Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 749376 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 ... 155 B


Mahdiyah  07 Oktyabr 2009, 10:48:24

Biz Vatanni nimaga sevamiz?

Gohida uni yomonlaganlarga qarshi chiqdik...
Gohida boshqalarga qo'shilishib uni yomonladik...
Gohida esa uni so'kdik...
Gohida sha'niga turli so'zlarni "ayamadik"...

Musofir bo'lsa inson shu o'zi so'kkan Vatanini sog'inarkan...
Shu Vatan dib "o'tirib" chiqqan bo'lsa ham...
Shu Vatan dib qancha qanchasidan ayrilgan bo'lsa ham...
Shu Vatanni dib qancha balolarga uchragan bo'lsa ham...

Chunki shu Vatanning havosidan nafas olib katta bo'lgan...,
shu Vatanda ilk so'zi chiqqan...
shu Vatanning nonini yeb katta bo'lgan...
shu Vatanning ko'chalarida urinib-qoqinib katta bo'lgan...,
shu Vatan devorlarida uning kulgulariga guvoh bo'lgan...,
shu Vatanning tuprog'iga ko'z yoshlari tushgan....,
shu Vatanda ota-onasi bilan eng go'zal damlarni kechirgan...

U bizdan voz kechsa ham biz kecha olmaymiz!
U bizni rad etib haydasa ham, hafa bo'lamizu, lek baribir voz kecha olmaymiz...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Oktyabr 2009, 12:48:52

Kecha bir ajoyib namunali din-diyonatli islom ayli haqida Imomlarimizdan birining ma'ruzasini eshitdim. Eshitdimu lol qoldim, to'g'risi qoyil qoldim o'sha sahobaning ayoliga uning dinga bo'lgan qarashiga, hurmatiga va etiqodiga. Siz ham bir o'qib ko'ringa.

Kunlardan bir kuni bir sahoba safarga ketishi oldidan ayoliga qarab:
-Men uydan bir necha oyga ketayapman. Kelgunimcha biron joyga chiqmagin. Uyda o'tirgin. Men shuni xohlayman debdi va yo'lga ravona bo'libdi.
Kunlar o'tibdi bir kuni sahobaning ayolining oldiga uyidan xabar kelibdi. "Otangiz kasal og'rib qoldi" borib bir ko'rib keling" degan xabar. Shunda u ayol:
-Borib otamga ayting men borolmayman. Erim menga hech joyga chiqmagin deb tayinlab ketgan. Shuning uchun erimning ruxsatisiz men borolmayman dedilar va xabarchini jo'natib yuboribdilar.

yana bir ikki kun o'tgach xabarchi yana kelibdi va debdi:
-Otangiz g'arg'ara hjoliga tushdi, borib ko'rmasangiz bo'lmaydi. Tilida faqat sizning ismingiz boshqa hech narsa deyaolmayapdi yuring borib ko'ring.
Shunda u ayol o'ylanib qolibdi. Nima qilsam ekan, otamni borib ko'ray desam erim hech qaerga chiqma degan, agar otamni borib ko'rsam erimga itoatsizlik qilgan bo'laman deb qattiq siqilibdi. Shunda haligi xabarchi "Yuring otangizni shunday paytda borib ko'ring, axir eringiz buni tushinar" debdi.
Shunda ayol:
-Erimku hech narsa demaydi, lekin shariat nima deydi, din nima deydi?-dedilar va xabarchiga xat yozib berdilar va bu xatni Rasululloh s.a.v ga oborib ko'rsating nima derkan dedilar. Xabarchi xatni olib ketdilar va Rasululloh s.a.v ning huzuriga olib kelib ko'rsatdi. Xatni o'qib Rasululloh s.a.v "U ayolga ayting erining aytganini qilsin uyida o'tirsin" deb aytdi.
xabarchi Rasululloh s.a.v ning xabarini etkazdi.
Shunda haligi ayol "Otamga borib ayting oldilariga borolmayman. Endi otam bilan u dunyoda ko'rishamiz" dedilar.

Kunlar o'tib sahoba uyiga qaytib keldi. Shunda ayoli unga qarab "Siz menga uydan chiqma deb aytdingiz, otam qattiq kasal bo'lib g'arg'ara holiga tushib qoldi, shunda ham oldilariga borib ko'rolmadim, otamning diydorlariga to'yolmadim" deb turgan payt eshik taqilladi. Qarasalar Rasululloh s.a.v eshik oldida kulib turibdilar.
Ular "Yo Rasululloh keling" deyishdi. Shunda Rasululloh s.a.v "erining gapidan chiqmay, otasi kasal bo'lganda ham borib ko'rmagan ayol shumi?" deb so'radi. Ular ha deb javob berishdi. Shunda Rasululloh s.a.v kulib turib :
_Hozir menga Jabroildan xabar keldi. Bu ayol erining aytganini qilib shariatning dinining Qur'onning yo'lidan chiqmadi. Hatto otasi shunday holda bo'lganda ham eriga itoatsizlik qilmadi. Shuning uchun bu ayolni ham otasini ham Alloh taolo JANNAT bilan siyladi" deb gaplarini tugatdi.
Shunda haligi ayol erining qo'lidan ushlab unga bosh egib "Yo janobim siz tufayli man ham otam ham JANNATdan joy oldik shafoat qilindik. Alloh rozi bo'lsin sizdan" deb erining qo'lidan o'pdi.


