Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 749135 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 155 B


Ziyovuddin  09 Iyun 2009, 13:27:55

Ammam bilan suhbatdan...

Bir talabam aytib qoldi:

- Ustoz, bir yaxshi qiz topib bersangiz...
- Nega, o'zingga nima qilgan?
- Eee, hozirgi qizlarga ishonch qolmagan, adashib tushsang, keyin o'zi qaytib telefon qilib, ha tanishamizmi deyishdan ham toymaydi, tavba.
- Man - ku qiz aytishim mumkin, tashqi ko'rinishi yaxshigina ko'rinib, ichi yomon bo'lsachi, qo'y yaxshisi o'zing harakat qilgin...

Izoh: hayron qoldim bu gapni eshitib, hayron bo'lganimki, qizlarimiz shu daraja bo'lib ketyaptimi a? Hamma bo'lmasa ham, ko'pchilik shunaqa fikrda hozir va menimcha ular haq, sababi o'zim ham ko'rib turibman hozirgi ahvolni... Afsus deyishdan boshqa choram yo'q...
Bunaqa narsalani yechimi oson-ku. Nomerni adashmasdan terish kerak :D. Astag'firlloh

Qayd etilgan


Muzayyana  10 Iyun 2009, 11:55:23

Assalamu alaykum!
Ko'rgan bo'lseylar kerak shu bitta rejissiyor "Shabnam" deb nomlangan kino film oldiyu, ko'cha ko'y do'ppi kiyib, sochini mayda qilib o'rgan va milliy kiyimlarga zamonaviy urf berib kiyingan qizlarga to'ldi. Boshqa joylarda, viloyat, shaharlarda bilmadimu, lekin shu bahor boshlanishi bilan Qo'qonda shunaqalar juda ko'paydi.
Shularga qarab turib bazida xayolimdan, qaniydi Alloh rozi bo'gur bitta rejisyor chiqsada, bir ajoyib qilib hijobli qiz haqida kino film ishlasada, zora mana shunday qilib, ko'p qizlar hijobga o'tib ketishsa...
Zo'r bo'lardi, qayoqqa qarama ko'zing hijobli qizga tushsa...
Subhanallah...shunday kunlar ham kelib qolar...
Ayniqsa hozir yoz, havolar isigan, kiyimlar yupqargan, yenglar va kiyimlarni etaklari qisqartirilgan...

Qayd etilgan


Muzayyana  10 Iyun 2009, 12:01:13

yaqinda bir ma'lumot o'qib qoldim ,rus olimlari isbotlashibdi adashmasam.bu ayollarning sochlari hususida ,ayol kishining sochi nomahram insonga shunaqangi katta zarar berar ekanki ,olimlarni hayratga solgan narsa shuki ular o'z mahram erkaklarga umuman tasir o'tkazmas ekan ,zarar keltiradigan sochlarni o'rab olish vaqti kelganini g'arbliklar ham tan olmoqda .

Subhanallah, juda ajoyib ma'lumot keltiribsiz.
G'arb hazorasi ham bora bora islomni tan olib, uni haq din ekanligini anglab yetishyapti. Man koi'pgina rohiblarni qaysi din haq ekanligi bilan qiziqib, so'ng islomni tan olib, ummat sonini bita-bitta ko'paytirganliklari haqida juda ko'p hikoyalar eshitgandim.

siddiqaning ma'lumotlarini o'qib, shu narsa esimga kelib qoldi mashhur ingiliz professori shunday degan ekan, shunday kunlar keladiki, hali musulmonlarning namozlari eng mashhur doktorlarning retseptlaridan joy oladi.

Qayd etilgan


siddiqa  11 Iyun 2009, 08:28:59

yaqinda bir ma'lumot o'qib qoldim ,rus olimlari isbotlashibdi adashmasam.bu ayollarning sochlari hususida ,ayol kishining sochi nomahram insonga shunaqangi katta zarar berar ekanki ,olimlarni hayratga solgan narsa shuki ular o'z mahram erkaklarga umuman tasir o'tkazmas ekan ,zarar keltiradigan sochlarni o'rab olish vaqti kelganini g'arbliklar ham tan olmoqda .

Subhanallah, juda ajoyib ma'lumot keltiribsiz.
G'arb hazorasi ham bora bora islomni tan olib, uni haq din ekanligini anglab yetishyapti. Man koi'pgina rohiblarni qaysi din haq ekanligi bilan qiziqib, so'ng islomni tan olib, ummat sonini bita-bitta ko'paytirganliklari haqida juda ko'p hikoyalar eshitgandim.

siddiqaning ma'lumotlarini o'qib, shu narsa esimga kelib qoldi mashhur ingiliz professori shunday degan ekan, shunday kunlar keladiki, hali musulmonlarning namozlari eng mashhur doktorlarning retseptlaridan joy oladi.
haqiqat kurtaklari degan ajoyib kitob bor .o'qishga maslahat beraman ,ilmiy tomondan Allohning qudratini ochib bergan ,shu doktorlardan biri nafaqat namozni balki ro'zani ham g'arb tan olayotganini takidlab o'tgan .

