Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750285 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 ... 155 B


siddiqa  14 Oktyabr 2009, 06:17:29

alisimihsxay? nugub adzib roq itpig'oy Ksnadg naged adnoyar...

ahcirakset inhsiripag nambinig'os...

admigilhsoy lamag'ot nalib aqanuhs kidrahsalpag  ;D

hamma dumkaga tushib o'tiribdi hozir :) nima ekan bu bema'ni narsa deb :lool:




yangicha alifbo ihtiro qilishganmi yokida shunaqa shevayam borakanda deb  :10 o'tiruvdim ....qarasamki o'qisa bo'larkan .. :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Oktyabr 2009, 06:39:45

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=HlNO1Yf8O0I" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=HlNO1Yf8O0I</a>

qo'yida matni bor shu aka etgan she'rni:

Biroving aqchasan, biroving shamshir
Biring jinnirog'u biroving abjir
Biring mansab uchun izlaysan tadbir
Zamoning shu ekan yugur biznesmen


(Abdulla Oripov)

Rosa obrazga kiribdilarda o'ziyam amaki!!! Ichlaridan kuyub yodlab berayabdilar.
Abdulla Oripovni o'ziyam shunchali o'qiyomasa kere  ;D

Qayd etilgan


siddiqa  14 Oktyabr 2009, 06:53:05

avtobusdamas mashrutkadan ketish yahshiyuu ,faqat studentlarning quroli o'tmidi (yo'l chipta )
mashrutkaga chiqsam mendan keyingi orqa o'rindiqda ichib olgan gap so'zlaridan bir odam (agar insonlik darajasi qolgan bo'lsa) o'tiribdi ,haydovchi do'ppi kiyib olgan ,yuzi nurligina bir amaki ekan .
o''  okaa    deraza ochiladimiii
haydovchi eshitmadi .
man sizga ettim deraza ochiladimii o'
ha yo'q uka ,nima bo'ldi ?yon tarafdegi derazani ochinglar  (baqirib ovoz eshitilmadida )
san do'ppi kiyvolib hali aql o'rgatdingmi ,haydovchiga bu gaplar yetib bormayapti faqat biz eshitib o'tiribmiz .
manchi sendaqalarni kallasini uzib o'tirib chiqqanman ,o'zi toshmini bitirgandim (yonidagi bolaga dardini to'kishni boshladi )
hayot yo'llarini uni qiynaganiyu ,armiyadan haydalganligi .........
hozir tushsam shopirni kallasini uzib tashliman ,baqirdimii a?
qo'rqganimdan borligimam esimdan chiqib ketdi ,o'rindiqda huddi kichkina bo'lib qolgandekman ,
yana o'rindiqning boshi yo'q yani bosh suyanadigan joyi ,huddi kalllamni hozir uzib oladigandek .
islomga tegishli gaplarga ham til ham yuz ham ko'tara olmas darajada isnodlar keltirdi ...............
hamma jim ...........
men faqat tezroq bekatga yetishimni va tezroq tushib ketishni (eson omon )o'ylardim ..
yonimdagi yoshi katta amaki ,,,,..................bilmadim nimani o'ylardi u ham jim ....
bola chaqasi bordir ..........
hamma jim.....islom ummati jim .............islom erkaklari jim ........lekin uni gaplariga chidab bo'lmasdi .......

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Oktyabr 2009, 06:57:06

TUSHUNGANGA GAPIRSA ARZIDI,
MING TUSHUNTIRSANGU O'ZINIKINI MAQULLAYVERSA "DONOLIK" QILIB, GAPINGIZ HAVOGA UCHGANIDAN BOSHQAGA YARAMIDI!!!

Qayd etilgan


G_u_l_i  14 Oktyabr 2009, 08:52:17

 :as:

Kecha tikuvchi ya`ni chevar qo`shnimnikiga chiqishim k-k edi, eng oxirgi qavatda turadi.
Sekingina chiqyapman 9-qavatga chiqishim k-k, qarasam 8-qavat eshigidagi yozuv................
Ko`zlarimga ishonmadim :o :o :o
Men tanigan kuchugini yetakalab aylantirishga olib chiqadigan, kechqurun hammani uyqusini buzadigan oshiqlari bor qizning uyi eshigida  :bsm: degan yozuv bor...............
rosa anqaydim, baribir tushunmadim, xayolga sig`magan xayollar.............

Qayd etilgan


Ansora  14 Oktyabr 2009, 12:11:42

Endi opa man ko'rganimdan hulosa qilib gapirdimda!
Agar qattiq gapirgan busam, uzrlarimmm sizga!  :)
Mehmonga chaqirsez mayli boramarman, inshaAlloh!
O'zi forumdoshlar bir-birmiznikiga mehmondorchilikka borib-kelib tursey yaxshi bo'lardi.