Hozir ham mana shunday ayollar bormikan degan xayol birdan xayolimga keldi. Alloh har birimizga mana shunday sadoqatli, din-diyonatli, itoatkor va imon-etiqodli, xulqi go'zal saliha ayollar nasib qilishini O'zi nasib aylasin Amin!!!

Qayd etilgan


Hadija  07 Oktyabr 2009, 15:29:23

Qovun Qovundan rang olar  ::), ko'pchilikka tanish bu iborani mevalarga nisbatan ham ishlatishimiz mumkin.
Deylik, masalan yaqindagina ko'z o'ngimda sodir bo'lgan bir holat. Apelsinning yoniga anor (indiskiy) turgan ekan, ko'rinishdan yashil va sariq rangli ushbu mevalar juda chiroyli turgandek edi, ammo oradan 3 kun o'tib, yashil rangli anorimiz sap-sariq rangga o'zgaribdi...
Yoki, pishmagan shaftoli yoki juda taxir (xomroq) xurmoni boshqa shaftoli yoki xurmolar bilan birgalikda qo'ysangiz, oradan biroz kunlik vaqt o'tgach ular ham pishib yetiladi, tabiiy holatda....
Ajib, meva-yu sabzavotlarda bu holat bo'lar ekan. Inson nega endi biror bir taqvodor bilan eng kamida kunida 3yoki 4 soat vaqtini biror islomiy ilm yoki juda bo'lmasa taqvodor birodari bilan o'tkazganida yo'q deganda, biror su'rani yodlash istagi yoki, namozga so'ngra pog'onalarga chiqib hijobni ham sevish darajasiga yetmas ekan, (muslimalari b-sa)... Albatta, yetadi. Avvalo, Allohning hidoyati, hamda o'zining hohish va harakatlari bilan...
Insonning o'ziga ko'p narsa bog'liq, qat'iy istak, metindek iroda hamda harakati bo'lsa kifoya... Qolganini esa, Allohning o'zi o'nglaydi... (InshaAlloh)....

Qayd etilgan


siddiqa  08 Oktyabr 2009, 05:23:45

Uch ona suv to’ldirayotib o’z o’g’illarini maqtashga kirishishdi ,bu holatni bir mo’ysafid kuzatib turardi ,birinchi ona :mening o’g’lim shunday chiroyli qo’shish aytadiki ,hamma hayratda qolib ovoziga mahliyo bo’lib qoladi .
Ikkinchi ona :mening o’g’lim judayam chiroyli mashq qiladi harakatlari ajoyib ,
Uchinchi ayol indamaygina o’g’lini maqtamasdi .
Ayollarning o’g’illari kelishdi ,
Birinchi o’g’il qo’shiq ayta ketdi ,ona mag’rur ,
Ikkinchi o’g’il turli hil mashqlarni qila ketdi ,
Uchinchi ayolning o’g’li indamay keldida onaning to’ldirgan chelagini ko’tara sokin ketardi ,
Uch ayol bu holatni kuzatib turgan mo’ysafiddan qaysi birlarining o’g’li afzallligini so’radi ,
Mo’ysafid :men faqat birgina o’g’il bolani ko’rdim ,onasining suvga to’la chelagini ko’tarib ketayotgan bolani "œdeb javob berdi .(Tolstoy bitiklaridan)

Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Oktyabr 2009, 05:53:06

Bir gapni judayam yomon ko'ramanda...

"O'zi yurardi bir paytlar shimlada, kalta koftalarda, endi Alloh Alloh dib qopti..."

"Yurardi bir vaqtlar qizlarni ketidan, o'g'irlik qilib, endi o'zicha namozxon bo'b qopti..."


O'zbekka tinch yursang ham yoqmisan, "jim" yursang ham.
Bir paytlar bilib, bilmay qilgan kamchiligu-xatolaring darrovda dasturxon bo'ladi...

Nimaga hech bir sahoba Umar roziyallohu anhuga "Yurgansan San ham bir paytlar qizingni tiriklayin ko'miibbbbbbbbbbbbbbbbbbb....." dimaganikina?


Qayd etilgan


Kumush  09 Oktyabr 2009, 17:18:23

Мулла Чехмик тугилгон кунингиз моро бусин.
Атай кишлокдан келдик табриклагани   :D
Узизга билдирган тилакларингизга тилакдошман.
Яхшигина кизлар учрасин. Кариб чуриб 100 ёшларга кириб юринг. Огзингдан чикиб, ёкангга ёпишсин десангизам розиман ;D
Совга сифатида битта хазил шеър.