Qayd etilgan


Kumush  12 Iyun 2009, 13:28:42

Ertalab amammni ko'rdimu duo qildim,Allohimdan unga rahmat yog'dirishini, ikki dunyosini obod qilishini tiladim.
Hayollarim uzoqlarga olib ketdi...
Bir paytlar u yulduz edi.Komunizm yulduzi.U xaqda ocherklar yozilgandi,radio eshittirishlar tayyorlangandi.U maktab direktori bo'ldi,nomdor rais bo'ldi.Deputat bo'ldi kremlda nutq soz'ladi.Qizil mafkura qon qoniga singib ketgan komunist ayol edi.
Buvimni aytishicha u buvim bilan bobomni qabristonga yubormas ekan.O'tganlarni ruhini shod etish uchun quron tilovat qilishsa, qarshilik qilar ekan.
To'yida nikoh qiydirmadi.Farzandlari qanday bo'ladi deb dahshatga tushdim.Bir kuni farzand ko'rdi go'dakni qulog'iga azon aytishga chaqirgan imomni ko'chaga haydab soldi.Allohdan unga insof tilardim.Iymonini salomat qilishligini tilardim,qani quloq solsa, derdila buvim.
Komunizm...
Nega millatni honavayron qilib, insonlarni manqurtga aylantirib qo'yding?
Ha ya axir bu sening asl maqsading ediku?
Keyin nima bo'ldi deysizmi?Keling bu mash'um taqdirning davomini eshiting:
Nimayam bo'lardi ammamni mashhur qilib ko'klarga chiqrib qo'ygan tuzum o'sha balnaddan uni dumalatib yubordi.
Xa xa xuddi shunday qildi.Xatto iymon etiqodidan kechib ularga qilgan xizmatlarini ham eslamadi.
Ohir oqibat u telba bo'lib qoldi....(


Ertalab uyimizni oldida,(uyga ham kirmabdi )o'zi bilan o'zi gaplashib o'tiribdi.Quloq solib turdim.
-Sen kimsan yulduzmisan nega senga qo'lim yetmaydi.Yoki meni qo'lim kaltami?
-Amma yahshimisiz ammajon keling uyga kiring.
-U yulduz emish unga qo'lim yetmayapti.
-Qoying bunaqa gaplarni uyga kiring odamlar qarayapti.
-Bugun nechchinchi chislo 11 chi iyunmi?Hirosimaga atom bomba tushgan kunmidi bugun?
-Bilmadim amma bilishni ham istamayman.
-Yo'q baribir unga qo'lim yetmayapti(yig'lamoqdan beri bo'lib)...

Ex amma amma nima qilib quydiz ikki dunyongizni kuydirib qo'ydingizku?
Yo rabbim unga rahming kelsin xaq yo'ldan adashgan ammamga rahming kelsin.Ikki dunyo saodatidan mahrum bo'lgan notavon jigarimga rahming kelsin.Gunohlarini mag'firat qilgin!

Hayollarim yana uzoqlarga olib ketdi...

 

Qayd etilgan


Hadija  12 Iyun 2009, 18:03:42

 :as:
Duo
Namoz mag'zi bu dodir mazmunida bir hadis eshitgandim ham o'qigandim ham, to'liq yodimda emas.
Bugun, ishda ikki insonning biri biroviga qilayotgan duolarini kuzatib qoldim, yoshlari 60 dan oshgan ushbu qariyalarning duolari quyidagicha edi: "Alloh ishimizni o'nglasin, do'st oshnalar oldida yuzimizni yer qilmasin, mansabimizni bundanda ziyoda qilsin, oshnalar oldida sharmanda qilmasin, asosiysi sog'liq, keyin pul topilaveradi" :)
Keyin, alla nechuk hayollar chulg'ab oldi, tavba dunyoviy odamlar dunyoni so'rab, dinni ustun qo'yganlari esa ohiratini o'ylab duo qilarkanda yoshi nechida bo'lishiga qaramay deya o'yladim. (bu fikrlarim balki xatodir).


