Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750485 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 ... 155 B


siddiqa  23 Aprel 2010, 07:23:24

Kundalikga yozgandan kora Forumga yozgan yaxshi

kundalikni faqat o'zingiz uch yozasizku ,chet tilida bo'lsa uydegilar qiziquvchilar tushunmey qiynalaishadi  ,
:D :D :D :D :D
ingliz tilidagi kundaligimni u tilni bilgan odam ham zo'rg'a o'qiydi ,bir o'qituvchim aytganidek o'rhun enasoy yozuvidayam yozib turaman  :D :D :D


Qayd etilgan


Mahdiyah  26 Aprel 2010, 07:03:22

Leonardo da Vinchini butun dunyo tanidi disam adashmagan bo'laman
Aniq haqiqatmi yo'qmi bilmadim, lekin bir kitobda shu insonning "Тайнас вечерс" asarining yozilish tarixi etilganakan. Juda qiziq...

Lonardo da Vinchi shu asarni chizar ekan, barcha qahramonlarni o'sha o'zining zamonasidagi insonlar qiyofasiga moslab, ya'ni Isusga mos insonni qidirib o'shanga o'xshatib chizgan.
Xavoriylariniyam shunday...

Lekin Iuda (Iso alayhissalomni sotgan)ga kelganda asar cho'zilgan, hech ham mos odamni topa olmagan. Oxiri qamohonalardan biriga borib, eng razil insonni qidiradi va topadi. Va shu inson siymosida Iudani chizadi.
Asarni chizib bo'lgach haligi qamoqhonadan olib kelingan mahbus (Iuda siymosida chizilgan mahbus) Leonardoga:
- Manga yaxshilab qara, tanimadingmi? deydi
Leonardo ham hayron bo'lib tanimaganini aytadi.
Maxbus Leonardoga:
- Men sen meni 7 yil avval Iso siymosida chizgan insonmanku...



Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Aprel 2010, 07:27:57

O'tgan kuni telefonda shularni ko'rib rosa kullibmiz...  :D

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=dZN_M8Ou9UQ" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=dZN_M8Ou9UQ</a>

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=YU_nOtD7acQ" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=YU_nOtD7acQ</a>

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  02 May 2010, 05:34:28

Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Nimani yozsam hammasi to'g'ri degani emas, nimani yozsam hammasi noto'g'ri degani ham emas.

Men aytmoqchi bo'lgan narsa sizning xayolingizga kelganmikin? Albatta kelgan, shak shubhasiz! Ammo har kim o'zicha tafakkur qiladi.

So'z boshida savol bilan murojat qilmoqchiman. Siz nafratlana olasizmi? Siz ham yomon ko'ra olasizmi? Sizning ham dushmaningiz bormi? Ushbu savollarga "ha" yoki "yo'q" deb javob berishdan oldin, yaxshilab o'ylab ko'ring. Juda ham jo'n savol, ammo bu savol meni bir necha kunu haftalar o'yga solib qo'ydi. Ko'p narsalarni, juda ko'p narsalarni, chigal narsalarni, yechimsiz narsalarni uzoqdan emas, balki yonimizdan, o'zimizdan qidirsak, javobini topishimiz oson bo'larmidi.
Men shunday xulosaga keldimki, agar siz nafratlana olsangiz, yaxshi inson ekansiz. Agar yomon ko’ra olsangiz, demak siz seva ham olasiz. Mobodo nafrat siz uchun begona bo’lsa, unda siz uchun sevgi ham begona. Biz bir narsani unutmasligimiz kerak. Bizning soyamiz bor. Soyasiz bo’lganimizda nafratlana olmaymiz, ammo seva olamiz, chunki u paytda biz soyasiz nurga aylanamiz!
Biroq bu fikrning  muommoli tomoni nimada? Bunday olib qaraganda, nafratlangan odam yaxshi bo’lishi aqlga sig’maydi. Bu tog’ri. Unda nima noto’g’ri? Biz avvalo  nimadan nafratlanishimiz kerakligini bilishimiz kerak. Biz avvalo nimani va kimni yomon ko’rishligimizni bilishligimiz kerak.
Tunsiz kun bo’lmagani kabi, nafratsiz sevgi muhabbat yo’q.