     ОҚ КОЛТОК
("Оқ тулпор" қсшиғига пародис)

Оқ коптогим бор сди
Зидан унга зор сди.
Тсп демасдим, у менга -
Ҳам дсст-у ҳам ёр сди.

Уйимизга бир оқшом
Қариндошлар келишди,
Тсй баҳона тспимдан
Айирмоқчи бслишди.

Отам: "Йигитсан, сғлим:
Уйланмасанг - ор, - деди
- Хотин схши тепишга
Тспга нима бор", - деди.

Ардан кечдим, копток деб
А­лга бслдим срмаклар.
Футбол қадрин билмайди-да,
Тсп тепмаган сркаклар!

Муаллиф: Келинасмни кушнисининг тогасининг, уртанча холасининг углининг кайниси   ;D

Хурматли агентлар!!! А­А­ узр хурматли форумдошлар сътиборингиз учун рахмат.


Qayd etilgan


Muzayyana  10 Oktyabr 2009, 11:01:14

Tobeinlardan biri, asri saodatdan chamasi 1 asrcha o'tgach shunday degan ekanlar: " Agar Rasululloh  :sw: bizning zamonamizga kelib qolsalar edi, mo'minlarning namozidan boshqasini tanimas edilar."
Agar Sarvari Koinot  :sw: xozirgi 21 asrga kelsalarchi?
Javobiga qo'rqasan kishi?! :2
Alloh xammamizni ham sunnatda bardavom qilsin.


Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Oktyabr 2009, 07:37:04

Yana bir xolatni yomon ko'raman... (Uzirasiz endi ChehMikbe, "Oddiy haqiqatlar" mavzusini hech topolmayabmizda, shunga sizni blogizga bor dardlarimizni bayon qilaveramiz endi...  :D )

Bir narsani bilmay, biladigan odamdan so'rasangiz-u, u sizga "Shuniyam bilmisanmi? Qanaqa musulmonsan shuniyam bilmasen?
Qanaqa odamsan shuniyam bilmasen?" deya ta'na toshlarini otsa.

So'raganingizga ham pushaymonlarrrrrrrrrrrrrrrrrrr qivorarkansiz.

AYB bilmaganlikda emas, bilmaganini so'raganda, unga bilmaganini o'rgatish o'rniga "dono"lik qilib, uni shu bilmagani uchun AYBLASHDAdir.

SAN HAM ONANG QORNIDAN VUNDERKIND BO'LIB TUG'ILMAGANDIRSAN EY INSON!!!

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  11 Oktyabr 2009, 20:18:06

Qashqadayro yo'llaridan o'tib boryapman. Hey ChehMikdan salom,. desam, nima, kimdan? deydi.. Hech kimdan.. dedim :)

Qayd etilgan


Muhseena  11 Oktyabr 2009, 20:50:48

Siz marafon haqida gapiryapsizmi......Bizda unga yo'l bo'lsine-yo'l bo'lsin degan qo'shiq bo'lardi-ku,o'shade...Bilishimcha forumdoshlar orasida futbol musobaqalari tashkil qilingan ekan.Albatta bu yaxshi.Ammo bilamanki,bunday turnirlar katta yoshlilar o'rtasida ham o'tkazilib turadi.Masalan,o'qituvchilar,rektorlar,ministrlar va hokazo....ToshPMI domlalari bilan bo'lgan bir o'yin fojea bilan yakunlangan edi.Bir domlani yuraklari yaxshimas ekan,jon-jaxtlari bilan yugurib yuraklari ko'tarolmay,voqea joyida olamdan o'tdilar....Sport bilan ham yoshlikdan muntazam ravishda shug'ullanib borish zarur.Qolaversa islom dini ham sport bilan shug'ullanishga targ'ib qiladi.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Tib Va Dam"(Hadis va Hayot,18) kitoblarida Payg'ambarimiz s.a.v.dan bu boradagi hadislarni keltirganlar.Jumladan,Imom Ahmad va Imom Abu Dovudlar Oisha r.a.dan rivoyat qilgan hadisda aytiladi:
"Nabiy s.a.v. men bilan musobaqalashgan edilar,men u zotdan o'zib ketdim.Bir muddatdan so'ng meni go'shtim og'irlashganda yana men bilan musobaqalashib,mendan o'zib ketdilar va haligi bilan bir-u bir dedilar"
Payg'ambarimiz s.a.v Oisha onamiz bilan musobaqa o'tkazgan ekanlar demak ayol kishi ham o'z sog'lig'iga etibor berishi mumkin.Lekin Chehmik aytmoqchi bo'lganidek bizda bu narsaga yomon narsaga qaralganday qaraladi...

Qayd etilgan