Dunyo ila oxirat ikki oilasi bor kishiga o‘xshar. Inson birini rozi qilarkan, ikkinchisini ranjitadi.
Abu Bakr Siddiq

Qayd etilgan


Zamiraxon  12 Iyun 2009, 18:13:48

Har safar "Qorasu-6  - Maksim Gorkiy" yo'nalishida yuradigan 1-raqamli damasga o'tirsam, qiynalib ketaman. Bitta men emas, hamma yo'lovchilar. Sababi, yo'l judayam o'ydim-chuqur, bechora damas bazo'r yuradi. Orqasiga o'tirib qolsangiz bormi, ingichka ichagingiz bir-biriga chalkashib, "salla" bo'lib qoladi. Toshkentning 2200 yillik to'yida hamma joyda obodonlashtirish ishlari olib borilyapti. Bu hamma deganda men ko'proq "ko'zga ko'rinadigan" joylarni nazarda tutdim. Bu turgan-bitgani riyokorlik emasmi? Birovlarning ko'ziga ko'rsatish uchun, lekin xalq yuradigan yo'llarni yaxshilash menimcha birinchi o'rinda. Bu oddiygina e'tiroznoma...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  13 Iyun 2009, 01:26:35

Har safar "Qorasu-6  - Maksim Gorkiy" yo'nalishida yuradigan 1-raqamli damasga o'tirsam, qiynalib ketaman. Bitta men emas, hamma yo'lovchilar. Sababi, yo'l judayam o'ydim-chuqur, bechora damas bazo'r yuradi. Orqasiga o'tirib qolsangiz bormi, ingichka ichagingiz bir-biriga chalkashib, "salla" bo'lib qoladi. Toshkentning 2200 yillik to'yida hamma joyda obodonlashtirish ishlari olib borilyapti. Bu hamma deganda men ko'proq "ko'zga ko'rinadigan" joylarni nazarda tutdim. Bu turgan-bitgani riyokorlik emasmi? Birovlarning ko'ziga ko'rsatish uchun, lekin xalq yuradigan yo'llarni yaxshilash menimcha birinchi o'rinda. Bu oddiygina e'tiroznoma...
Toshketda shunday bo'lsa, biz xafa bo'lmasak ham bo'laverarkan.

Qayd etilgan


Hadija  16 Iyun 2009, 18:03:59

Беш маймун ҳикосси

Бир қафасга беш маймунни солишибди... Ўртага бир нарвон қсйиб, тепасига банан осиб қсйилди. Ҳар бир маймун нарвондан чиқиб бананни олмоқчи бслганда, ташқаридагилар унинг устига муздай сув тскар сдилар...

Ҳар бир маймун айни ҳаракатни қилаётганида устидан муздай сув тскилар сди. Аатижада барча маймунлар жиққа хсл бслдилар... Бироздан сснг, бананларга интилган маймунларга сзларининг ичларидаги бошқа маймунлар қаршилик қила бошладилар.

Сснгра, маймунлардан бирини олиб, срнига снги бир маймунни солдилар. У маймун қилган биринчи иш, нарвон тепасидаги бананни олишга интилиш сди. У нарвонга оёқ қсйиши билан, бошқа маймунлар уни ура бошладилар...

Кейинроқ, сна бир хсл бслган маймун срнига снги маймун алмаштрилди. Бу иккинчи снги маймун ҳам нарвонга сқинлашиши билан бошқа маймунлардан калтак ер сди. Бу маймунни снг шиддатли ва жонбозлик билан "жазолаган" маймун-сзидан аввалги снги қсшилган маймун сди. Хсл маймунлардан сна бири снгиси билан алмаштирилди. А­нг снги келган маймун ҳам сзидан аввалги маймунлар каби ҳаракат қилган сди, уни ҳам жазолашди. Аариги тсрт маймундан снги қсшилган маймунларнинг снг снги маймунни нима сабабдан ураётганлари ҳақида ҳеч қандай тасаввурга сга смасдилар...

Охирида қолган тсртинчи ва бешинчи маймун ҳам бирин-кетин алмаштирилди. Тепаларида тоза ва ҳушбсй банан турган бслса ҳам, маймунлардан ҳеч бири нарвонга сқинлашмасди. Аима сабабдан биласизми?

Чунки уларгача "аҳвол" шундай сди, бундан кейин ҳам шундайлигича қолади!


Qayd etilgan


Hadija  16 Iyun 2009, 18:49:05

Yoz To'ylar mavsumi-mi?!

