib deb o'yladimda,ushlab,avvalgi katagiga sopqo'ydim..endi o'z katagini qadrini sezdi tovuq,endi hecham chiqib ketmaydi deb mamnun izimga qaytdim,bir ozdan keyin ne ko'z b-n ko'rayki,haligi ko'k tovuq hovlida bemalol sayr qilib yuribdi..... :o tovuqmiya
Qissadan hissa
odamlarni tovuqmiya deb haqoratlaymiz,ularni yuqoridagi tovuqqa qiyos qilamiz,aslida o'sha tovuqlarni INSONMIYA deb haqorat qilish kerak.sababi, bu--bir tovuq,aqli,ongi insonnikiday emas,kirma degan joyga kirmaslikni balki insonday tez tushinib,anglab ololmas...Insonchi inson? Bir marta gunoh ish qiladi, shuni xatoligini o'z vaqtida tuhsunadi,anglaydi,2chi marta qilmaslikni ham anglab turadi,lekin o'sha ishni yana bir marta qiladi...yana tavba,yana gunoh,yana va yana....Inson tovuqdan qanchalik dono inson tovuqdan ham battar ahmoq, he Insonmiya :)

Ma'noli fikrlar. Lekin bilasizmi, yozganlaringiz O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ini eslatib yubordi. Uslubi ham, misol keltirilishi ham....

Nima bo'lganda ham "otni qamchilayvering". Insha Alloh avval-boshda taqlid, keyinchalik tadqiq, undan keyin menga o'xshab tanqidga ham qo'l urib qolasiz.

P.S. Agar off-top ga o'xshab qolgan bo'lsa, ma'zur tutasiz. 

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 Aprel 2009, 05:16:13

Ha-ya, uzr. Yana bezovta qilyapman. Mana shu mavzungizning nomini to'g'rilab qo'ying, birodar.  Ya'ni Hayolga Sig'magan Hayollar... emas, balki Xayolga Sig'magan Xayollar... qilib qo'ysangiz. Bu mening qoidam emas, imlo qoidasi. Bu borada Shoir akam ham ko'p jon kuydiradilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  09 Aprel 2009, 19:13:50

Birodar, inobatga olaman debsiz-y, baribir inobatga olmabsiz.

lekin 2chi postizzi inobatga olamiz
ps.MA ga atalgan gaplar tugadi

Ha-ya, uzr. Yana bezovta qilyapman. Mana shu mavzungizning nomini to'g'rilab qo'ying, birodar.  Ya'ni Hayolga Sig'magan Hayollar... emas, balki Xayolga Sig'magan Xayollar... qilib qo'ysangiz. Bu mening qoidam emas, imlo qoidasi. Bu borada Shoir akam ham ko'p jon kuydiradilar.

Endi kutamiz.

Qayd etilgan


Hadija  09 Aprel 2009, 19:57:02

 :as:

Alloh boshlagan ishingizni rivojini bersin.

Shu o'rinda yaqindagina kuzatib turganim ayni damda hayolimga kelganini yozmoqchiman.
Ishhonam yaqinida 2 ta to'yxona va sal yurganda yo'lning narigi betida masjid bor. Buni qarang-ki, ayni kelin kelib to'y boshlanishi bilan A'zon ham aytildi. Ajib, bir yoqdan, dunyoviy to'y, o'yin kulgi vaqti, dunyo lazzatidan bahra ol, o'ynab kulib qol deb karnay-surnaylar b-n chaqirilsa. Ikkinchi yoqdan, Najotga shoshiling, Alloh tomonga shoshiling deb a'zon aytilmoqda...

