Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 749381 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 155 B


Hadija  09 May 2009, 10:30:59

Allohning g'azabidan hotirjam qalbdagi g'uborlarni silktib tashlovchi Baqara surasidagi bir oyat mazmunini tinglab qoldim...

Siz ey mo'minlar, o'zingizdan avvalgi qavmlarning boshiga kelgan balo qazolar sizlarning ham boshingizga kelmasdan turib Jannatga kirmoqchimisiz?

O'ylanib qoldim...Biz ulardek qanday qiyinchilik ko'rdikki....

 :as:
To'g'ri, saodat asrining, payg'mbarimiz  :sw: dek qiyinchiliklar ko'rganlar bo'lmasada, ammo ularga yetgulik jabrlar yetayotgan jabrdiylar bizning hozirgi kunlarimizda ham juda ko'p topilmoqda, bundan keyin ham bular o'z iziga tushib ketadi deya ayta olmaysan kishi... Bundaylarni, Allohning sinovida toblanayotganlarni ko'plari b-n suhbatda bo'ldim va eshitdim... Alloh ulardan rozi bo'lsin va islom uchun qilayotgan barcha ezgu ishlarini Alloh o'z ajri ila mukofotlasin, ular esa, ezgu ishlarida sobit bo'lishsin. Zulm qilayotganlarga esa Alloh o'zi kifoya... Ularga ham bir kuni ketishlik hech bo'lmaganda so'ngi nafasda bo'lsa ham afsus etishlik bordir (balki)

Qayd etilgan


Muhammadiy  09 May 2009, 13:01:50

Ajoyib fikrlaringiz bor ekan, ChehMik. O'qib maza qildim.

Qayd etilgan


Hadija  09 May 2009, 13:45:52

 :as: Chehmik janoblari, yuqorida yozgan she'ringizga biroz ta'rif berganimdan ranjidingiz chog'i. uzurnoma sifati mana bu she'rni qabul qiling.
Бу манзилга келган кетмайин қолмас
Ихлос билан бир комилга қсл берган,
Етар бир манзилга, етмайин қолмас.
Дарё ичра сузган, чслларда юрган
Дам ҳисобин тугал стмайин қолмас.

Чунки келдинг бу ёлғончи жаҳонга,
Оёғинга боқмай, боқдинг осмонга,
Фалак бозоринда еганинг нонга,
Одам сғли умрин сотмайин қолмас.

Ҳамроҳим йсқ бориб сирим очарга,
Дардим тортишарга, стим счарга,
Дунё бир манзилдир келиб-кечарга,
Бу манзилга келган кетмайин қолмас.

Фалак — томошагоҳ, осмонга чиқиб,
Одамзод мол учун юрагин ёқиб,
Дунё аждарҳоси дам билан чекиб,
Жумла жонзод тухмин ютмайин қолмас.

Махтумқули, бу дунёнинг давлатин,
Келган ксрар, чекар слим меҳнатин,
Мудом юргизарлар ажал шарбатин,
Бу шарбатдан ҳеч ким тотмайин қолмас.

Махтумқули,
Туркманчадан Мирзо КЕАЖАБЕК таржимаcи

P.S: ChehMik janoblari balki sizning yozgan she'ringizchalikmasdir, ammo ma'no va mazmun jihatdan, fikrimcha ustunligi bor (albatta bu xayollarga sig'may yozilgan gaplar)...

Qayd etilgan


Muzayyana  12 May 2009, 10:58:19

Birodar ChehMik bu nafaqat Toshkentda boshqa joylarda xam shu narsalarni ko'rishiz mumkin, lekin bu narsa poytaxtda juda kuchayib ketgan holos. Lekin man poytaxtda yashiydigan shunaqa qizlarni bilaman, voy deysiz!
Taqvoli, iymonli, ibodatli muslima-solixa, mo'mina qizlar, Allox ulardan rozi bo'lsin.
Aytishlaricha, avvallari tizzasini ko'rsatib qo'ygan qiz, fohisha deb gumon qilingan emish. Hozirchi?! Hozir tizza u yoqda tursin kindik va qorin ochib yurish bazi qizlar va xattoki ayollar uchun madaniyat bo'lib qoldi...
Alloh saqlasin!

Qayd etilgan


Muzayyana  12 May 2009, 11:12:40

Dunyoviy ish bilan bozorga tushgandim...
Bir yoshlari 75-80 larga borib qolgan bir kishi, to'g'rirog'i otaxonning "kep qoliylar, kep qoliylar" deyayotganlarini ko'rib, "Holislik sari" ning bir rukni esimga tushib ketti.
Inson qarigan chog'ida bemalol sajdaga bosh qo'yishiga, tasbehdan keyin uzoq-uzoq duo qilish o'rniga mana shunaqa bozordegidey ahvol...Alloh saqlasin!
Rasululloh :sw: "Ey, Robbim menga beradigan rizqingni mo'l-ko'lini umrim nihoyasida yoki qarigan chog'imda ber" deb duo qilar ekanlar.
Alloh qarigan chog'imizda O'zidan boshqaga va bir burda qora nonga muhtoj qilmasin, amin...


Qayd etilgan


Muhammadiy  13 May 2009, 16:16:00

Katta shaharlarda solihlarning solihlari, shu bilan birga, fosiqlarning fosiqlari yashashadi.

Qayd etilgan


Shokir63  14 May 2009, 18:31:37

U ha deb shahar havosidan nolirdi. Toza havo yo'q degani-degan. U toza havo olay deb toqqa chiqdi.

Toza havo, naqadar toza havo dedi, keyin, keyin esa, sigareta tutatdi...

Qayd etilgan


siddiqa  19 May 2009, 06:10:54

Ilk martta mayyitning yuzini ko'rgan bo'lsam .Bu Buvam edilar ,hech ham tushunmaganman ,nega yuzlarini bog'lab qo'yishdiykin deganman ,kichkina bo'lganim uchun sekin buvajonim yotgan joyga kirvoganman ,hamma yig'layotganini ko'rganman ,o'lim haq ekanligini bilardim ,keyin borim buvamning oppoq soqolllarini har doimgiday erkalik qilib o'ynagim kelgan ,lekin kattalar har doimgiday to'sqinlik qilishgan ,keyin buva deb baqirganimesimda ,shu payt buvamning nega shirin qizimni ,kichkinamni qiynisizlar deb meni himoya qilishiga qattiq ishongandim .

Qayd etilgan


Shokir63  29 May 2009, 17:55:09

Ba'zan inson ma'siyat,yomonlik,yoki beamallik(namoz ma'nosida)dan yaxshilikka, boamallikka o'tishi uchun bitta katta gunoh yetishmay turadi

ba'zan esa musibat...

Qayd etilgan


SETORA  30 May 2009, 15:18:51

Ba'zi bir odamlar ming aqlli bo'sayam birovga tuxmat qilib qo'yganini o'zi bilmidi, ko'p chilik u odamni islomiy, juda hurmatga sazovor odam deb biladi, jabrlanuvchi esa bechora yuzi qora bo'lib qolaveradi...

Qayd etilgan