Тсйлардаги бидъатлар

Уламолардан савол


Бизим Фарғонаға қайдин сришти бсйла одатлар,
Бу боис бошқа миллатлар қилур доим ҳақоратлар.
Ки, съни, "œёр-ёр"у "œшаҳ муборак" деб боқирмаклар,
Биза мерос қсйди қайси қавми "œбошарофат"лар.
Келин келганда Аамруд оташидек катта ст ёқмоқ,
Хотунлар юз ёшурмай ксрсатиб сркакға қоматлар.
Ҳама ул ерда сркак бирла хотунлар ҳаёси йсқ,
Алар байнинда стгай ҳазл ила турлук қабоҳатлар.
Куёвлар кстариб слтар келинни ксчадин уйға,
Шариатда равому, қайси мазҳабдин ривостлар?!
Яна бир нечасин ёзмоқға хомамнинг келур шарми,
Билурлар сзлари Фарғонали соҳиб фатонатлар.
Ссрайман бу матоъим нархини бозори "œИслоҳ"дан,
Ки, қсйсун шаръ ҳукми бирла қиймат бодиёнатлар.

(Шаҳрихонлик Мулла Ҳошим Муҳаммад Солиҳ махдум сғли)

P/S: Bu yerda gap Farg'onadagi holat haqda bo'lsa-da ushbu holatlar Jamiyki Uzb viloyatlari to'ylarida kuzatish m-n.

Мана шаръий жавоб:

Сизинг Фарғонада гар бслса андоғ зишт одатлар,
Аечук дафъиға они ҳиммат стмас аҳли ғайратлар.
Етушти бизға бу мерос қайдин, деб малул слманг,
"œВадиъат" бирла қсймишлар бобойи "œбошарофат"лар.
Ани тарк стсалар сл гсё бир тарки фарз слғай,
Ки, қолмиш ул "œшарофатлик" боболардин бу "œсуннат"лар.
Ўшалким "œёр-ёр" айтмоқлари жоҳилистон расми,
Кстарилғой қачон, сй-вой биздин ушбу бидъатлар?!
Куёв қизни кстариб ксчадин уйға олиб кирмоқ,
Аечук бенанглиқдур ушбу иш, сй аҳли миллатлар?!
Фарангу русу инглис, хито-у ёпунда ҳам йсқдур,
Мунингдек беҳаё, бенанглиқ кори даносатлар.
Йиғин сртасида кунхораға ёғ ила ст урмоқ,
Мажусий хайлидин қолғон смасму ушбу нисбатлар?!
А­рур ушбу балолар жумласи бидъатчилар иҳдоси,
Мунинг тажвизиға йсқ дини Аҳмад ичра рухсатлар!
Деди "œТарғиб" ичра бир неча донойи динпарвар,
Хотунларнинг хусусинда неча ширин ривостлар.
Мунинг тафсилини ҳар киши истар, анга юзлансун,
Ки, мумкин бслмади бу ер аро нақли ривостлар.
Лайғамбардин ривостдур биҳишта кирмағай дайюс,
Бу ссзни нақл стар "œТарғиб" аро аҳли шариатлар.
Яна Ибн ал-Мункадир васф стар дайюс кимлардур:
Хотунларнинг муроди бирла иш тутқон касофатлар.
Балоғатға етушған болани хотун била тутмоқ,
Бу ҳам бир навъ дайюслиқ срур, сй аҳли ғайратлар!
"œХизона" ичра айтурким, хотуннинг товуши ҳам аврат,
А­ронлар бирла ссзлашмоқға йсқ онларға рухсатлар.
Агар бир ажнабийға бир хотун беузр ссз қотса,
Ўзини лойиқи лаънат қилур, лозим жиностлар.
Бу ноқис фикрларнинг сзларича ҳайдолиб қсйса,
Чиқорурлар алар номуслиқ, беҳад хиёнатлар.
А­рин шарманда айлаб, они бошининг тубан қилғай,
Бас, онларни бу бобинда қилинғай ксп ҳифозатлар.
Лайғамбардин кетурди нақл стиб, "œШиръа" китобинда,
Хотунға ҳазл изҳор стса, марди бедиёнатлар,
Ҳар оғиз ссзи учун, бас, қолур дсзах аро минг йил,
Бу ссз сидқиға қоилдур ҳама аҳли заковатлар.
Агар хотунға ҳар ким бир ёмон иш илтизом стса,
Қсшуб шайтон ила занжир урар, онларға лаънатлар.
Кейин фармон слур онларни дсзах ичра сургайлар,
Чекар заҳмат, ксрар кулфат, сна бир неча офатлар.
Лаин шайтон била ҳамроҳ бслмоқ бунча расволиқ?!
Басират аҳлиға, бас, лозим смди олмақ ибратлар!
Агар ҳам кимса толиб бслса, Сидқий ссзин аслиға,
Топиб ксрсун фатовийларда боби сатри авратлар.

(Сирожиддин махдум Сидқий)
(Ушбу савол-жавобли манзума "œал-Ислоҳ" журналининг 3-жилди, 1917-йил, 1-сонидан олинди: 642-643-бетлар)


Qayd etilgan