Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 749290 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 155 B


siddiqa  31 May 2009, 07:58:28

Gohida inson ko'z o'ngida turgan to'g'ri yo'ldan adashadi ,gohida esa adashishga majbur qilinadi .

Qayd etilgan


Muhseena  31 May 2009, 10:26:42

Ba'zi bir odamlar ming aqlli bo'sayam birovga tuxmat qilib qo'yganini o'zi bilmidi, ko'p chilik u odamni islomiy, juda hurmatga sazovor odam deb biladi, jabrlanuvchi esa bechora yuzi qora bo'lib qolaveradi...
:as:

Abu Bakr r.a.  Payg'ambarimiz s.a.v dan rivoyat qiladilar:

"Mo'minga zarar keltirgan yoki unga makr qilgan mal'undir",dedilar.
(Termiziy rivoyati)
Demak mo'minni qalbini jarohatlash unga zarar keltirish mumkin emas.Kim agar mo'minga nohaq tuhmat qilsa uni chin islomiy deb aytish noto'g'ri.Bu uni Islomni bilmasligini ko'rsatib turadi.

Qayd etilgan


siddiqa  01 Iyun 2009, 06:19:35

Ba'zi bir odamlar ming aqlli bo'sayam birovga tuxmat qilib qo'yganini o'zi bilmidi, ko'p chilik u odamni islomiy, juda hurmatga sazovor odam deb biladi, jabrlanuvchi esa bechora yuzi qora bo'lib qolaveradi...
:as:

Abu Bakr r.a.  Payg'ambarimiz s.a.v dan rivoyat qiladilar:

"Mo'minga zarar keltirgan yoki unga makr qilgan mal'undir",dedilar.
(Termiziy rivoyati)
Demak mo'minni qalbini jarohatlash unga zarar keltirish mumkin emas.Kim agar mo'minga nohaq tuhmat qilsa uni chin islomiy deb aytish noto'g'ri.Bu uni Islomni bilmasligini ko'rsatib turadi.
Gohida ummati Muhammadiylar ham bilmasdan kichik ozorlarga yo'l qo'yadi ,ularni mo'min emassan deya olmaymiz va asosiysi qilingan hatolarni takrorlamaslikdir va asosiysi kichik xatolar uchun ham tavba qilish ,ahir kichik xatolar katta gunohlar uchun yo'l ochib beradiku .

Qayd etilgan


Musannif Adham  01 Iyun 2009, 14:41:29

Osmonning ohiri qaerda dedim bir donishga?U miq etmadi.Menga juda yoqdi bu javob....
Qanday javob bo'ldiykin bu?Miq etmagan bo'lsa?
Odam odamga yaqinlashishi bilan nimanidir yo'qotadi.Odam tabiatga yaqinlashishi bilan albatta tabiat ham nimanidir yo'qotadi.Nega insonga doim nimadir yetishmaydi.Nega?Nima u?Ahir hammasi o'tkinchiligini biladiku?Xudbinlik hamma bandaning qon qoniga singib ketgan.Barcha bandalar o'z o'zini to'liq anglab yetmagan holda o'zgalarni anglashga ularni ustidan hukm chiqarishga intiladi.Odamzotning eng katta xatosi ham shunda...
O'zimiz ham bilib bilmay qilgan hatolarimizni tezroq unutgimiz keladi.Allohdan gunohlarimiz uchun avf so'raymizu biroz hotirjam bo'lib yana hatolarga yo'l qo'yganimizni bilmay qolamiz.Mening gunohlarim qanchalik ko'p bo'lmasin parvardigorimning karami oldida daryodan bir tomchi holos deb o'ylaymiz.
Nega shunday?Xech qachon shu savolni o'zingizga berib ko'rganmisiz?
Tabiiyki barchamiz hom sut emgan bandamiz deb oson qutulishga harakat qilamiz...

Osmonning ohiri qaerda?
Darhaqiqat qerda u?
Mana shu savolni huddi Muhammad Yusufga taqlid qilib odamlarga berib ko'rdim:(bu bizni forumda Osmonning ohiri qaerda degan mavzu ochilgandan keyin sodir bo'lgandi)
Osmonning ohiri qaerda?
Hamma narsani pul bilan o'lchaydigan  hamkasbim kulib:
-cho'ntagimda
Opam:
- Issig'ing yo'qmi ishqilib,sen nega hadeb shunaqa bo'lmag'ur savollar berib yurasan senga aytgandima shu kompyuterda ko'p o'tiryapsan yomon tasir qilgan sog'ligingga...
Dugonam:
- osmonning ohiri sening tentakona forumingda!
Yana bittasi:
-Shunday global krizis paytida odamga beradigan savolini qareng osmonning ohiri qaerda emish?Hah, undan ko'ra krizisning ohiri qaerda desang bo'lmaydimi?

Shu savolni berdimu ulardan baloga qoldim.Nega bunaqa nega?Nega dilingdagi gaplarni aytsang seni tentakka chiqarishadiyu,birovga taqlid qilib yoki soxta xushomadguy so'zlaring uchun seni ko'klarga ko'tarishadi.Nega.......?

Bularning gapini eshitib miyig'ida kulib qo'ydim...
Nega kulganim uchun ularga hisobot bergandan ko'ra, tentak degan nomni olganim yahshiroq!

Osmonning ohiri qaerda dedim bir donishga.U miq etmadi.Menga juda yoqdi bu javob.....


