Umumiy bo'lim > Forumchilar blogi
Xayolga Sig'magan Xayollar...
jasonnur:
A.A
bu yerda,hayolga kelgan,lekin hayolga sig'masdan, telefondagi NOTES degan joyga jo'natilgan kundalik fikchalar,kuzatuvlar,she'rsipat misralar o'rin oladi...
Musannif Adham:
--- Iqtibos: ChehMik 08 Aprel 2009, 16:56:37 ---yaqinda uyda yer ag'darayotgandim, qarasam katakdan 1ta ko'k tovuq chiqib ketibdi
(uyda 2ta katak bor)..oborib sopqo'ydim joyiga...birozdan keyin yana chiqib ketibdi...qayerdan chiqyaptikan deb rosa aylanib qaradim,hech topolmadim,sopqo'ydim....3chi marta yana chiqib ketdi,maniyam jahlim chiqib ketdida,shartta ushlab,2chi katakka oborob tiqib qo'ydim...bechora ko'k tovuqning holiga uyimizda yo'q maymunlar yig'lay boshladi, bu katakdagi 3ta tovuq hech kun bermas,cho'qir,tepar, ovqat yegani qo'ymas,xullas kun bermadi...kun kech bo'luvurgandan keyin rahmim kepketdida,endi tavbasiga tayangandir,yana joyiga oborib sopqo'ysam chiqib ketmasa k-k bu yerdagi ahvolni ko'rib deb o'yladimda,ushlab,avvalgi katagiga sopqo'ydim..endi o'z katagini qadrini sezdi tovuq,endi hecham chiqib ketmaydi deb mamnun izimga qaytdim,bir ozdan keyin ne ko'z b-n ko'rayki,haligi ko'k tovuq hovlida bemalol sayr qilib yuribdi..... :o tovuqmiya
Qissadan hissa
odamlarni tovuqmiya deb haqoratlaymiz,ularni yuqoridagi tovuqqa qiyos qilamiz,aslida o'sha tovuqlarni INSONMIYA deb haqorat qilish kerak.sababi, bu--bir tovuq,aqli,ongi insonnikiday emas,kirma degan joyga kirmaslikni balki insonday tez tushinib,anglab ololmas...Insonchi inson? Bir marta gunoh ish qiladi, shuni xatoligini o'z vaqtida tuhsunadi,anglaydi,2chi marta qilmaslikni ham anglab turadi,lekin o'sha ishni yana bir marta qiladi...yana tavba,yana gunoh,yana va yana....Inson tovuqdan qanchalik dono inson tovuqdan ham battar ahmoq, he Insonmiya :)
--- End quote ---
Ma'noli fikrlar. Lekin bilasizmi, yozganlaringiz O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ini eslatib yubordi. Uslubi ham, misol keltirilishi ham....
Nima bo'lganda ham "otni qamchilayvering". Insha Alloh avval-boshda taqlid, keyinchalik tadqiq, undan keyin menga o'xshab tanqidga ham qo'l urib qolasiz.
P.S. Agar off-top ga o'xshab qolgan bo'lsa, ma'zur tutasiz.
Musannif Adham:
Ha-ya, uzr. Yana bezovta qilyapman. Mana shu mavzungizning nomini to'g'rilab qo'ying, birodar. Ya'ni Hayolga Sig'magan Hayollar... emas, balki Xayolga Sig'magan Xayollar... qilib qo'ysangiz. Bu mening qoidam emas, imlo qoidasi. Bu borada Shoir akam ham ko'p jon kuydiradilar.
Musannif Adham:
Birodar, inobatga olaman debsiz-y, baribir inobatga olmabsiz.
--- Iqtibos: ChehMik 09 Aprel 2009, 11:28:10 ---
lekin 2chi postizzi inobatga olamiz
ps.MA ga atalgan gaplar tugadi
--- End quote ---
--- Iqtibos: Musannif Adham 09 Aprel 2009, 05:16:13 ---Ha-ya, uzr. Yana bezovta qilyapman. Mana shu mavzungizning nomini to'g'rilab qo'ying, birodar. Ya'ni Hayolga Sig'magan Hayollar... emas, balki Xayolga Sig'magan Xayollar... qilib qo'ysangiz. Bu mening qoidam emas, imlo qoidasi. Bu borada Shoir akam ham ko'p jon kuydiradilar.
--- End quote ---
Endi kutamiz.
Hadija:
:as:
Alloh boshlagan ishingizni rivojini bersin.
Shu o'rinda yaqindagina kuzatib turganim ayni damda hayolimga kelganini yozmoqchiman.
Ishhonam yaqinida 2 ta to'yxona va sal yurganda yo'lning narigi betida masjid bor. Buni qarang-ki, ayni kelin kelib to'y boshlanishi bilan A'zon ham aytildi. Ajib, bir yoqdan, dunyoviy to'y, o'yin kulgi vaqti, dunyo lazzatidan bahra ol, o'ynab kulib qol deb karnay-surnaylar b-n chaqirilsa. Ikkinchi yoqdan, Najotga shoshiling, Alloh tomonga shoshiling deb a'zon aytilmoqda...
Navigation
[0] Message Index
[#] Next page
Go to full version