Borlaringizga shukr! Salomat bo'lingizlar!!!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


siddiqa  03 May 2010, 07:36:10

ertalablari avtobus liq to'la bo'ladi ,hammani qoshlari chimirilgan ,ayniqsa kechikayotgan odamlarga ortiqcha gap vabshe ortiqcha 1 chaqvogisi keladi .

avtobusimizni kutib ohiri amallab chiqvoldik ,abtobusning haydovchi tomonidagi saloni bo'm bosh 1 joy ham bor aqalli konduktor ham o'tirmagan ,bu haydovchining prinsiplaridan biri ekan .kimdir shoshilib chiqib endi o'tirmoqchi bo'lsa .......e amaki uzr mumkinmas man har kuni buni shanpoonda yuvamanku diydi .eng toza bus bu deb rosa maqtanardi .

quvnoqligidan bu gaplari odamlarga og'ir botmasdi ...
ohiri bekatga yaqinlashgach baqirib qoldi " yest tushadyashshiye deb "hamma kulib yubordi ......


Qayd etilgan


Nurilla  06 May 2010, 00:18:11

E baraka toping, Chehmik. Shu chettilini o'rganish haqidagi maslahatlaringiz juda foydali ekan faqat boshqalar buni amalda qilsa bo'ldi. Man ham maktab davrida nimaga ingliz tilini yaxshi yodlayman, o'qiy olaman, transkripsiyani bilamanu grammatikani va gap tuzishni eplolmayman desam ona tilidan uncha yaxshi o'qimaganim sabab ekan. Mana shunday foydali, ko'plarga nafi tegadigan ma'lumot va maslahatlaringizni kutib qolaman.

Qayd etilgan


Nurilla  06 May 2010, 01:27:23

Ha hayron bo'ldim o'zim ham Chehmik ham foydali maslahat berib qoldilar deb

Qayd etilgan


Hassan  06 May 2010, 02:25:23

CHET TILI GRAMMATIKASINI O’RGANISHDAN AVVAL O’Z TILINGIZNING GRAMMATIKASINI PUXTA O’ZLASHTIRING!

Ko’pchilik til o’rganuvchilar O’zbek tilini unutib bo’lsa ham chet tilni o’rganishga oshiqadilar.  Bu katta xato.  Shaxsan o’zimning, va mening Ingliz tili o’qituvchi Ibrohimjon aka Muminovning tajribasiga binoan, inson ona tilini bilmay turib chet tilni puxta o’rgana olmaydi.  Inson olmosh, ega, kesim, to’ldiruvchi, xol, fel, ot va shu kabi qator grammatikaga oid narsalarni avvalambor O’zbekchada tushunib olmas ekan, chet tilni anglash va ishlatish juda qiyin kechadi.  Shunday ekan o’rta maktab ona tili darsliklarini yaxshilab qayta o’qib chiqishingizga to’gri keladi.  Odam gapiraversa grammatikani bilib olavermaydi.  Grammatika xuddi yo’l xarakati belgilari va qoidalariga o’xshaydi.  Uni mukammal bilish uchun qoidalarni, kitoblarni batafsil o’rganib chiqish zarur bo’ladi.  Har safar chet tilining grammatikasini o’rganar ekansiz, O’zbekchada nimaga to’gri kelishini ham o’ylab ko’ring, o’shanda grammatika xotirangizda yanada puxta o’rnashib qoladi.  Albatta turli tillarning grammatikasi bir-biridan farq qiladi — shu farqlarni anglashlik ham til o’rganishni yanada qiziqarli bo’lishiga olib keladi.  www.yourdictionary.com sahifasida jahonning ko’plab tillarining lug’atlari va grammatikasi keltirilgan.

manim4a siz muhtarama ChehMik opa siz til va adaboyotni tugatgansizmi deyman A?