Osmonning oxiri qayerdaligini donishmand ham bilmasligi haq gap. Axir bu Allohniung haqi. Undan boshqa hech kim bu savolning javobini bilmaydi. Qolganlar O'zingiz tajribada ko'rganingizdek turfa xil javob berishadi. Lekin barcha-barcha bunda xatoga yo'l qo'yadi.

P.S. Uzr savolingizga realistik tomondan javob berib qo'yganim uchun. Men boshqacha o'ylolmayman.


Qayd etilgan


Robiya  01 Iyun 2009, 19:02:56

Assalamu alaykum azizlar...

Qayerga kiritay deb, shu yerda ma'qul topdim... Bir eshitib ko'ringa...

Qizlarni ochiq sochiq kiyinma deb koyishadi... Saaal o'ransa, voy ro'molingni o'rama, vahobiymisan, jihodchimisan deyishdan ham toyishmaydi... Nega shunaqamiz a?...

Turfa xilliklar juda ko'p jamiyatimizda, hayotimizda... Alloh rozi bo'lsin, birodarlarimiz juda ko'p, tushunadigan, fikr bildirishdan oldin yetti o'lchaydigan, Alloh rozi bo'lsin ulardan...

Qayd etilgan


ZUBAIR  01 Iyun 2009, 22:43:30

Dugonam:
- osmonning ohiri sening tentakona forumingda!

Sizi forumiz qaysi?

Qayd etilgan


Kumush  02 Iyun 2009, 06:49:52

Dugonam:
- osmonning ohiri sening tentakona forumingda!

Sizi forumiz qaysi?
http://kundalik.clan.su lekin hozir server ishlamayapti ???

Qayd etilgan


Kumush  02 Iyun 2009, 11:27:45

Ko'p zamonlar bo'ldi
Ming yillar bo'ldiyooov
Men esa yutaman "u"ni zaxrini
Yurak yig'laydiyu
Zardobdan to'lib
Kimga sochishni ham,
Bilmay qaxrini.

Yurak yig'layverar
Hasratdan to'lib,
Kimga aytishni ham
Bilmay dardini.
Peshona ekanda
Nasiba ekan,
Endi uchratganda
Bekni mardini....

Qayd etilgan


Robiya  02 Iyun 2009, 14:53:49

Dugonam bilan navbatdagi suhbatdan namuna "cha" ;)

- Shu desangiz, o'qishni tugatgach ishlamoqchimasman. Maza qilib uyda o'tirmoqchiman, ilm o'rganmoqchiman (diniy).

Dugonam hayrat to'la ko'zlari bilan shunday deydi:

- Voy, nega unaqa deysiz? Nega o'qidingiz unda shuncha yil qiynalib?

- Birinchidan, men qiynalganim yo'q, Allohga shukr. Ikkinchidan, o'qishni nimasi yomon, kelajakda kerak bo'ladi inshoAlloh!

- Baribir, Siz biror muassasada ishlab,ko'p kishiga foyda keltirishingiz mumkin. Dars bersangiz ancha manfaatli bo'lardi.

- Kitobda o'qigandim: O'z oilasi (farzandi)ni tarbiyasini uddalagandan keyingina, zarurat tug'ilsa, boshqalarga ta'lim berish joiz...

- Baribir, hozirgi zamonda ishlamayman desangiz, sizga hech kim uylanmaydi...

- Nahotki?..

- Ha, ilgari o'qimagan qizlarni izlashsa, hozir katta pul topadigan, o'qimishli qizlar qidiruvi kuchaygan.

- Nahotki?..

- Ha, shunaqa zamonamiz odamlari o'zgaryapti dugonajon...

- Bilmadimu, lekin uyda o'tiraman deydigan qizlar ham kam - ov menimcha...

- Albatta-da :)

- Ha mayli, Allohdan afzalini so'raymiz...

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Iyun 2009, 15:51:38


Osmonning oxiri qayerdaligini donishmand ham bilmasligi haq gap. Axir bu Allohning haqi. Undan boshqa hech kim bu savolning javobini bilmaydi. Qolganlar O'zingiz tajribada ko'rganingizdek turfa xil javob berishadi. Lekin barcha-barcha bunda xatoga yo'l qo'yadi.

P.S. Uzr savolingizga realistik tomondan javob berib qo'yganim uchun. Men boshqacha o'ylolmayman.

Bu ham realistik javob emas.Ahir bu mavzuimiz hayolga sigmagan hayollarku birodari aziz?
Aslida osmonning ohiri o'zimizni yuragimizda!

Mayliku-ya, lekin Siz falsafiy javob berdingiz. Men esa o'zim haqiqiy deb bilgan javobni berdim. Aytishim lozimki, men faqat mana shu javobni haqiqiy deb bilaman. Shuning uchun o'sha donishmandga o'xshab o'ylanganim ham, jim qolib sukut saqlaganim ham yo'q.

Xayol yaxshi narsa, lekin haqiqatga suyansa, undan foyda bo'ladi. Bu mavzudagi postlarni o'qib chiqsam, aksariyati hayotiy haqiqatlarga asoslangan ekan. Endi bu kabi savollarga Siz kabi javob berish mening ham qo'limdan keladi. Universitetda falsafa va mantiqni biz ham o'qiganmiz. Lekin gapni olib qochib nima qildik?! Haqiqat yo'limizda turganda....

Qayd etilgan