Dunyoda turfa xil xazil TV dasturlari bor. Yolg'ondakam hodisalar bilan insonlarni sabrini o'lchaydigan. Turkiyada ham Mustafa Karadeniz degan xazilkash dastur olib boruvchisi bor, Xudo unga yo'liqishdan saqlasin, chunki xazillari juda og'ir:)
Navbatdagi xazili shunday edi:
Bir yigit kemada ishlaydi, o'sha kuni o'rtog'ini oshxonasida o'tirib sho'rva ichyabdi, birdan televizorda xabar chiqib qoldi: ne ko'z bilan ko'rsinki xabardagi odam o'zi, rasmini ham ko'rsatishyabdi.
Xabar shunday: Rasmda ko'rgan falonchi fistonchiyev İstambul Martar semtida ko'pdan beri qidirilayotgan QOTİL
Oshxonadagilarni hammasi bu xazilni bilishadi, yigitning rasmini ham oshxona egasi do'sti bergan Mustafa Karadenizga. Xabar esa DVD ga yozilgan yog'ondakam bir narsa
Oshxonadagilar birdan 'rinlaridan turib bechora yigitni ustiga bostirib kelishdi....Undan keyin bolganlari tasavvur ham qila olmaysiz...Bechora yigit hay men emasman, yolg'on degani sari Mustafa Karadeniz boshliq hammasi har xil gaplar bilan bechorani siqishdi, asti so'ramang. Hatto do'sti ham: Meni senday do'stim yo'q, qotil ekanligingni bilmagan ekanman, degani sari yigitni ko'zlari namlandi....
Ohirida xazil ekanligini aytib, kamerani ko'rsatishdi, bechora yigit qanday sevindi....hammaga rahmat aytdi
yaxshiyam xazil ekan, deb...
Ha bunday narsa aslo xayolga sig'maydi...