XOTIRA VAROQCHALARI


Odam yozganda yangi so’zlar xotirada ancha yaxshi saqlanib qoladi.  Shaloqday keladigan varoqchalarni sotuvda topolmasangiz, o’zingiz chizmachilik qog’ozini qirqib shunday varoqchalarni tayyorlashingiz mumkin.  Asosiysi bu varoqchalar cho’ntakka sig’adigan va ancha-munchaga siyqasi chiqib ketmaydigan bo’lsin.  Varaqchalarni quyidagicha ishlating:

   1. Bir tarafiga yangi so’zning o’zini katta harflar bilan yozib chiqing.  Kichikroq harflar bilan sinonim so’zlarni ham yozib qo’yishingiz mumkin asosiy so’z ostiga.
   2. Orqa tarafiga esa o’sha so’zning talaffuz etilishi, ma’nosi va 1-2 ta ishlatilishiga misollar yozib qo’ying.

Bu vaoqchalarni doimo o’zingiz bilan olib yuring.  Birinchi tarafiga qarab so’zni o’qing, va ma’nosini eslashga harakat qiling, so’ngra varoqni orqa tarafiga qarab o’zingizni tekshirib ko’ring.  Agar bir nechta do’st birgalikda bu mashqni qiladigan bo’lsa yanada qiziqroq bo’ladi! Shu bilan birga ancha ko’proq yangi so’zlarni qisqa muddatta qog’ozga tushishiga olib keladi.  Ular bu varoqchalrni o’zaro alishtirib tobora yangi so’zlarni o’rganib borishlari mumkin bo’ladi.

Ko’pgina lug’atlar har bir so’zga 1-2 ta misol berib o’tadi.  Agar sizning lug’atingizda bunday misollar kam bo’lsa yoki umuman keltirilmagan bo’lsa, www.dictionary.com sahifasiga kirib 

SURATLI LUG’ATLAR
                      


Suratli lug’atlar juda ko’p narsalarni yodlashda qo’l kelishi tayin.  Agar siz bunday lug’at topolmasangiz — o’zingiz tuzib chiqing!  Rassomchilik san’atingizni ko’rsating.  Agar chizish qo’lingizdan kelmasa internettan yoki eski gazeta va kitoblardan suratlarni topib daftarga yopishtirib, ostiga nomini yozib chiqishingiz mumkin.  Bunday lug’atni daftarga qilgandan ko’ra yuqorida aytilgani kabi ko’tarib yuriladigan varoqchalarga tushirish yanada maqsadga muvofiqdir.  Internetta www.pdictionary.com (Inglizcha, Ispancha, Fransuzcha, Nemischa va Italyancha) sahifasidan foydalaning.

Bu kabi sahifalardan tayyor surat va so’zlarni printerdan qog’ozga tushirishlik ham mumkin, lekin qo’lda chizishlik va yozishlikka yetmaydi.  Chunki qo’l bilan yozganda qo’shimcha sezgi ishga tushadi — ya’ni barmoqlar so’zni sezadi"¦ Albatta hamma narsani ham tasvirlab bo’lmaydi — asosan buyumlar va narsalarni shu usul bilan yodlash qo’l keladi.  Lekin keyingi paytta hatto xis-hayajonni ham tasvirlanmoqda.

Masalan, mana HAPPY (HURSAND) so’zining bir tasviri:

: )  (happy)

Qayd etilgan


Muzayyana  06 May 2010, 12:12:20

Bugun avtobusda kelayotib odamlarga qarab hayolga tolibman, 10-14 yoshli o'smirlarga yaxshilab etibor berib qaraganmisiz? Ularni kiyinishlari, gapirishlari, o'zlarini tutishlari...Aslo ular o'smir emas, go'yoki voyaga yetib bo'gan...qizchalarni "ma'sum" yuzidagi pardozlarga e'tibor berib ko'ring-a!
O'zimcha deb qo'ydim, hmm: qiyomat yaqin...
farzandlarimiz juda tez ulg'ayib qolishyapti...
yillar, oydek, oylar, haftadek, haftalar kundek, kunlar soatdek, soatlar soniyalardek o'tib ketayapti...

Qayd etilgan


Nurilla  06 May 2010, 17:40:14

Chehmik, bu hazil ham emas piching ham emas. Smayllikni ishlatishni juda yaxshi bilaman maslahat bermasangiz ham. Man bor gapni aytdim hayron bo'ldim rostdan ham. Anu kichkinaligimda ko'rgan multfilm esimga tushib ketdi begemot o'zini aqlli tutadigan mushukka "Tutsi, nega doim sen yomon hayollarga borasan a" deb gapirgani.

Qayd etilgan