Qayd etilgan


Chustiy  12 Aprel 2009, 01:55:07

 :as:
Хорманг снди тақсир, хизматлар билан чарчамай юрибсизми?
Блоглар моро бссин.  :D

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Aprel 2009, 14:36:23


Qayd etilgan


Muzayyana  14 Aprel 2009, 11:27:59

TV muhbir bir san'atkot opamizdan intervyu olayapti:
Shunda opamiz san'at tufayli eri bilan ajrashib, oilani tashlab qishloqdan shaharga kelganligini aytdi, kulib! Keyin bo'lsa, qishloqqa 3 yoshli o'g'ilchasini tashlab kelgan ekan. Har-harda qishloqqa borsa o'z o'g'li uni tanimasligini aytib, xandon otib kuldi!
Astag'firulloyu bu naxotki kuladigan holat bo'lsa a?!
U kishiga bir "aqlli" san'atkor opalari "donolarcha" quyidagi maslahatni beribdilar.
"San'atkor odam, faqat san'atni o'ylashi kerak!"
Agar mana shu ayol 40-50 yilgi keyingi ahvolini o'ylasa o'g'li uni tanimayaotganiga yig'lardi.Beldan quvvati ketib, bir piyola issiq choy va bir burda nonga zor bo'ladigan kunlar ham kelishi mumkinliginim o'ylaganda edi, aslo bu holatga kulmagan bo'lar edi...

Qayd etilgan


Hadija  14 Aprel 2009, 15:20:03

PS: Muslimaaxonni grimda tanimayroq turibman....

 :as:

grimda emasman, tanimasdligingiz esa tabiiy.

Yaqinda Qur'onning An'om su'rasida, Alloh isrof qilguvchilarni suymas degan so'zlarni o'qib, eshitib qoldim. Shunda o'yladim, bugungi kun insonlari, ya'ni bizlar qanchalik tejamkormiz?!

Qayd etilgan


ibnUyayna  16 Aprel 2009, 14:19:59

[quote author=Musannif Adham

Ma'noli fikrlar. Lekin bilasizmi, yozganlaringiz O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ini eslatib yubordi. Uslubi ham, misol keltirilishi ham....

Nima bo'lganda ham "otni qamchilayvering". Insha Alloh avval-boshda taqlid, keyinchalik tadqiq, undan keyin menga o'xshab tanqidga ham qo'l urib qolasiz.

P.S. Agar off-top ga o'xshab qolgan bo'lsa, ma'zur tutasiz. 
bilaszmi,O'tkir Hoshimovni o'sha kitobini o'qib chiqqanman va ko'pchilik fikrlarimanga yoqmagan (misol uchun,1ta shohning 100ta mulozimi shohning ro'molchasi jarga tushib ketganda orqasidan hammasi jarga sakragani)...Taqlid masalasiga kesak...balki o'xshashligi bordir,chunki janri bir xil (agar A.Muxtorni Tundaliklar degan asarini o'qigan bo'lsangiz Hoshimovni Asqad Muxtordan ko'chirgan deb o'ylashiz mumkin--sababi bir xil janr)...odam o'ziga yoqqan fikrlarga yoki yoqqan shaxsga taqlid qiladi,Hoshimov esa manga--lavlagi :D (ya'ni lavlagini yoqtirmayman)..
lekin 2chi postizzi inobatga olamiz
ps.MA ga atalgan gaplar tugadi
endi yana kundalik kuzatuvlarga qaytamiz
musor (axlat), shtraf, Xudo? Bu so'zlar o'rtasida qanday bog'liklik bor deb o'ylaysiz?
Avvallari devorlarga musor to'kmang! shtraf 5000so'm deb yozilgan yozuvlarga kozim ko'p tushardi,lekin o'sha so'zni tagida bir uyum axlat yotardi...
Keyinchalikmusor to'kmang! shtraf 50000so'm deb yozishdi,lekin bir traktorga sig'adigan musor turardi yozuvga tirjayib....
yaqinda e'tibor berib qarasam yangi yozuv chiqibdi musor to'kkan Xudodan topsin,ne ajabki axlat to'lib, sasib bijg'ib yotadigan joy---top-toza....
Qissadan hissa
Xudodan qo'rqish---xalqimizga xos odat, xudodan qo'rq,xudodan top desa ichida bir titroq kechgan....
Xudodan qo'rqmaslik---buyam xalqimizga singgib borayotgan bir illat...(ertaga xudodan top degan yozuvni tagi ham axlatga to'la bo'lsa hech ajablanmayman)

[/quote]
 
    Assalamu alaykum wr wb!
gaplarizga qo`shilaman Chehmik.Manam shu yozuvchi shoirlar haqida 1 nimala yozmoqchidim,ilhom kepqoganda yozarman.

Qayd etilgan