Yo'q qattiq gapirmadingiz, hamma ham ko'rganiga ishonadi-da:) Bir mavzuda yozgandim. Bilarsiz balki, turmush o'rtog'im Turkiyalik. Ayam ham seriallarni ko'rib, "voy bolam biz sening qaynonanglar bilan tenglasha olmaymiz", deb ancha kuyungandilar:) Qaynonamga aytgandim rosa kulgandilar. "Voy opaginam, agar seriallardagiday boy-badavlat bo'lsak, hali 50 kirmasdan davleniyam oshib, oyoqlarim shishmasdi..."
Biz yaxshi niyat qilaylik, dunyo dumaloq, deyishadiku, tog' tog' bilan uchrashmaydi, lekin inson inson bilan uchrashadi. Bu tarafga yo'li tushganlar bir mail yozishshin yetar:) Har doim eshigimiz ochiq Muzayyana:)

Qayd etilgan


Ansora  14 Oktyabr 2009, 15:20:26

ChehMik, assalomu-alaykum yaxshimisiz? Kecha kayfiyatlar yo'q ekan, shekilli yozganlarinigizdan shuni tushindim. Hozir yaxshimisiz ishqilib:)
Hayot qiziq-da. Yonimizda 2 qavatli yo'l qurilyabdi. İnsholloh yaqinlarda bitadi, deb kutyabmiz. Qachon yo'ldan o'tsam, asosan yoshi ulug' otaxonlar yo'l qurilishida ishlayotgan ishchilarni yoniga borishib, tomosha qilishgani qilishgan:)
Kechagina bitta otaxon beton quvurni ustiga chiqishga harakat qilyabdi:) Hay otaginam yiqilib tushasan, deygigan odam yo'q:)
Yo'lni biqinida Masjid bor, asosan namozga yaqin paytlarda "tomoshabinlar" ko'payib ketadi. Jamoat namoz oldidan jumbur-jamoat yo'l qurilishini tomosha qilishadi, namozdan keyin yana ishi yo'qlar tamosha qiladi shekilli:)
Bizni ham ularni yoshlariga yetkazsin, deyman g'ami yo'q otaxonlarga qarab:)
Rabbim azonlarni eshitib,, mamlakatimida bo'layotgan yaxshi ishlarni tomosha qiliib, ko'ngil hotirjamligi bilan suhbat qilishni nasib qilsin iloyim, deb duo qilaman, kulimsirab:)

Qayd etilgan


Ansora  14 Oktyabr 2009, 15:40:02

Haaa ukam Xalqimiz berkorga aytmagan:

BİRNİ KO'RİB FİKR QİL, MİNGNİ KO'RİB SHUKR QİL!

İbrat izlaganga ibratdir, dunyo rostdan ham.
Siz qariyalarni ko'rib shunday duo qilibsiz, Allohga shukr etingki, ko'rganlaringizdan hulosa chiqarib, o'zingizga dars ola olish qobiliyati nasib qilibdi.

Rabbim, barchamizni Qalb ko'zi ochiqlardan aylasin insholloh:)


Qayd etilgan


Hadija  14 Oktyabr 2009, 17:21:37

mundoooq blogimni kuzatsam i forumni ba'zi bir joylarini kuzatsam--ko'pchilik forumdoshlar qiziq voqealarga marshrutkada duch kelisharkan...

qiziq voqea ham doim bir xil---forumdosh marshrutkaga chiqadi, keyin o'sha marshrutkaga g'irt kayf, ichvogan odam chiqadi yoki forumdoshdan oldin chiqqan bo'ladi....

keyin o'sha alkash hammani joniga tegadi...

keyin forumga kelib xayollarini baralla dasturxon qilishadi...

tushunmadim, nima O'zbekistonda hamma alkashla ichgandan keyin marshrutkaga chiqib  odamlani jig'iga tegadigan bo'ganmi?


ili.....moy mirda ziyouz degan soobshestvo ochildi,kiringiz (tatarcha)

Bu sasuvchilar safiga chekuvchilarni ham qo'shib qo'ysangiz, yanada to'g'ri bo'lardi. Bu ichuvchi va chekuvchilar dastidan, nafaqat marshrut, avtobus hamda metro balki, ko'cha-kuyda yurgani odam bezillab turadi. Shular dastidan. Tavba, tavba!...

Chekuvchilar haqida Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" kitobida juda chiroylik epizod qilib ko'rsatilgan-da... Balki shu kitobni o'qib uqigan biroz bo'lsada ibrat olardi...

Qayd etilgan


registan  14 Oktyabr 2009, 17:29:51

Kecha manda ham juda qiziq holat yuz berdi, "hayolga sig'maydigan hayol" deyolmimanu, har xolda aqlga sig'maydigan holat. Har kun chet tilida muloqot qilib yurgan kishiga, to'satdan o'zbekcha gapirib yuborsama? :D Bir marta ham emas, qayta-qayta, nima deyishini bilmay og'zi ochilib qoldi bechorani, yana, nimaga tushunmaydi deb hayron qolaman. Keyin qarasam, o'zbekcha gapiryotgan ekanman. :D :D :D

Qayd etilgan